04.09.2026 yildagi 464-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.09.2026 yildagi 464-son
Date of entry into force
05.09.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikumni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikumda ilgʻor xorijiy tajribalar asosida zamonaviy bilim va malakaga ega boʻlgan, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirgan oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash, budjetdan tashqari mablagʻlar va daromadlar jamgʻarilishini taʼminlash, shuningdek, texnikum xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikumni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisobotini yuritish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi hamda Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan har yili 1-aprelga qadar Jamgʻarmaga mablagʻlar ajratib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan samarali foydalanishni reja asosida monitoring qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 4-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
464-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 464-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikumni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikumni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamgʻarma faoliyatini boshqarish, uning mablagʻlarini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining Fargʻona viloyati Gʻaznachilik xizmati boshqarmasida ochilgan Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikumning (keyingi oʻrinlarda — Texnikum) budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar uchun sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari (zaruratga koʻra texnikumning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun talab etiladigan mablagʻlar tegishli hisob-kitoblar asosida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari hamda texnik koʻmaklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari Texnikum tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga joylashtirilishi mumkin. Olinadigan foiz daromadlari ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflash uchun taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikumning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikum xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ularning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi sohasida metodik qoʻllanmalarni tayyorlash va ommalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikum oʻquv va ilmiy laboratoriyalarini zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy yetakchi olim, professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni Texnikumning oʻquv va ilmiy-metodik jarayoniga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikumda ijtimoiy, tarbiyaviy, psixologik va boshqa oʻquv-uslubiy, ilmiy loyihalar hamda tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish (ishchi guruhlarning ish haqi, xizmat safari va boshqa xarajatlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog kadrlar va oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika tanlovlari gʻoliblarini taqdirlash va ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikum faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishda faollik koʻrsatgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy ehtiyojmand va yetim bolalar toifalariga kiruvchi oʻquvchilarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlari (bir yilda bir oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdoridan oshmaydigan bir martalik moddiy yordam);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy delegatsiyalarni kutib olish, transport xizmati, tarjimonlarni jalb qilish, sovgʻa va suvenirlar sotib olish, ovqatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikum rahbar va xodimlarini tajriba oʻrganish va hamkorlik oʻrnatish maqsadlarida xorijiy xizmat safariga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikum faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarma mablagʻlari ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Texnikumning kelgusi yilga rejalashtirilgan tadbirlari uchun buyurtmanoma Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Fargʻona viloyati kasbiy taʼlim boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma)ga Texnikum tomonidan har yili 5-dekabrga qadar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Boshqarma har yili 15-dekabrga qadar Texnikum tomonidan taqdim qilingan buyurtmanomani koʻrib chiqadi va Agentlikka yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Agentlik Qishloq xoʻjaligi vazirligiga va Oʻzbekiston fermerlari kengashiga har yili 25-dekabrga qadar Jamgʻarmaga mablagʻ ajratish yuzasidan (buyurtmanomani ilova qilgan holda) murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston fermerlari kengashi har yili 1-aprelga qadar Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi hamda Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan Jamgʻarmaga mablagʻ ajratish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Texnikum rahbar xodimlari, pedagog kadrlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining faoliyatini ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq baholash mezonlari asosida ularga quyidagi miqdorlarda bazaviy tarif stavkalariga nisbatan ustama haq belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65 — 70 ball toʻplasa — 40 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71 — 75 ball toʻplasa — 50 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76 — 80 ball toʻplasa — 60 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81 — 85 ball toʻplasa — 70 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86 — 90 ball toʻplasa — 80 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91 — 95 ball toʻplasa — 90 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96 — 100 ball toʻplasa — 100 foiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikum rahbar xodimlari, pedagog kadrlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ushbu har oylik ustamalar oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha yangi oʻquv yili davomida Jamgʻarma hisobidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda boshqa xodimlar faoliyatini baholash mezonlari nazarda tutilmaydi, mazkur xodimlarga tegishli direktor oʻrinbosarlari va kasaba uyushmasining bildirgisi asosida har oylik ustama belgilash, mukofotlar va ularga moddiy yordam koʻrsatish Texnikum direktorining buyrugʻi asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishda hujjatlar va maʼlumotlarning asoslanganligi va toʻgʻriligi yuzasidan Texnikum direktori va bosh hisobchisi javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarma mablagʻlaridan uning tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning xarajatlar smetasi Texnikum tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va tasdiqlanadi hamda Fargʻona viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash uchun kamida yetti kishidan iborat tarkibda toq sonda Jamgʻarmani boshqarish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibi Texnikum pedagogik kengashi tomonidan koʻrib chiqilib, Texnikum direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikum direktori lavozimiga koʻra Komissiya raisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolari tarkibi shaffoflikni taʼminlash maqsadida, har oʻquv yilining boshida Texnikumning pedagogik kengashi yigʻilishida qayta koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot yili yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Komissiya raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlisi kun tartibini belgilaydi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolariga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan ularning ishini muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Komissiya aʼzolari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikum faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha Komissiyaga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha ovoz beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislarida shaxsan qatnashadilar. Bunda qatnashishning imkoni boʻlmagan taqdirda, Komissiya aʼzosi majlisning kun tartibi boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda taqdim etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Komissiya kotibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majlisni oʻtkazish muddatlari va joyini Komissiya raisi bilan kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Komissiya majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolari va taklif etilgan shaxslarni majlisning sanasi, vaqti, joyi va kun tartibi loyihasidan xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qarorlari bajarilishi monitoringini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarning yuritilishi va saqlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Komissiya aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish boʻyicha Komissiya muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan Komissiya majlisi 6 oyda kamida bir marta, istisno hollarda, zaruratga koʻra oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, Komissiya raisining tashabbusi yoki Komissiya aʼzolaridan kamida ikki nafarining taklifiga koʻra, Jamgʻarma mablagʻlari sarflanishi va taqsimlanishi masalasida Komissiyaning navbatdan tashqari majlisi chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Komissiya ishtirok etishning ixtiyoriyligi va Komissiya vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda uning barcha aʼzolarining teng huquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Komissiya majlisi Komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan, Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari ishtirok etganda oʻtkazilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur qoida ijrosi taʼminlanmagan taqdirda, Komissiya majlisi oʻtkazilmagan hisoblanadi va uni oʻtkazishning yangi sanasi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Komissiya majlisiga unda koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga koʻra davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, Texnikum xodimlari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Komissiya qarori Komissiyaning majlisida qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qarorlari Komissiya majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya majlisining bayonnomasi Komissiya raisi va kotibi tomonidan uch kun muddat ichida tasdiqlanadi hamda Texnikumning muhri qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayonnomada belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash uchun Texnikum direktori buyrugʻi uch kun ichida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisobotini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamgʻarma mablagʻlarining hisob va hisobotini yuritish hamda joriy xizmat koʻrsatish ishlari Texnikumning bosh hisobchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar Texnikumning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlaridan alohida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot har yili 31-dekabrga qadar Boshqarmaga taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikumni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikumni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikum

Texnikumning kelgusi yilga rejalashtirilgan tadbirlari uchun buyurtmanomani Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Fargʻona viloyati kasbiy taʼlim boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma)ga taqdim qiladi.

Har yili 5-dekabrga qadar

2-bosqich

Boshqarma

Texnikum tomonidan taqdim qilingan buyurtmanomani koʻrib chiqadi va Agentlikka yuboradi.

Har yili 15-dekabrga qadar

3-bosqich

Agentlik

Texnikum tomonidan taqdim qilingan buyurtmanomani koʻrib chiqadi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston fermerlari kengashiga yuboradi.

Har yili 25-dekabrga qadar

4-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermerlari kengashi

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi hamda Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratadi.

Har yili 1-aprelga qadar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikumni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnikum rahbar xodimlari, pedagog kadrlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining faoliyatini
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BAHOLASH MEZONLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Koʻrsatkichlar

Ball

1.

Semestr yakunida oʻquv fanlari boʻyicha oʻquvchilarning bilim darajasi (sifat koʻrsatkichi)

Maksimal 10 ball

Sifat koʻrsatkichi 86 — 100 foiz oraligʻida

10 ball

Sifat koʻrsatkichi 71 — 85 foiz oraligʻida

7 ball

Sifat koʻrsatkichi 56 — 70 foiz oraligʻida

4 ball

2.

Oʻquvchilarining erishgan yutuqlari uchun

Maksimal 12 ball

Kamida bir nafar oʻquvchisi xalqaro WorldSkills, olimpiada yoki shu kabi musobaqalarning respublika bosqichida 1 — 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan boʻlsa

6 ball

Kamida bir nafar oʻquvchisi xalqaro WorldSkills, olimpiada yoki shu kabi musobaqalarning viloyat bosqichida 1 — 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan boʻlsa

4 ball

Kamida bir nafar oʻquvchisi hududiy WorldSkills, olimpiada yoki shu kabi musobaqalarda respublika yoxud viloyat bosqichida ishtirok etgan boʻlsa

2 ball

3.

Oʻquv yili davomida tashkil etilgan ochiq darslar uchun (har semestr uchun alohida hisoblanadi, bir semestr uchun oʻtilgan ochiq dars boshqa semestr uchun hisoblanishiga yoʻl qoʻyilmaydi)

Maksimal 5 ball

Semestr davomida 3 ta va undan ortiq ochiq dars uchun

5 ball

Semestr davomida 2 ta ochiq dars uchun

3 ball

4.

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining elektron portfoliosi uchun

Maksimal 10 ball

86 — 100 ball oraligʻida baholanganda

10 ball

65 — 85 ball oraligʻida baholanganda

8 ball

40 — 64 ball oraligʻida baholanganda

5 ball

20 — 39 ball oraligʻida baholanganda

3 ball

20 balldan past baholanganda

0 ball

5.

Taʼlim tashkilotidagi samarali mehnat faoliyati uchun (Taʼlim tashkilotining pedagog kengashi qarori asosida)

Maksimal 7 ball

Oʻquv yili davomida jamoat ishlarida eng faol deb topilganda (oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari umumiy sonining 10 foizidan oshmasligi lozim)

7 ball

Oʻquv yili davomida jamoat ishlarida faol deb topilganda (oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari umumiy sonining 30 foizidan oshmasligi lozim)

2 ball

6.

Oʻz malakasini oshirishdagi faoliyati

Maksimal 5 ball

Belgilangan muddatda malaka oshirish kursidan oʻtgani uchun (sertifikatning amal qilish davri uchun)

3 ball

Oʻquv yili davomida yoʻnalishi boʻyicha kamida 1 ta seminar-trening yoki konferensiyada ishtirok etgani uchun

2 ball

7.

Xorijiy tillarni bilish darajasi uchun

Maksimal 10 ball

B2 darajasida milliy sertifikat yoki unga tenglashtirilgan xalqaro test tizimlari sertifikati (chet tili oʻqituvchilari uchun ikkinchi xorijiy til boʻyicha) mavjud boʻlsa

10 ball

B1 darajasida milliy sertifikat va unga tenglashtirilgan xalqaro test tizimlari sertifikati (chet tili oʻqituvchilari uchun ikkinchi xorijiy til boʻyicha) mavjud boʻlsa

7 ball

8.

Kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish darajasi uchun

Maksimal 6 ball

Internet resurslari, multimedia vositalari va kontentlardan maqsadli foydalana olsa va ofis dasturlari yordamida oʻquv-uslubiy, koʻrgazmali materiallarni tayyorlay olsa

6 ball

Ofis dasturlari (matn muharriri, elektron jadval, taqdimot) yordamida oʻquv-uslubiy, koʻrgazmali materiallarni tayyorlay olsa

4 ball

Kompyuter tuzilishi va imkoniyatlarini bilsa, ofis dasturlaridan (matn muharriri, elektron jadval, taqdimot) foydalana olsa

2 ball

9.

