Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2022 29.08.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1268
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 29.08.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1268
Date of entry into force
08.09.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKARISIDAGI XIZMAT SAFARLARI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 29-avgustda 1268-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 8-sentabrdagi 48-sonli va 29-avgustdagi 26-2022Q/Q-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1268-3, 16.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-fevraldagi 34-f-sonli va 1993-yil 16-avgustdagi 287-f-sonli farmoyishlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilinayotgan “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida kuchga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1993-yilning 19-apreldagi 28-son va 497/I-1-01-son bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-fevraldagi 34-f-farmoyishiga asosan nashr etilgan) MDH mamlakatlari hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1993-yilning 19-apreldagi 28-sonli va 497/I-1-01-sonli MDH mamlakatlari hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi 1993-yil 29/22-dekabrdagi 92-son va 1329/11-sonli xati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 24-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 24-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7/12-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 29-avgustda 1268-son bilan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2003-yil 24-iyuldagi 83-son va 7/12-sonli qarori bilan

“TASDIQLANGAN”

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-fevraldagi 34-f-sonli va 1993-yil 16-avgustdagi 287-f-sonli farmoyishlariga asosan ishlab chiqilgan va mulk shaklidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha tashkilotlarga taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xizmat safari deb xodimni tashkilot, muassasa, birlashma, korxona rahbarini farmoyishlari boʻyicha, oʻzining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirigʻini bajarish uchun boshqa joyga, maʼlum bir muddatga yuborilishi (borib kelish) tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotni tarkibiga kiruvchi filiallar (shaxobchalar), uchastkalar va boshqa boʻlinmalar boshqa erda joylashgan hollarda doimiy ish joyi boʻlib mehnat shartnomasida belgilangan ishlab chiqarish boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy ishi yoʻlda yoki koʻchib yurish bilan bogʻliq boʻlgan, yoxud doimiy harakatlanuvchi tusga ega boʻlgan xodimlarni xizmat yuzasidan borib kelishlari xizmat safari hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xodimlarni xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlarni boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi, buyruq va mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi xizmat safari guvohnomasini berish bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xodimlarni yuqori tashkilotlarga (boʻysunish tartibida) xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlarni rahbarlarini chaqirigʻiga yoki ular bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xodimlarni xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi va har bir holat uchun yoʻldagi vaqtni hisobga olmagan holda 40 kundan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu tartib shuningdek xodimlarni taftish va tekshirishlarni oʻtkazish uchun xizmat safariga yuborishga ham taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarni xizmat safarlari muddati 12 oydan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat safari muddatini uzaytirish istisno tariqasida faqat xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xizmat safariga yuborilgan joyda haqiqatda oʻtkazilgan vaqt xizmat safari joyiga kelgan va xizmat safari joyidan ketgan kunlarni xizmat safari guvohnomasiga belgi qoʻyish orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotlarda xizmat safarlariga ketayotgan shaxslarni va ushbu tashkilotga xizmat safariga kelayotgan shaxslarni roʻyxatga olish mazkur Yoʻriqnomani 2 va 3-ilovalariga binoan shakllardagi maxsus jurnallarda yuritiladi. Tashkilotni rahbari xizmat safarlariga yuborilayotgan, xizmat safariga ketayotgan shaxslarni roʻyxatga olish jurnalini yuritish va xizmat safarlari guvohnomasiga belgi qoʻyish uchun javobgar boʻlgan shaxsni buyruq chiqarish yoʻli bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda maxsus jurnallar elektron koʻrinishda yuritilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xizmat safariga chiqish kuni boʻlib transport vositasida 24 soat ichidagi vaqt, 00 dan va undan kechroq vaqt — keyingi sutka hisoblanadi, kelish kuni esa — transport vositasida doimiy ish joyiga kelish kuni hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar stansiya, sohil (pristan), aeroport aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan boʻlsa, stansiya, sohil (pristan), aeroportgacha yetib olish uchun ketadigan vaqtni hisobga olish kerak boʻladi. Xuddi shunday tarzda xodimni doimiy ish joyiga yetib keladigan kuni hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xizmat safarida boʻlgan xodimlarga ular yuborilgan korxonalardagi ish vaqti rejimi va dam olish vaqtlari taalluqli boʻladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan dam olish kunlari, boshqa dam olish kunlari xizmat safaridan qaytganda tiklanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xodim ataydan dam olish yoki bayram kunlarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan boʻlsa, ushbu kunlarda ishlagani uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xodim maʼmuriyatni farmoyishiga binoan xizmat majburiyatini bajarish uchun dam olish kunida xizmat safariga ketsa, unga xizmat safaridan qaytgach belgilangan tartibda boshqa dam olish kuni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat safariga ketish va xizmat safaridan qaytish kunlarida ishga chiqish masalasi maʼmuriyat bilan