25.04.1997 yildagi 415-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.04.1997 yildagi 415-I-son
Date of entry into force
03.05.1997
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjat 03.05.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2016-yil 4-yanvardagi OʻRQ-399-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagidan boshqacha qoidalar belgilab qoʻyilgan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va sunʼiy boʻlgan bir yoki bir necha dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash uchun qoʻllashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashxis qoʻyish, dezinfeksiya va sterilizatsiya vositalari kiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori moddalari (substansiyalar) — kelib chiqishi tabiiy va sunʼiy boʻlgan, qoʻllashga ruxsat etilgan biologik faol moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmakologik vositalar — belgilangan farmakologik faollikka ega boʻlib, klinik sinov obyektlari hisoblanadigan muayyan dorivor shaklidagi moddalar yoki moddalar aralashmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmakopeya — dori vositalari sifatini, ularni tayyorlash, sifat-miqdor jihatidan nazorat qilishni, saqlash shart-sharoitlarini va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari toʻplami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmakopeya maqolasi — dori vositasi uchun farmakopeya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy-texnik hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmakopeya qoʻmitasi — dori vositalari, tibbiy buyumlar sifatiga va ularni nazorat qilish usullariga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan meʼyoriy-texnik hujjatlarni tasdiqlovchi rasmiy ekspert organi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalarining, tibbiy buyumlarning davlat reyestri — rasmiy hujjat boʻlib, u tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar roʻyxatidan iborat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
generik dori vositalari (generiklar) — patent berilganlaridan qolishmaydigan, lekin boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan dori vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gomeopatik vositalar — gomeopatik qoidalarga binoan qoʻllaniladigan va davlat reyestrining maxsus boʻlimiga kiritilgan dorilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtik faoliyat — dori vositalarini, tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha izlanishlarni, tadqiqotlarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, standartlash, roʻyxatdan oʻtkazish, saqlash, axborot berish, yetkazib berish va sotishni qamrab oladigan soha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dorixona — dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash va ularning sifatini nazorat qilish, shuningdek dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiyena ashyolarini xarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
retsept — shifokorning farmatsevtga dori tayyorlash, berish haqidagi yozma koʻrsatmasi boʻlib, unda dorini qoʻllash usuli qayd etilgan boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
standart yozuv — davolash xususiyatlarining samaradorligi tekshirilganidan soʻng tuzilgan dori vositalari tarkibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy buyumlar — kasalliklarning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash uchun tibbiyotda qoʻllaniladigan buyumlar. Ular jumlasiga bogʻlash va tikish materiallari, shpritslar, qon va infuzion eritmalarni quyishga moʻljallangan sistemalar, bemorlarni parvarishlashda qoʻllaniladigan ashyolar va materiallar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Aholini dori vositalari bilan taʼminlash sohasidagi davlat kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dori vositalarining asosiy turlarini bemalol olishni va ular sifatli boʻlishini kafolatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy maqsadda qoʻllanishga ruxsat etilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ish koʻrishning barcha shakllari ta'qiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Davlat organlarining dori vositalari bilan taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati dori vositalari bilan taʼminlash sohasidagi siyosatni belgilaydi va roʻyobga chiqaradi, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashga doir sogʻliqni saqlash dasturlarini tasdiqlaydi va mablagʻ bilan taʼminlaydi, ularning narxlarini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari dori vositalari, tibbiy buyumlar muomalasini nazorat qiladi, dori vositalari bilan taʼminlash davlat dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmasini tuzadi va davlat tibbiyot muassasalarida dori vositalari, tibbiy buyumlarning asosiy turlari mavjud boʻlishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish va ular bilan taʼminlashga doir faoliyat turlari uchun litsenziya beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining imtiyozli berilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
laboratoriya, ishlab chiqarish va dorixona amaliyoti uchun xos boʻlgan standartlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy farmakopeyani tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati nazorat qilinishini, ular roʻyxatdan oʻtkazilishi, standartlashtirilishi va sertifikatsiyalanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik, zaharli, psixotrop, radiofarmatsevtik (radioaktiv), kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari va etil spirtini sotish, saqlash, hisobga olish, ularning zaxiralarini hosil qilish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat reyestrini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan eʼlon qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalarining zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar mavjud boʻlgan taqdirda ularni tayyorlash, ishlab chiqarish, olib kelish va sotishni toʻxtatib qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma egasi ushbu guvohnomani bergan muassasani dori vositasining farmakologik samaradorligi va xavfsizligiga doir yangi maʼlumotlardan xabardor qilib turishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar majburiy tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davolash, kasallikning oldini olish, tashxis qoʻyish vositalari, shifobaxsh oziq-ovqat va parafarmatsiya mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dorilarni tayyorlashda qoʻllaniladigan dori vositalari substansiyalari va yordamchi moddalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangicha qadoqlangan, yangi shakl va tarkiblardagi yoki yangi texnologiya boʻyicha tayyorlanayotgan dori vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
