Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2006 28.03.1994 yildagi 167-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.03.1994 yildagi 167-son
Date of entry into force
28.03.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON DAVLAT TELEVIDENIYA VA RADIOEShITTIRISh KOMPANIYASINING KOʻRSATUV VA EShITTIRIShLARI HAJMLARINI KOʻPAYTIRISh, UNING MODDIY-TEXNIKA NEGIZINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-mart 41-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholisining axborotlarga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish, teleradio dasturlari mazmunini tubdan yaxshilash va “Oʻzdavteleradio” kompaniyasining moddiy-texnika negizini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzteleradio” kompaniyasining telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar dasturlari hajmlarini koʻpaytirishga oid takliflari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston televideniyesining uchta umumrespublika kanali uzluksiz ishlashini taʼminlasin, telekoʻrsatuvlarning kundalik hajmini bosqichma-bosqich qoʻshimcha 16,5 soatga koʻpaytirsin, bunda respublika hududining televideniyening oʻz mahsuloti bilan kamida 10 soat hajmida toʻliq qamrab olinishini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika radiosi eshittirishlari hajmini 15 soatga koʻpaytirishni nazarda tutsin. Oʻzbekiston radiosi II kanalini “Mashʼal” eshittirishlariga toʻliq bersin, uning eshittirishlarini 1994-yilda bir kecha-kunduzda 23 soatgacha yetkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III umumrespublika radiokanali ishga tushirilgandan keyin 1994-yilning oxirigacha “Mashʼal” toʻlqinida berilayotgan “Doʻstlik” dasturining kundalik radioeshittirishlari hajmini 9 soatgacha, 1995-yilda esa 15 soatgacha yetkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yildan boshlab bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga oʻtish va zarur tuzilmalar tashkil etishni va reklama-tijorat xizmatlari sohasini rivojlantirishni nazarda tutgan holda xoʻjalik yuritishning samarali usullari boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbektelefilm” studiyasining ijodiy faoliyatini yaxshilash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmini koʻpaytirish va sifatini yaxshilash, yuksak badiiy talablarga javob beruvchi hujjatli, ilmiy-ommabop va qisqa metrajli filmlar ishlab chiqarish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moʻljallangan vazifalarni roʻyobga chiqarish maqsadida kompaniya tarkibiy boʻlinmalarini yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda chet tillarda beriladigan radioeshittirishlarning sifatini yaxshilash, hajmlarini koʻpaytirish va hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda yangi binolar (televideniye tahririyat binosi, Radio uyining apparat studiyasi, uy-joylar)ni qurish va ishlab turgan obyektlar (Respublika radio uyi, Respublika telemarkazi, maxsus avtokorxona, “Oʻzbektelefilm” studiyasi, Ijod uyi)ni rekonstruksiya qilish boʻyicha kelishilgan takliflarni shu yil may oyining oxirigacha tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koʻpaytirilgan hajmlardagi radioeshittirishlar va telekoʻrsatuvlarni sifatli tayyorlash uchun zarur boʻlgan texnika vositalari va ehtiyot qismlar sotib olish maqsadida 1994—1996-yillarda “Oʻzdavteleradio” kompaniyasiga Respublika valyuta jamgʻarmasidan 5,9 mln AQSh dollari miqdoridagi foizsiz kredit oʻn yil muddatga, shuningdek, 1,86 mlrd Rossiya rubli 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2, 2a-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavteleradio” kompaniyasi berilgan kreditni 1997-yildan boshlab qaytarilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi teleradio dasturlar berilishini taʼminlovchi texnika vositalari, ehtiyot qismlar sotib olishga va asbob-uskunalarni tuzatishga 1994-yilning II choragidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligiga har chorakda teng ulushlarda 2100 mln Rossiya rubli ajratsin. Aloqa vazirligi mablagʻlarning milliy valyutada qoplanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi 1994-yil davrida valyutada soliqlar toʻlashdan hamda uning belgilangan ulushini majburiy ravishda sotishdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi bilan birgalikda 20 kun muddatda toʻplangan ilgʻor tajriba asosida telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlashga va ularni translatsiya qilishga sarflanadigan amaldagi normativlarni qayta koʻrib chiqsinlar hamda ularni qoʻshma qaror bilan tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlangan normativlarni va 1994—1996-yillarga moʻljallangan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar hajmlarini hisobga olgan holda belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi va Aloqa vazirligi ikki oy muddatda oliy oʻquv yurtlarida quyidagi mutaxassislar: teleradio jurnalistlar, teleradio-kino rejissorlar, tele-kino operatorlar, ovoz operatorlari muhandislari va boshqalarni oʻqitish sifatini yaxshilash boʻyicha kelishilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, 1994-yilga va keyingi oʻquv yillariga qabul qilish rejasida ularni “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi va Oʻzdavkinokompaniya buyurtmanomalariga muvofiq maqsadli tayyorlashni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi tizimida ishlayotgan chet ellik mutaxassislar va uning taklifi bilan kelayotgan xorijiy fuqarolarning mehmonxonada yashashi, avtomobil transportidan foydalanganligi, amaldagi pasportlarning roʻyxatga olinishi va muddatlari uzaytirilishi hamda viza xizmatlari uchun olinadigan toʻlovlarni milliy valyutada qabul qilishga ruxsat bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari M.Q, Qoraboyev, K.N. Toʻlaganov va B.S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 28-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167-son