OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI YoNgʻIN XAVFSIZLIGI BOSh BOShqARMASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI YoNgʻIN XAVFSIZLIGI BOSh BOShqARMASI
Qarori
ENERGETIK KORXONALAR UChUN YoNGʻIN XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-aprelda 1341-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi Nizomiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan “Energetik korxonalar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi B. TEShABOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-mart,
107-son
Ichki ishlar vazirligi yongʻin xavfsizligi Bosh boshqarmasi boshligʻi A. QOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-mart,
29/9-120-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 16-son, 194-modda; 2011-y., 48-son, 496-modda; 2013-y., 26-son, 348-modda)