generik dori vositalari (generiklar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy buyumlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Retseptlar va standart yozuvlar boʻyicha dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Dori vositalarini ishlab chiqarish
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini ishlab chiqarish litsenziyaga ega boʻlgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarilgan hamda dorixonalar, omborlar va davolash-kasallikning oldini olish muassasalarida mavjud boʻlgan mazkur dori vositalarining qoldiqlari masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini yaratish, ularni sinash, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish va yoʻq qilishni amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar dori vositalarining sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatga ega boʻlishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Dorixonalarda dori vositalarini tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalarda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qoʻllashga ruxsat etilgan dori vositalari substansiyalaridan va yordamchi moddalardan tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Dori vositalarini markalash, idishga joylash-oʻrash va ularning tashqi bezagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini markalash, idishga joylash-oʻrash va ularning tashqi bezagiga doir qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Farmakologik vositalarni klinik sinovlardan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositalarning klinik sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda klinika muassasalarida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositalarni odamda klinik sinovdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinovlarda ixtiyoriy qatnashuvchi mijozning roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
klinikada qoʻllashgacha boʻlgan davrda farmakologik vositalarning xavfsizligi va samaradorligini oʻrganish natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmakologik vosita qoʻllanilishidan kutish mumkin boʻlgan qoʻshimcha taʼsirning xavfi kutilayotgan ijobiy samaradan ancha past boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinovlar chogʻida odatdan tashqari reaksiyalar roʻy bergan yoki jamiyat uchun yoxud sinovda ixtiyoriy qatnashayotgan mijozning salomatligi va hayoti uchun xavf-xatar tugʻilgan taqdirda klinik sinovlar rahbari sinovlarni toʻxtatishi hamda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositalarni sinovdan oʻtkazishni mablagʻ bilan taʼminlash sinalayotgan farmakologik vositani taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Klinik sinovda ixtiyoriy qatnashayotgan mijozning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositaning klinik sinovida ishtirok etishga yozma rozilik bergan ixtiyoriy qatnashayotgan mijoz sinovni oʻtkazuvchi shifokordan bu uslubning ahamiyati, mohiyati va bunday sinov keltirib chiqarishi ehtimol tutilgan xavf toʻgʻrisida oldindan batafsil tushuntirish olishi, shuningdek u istalgan bosqichda sinovda qatnashishni rad etish huquqiga ega ekanligidan xabardor qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinov voyaga etmagan yoki muomalaga layoqatsiz mijoz ishtirokida oʻtkaziladigan boʻlsa, uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma tarzda rozilik olinishi kerak. Voyaga etmagan mijozlar ishtirokida oʻtkaziladigan sinovdan oldin, qoida tariqasida, sinov voyaga etganlarda oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmakologik vositaning klinik sinovini boshlashdan oldin sinovni oʻtkazayotgan davolash-kasallikning oldini olish muassasasi sugʻurta tashkiloti bilan mijozning salomatligi va hayotini sugʻurta qilish yuzasidan shartnoma tuzishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Sanoat korxonalari va ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarning sotilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ularni tayyorlash huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilardan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan dori-darmonlarni yetkazib beruvchi boshqa ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlaridan, shuningdek xorijiy firmalardan sotib olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari, tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar, ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalarini, tibbiy buyumlarni namunalar sifatida ham dorixonalarga, davolash-kasallikning oldini olish muassasalariga, boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika oʻquv yurtlariga berish huquqiga ega. Namunalarni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Dori vositalarini sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari faqat dorixona muassasalari orqali sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixonalar ishi dorixona amaliyoti uchun xos boʻlgan standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixonalar ishini boshqarish oliy farmatsevtika maʼlumotiga ega shaxslargagina ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha dorixona muassasalari sanitariya meʼyorlari va qoidalariga javob berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddati oʻtgan dori vositalarini sotish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dorixonalarning farmatsevtika faoliyatini nazorat qilishni davlatning vakolatli organlari amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Dori vositalarini eksport va import qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida dori vositalarini, tibbiy buyumlarni eksport va import qilishning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan yagona tartibi amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Tibbiyot muassasalarining dori vositalarining qoʻshimcha salbiy taʼsiri toʻgʻrisida xabardor qilish borasidagi majburiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davolash-kasallikning oldini olish, dorixona muassasalari hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va qoʻllovchi korxonalar dori vositalarini qoʻllash vaqtida aniqlangan barcha qoʻshimcha taʼsir hollari, shuningdek ilgari kuzatilmagan salbiy taʼsir hollari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini xabardor qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Dori vositalari va tibbiy buyumlar haqida axborot berish (ularni reklama qilish)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va tibbiy buyumlar haqida axborot berish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qoʻyiladigan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni reklama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 25-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
415-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 38-son, 416-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda)