Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2022 03.03.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 660
ONLINE TRANSLATE
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining Nizomi, 03.03.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 660
Date of entry into force
03.03.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“TASDIQLAYMAN”
Davlat mulki qo‘mitasi
raisi o‘rinbosari —
Qimmatli qog‘ozlar bozori
ishlashini muvofiqlashtirish
va nazorat qilish
Markazi bosh direktori
M. Yunusmatov
1999-yil 1-mart, 42-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tkazish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-martda 660-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 5-oktabrdagi 55-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 660-8, 18.10.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tkazish, qimmatli qog‘ozlar bozorida xizmat ko‘rsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish tartibini, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malaka attestatlarini berish, amal qilishini to‘xtatish va mahrum (bekor) qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom talablari qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarida (bundan buyon matnda- professional ishtirokchi), fond birjalarida, valyuta birjalarining fond bo‘limlarida ishlashga talabgor bo‘lgan yoki ishlayotgan xamda majburiyatiga ularning nomidan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, qimmatli qog‘ozlar bozorida xizmat ko‘rsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish kiruvchi jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda — vakolatli organ) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarni attestatsiyadan o‘tkazish (bundan buyon matnda — attestatsiyadan o‘tkazish) — qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, xizmatlarni ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarishda qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassisi malaka guvohnomasini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxslarning (bundan buyon matnda — talabgor) tayyorgarligini aniqlash usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi malaka guvohnomasi (bundan buyon matnda — malaka guvohnomasi) — vakolatli organ tomonidan professional ishtirokchi, fond birjasi (fond bo‘limini tashkil etgan valyuta birjasi)ning nomidan qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish huquqini tasdiqlovchi va tegishli toifasi ko‘rsatilgan tarzda jismoniy shaxsga beriladigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I toifa malaka guvohnomasi — jismoniy shaxslarga beriladigan va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbari, boshqa professional ishtirokchilarning ijro organi rahbari, fond birjasining ijroiya organi va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbari, valyuta birjalarining fond bo‘limi rahbari lavozimini egallash huquqini beruvchi malaka guvohnomasining toifasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II toifa malaka guvohnomasi — jismoniy shaxslarga beriladigan va professional ishtirokchilarda, fond birjalarda, valyuta birjalarining fond bo‘limlarida mutaxassis sifatida ishlash huquqini beruvchi malaka guvohnomasining toifasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi — attestatsiya (qayta attestatsiya) o‘tkazish bo‘yicha kollegial organ.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Majburiy attestatsiyadan, mazkur Nizomning 1.31 bandida qayd etilgan xollardan tashqari, quyidagi shaxslar o‘tishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari, boshqa professional ishtirokchilarning ijroiya organi rahbarlari, fond birjalarning ijro organi va uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari, valyuta birjalarining fond bo‘limi rahbarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bevosita qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi va (yoki) qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlarni bajaruvchi professional ishtirokchilarning, fond birjasining, valyuta birjalarining fond bo‘limlari mutaxassislari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka guvohnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar malaka guvohnomasining amal qilish muddati tugagan paytdan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay majburiy attestatsiyadan o‘tishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida qayd etilgan muddat davomida malaka guvohnomasining amal qilish muddati tugagan shaxslar, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etish, xizmatlar ko‘rsatish va (yoki) qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlarni bajarish huquqisiz lavozimlarini egallash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professional ishtirokchilarda, fond birjalarida, valyuta birjalarining fond bo‘limlarida ishlayotgan malaka attestatiga ega shaxslar soni ikki kishidan kam bo‘lmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilgan shaxslarning lavozimlari, ularning vazifalari, funksiyalari va vakolatlari ko‘rsatilgan ro‘yxat xo‘jalik yurutivchi subyektning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs attestatsiyadan o‘tmagan deb topilganda, u mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida qayd etilgan lavozimlarni egallashga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.31. Istisno tariqasida, moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasida imtiyozli oliy ma’lumot diplomiga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi agar oliy ma’lumotga egaligi to‘g‘risidagi diplom berilgan kundan 3 yildan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa attestatsiyadan o‘tmasdan va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan II toifa malaka guvohnomasini olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar malaka attestatini olish uchun vakolatli organga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur nizomning 1-ilovasidagi* shaklda ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — pasport yoxud xorijiy fuqaro va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — yashash guvohnomasining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasi yoki notarius tomonidan tasdiqlangan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi imtiyozli diplom nusxasi (bakalavrlar uchun).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Attestatsiya komissiyasi quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda attestatsiyadan o‘tgan shaxslarni qayta attestatsiyadan o‘tkazishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bir necha marotaba buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga jiddiy o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yil davomida uch va undan ortiq marotaba amaldagi malaka guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan sodir etilgan qonunbuzilishlar qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini bir necha marotaba buzish deb tan olinadi.