kelishilgan holda hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xizmat safariga yuborilgan xodimni xizmat safarida boʻlgan muddatida va yoʻlda boʻlgan muddatda ish joyi (lavozimi), ishbaylar uchun oʻrtacha ish haqi yoki lavozim maoshi yoki xodimlarni boshqa toifalari uchun stavkalari saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat safariga yuborilgan xodimning ish haqi uning iltimosiga koʻra u yuborilgan korxonaning hisobvaragʻiga joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda uning oʻrtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi. Agar xizmat safariga bir vaqtni oʻzida ham asosiy ham oʻrindoshlik asosidagi ishi boʻyicha xizmat safariga yuborilganda ish haqi har ikkala lavozim boʻyicha saqlanadi, xizmat safariga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar esa xizmat safariga yuboruvchi tashkilotlarni oʻzaro kelishuviga binoan taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi oʻrindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda uning oʻrtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi, ichki oʻrindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda esa oʻrtacha ish haqi asosiy va oʻrindoshlik asosidagi lavozim boʻyicha saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimning xizmat safari davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda, tashkilotning ish kunlari mehnatga haq toʻlashning yangi shartlarida haqiqatda ishlagan kunlariga toʻgʻri keladigan soni uchun mehnatga haq toʻlovlari qayta hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xizmat safariga yuborilgan xodimga turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga borish va ish joyiga qaytish xarajatlari qoplanadi, shuningdek kundalik xarajatlar toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlar (telefonda gaplashish, telegraf xarajatlari va boshqalar) xizmat safariga yuborilgan shaxsga tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xizmat safariga yuborilgan joyga borish va doimiy ish joyiga qaytish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl xarajatlari xizmat safariga yuborilgan shaxsga quyidagi miqdorlarda qoplanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalaniladigan transportni barcha turlarida yurish (taksidan tashqari) qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transportda yoʻlovchilarni majburiy davlat sugʻurtalash boʻyicha toʻlovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlda yurish hujjatlarini oldindan sotish, samolyot va poyezdlarda joylarni bronlash xizmatlari boʻyicha toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalaniladigan transport bilan (taksidan tashqari) stansiyagacha, sohilgacha (pristangacha), aeroportgacha yetib olish xarajatlari, agar ular aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan boʻlsa. Istisno tariqasida (kechki poyezd, umumiy foydalaniladigan transport yoʻq boʻlgan taqdirda) tashkilot rahbariga taksida yurganlik uchun haq toʻlash huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlda koʻrpa-toʻshak buyumlaridan foydalanganlik uchun xarajatlar tasdiqlovchi hujjatlarsiz haq toʻlashga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl hujjatlari mavjud boʻlmaganda, budjet tashkilotlari xodimlari uchun xizmat safari yoʻlkirasiga haq toʻlash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.) tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl hujjatlari mavjud boʻlmaganda, boshqa tashkilotlar xodimlari uchun jamoa kelishuvi (shartnomalari), mehnat shartnomasida koʻzda tutilgan, biroq har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizidan kam boʻlmagan miqdorlarda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kilometrlar miqdori 500 metr va undan ortiq boʻlgan holatlarda, koʻp tomonga yaxlitlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kilometrlar miqdori 500 metrdan kam boʻlgan holatlarda, kam tomonga yaxlitlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xizmat safarida va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar xizmat safariga yuborilgan ishlarga jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida koʻzda tutilgan miqdorlarda, lekin quyidagi miqdorlardan kam boʻlmagan holda belgilanadi (respublika boʻyicha oʻrnatilgan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda):
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.) tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida, shaharlar — viloyatlar markazlarida — 0,1;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda — 0,08.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu koʻrsatilgan xarajatlarni qoplash haqiqatda qilingan xarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlashsiz amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xizmat safari joyidagi turar joyni ijaraga olish boʻyicha xarajatlar xizmat safariga yuborilgan xodimni kelish va ketish kunlari boʻyicha haqiqatdagi xarajatlar, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda mehmonxonalarda koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar (joylarni bronlash, dazmoldan foydalanish, saqlash kamerasidan, televizor, muzlatgich, idish-tovoq, aloqa xizmatidan foydalanish)ga haq toʻlash xarajatlari qoplanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.) tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehmonxonalarni lyuks-nomerlarida yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda turar joyni olish boʻyicha haq toʻlash ushbu turar joy qiymatining 70 foizigacha miqdori budjet mablagʻlari hisobidan, qolgan qismi esa budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.) tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turar joyni ijaraga olganlik boʻyicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan hollarda, har bir sutka uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdorini 20 foizi miqdorida qoplanadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.) tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat safariga yuborilgan xodimga shuningdek istisno tariqasida, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda, tashkilot