Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2021 30.04.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1344
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining qarori, 30.04.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1344
Date of entry into force
10.05.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN BANK KARTALARINI ChIQARISh VA ULARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MUOMALADA BOʻLIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-aprelda 1344-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/20-sonli ““Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1344-7, 03.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 3, 7, 17 va 51-moddalariga asosan Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan 10 kun oʻtgandan soʻng kuchga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 21-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4/20-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 21-fevraldagi 4/20-son qarori
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularning Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Bank siri toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, mamlakat hududida bank kartalarini emissiya qilish, ular orqali operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha hisob-kitoblar va xizmat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom maqsadida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bank kartasi — oʻz egasiga bank hisobvaragʻi orqali bir necha marta operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish va hisobvaragʻidan naqd pul hamda bank kreditini olish imkonini beruvchi mahalliy va xalqaro toʻlov kartasidir. Bank kartasi egasining bankdagi hisobvaragʻi boʻyicha amalga oshirish mumkin boʻlgan operatsiyalarning turlari bank karta egasi va emitenti oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan oʻrnatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bank kartalari orqali naqd pulsiz chakana toʻlovlar tizimi (bundan buyon — chakana toʻlov tizimi) — bank kartalari orqali operatsiyalar ishtirokchilari va bank kartalarini chiqarishda, ularga xizmat koʻrsatishda hamda ular orqali operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlar majmuidir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) chakana toʻlov tizimi ishtirokchisi — maʼlum bir toʻlov tizimiga tegishli boʻlgan bank kartalaridan foydalanish boʻyicha shartnomaviy munosabatlarga kiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) banklararo chakana toʻlov tizimi — bank kartalarini chiqaruvchi banklar, tovar (ish, xizmat) sotuvchilariga xizmat koʻrsatuvchi banklar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank va protsessing tashkilotini yagona tizimga birlashtiruvchi naqd pulsiz toʻlovlarni elektron shaklda amalga oshirish uchun moʻljallangan, huquqiy meʼyorlar, meʼyoriy hujjatlar, dasturiy-texnik yechimlar, shuningdek, tegishli tashkiliy-texnik infratuzilma majmuiga asoslangan va asosiy unsuri bank kartasi hisoblangan hududiy tarqoq toʻlov tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) toʻlov tashkiloti — bank kartasini maʼlum bir toʻlov tizimiga tegishliligini aniqlovchi tovar va (yoki) xizmat koʻrsatish belgilariga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlgan va bank kartalari orqali toʻlov tashkiloti aʼzolari oʻrtasida hisob-kitoblarni oʻtkazishni taʼminlovchi hamda bank kartasi muomalasi qoidalarini boshqa aʼzolar bilan birgalikda va (yoki) mustaqil oʻrnatuvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) toʻlov tashkiloti aʼzosi — tegishli toʻlov tashkiloti bilan shartnomaga asosan bank kartasi emissiyasi va (yoki) ekvayringini amalga oshiruvchi bank;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) bank kartalari emissiyasi — bank kartalarini muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish boʻyicha faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) emitent — bank kartasi emissiyasini amalga oshiruvchi, oʻzi emissiya qilgan bank kartalariga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlgan va ularning egalari va ekvayyerlari tomonidan bank kartalaridan foydalanilgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish huquqlari boʻyicha oʻz nomidan majburiyatlarni zimmasiga olgan bank. Bank kartasining emitenti faqat bank boʻlishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) ekvayring — bank kartalari orqali tovar (ish, xizmat) sotuvchilari bilan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek, bank kartasi egasiga bevosita kassa yoki bankomat orqali naqd pul berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) ekvayer — ekvayringni amalga oshiruvchi bank;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) protsessing — toʻlov tashkiloti aʼzolari oʻrtasida axborotni yigʻish, qayta ishlash va tarqatish, shuningdek, toʻlov tashkiloti aʼzolari tomonidan amalga oshiriladigan emissiya va (yoki) ekvayringga texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) protsessing tashkiloti (protsessor) — protsessingni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) tovarlar (ish, xizmat) sotuvchisi — ekvayer bilan tuzilgan shartnomaga asosan bank kartalari orqali tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotuvchi xoʻjalik (yuridik va (yoki) yuridik maqomga ega boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs) subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) bank kartasi egasi — emitent yoki bank kartalarini tarqatuvchi bank bilan mijoz oʻrtasidagi shartnomaga asosan bank kartasidan foydalanuvchi mijoz yoki mijoz tomonidan vakil etib tayinlangan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) mijoz — emitent yoki bank kartalarini tarqatuvchi bank bilan bank kartalarini foydalanishga taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) karta hisobvaragʻi — bank kartasi orqali pul mablagʻlarini tasarruf etish mumkin boʻlgan bank hisobvaragʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) toʻlov operatsiyasi — bank kartasi orqali tovarlar (ish, xizmat) toʻlovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