Yaratgan darsliklari, oʻquv qoʻllanmalari va oʻqitish materiallari toʻplami uchun

Maksimal 10 ball

Oxirgi uch oʻquv yilida yaratilgan darsliklar yoki oʻquv qoʻllanmalari uchun

5 ball

Oxirgi ikki oʻquv yilida yaratilgan oʻqitish materiallari toʻplami, uslubiy qoʻllanmalar yoki metodik tavsiyalar uchun (hudud darajasida ommalashtirilgan boʻlsa)

5 ball

10.

Ilmiy, ilmiy-ommabop jurnallarda va amaliy seminarlarda oʻz yoʻnalishi boʻyicha chop etilgan maqolalari yoki tezislari uchun

Maksimal 7 ball

Oxirgi uch yilda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislar uchun

3 ball

Xalqaro va respublika miqyosida oxirgi oʻquv yili mobaynida chop etilgan maqola yoki tezislar uchun

3 ball

Hudud miqyosida oxirgi oʻquv yili mobaynida chop etilgan maqola yoki tezislar uchun

1 ball

11.

Ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgani uchun

Maksimal 6 ball

Fan doktori (DSc) darajasi uchun ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borayotgan boʻlsa

6

Falsafa doktori (PhD) darajasi uchun ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borayotgan boʻlsa

5

12.

Taʼlim tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtiroki uchun

Maksimal 7 ball

Tadbir tashkilotchisi sifatida

5 ball

Tadbir ishtirokchisi sifatida

2 ball

13.

Mukofotlangani uchun

Maksimal 5 ball

Pedagogik faoliyati davomida Davlat mukofoti bilan taqdirlangani uchun

3 ball

Pedagogik faoliyati davomida xalqaro tan olingan mukofotlar bilan taqdirlangani uchun

2 ball

Jami maksimal ball

100 ball

14.

Qoʻllanadigan jarima ballari

-10

1.

Sababsiz oʻquv mashgʻulotini oʻtkazmaslik (pedagogning aybi bilan)

-2

2.

Oʻquv mashgʻulotlariga kechikib kirish, muddatidan avval tugatish yoki mashgʻulot xonasini tark etish

-2

3.

Oʻquv mashgʻulotini tayyorgarlik koʻrmagan holda oʻtkazish (mashgʻulotga uslubiy-metodik materiallarsiz/adabiyotlarsiz kirish)

-2

4.

Taʼlim jarayonlarini boshqaruvchi hamda taʼlim sifatini nazorat qiluvchi axborot tizimiga resurslarni oʻz vaqtida yuklamaslik

-2

5.

Texnikumning kun tartibi, ichki mehnat tartibi yoki boshqa pedagogik etika qoidalarini buzish

-2

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Baholash mezonining 2-bandida koʻrsatilgan ballar oxirgi 2 yilda WorldSkills va shu kabi musobaqalarga mos keluvchi tegishli kasb yoki mutaxassislik oʻquv rejasidagi maxsus fanlar va oʻquv amaliyotlari uchun biriktirilgan oʻqituvchilar hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining har biriga beriladi. Bundan tashqari fan olimpiadalari boʻyicha tegishli fan oʻqituvchilari uchun ball belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy yilda oliy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan (bakalavr va magistr) bitiruvchilarga navbatdagi maqsadli malaka oshirish muddatiga qadar baholash mezonining 6-bandining birinchi qismi boʻyicha 3 ball beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash mezonining 8-bandi boʻyicha mutaxassislardan iborat tashkil etilgan ishchi guruh sohaga oid savollar bilan oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bilimini baholaydi hamda ishchi guruhning tegishli qarori taʼlim tashkiloti rahbariga taqdim etiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2026-y., 09/26/464/0894-son)