rahbarining ruxsati bilan havo, temir yoʻl, suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida bagajni olib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xizmat safariga yuborilgan xodim oʻzining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega boʻlsa, u holda kundalik xarajatlar toʻlanmaydi. Xodimni xizmat safariga yuborilgan joydan oʻzining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinligi masalasi xizmat safariga yuborgan tashkilotni rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqni tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xizmat safari davrida xizmat safariga yuborilgan xodim vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotgan hollarda, unga umumiy asoslarda turar joy xonasini ijarasi boʻyicha xarajatlar qoplanadi (xizmat safariga yuborilgan xodim statsionar davolanishda boʻlgan hollar bundan mustasno) va unga sogʻligʻi holatiga koʻra zimmasiga yuklatilgan xizmat topshirigʻini bajarish imkoniyatiga ega boʻlmagan barcha davr mobaynida yoki oʻzining doimiy yashash joyiga qaytgunicha, lekin ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga kundalik xarajatlar toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat safariga yuborilgan xodimni vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotishi, shuningdek sogʻligʻi holati boʻyicha oʻzining doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatini yoʻqligi belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotgan davr uchun xizmat safariga yuborilgan xodimga umumiy asoslarda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlanadi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlari xizmat safari muddatiga qoʻshilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xizmat safariga yuboriladigan xodimga xizmat safariga ketishdan oldin mazkur Yoʻriqnomani 10 — 12-bandlarida koʻzda tutilgan miqdorlarda kundalik, yoʻl xarajatlari, turar joyni ijaraga olish xarajatlari chegarasida pul koʻrinishidagi avans (boʻnak) toʻlanadi. Xodim xizmat safaridan qaytgan kundan eʼtiboran uch ish kuni mobaynida avans (boʻnak) hisobotini taqdim qilishi shart. Ushbu hisobotga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat safari guvohnomasi va xizmat safarida haqiqatda qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 1268-1, 13.09.2019-y.) tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Montaj, sozlash va qurilish ishlarni bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarga mazkur Yoʻriqnomaning 11-bandida koʻzda tutilgan meʼyorlar boʻyicha ikki oy mobaynida kundalik xarajatlar toʻlanadi. Ikki oydan ortiq muddatda xizmat safarida boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar oʻrniga ish haqi yoki lavozim maoshiga tarif stavkasini 50% miqdorida, lekin sutka uchun mazkur Yoʻriqnomaning 11-bandida belgilangan meʼyordan yuqori boʻlmagan ustama belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi xodimlar montaj, sozlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun xizmat safariga yuborilgan hollarda ularga kundalik xarajatlar oʻrniga tarif stavkasini yoki lavozim maoshini yuqorida koʻrsatilgan miqdorlarda ustamalar toʻlanmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
montaj, sozlash va qurilish ishlari amalga oshiriladigan joyda ishga olingan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan shartlar asosida boshqa joyga oʻtkazish tartibida yuborilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat taʼtilida boʻlgan vaqtda, shuningdek sababsiz holda ishga chiqmagan kunlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ular tomonidan montaj, sozlash va qurilish ishlari amalga oshiriladigan joydan tashqarida davlat yoki jamoat ishlarini bajarish vaqtida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarilishi nazoratini amalga oshirish uchun xizmat safariga yuborilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kundalik xarajatlar oʻrniga tarif stavkasi yoki lavozim maoshidan foiz miqdorida ish haqiga ustama toʻlash xodimni montaj, sozlash va qurilish ishlarida ishtirok etgan har bir kalendar kun uchun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻliq boʻlmagan oy uchun koʻrsatilgan ustamani hisoblashdan avval ustama toʻliq oy uchun belgilanadi, soʻngra ushbu summa mazkur oydagi kalendar kunlar soniga boʻlinadi va xodimni montaj, sozlash va qurilish ishlarida boʻlgan kunlari soniga koʻpaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislar bepul turar-joy bilan taʼminlanishi mumkin. Bepul turar joy berilmagan hollarda, turar joyni ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar mazkur Yoʻriqnomaning 12-bandida koʻzda tutilgan meʼyorlar boʻyicha qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agar kasal boʻlib qolgan xodim montaj, sozlash va qurilish ishlari olib borilayotgan joydan tashqarida yashasa, u holda ish haqi lavozim maoshi yoki tarif stavkasiga foiz miqdoridagi ustama toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xizmat safarlari toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilikka qatʼiy amal qilishlari kerak va ushbu maqsadlarda sarflanadigan mablagʻlarni tejash rejimiga rioya etilishini taʼminlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq, xoʻjalik subyekti rahbarini qaroriga binoan ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlari uchun mazkur Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan normadan ortiqcha xizmat safarlari xarajatlari foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazaga va jismoniy shaxsni soliq solinadigan daromadiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xizmat safarlariga mablagʻlarni sarflash ustidan nazorat moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kengashi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kengashi raisi D.N. JAXONGIROVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 22-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida Yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berildi‎ _________________________________________________________‎

(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

‎‎________________________________________________________________‎

(xizmat safari guvohnomasi berilgan organ nomi)‎‎

‎ _____________________________________________ xizmat safariga yuborilgan‎

xizmat safari punkti‎

Xizmat safari muddati “____” kuni
‎ 20___y. “___” ___________dan 20__y. “___” _______________gacha.
Asos: 20___y. “____” _____________dagi ____-sonli buyruq‎‎‎
____________seriya __________________raqamlipasport taqdim etilgan taqdirda haqiqiy.


‎M.Oʻ.‎

‎Orqa tomoni‎
Belgilangan manzilga yetib borish va u erdan qaytish belgilari:
Joʻnadi___________________
‎20___y. ‎“____” ____________
Joʻnadi ___________________ ‎
‎20___y. ‎“____” ____________
Muhir Imzo _______________
‎‎Joʻnadi ___________________ ‎
‎20___y. ‎“____” ____________
‎‎Muhir Imzo _______________
Muhir Imzo _______________
‎Joʻnadi ___________________ ‎ ‎
‎20___y. ‎“____” ____________ ‎‎
‎Muhir Imzo _______________
Joʻnadi ___________________ ‎ ‎
‎20___y. ‎“____” ____________
Joʻnadi ___________________ ‎ ‎
‎20___y. ‎“____” ____________
Muhir Imzo _______________ Muhir Imzo _______________

XIZMAT SAFARI GUVOHNOMASI

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Bir necha kunlarga yuborilganda ketish va kelish alohida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari uchun muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 19-iyundagi 27 va 23-2020 q/q-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1268-2, 08.07.2020-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 10/20/1268-2/1042-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida Yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_________________________________________________ dan

birlashuv, korxona, muassasa, tashkilot nomi

xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarni hisobga olish

JURNALI

T/r

Xizmat safariga yuborilgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi

Lavozimi

Xizmat safari guvohnomasining raqami

Xizmat safari guvohnomasini imzolagan xodim lavozimi, F.I.O.

Sana

Xizmat safari guvohnomasini olganligi haqida imzo

Haqiqatda ketish

Haqiqatda kelish

1

2

3

4

5

6

7

8

 

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida Yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

______________________________________________________

nomi

xizmat safaridan qaytib kelgan xodimlarni hisobga olish

JURNALI

T/r

Xizmat safariga yuborilgan xodimning F.I.O.

Lavozimi

Xizmat safari guvohnomasi berilgan birlashuv, korxona, muassasa, tashkilotlar nomlari

Etib kelish sanasi

Safarga ketish sanasi

1

2

3

4

5

6