t) kassa avansi — ekvayer tomonidan bank kartasi egasiga bevosita kassa yoki bankomat orqali beriladigan naqd pullar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u) terminal — bank kartasi egasiga toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi va bajarilgan operatsiyalar boʻyicha “slip”larni shakllantiruvchi qurilma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) bankomat — bank kartasi egasiga oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish tartibida kassa avanslarini olish imkoniyatini beruvchi va bajarilgan operatsiyalar boʻyicha “slip”larni shakllantiruvchi qurilma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
x) avtorizatsiya — toʻlov tashkiloti tomonidan koʻzda tutilgan qoidalarga asosan telefon, elektron yoki aloqaning boshqa turlari boʻyicha bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun bank kartasi emitentining ruxsatini olish jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ts) slip — bank kartasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi, operatsiyaning miqdori, turi, amalga oshirilgan sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va ushbu “slip”ni shakllantirgan bank kartasi, hamda terminal yoki bankomatni toʻgʻri aniqlay bilish imkoniyatini beruvchi axborotni oʻzida mujassamlashtirgan terminal yoki bankomat kvitansiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ch) ShIR-kod — bank kartasi egasining shaxsiy identifikatsiya raqami boʻlib, u karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini boshqarish huquqini, hamda mablagʻlarni boshqarishga bank kartasining egasi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sh) virtual karta — internet tarmogʻi orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun moʻljallangan elektron shakldagi karta. Virtual karta asosiy kartaga yoki hisobvaraqqa bogʻlangan boʻlib, toʻlovlarni amalga oshirishda zarur boʻlgan bank kartasi rekvizitlari (karta egasi ismi sharifi, karta raqami, muddati va boshqalar) boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) CVV (CVC) kod — bank kartasining maxfiy raqami boʻlib, internet orqali toʻlovlarni amalga oshirishda ishlatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yu) antifrod tizim — bank kartalari yordamida toʻlovlarni amalga oshirishda firibgarlik operatsiyalarini oldini olishga qaratilgan jarayonlar yigʻindisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bank kartasi egasining ruxsatisiz boshqa shaxs bank kartasidan foydalanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kartasi karta emitenti boʻlgan bankning mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kartasi qalbakilashtirishdan va undan noqonuniy foydalanishning boshqa turlaridan himoya qilinishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank kartasining amal qilish muddati bank karta egasi va emitenti oʻrtasida tuzilgan shartnoma yoki bank kartalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻlov tizimi va banklararo toʻlov tizimi tomonidan oʻrnatiladigan qoidalarga asosan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Bank kartalardan foydalanishning huquqiy tartibga solinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartasini muomalaga chiqarish, xizmat koʻrsatish va undan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy tartibga solish mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlari, shuningdek toʻlov tashkilotlari tomonidan oʻrnatilgan qoidalar, hamda banklararo toʻlov tizimi ishtirokchilari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toʻlov tizimi va banklararo toʻlov tizimi ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlari mazkur Nizom, qonunchilikning boshqa hujjatlari hamda ularga asosan tuzilgan shartnomalar va oʻrnatilgan qoidalarga binoan boshqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi rezident banklari mahalliy, xorijiy va xalqaro toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimlariga aʼzo boʻlish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi rezident banklari — toʻlov tashkilotlarining aʼzolari, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida boshqasi oʻrnatilmagan boʻlsa, bank kartalari emissiyasi, ularga xizmat koʻrsatish va operatsiyalarni amalga oshirishda tegishli toʻlov tashkiloti tomonidan qabul qilingan standartlardan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Toʻlov tizimi ishtirokchilarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toʻlov tizimi ishtirokchilari quyidagilarga amal qilishlari shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartasi emissiyasi, xizmat koʻrsatish, ular orqali hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishning oʻrnatilgan tartib va