(1.4-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Attestatsiya komissiyasining ish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Vakolatli organda besh kishidan kam bo‘lmagan Attestatsiya komissiyasi tuziladi va Attestatsiya komissiya raisini, a’zolarini va Attestatsiya komissiya a’zosi bo‘lmagan kotibni o‘z ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi tarkibiga vakolatli organning mansabdor shaxslari va xodimlari, shuningdek boshqa davlat boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarining ixtiyoriy birlashmasining vakillari xam kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Attestatsiya komissiyasining tarkibi vakolatli organ rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Attestatsiya komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiya o‘tkazish tartibini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test va bilet savollarini tuzish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiya o‘tkazish sanasi, joyi va vaqtini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiya (qayta attestatsiya)ni o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiya natijalarini rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan shaxslarning apellatsiyalarini ko‘rib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Attestatsiya komissiyasining majlislari zaruriyatga ko‘ra, lekin bir oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi. Attestatsiya komissiyasi kotibi Attestatsiya komissiyasi majlisini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi majlisi uning a’zolarining kamida 2/3 qismi hozir bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasining majlisiga qo‘yilgan va uning vakolati doirasidagi masalalarni hal etishda Attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashayotgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi kerak bo‘ladi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisini yoki a’zosini uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan hollarda ularni almashtirish vakolatli organ rahbarining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish (Attestatsiya komissiyasining majlisi o‘tkaziladigan joy va vaqti) to‘g‘risida Attestatsiya komissiyasi a’zolari Attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.6. Vakolatli organ rahbarining buyrug‘iga asosan Attestatsiya komissiyasi a’zolari tarkibidan sayyor Attestatsiya komissiyasi majlislari o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.7. Attestatsiya komissiyasi test va imtihon savollarini qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari o‘zgarishidan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqadi.
(2.7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test va imtihon savollarini ishlab chiqish uchun tegishli yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari, davlat boshqaruvi organlari shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarining ixtiyoriy birlashmalari jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tkazish va malaka guvohnomalarini berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Talabgorlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlarni vakolatli organga attestatsiya kunidan kamida yetti ish kun oldin taqdim etadi va attestatsiya kunidan ikki ish kuni oldin tasdiqlanadigan attestatsiyaga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiyaga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxati talabgorlardan hujjatlarni kelib tushgan sanasi bo‘yicha tuziladi va tasdiqlanganidan so‘ng tanishish uchun ochiq deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan belgilangan to‘lov miqdori kelib tushmagan taqdirda, talabgor attestatsiyaga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiyaga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxati Attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tish uchun talabgorlar vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilayotgan hujjatlar ro‘yxati, nusxalar soni, hujjatlar shakli (nusxasi yoki asli), shuningdek, xar bir taqdim etilgan hujjatlarning varaqlar soni ko‘rsatilgan holda mazkur Nizomning 2- ilovasiga* muvofiq shakldagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv muassasasi yoki notarius tomonidan tasdiqlangan qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish yoki qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi o‘quv muassasasi sertifikatining nusxasi (bunda, talabgorga sertifikat berilgan sanadan mazkur bandga asosan hujjatlarni taqdim etish sanasigacha bo‘lgan muddat bir yildan ko‘p bo‘lmasligi lozim);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — pasport yoxud chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — yashash guvohnomasining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning 3.8-bandida belgilangan bir martalik to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I darajali malaka guvohnomasini olishga talabgorlar, qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyida keltirilgan yo‘nalishlardan biri, ya’ni moliya — iqtisod, huquqshunoslik, matematika yoki axborot texnologiyalar bo‘yicha oliy ma’lumotga egaligini tasdiqlovchi hujjatning ta’lim muassasasi yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi, shuningdek iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik sohalarda yoki ko‘rsatilgan sohalar bo‘yicha davlat boshqaruv organlarida kamida ikki yillik ish stajiga egaligini tasdiqlovchi mehnat daftarchasining yoki boshqa hujjatning notarius yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoxud ta’lim muassasasi yoki notarius tomonidan tasdiqlangan oliy ma’lumotga egaligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, shuningdek iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik sohalarda yoki ko‘rsatilgan sohalar bo‘yicha davlat boshqaruv organlarida kamida besh yillik ish stajiga egaligini tasdiqlovchi mehnat daftarchasining yoki boshqa hujjatning notarius yoxud ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar, shaxslar iqtisodiy yoki huquqshunoslik sohasida ilmiy darajaga ega bo‘lsa va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlansa (agarda ilmiy daraja xorijiy davlatda olingan bo‘lsa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng), attestatsiyaga tegishli ish stajisiz, qayta tayyorgarliksiz va malaka oshirmagan xolda, kiritiladi.
