09.10.2026 yildagi 545-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.10.2026 yildagi 545-son
Date of entry into force
09.10.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlarida ishtirokini kengaytirish hamda tashqi bozorlarda oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish orqali sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish va mahalliylashtirish darajasini oshirishda yuqori natijalarga erishayotgan hamda milliy iqtisodiyot rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan mahalliy va xorijiy investorlar, muhandis-texnik xodimlar va soha mutaxassislarining mehnatini eʼtirof etish hamda munosib ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishga ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, yurtimizning eksport salohiyatini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, yetuk mutaxassislarni tayyorlash ishlarida hamda ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna boʻlayotgan, sohada fidokorona mehnat qilib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan mahalliy va xorijiy investorlar, tadbirkorlar va soha xodimlari taqdirlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻkrak nishoni har yili 27-iyun — Xalqaro sanoat xodimlari kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonining tavsifi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni guvohnomasining tavsifi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Davlat belgisi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan birgalikda koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, koʻkrak nishonini berish va uni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 9-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
545-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 545-son qaroriga
1-ILOVA

“Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, yurtimizning eksport salohiyatini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, yetuk mutaxassislarni tayyorlash ishlarida hamda ijtimoiy faolligi bilan namuna boʻlayotgan, sohada fidokorona mehnat qilib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan mahalliy va xorijiy investorlar, tadbirkorlar va soha xodimlari taqdirlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflarni har yili 10-mayga qadar sanoatning turli sohalariga masʼul respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlardan qabul qilib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning maʼlumotnomasi (obyektivka);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning soʻnggi besh yil davomida sanoat sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati aks ettirilgan tavsifnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) va Komissiyaning Ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibiga sanoat korxonalari vakillari, yetakchi mutaxassislar, sohada faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya va Ishchi guruh tarkibi hamda Komissiya toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ishchi guruh taqdimnomalar asosida hujjatlarni umumlashtirib, nomzodlar faoliyatini oʻrganadi va har yili 1-iyunga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha xulosa qabul qiladi va xulosani Komissiyaga taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiya tomonidan Ishchi guruh xulosasi asosida koʻkrak nishoniga nomzodlarni koʻrib chiqish natijalari va munosiblarini taqdirlash boʻyicha har yili 10-iyunga qadar qaror qabul qilinadi va Komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Nomzodlar roʻyxati, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarning qisqacha tavsifi Komissiya bayonnomasining tegishli ilovasi bilan tasdiqlanadi va uning asosida taqdimnoma tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi va koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadigan shaxslar roʻyxati shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyrugʻi bilan taqdirlanadi va har yili 27-iyun — Xalqaro sanoat xodimlari kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga belgilangan shakldagi guvohnoma ham beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 545-son qaroriga
2-ILOVA

“Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

“Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni markazida zamonaviy bilimlarni puxta egallagan sanoat xodimi tasviri tushirilgan boʻlib, uning orqa tomonida ishlab chiqarish zavodi, yangi texnologiyalarni ifodalovchi robot uskunasi kabi tasvirlar orqali sanoatning turli xil yoʻnalishlari aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining yuqori qismida “OʻZBEKISTON” yozuvi bitilgan boʻlib, uning oʻng va chap tomonida sanoat ishlab chiqarishi uzviyligini ifoda etuvchi naqsh joylashtirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining pastki qismida aylana boʻylab “SANOAT RIVOJIGA QOʻSHGAN HISSASI UCHUN” soʻzlari bosh harflarda yozilgan. Harflarning balandligi — 2,2 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri joylashtirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqcha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning boʻyi — 17 millimetr, eni — 26 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻich Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi tasviri tushirilgan shoyi lenta bilan qoplangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning orqa tomonida nishonni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich tarzidagi moslama mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 545-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonining guvohnomasi 160×110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) toʻq koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnoma tashqi tomonining (birinchi beti) yuqori chekkasidan 40 millimetr pastda, harflarining balandligi 8 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “SANOAT RIVOJIGA”, ikkinchi satrda “QOʻSHGAN HISSASI UCHUN” (katta harflarda, “Times New Roman” shrifti, 20 kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 20 millimetr pastda ikki satrdan iborat “KOʻKRAK NISHONI” va “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times New Roman” shrifti, 20 kegl) soʻzlari yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och koʻk rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda 8 millimetrli chiziq joylashtirilgan va undan soʻng “-sonli guvohnoma” (kichik harflarda, “Times New Roman” bold shrifti, 13 kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 8 millimetr pastda “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining” soʻzlari ikki qatorda yozilgan. Undan pastda ikkita satr joylashgan boʻlib, birinchi satrda “20__ yil “__” ______ dagi” soʻzlari, ikkinchi satrda “___-sonli buyrugʻiga asosan” (kichik harflarda, “Times New Roman” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 8 millimetr pastda, birinchi satrda “SANOAT RIVOJIGA”, ikkinchi satrda “QOʻSHGAN HISSASI UCHUN” (katta harflarda, “Times New Roman” bold shrifti, 18 kegl) soʻzlari yozilgan boʻlib, undan 2 millimetr quyida, markazda “koʻkrak nishoni bilan” (kichik harflarda, “Times New Roman” shrifti, 10 kegl) soʻzlari joylashtirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GUVOHNOMASI

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2026-y., 09/26/549/1010-son)