qoidasiga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartalaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish uchun xavfsizlik chora-tadbirlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ular ixtiyorida mavjud boʻlgan va uzatiladigan bank kartalari, toʻlov tizimi ishtirokchilari, foydalaniladigan texnologiya va dasturiy-texnik vositalar, toʻlov tashkiloti tomonidan oʻrnatilgan ish tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi tijorat va bank siri hisoblangan maʼlumotlarni oshkora qilmaslikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasi egalari hamda ular tomonidan bank kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida sirni saqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Bank kartalarining turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bank kartalari karta hisobvaragʻi egasi, amal qilish tartibi va maʼlum bir toʻlov tizimiga tegishliligiga qarab har xil turlarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Karta hisobvaragʻining egasiga qarab bank kartalari: shaxsiy va korporativlarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) shaxsiy bank kartasi oʻz egasiga jismoniy shaxs (egasi)ning karta hisobvaragʻida (karta hisobvaraqlarida)gi pul mablagʻlarini boshqarish imkoniyatini beradi. Shaxsiy bank kartalari boshqa shaxslar (oila aʼzolari, doʻstlari va boshqalar) tomonidan foydalanilishi mumkin;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 25-iyundagi 19/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1344-2, 13.07.2011) tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) korporativ bank kartasi oʻz egasiga — yaʼni, yuridik shaxsning vakolatiga ega xodim yoki yakka tartibdagi tadbirkorga, karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini boshqarish imkoniyatini beradi. Korporativ bank kartasi faqat naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun moʻljallangan boʻlib, oylik ish haqini va boshqa ijtimoiy xarakterdagi toʻlovlar, hamda naqd pul mablagʻlarini toʻlash uchun ishlatilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bank kartalari amal qilish tartibiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) debet bank kartasi oʻz egasiga, bank kartasining emitenti va egasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga binoan, tegishli karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarining qoldigʻi doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga haq toʻlash va (yoki) naqd pul mablagʻlarini (korporativ bank kartalari bundan mustasno) olish uchun tasarruf etish imkonini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kredit bank kartasi oʻz egasiga, bank kartasining emitenti va egasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga binoan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga haq toʻlash va (yoki) naqd pul mablagʻlarini (korporativ bank kartochkalar bundan mustasno) olish uchun tegishli karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari qoldigʻidan ortiq operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Amaldagi toʻlov tashkiloti doirasida yoki uning tashqarisida bank kartochkasi emissiyasiga qarab, bank kartasi: tizimli, shaxsiy va kobeyjing turlarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tizimli bank kartasi ikki va undan ortiq emitentlarni birlashtiruvchi, tegishli toʻlov tashkiloti tomonidan oʻrnatiladigan qoidalar doirasida, amaldagi toʻlov tashkiloti bitimiga asosan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy bank kartasi amaldagi toʻlov tashkilotlari bitimidan tashqari emitent tomonidan bevosita oʻrnatiladigan qoidalar doirasida chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kobeyjing bank kartalari kartaning old tomonida logotiplari joylashtirilgan bir necha toʻlov tizimlarida faoliyat yurituvchi bank kartasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Bank kartalarining majburiy rekvizitlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bank kartalarining majburiy rekvizitlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank karta egasining ismi va sharifi (toʻliq va qisqartirilgan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karta (korporativ kartalar uchun) hisobvaragʻi egasi boʻlgan yuridik shaxsning oʻz firmasi (rasmiy) nomlanishi va (yoki) uning toʻlov tizimidagi shartli raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank karta egasining imzo namunasi va (yoki) uning shaxsiy raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasi emitentining toʻliq rasmiy nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasining amal qilish muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Majburiy rekvizitlar bank kartasiga davlat tilida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Toʻlov tizimi va (yoki) banklararo toʻlov tizimi doirasida chiqariladigan bank kartalarida, identifikatsiya belgilari va bank kartalarining unsurlari boʻlgan boshqa majburiy rekvizitlar mazkur tizim qoidalari boʻyicha oʻrnatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Bank kartalari emissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalari emissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan banklar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Biron bir toʻlov tizimiga tegishli boʻlgan bank kartalari emissiyasi, sertifikatlangan dasturiy-texnik vositalardan foydalangan holda, tegishli toʻlov tashkiloti tomonidan oʻrnatilgan standart va qoidalarga asosan, emitent tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Shaxsiy bank kartalari emissiyasi bevosita emitent tomonidan oʻrnatilgan standart va qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Toʻlov tizimi ishtirokchisi boʻlmagan tijorat banki, toʻlov tizimi ishtirokchisi boʻlgan bank tomonidan muomalaga chiqarilgan bank kartalarini, u bilan tuzilgan shartnomaga asosan tarqatish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bir karta hisobvaragʻiga bir necha qoʻshimcha bank kartalari va virtual kartalarni bogʻlash mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Bank kartasini foydalanishga taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Bank kartalarini foydalanish (tarqatish)ga taqdim etish, bank kartalarini tarqatuvchi tijorat banki hamda uning mijozlari oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan yozma shaklda yoxud masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida joylashtirilgan oferta shartnomasi shaklida amalga oshiriladi. Bank kartalarini foydalanishga taqdim etish toʻgʻrisidagi yozma yoki oferta shartnoma toʻlov tashkiloti qoidalariga mos kelishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Bank kartalarini foydalanishga taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnoma, agar uning shartlarida mijozning kredit majburiyatlarini paydo boʻlishi koʻzda tutilmagan boʻlsa, ommaviy shartnoma boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Bank kartochka egasi tomonidan kartadan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin boʻlgan operatsiyalarning turlari, hamda ularni amalga oshirish qoidalari, “bank kartalarini foydalanishga taqdim etish toʻgʻrisida”gi shartnoma bilan belgilangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bank kartalarini foydalanishga taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnoma quyidagilarni majburiy ravishda oʻz ichiga olishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma mazmuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasi emitentining huquq va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartochka egasining huquq va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitoblarni amalga oshirish shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning amal qilish muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bank kartalarini tarqatuvchisining oʻz nomidan, ammo mijoz hisobiga, bank kartochkasi egasining vakolatiga ega mijozlarning topshirigʻiga binoan, hisob-kitob hujjatlarini va boshqa harakatlarni amalga oshirish boʻyicha majburiyatlari bank kartalarini foydalanishga taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻzda tutilgan boʻlishi mumkin. Bank kartalari tarqatuvchisining koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlari toʻlov tizimi qoidalariga muvofiq ham paydo boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Bank kartalarini tarqatuvchisi oʻz nomidan va mijoz hisobiga, toʻlov tizimi ishtirokchisi bilan amalga oshirilgan bitim boʻyicha, huquqlarni qoʻlga kiritadi va bank kartalarining majburiy tarqatuvchisiga aylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Bank kartalarini foydalanishga taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomada, karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini, imzo, kod, parol va boshqa vositalardan foydalangan holda tasarruf etish huquqi, aynan vakolatli shaxs tomonidan berilganligiga ishonch hosil qilish tartibi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Bank kredit kartalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnoma, mijozning kredit majburiyatlari vujudga kelgan holatda, emitentning ichki kredit siyosati qoidalariga asosan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishni toʻxtatish va bank kartasini muomaladan chiqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Bevosita kartochka egasi yoki mijozdan bank kartasining yoʻqolganligi yoki oʻgʻirlanganligi toʻgʻrisida ariza olinganda, hamda bank kartalarini tarqatuvchi bankdan shu kabi ariza kelib tushganda, emitent bank kartochkasi orqali operatsiyalarni oʻtkazishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyishi, hamda bank kartochkasini muomaladan chiqarish choralarini koʻrishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Toʻlov tashkiloti, toʻlov tizimi qoidalariga muvofiq ayrim emitentlar tomonidan muomalaga chiqarilgan bank kartalari orqali operatsiyalarni oʻtkazishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Emitent quyidagi holatlarda bank kartasi orqali operatsiyalar oʻtkazishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish, hamda bank kartasini muomaladan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasi yoki uning rekvizitlaridan noqonuniy foydalanishni tasdiqlovchi holatlarni mavjudligida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasi, undan foydalanish vakolatiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan ishlatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan boshqa holatlarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Yuqorida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelganda, bank kartasi orqali operatsiyalarni oʻtkazishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish yoki bank kartasini muomaladan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi toʻlov tashkiloti qoidalariga asosan oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Bank kartasi orqali operatsiyalarni oʻtkazishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish, hamda bank kartasini muomaladan chiqarish va bu haqda mijozga xabar berish tartibi toʻlov tashkiloti qoidalariga va bank kartalarini foydalanishga taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Bank kartasi emitentining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bank kartasi emitenti quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasini jismoniy va yuridik shaxslarga ularning arizalari va tuzilgan shartnomalarga yoxud masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida joylashtirilgan oferta shartnomasi va elektron arizalariga asosan berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (23-may 2017-yil, roʻyxat raqami 2886) muvofiq mijozni identifikatsiyalagan holda bank kureri tomonidan yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agarda toʻlov tashkiloti qoidalarida boshqasi koʻzda tutilmagan boʻlsa, bank kartasi orqali amalga oshirilgan debet operatsiyalari uchun komission mukofot undirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Bank kartasining emitenti quyidagilarga amal qilishlari shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasini olish toʻgʻrisida emitentga murojaat qilgan shaxsning arizasini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kartochkadan foydalanish qoidalari, hamda ular orqali operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha bank karta egasi va emitentining javobgarlik chegarasi toʻgʻrisidagi toʻliq axborotni bank karta egasiga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasi emitenti va egasi oʻrtasida tuzilgan shartnomada oʻrnatilgan tartibga asosan, bank kartasini berish va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha emitent tariflarining oʻzgarganligi, hamda bank kartasini amal qilish muddatidan avval toʻxtatish toʻgʻrisida bank kartasi egalarini xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karta hisobvaragʻi yopilganda, qonunchilikda belgilangan muddatdan kechiktirmagan holda, hisob raqamda mavjud boʻlgan pul mablagʻlarini qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
plastik kartalari orqali operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish va uning toʻgʻriligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Bank kartasi emitentining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Bank karta egasidan kartochkaning yoʻqolganligi yoki oʻgʻirlanganligi toʻgʻrisida ariza yoki masofadan xizmat koʻrsatish tizimi orqali qabul qilingandan soʻng, emitent yoʻqotilgan yoki oʻgʻirlangan bank kartasi orqali bajarilgan barcha operatsiyalar boʻyicha toʻliq javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Emitent qalbaki bank kartasi orqali bajarilgan barcha operatsiyalar boʻyicha toʻliq javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Emitent bank kartasi egasi oldida quyidagi holatlarda javobgar hisoblanmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar bank karta egasi ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻzda tutilgan qoida va tartiblarni buzgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank karta egasi tomonidan noqonuniy harakatlar sodir qilingan holatda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar bank kartasi va (yoki) PIN, CVV (CVC) — kodlar yoʻqolishi bank karta egasining kartochkaga boʻlgan qoʻpol ehtiyotsizligi yoki eʼtiborsizligi oqibatida vujudga kelgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Toʻlov tizimi ishtirokchisi boʻlmagan banklar tomonidan tarqatilgan bank kartalari orqali bajarilgan operatsiyalar boʻyicha, toʻlov tizimi aʼzolari oldida bank kartalarini muomalaga chiqargan toʻlov tizimi ishtirokchisi javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. Bank kartalari egalarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Bank karta egasi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tashkiloti qoidalari va emitent bilan tuzilgan shartnomada koʻzda tutilgan sharoit va tartibga asosan bank kartasi orqali operatsiyalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasi emitentidan kartochkadan foydalanish qoidalari, hamda ular orqali operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha bank karta egasi va emitentining javobgarlik chegarasi toʻgʻrisidagi toʻliq axborotni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasi emitentidan amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida toʻliq axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emitentlar tomonidan oʻz majburiyatlarini notoʻgʻri bajarish natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashni, tuzilgan shartnomalarga asosan bank kartasi emitentidan talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz roziligiga koʻra, uning karta hisobvaragʻini tasarruf etish imkoniyatini beruvi qoʻshimcha bank kartalarini chiqarish va rasmiylashtirishni emitentdan soʻrash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karta hisobvaragʻini kelgusida yopish sharti bilan bank kartochkalaridan foydalanishni rad etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Bank karta egasi quyidagilarga amal qilishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma shartlarini, bank kartasidan foydalanish qoida va yoʻriqnomalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tashkiloti tomonidan oʻrnatilgan, bank kartasidan foydalanish qoida va tartiblarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasi yoʻqolganligi va bank kartasidan beruxsat foydalanilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlgan barcha hodisalar haqida emitentga qisqa muddat ichida xabar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotuvchilarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tovarlar (ish, xizmat) sotuvchisi quyidagilarga amal qilishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob qilish xizmati uchun naqd pulda oʻrnatilgan narxdan oshmaydigan narx boʻyicha bank karta egasiga xizmat koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma munosabatlari bilan bogʻliq boʻlgan toʻlov tizimi nomi va (yoki) logotipi koʻrsatgan holda, bank kartasiga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida, mijozlarni xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ish, xizmat) sotuvchisi va ekvayer oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻzda tutilgan shartlarga asosan ushbu toʻlov tizimiga tegishli boʻlgan barcha bank kartalariga xizmat koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilayotgan operatsiyalar summasi, ekvayer bilan tuzilgan shartnomada oʻrnatilgan summadan ortiq boʻlgan barcha holatlarda bank kartasi boʻyicha avtorizatsiya oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va uning ekvayer bilan tuzgan shartnomalariga asosan, bank kartasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha axborot taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank karta egalari toʻgʻrisida maʼlumotni uchinchi shaxsdan sir saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank karta egasiga (uning vakiliga) bitim shartlarida belgilangan muddatda, toʻlovlari bank kartasi orqali amalga oshirilgan, tovarlarni berish, xizmatlarni koʻrsatish yoki ishlarni bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIII. Bank kartalari egalarining huquqlarini himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Korporativ bank kartasi emitenti boʻlgan bank, karta hisobvaragʻi egasiga bank kartasidan foydalanmagan holda, karta hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini taʼminlashi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ekvayer, bank karta egasidan bankomatdan foydalangani uchun toʻlov tashkilotining qoidalarida oʻrnatilgandan yuqori boʻlgan qoʻshimcha toʻlov olishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Bank karta egalari va ularning bank kartochkalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalari toʻgʻrisida axborot, hamda bank kartochkalarining oʻzi haqidagi maʼlumot bank siri boʻlib hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida oʻrnatilgan tartibda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIV. Bank kartalari orqali hisob-kitoblarni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Toʻlov tashkiloti ishtirokchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblar toʻlov tashkiloti yoki toʻlov tashkiloti aʼzosining topshirigʻi boʻyicha vakillik hisobvaragʻi orqali oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekvayring Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan banklar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XV. Ekvayerning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ekvayer quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (23-may 2017-yil, roʻyxat raqami 2886) muvofiq bank kartasi egasidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishini talab qilish huquqiga ega,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kassa avansini berish operatsiyasini amalga oshirishda bank karta egasidan komission mukofotlar undirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar (ish, xizmat) sotuvchilari bilan hisob-kitob operatsiyalarini oʻtkazish uchun shartnomada koʻzda tutilgan foizlarni bevosita kelib tushadigan summa hisobidan ushlab qolish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tashkiloti tomonidan bank karta egasiga taqdim etilgan vakolatlarga zid boʻlmagan sharoitda, ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha tovar (ish, xizmat) sotuvchilari bilan shartnomalar tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ekvayer quyidagilarga amal qilishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kassa avanslarini berish boʻyicha ekvayer tariflarini oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni bank karta egalariga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar (ish, xizmat) sotuvchilariga plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar bajarilishini va uning toʻgʻriligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi aʼzo boʻlgan toʻlov tashkilotining barcha bank kartalariga xizmat koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ish, xizmat) sotuvchisini, ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilangan sharoitlar asosida bank kartalari egalariga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan material va uskunalar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartalari orqali operatsiyalar boʻyicha tovar (ish, xizmat) sotuvchilari bilan oʻzaro hisob-kitoblarni vaqtida va toʻgʻri amalga oshirilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVI. Ekvayerning tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotuvchisi oldidagi javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ekvayer tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotuvchisi oldida bank kartasi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha quyidagi hollarda javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotuvchisi, bank