(3.2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning 1.31, 3.2 va 4.1 bandlarida qayd etilgan quyidagi hujjatlar, talabgorning (malaka guvohnomasi egasi) xohishiga ko‘ra ulardan nusxa olish va talabgorga qaytarish uchun asl nusxada (asli) taqdim etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasi yoki notarius tomonidan tasdiqlangan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi imtiyozli diplom nusxasi (bakalavrlar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv muassasasi yoki notarius tomonidan tasdiqlangan qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish yoki qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi o‘quv muassasasi sertifikatining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasi yoki notarius tomonidan tasdiqlangan, quyida keltirilgan yo‘nalishlardan biri: moliya — iqtisod, huquqshunoslik, matematika yoki axborot texnologiyalar bo‘yicha oliy ma’lumotga egaligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, shuningdek iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik sohalarda yoki ko‘rsatilgan sohalar bo‘yicha davlat boshqaruv organlarida kamida ikki yillik ish stajiga egaligini tasdiqlovchi mehnat daftarchasining yoki boshqa hujjatning notarius yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasi yoki notarius tomonidan tasdiqlangan oliy ma’lumotga egaligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, shuningdek iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik sohalarda yoki ko‘rsatilgan sohalar bo‘yicha davlat boshqaruv organlarida kamida besh yillik ish stajiga egaligini tasdiqlovchi mehnat daftarchasining yoki boshqa hujjatning notarius yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organi tomonidan berilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga kiritilgan o‘zgartirishlar va tuzatishlar to‘g‘risidagi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nusxalarda nusxa olingan sana va vaqt haqida belgi qo‘yiladi, shuningdek nusxa olishni amalga oshirgan vakolatli organ xodimining to‘liq ismi sharifi ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Taqdim etilgan hujjatlar nomuvofiq rasmiylashtirilgan taqdirda, hujjatlarni taqdim etishning belgilangan muddatlari buzilganda, hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda yoki mazkur Nizomda nazarda tutilgan boshqa hollarda vakolatli organ talabgorga attestatsiyadan o‘tishga rad javobini beradi. Bunda malaka guvohnomasini olish uchun ariza bergan shaxsga arizani bergan kunidan e’tiboran 5 ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda yozma shakldagi asoslangan rad javobi yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha e’tirozlar mavjud bo‘lmasa, ariza bergan shaxs attestatsiyaga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5 Attestatsiyani o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi vakolatli organning veb-saytiga e’lon qilinadi. Attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan attestatsiya (qayta attestatsiya)ni o‘tkazish kunida, attestatsiyadan o‘tuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan talabgorlar attestatsiyadan o‘tish uchun ko‘rsatilgan joyga yetib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor o‘zi bilan pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega bo‘lishi lozim. Pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega bo‘lmagan yoki attestatsiyaga kech kelgan shaxslar kelmagan deb hisoblanadi va navbatdagi attestatsiyaga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ketma-ket ikki marta attestatsiyadan o‘tishga kelmagan talabgorlar attestatsiyaga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatidan chiqarib tashlanadi. Bunda taqdim etilgan hujjatlar oxirgi attestatsiya o‘tkazilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida nomzodga qaytariladi, bir martalik to‘lov esa qaytarilmaydi. Hujjatlarni qayta taqdim etish mazkur Nizomning 3.1 — 3.4 bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ tomonidan qaytarilgan hujjatlar bo‘yicha maxsus daftar yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.7. Attestatsiyalar jarayoniga texnik xizmat ko‘rsatish vakolatli organ va zarur dasturiy-texnik uskunalarga ega bo‘lgan tashkilot o‘rtasidagi shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya testlari natijalari yuzasidan kompyuter ma’lumotlar bazasini saqlash uchun javobgarlik attestatsiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.8. Attestatsiyalar (qayta attestatsiyalar)ni o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida, talabgorlardan vakolatli organ hisob raqamiga o‘tkaziladigan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida bir martalik yig‘im undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiyadan o‘tmagan shaxslarga bir martalik yig‘im qaytarilmaydi. Avval attestatsiyadan o‘tmagan shaxsning xar bir keyingi attestatsiyasi (qayta attestatsiyasi) tegishli bir martalik yig‘imni to‘lash bilan birga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.9. II darajali malaka guvohnomasini olish uchun talabgorlarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tkazish test sinovi usulida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I darajali malaka guvohnomasini olish uchun talabgorlarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda — yozma-og‘zaki imtihon (bundan buyon matnda — imtihon).