kartalari orqali operatsiyalarni amalga oshirishda tuzilgan shartnomalarda oʻrnatilgan qoida va tartibni buzganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotuvchisi tomonidan oʻtkazilgan toʻlov operatsiyasi toʻgʻrisida hujjat yoki axborotlar yoʻqligida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotuvchisi tomonidan noqonuniy harakatlar amalga oshirilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVII. Bank kartalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalaniladigan axborotlarni himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Emitentlar, ekvayyerlar, protsessing tashkilotlari, tovarlar (ish, xizmat) sotuvchilari, bank karta egalari axborotlarni va bunda foydalaniladigan dasturiy-texnik vositalarni himoya qilish boʻyicha qoidalarga rioya qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Axborotlarni, bank kartalarini va bunda foydalaniladigan dasturiy-texnik vositalarni himoya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda toʻlov tashkilotining qoida va yoʻriqnomalariga asosan oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XVIII. Protsessing tashkilotining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Protsessing tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimi (va (yoki) banklararo toʻlov tizimi) ishtirokchilari uchun bank kartalari orqali operatsiyalarni amalga oshirish va bunga ruxsat berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
protsessing tashkiloti bilan emitent oʻrtasida tuzilgan shartnomaning, hamda toʻlov tizimi va (yoki) banklararo toʻlov tizimining boshqa ishtirokchilari oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini emitent tomonidan bajarmaslik hollarida, emitentning bank kartalari boʻyicha operatsiyalari toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Protsessing tashkiloti quyidagilarga amal qilishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimi va (yoki) banklararo toʻlov tizimi ishtirokchilari tomonidan chiqarilgan bank kartalari orqali operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartasiga xizmat koʻrsatishni taqiqlash toʻgʻrisidagi emitentning yozma qarori olingandan soʻng, bank kartalari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatish (alohida turdagi operatsiyalarni toʻxtatish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emitent-bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi chaqirib olingandan soʻng, uning bank kartalari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimi va (yoki) banklararo toʻlov tizimi ishtirokchilarining operatsiyalari toʻgʻrisidagi sirni saqlashni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kartalari yordamida toʻlovlarni amalga oshirishda firibgarlik operatsiyalarining olini olish uchun antifrod tizimi bilan taʼminlash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIX. Protsessing tashkilotining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Emitent tomonidan bank kartalariga xizmat koʻrsatishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng, ular orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha hamda emitent tomonidan bank kartalari orqali amalga oshirilishi taqiqlanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan ayrim operatsiyalarni bajarish boʻyicha toʻliq javobgarlikni protsessing tashkiloti oʻz zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XX. Toʻlov tizimi ishtirokchilari boʻlgan banklar faoliyati ustidan nazorat oʻrnatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Bank kartalari emissiyasini va (yoki) ekvayringini amalga oshirish toʻgʻrisida, bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va protsessing markaziga oʻrnatilgan tartibda xabar beradi. Xabarnomada bank kartalari emissiyasi, koʻlami va ular orqali amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan operatsiyalarning turi toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Toʻlov tizimi ishtirokchilari boʻlgan banklar faoliyati ustidan nazorat oʻrnatish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va toʻlov tashkiloti qoidalariga asosan oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXI. Bank kartalari emitentlarining reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Protsessing tashkiloti bank kartalari emitentlarining reyestrini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Bank kartalari emitentlarining reyestridagi axborot ochiq boʻlib, doimiy ravishda chop etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXII. Toʻlov tizimi ishtirokchilarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalari emissiyasining oʻrnatilgan tartibini, bank kartalari orqali xizmat koʻrsatish va operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni oʻtkazish qoidalarini buzganliklari uchun qonunda oʻrnatilgan tartibda fuqarolik-huquqiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik toʻlovlar tizimi ishtirokchilari zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXIII. Bank kartalaridan foydalanishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Bank kartalari emissiyasi, ular orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni oʻtkazish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda sud orqali hal qilinadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 203-modda; 2006-y., 48-50-son, 497-modda; 2011-y., 28-son, 298-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/1344-6/2944-son)