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovi kompyuter dasturidan foydalangan xolda yoki yozma ravishda test savollariga javob berish shaklida amalga oshiriladi va talabgorlarga 60 daqiqa taqdim etgan holda o‘z ichiga 60ta savollarni oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihon to‘rtta nazariy va amaliy savollardan iborat imtihon biletlariga javoblar shaklida yozma amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihon savollariga javob berish uchun talabgorlarga 90 daqiqa taqdim etiladi. Har bir imtihon biletining savoliga berilgan javoblar besh balli tizimda baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.10. Kerak bo‘lgan to‘g‘ri javoblar soni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovidan o‘tish uchun kamida 45 ta to‘g‘ri javobni tashkil etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihondan o‘tish uchun 15 balldan kam bo‘lmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.11. Attestatsiya natijalarini aniqlash uchun kuyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“attestatsiyadan o‘tgan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“attestatsiyadan o‘tmagan”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.12. Test sinovi va imtihon o‘tkazilayotgan vaqtda talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’lumotnoma, maxsus va boshqa adabiyotlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yozuvlardan, shu jumladan elektron manbalardagi yozuvlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyali aloqa yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa talabgorlar bilan muloqot olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rsatib o‘tilgan talablar buzilgan taqdirda, talabgor attestatsiyadan chetlashtiriladi va attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.13. Attestatsiya natijalari Attestatsiya komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolangan va Attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan Attestatsiya komissiyasi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Attestatsiya natijalari vakolatli organning veb-saytiga attestatsiya o‘tkazilgan sanadan so‘ng 3 ish kuni davomida e’lon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.14. Attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan shaxs, mazkur Nizomning 3.1 — 3.4 bandlarida ko‘rsatilgan tartibda hujjatlarni qayta taqdim etgan xolda attestatsiyadan o‘tishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.15. Talabgor attestatsiya natijalari bo‘yicha Attestatsiya komissiyasiga apellatsiya berishga haqli. Apellatsiya arizasi Attestatsiya komissiyasi raisi nomiga talabgorni attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan kundan e’tiboran 30 ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda yozma shaklda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi apellatsiya arizasini kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqishi hamda ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha arizachiga Attestatsiya komissiyasining qarorini Attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan imzolangan komissiya yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma ko‘rinishida yuborishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi apellatsiya arizasini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha arizachi — attestatsiyadan o‘tmagan shaxsning shikoyat va vajlarini o‘rinli deb topishi va uni attestatsiyadan o‘tgan deb tan olish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi qaroriga asosan attestatsiyadan o‘tgan deb topilgan shaxsga malaka guvohnomasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan shaxsni qayta attestatsiyadan o‘tkazish kunini belgilaydi. Agarda oldingi attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan shaxs qayta attestatsiyadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra attestatsiyadan o‘tgan deb topilsa, unga umumiy asoslarga ko‘ra malaka guvohnomasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy apellatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi. Apellatsiya arizasini ko‘rib chiqish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, arizachi Attestatsiya komissiyasi qarori ustidan sud tartibida shikoyat keltirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.16 Attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan shaxs, Attestatsiya komissiyasining qarori ustidan sud tartibida shikoyat keltirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.17 Malaka guvohnomalari mazkur Nizomning 3 (I toifa malaka guvohnomasi) va 4 (II toifa malaka guvohnomasi) ilovalaridagi shaklda rasmiylashtiriladi. Malaka guvohnomalarini berish attestatsiya o‘tgan sanadan boshlab 15 ish kuni davomida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.18 Vakolatli organ attestatsiyadan o‘tgan shaxslarning (qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislari) yagona davlat reyestrini yuritadi. Malaka guvohnomalarini olgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar attestatsiyadan o‘tgan shaxslarning (qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining) yagona davlat reyestriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiyadan o‘tgan shaxslarning (qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining) yagona davlat reyestri quyidagi shakllarda yuritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qog‘ozli manbalarda (tikilgan va vakolatli organning muhri bilan muhrlangan jurnallar shaklida, tikilgan betlarning soni ko‘rsatilgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) elektron manbalarda, elektron yozuvlar shaklida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiyadan o‘tgan shaxslarning (qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining) yagona davlat reyestrida malaka guvohnomalari berilgan mutaxassislar to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasini olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasportiga doir ma’lumotlar yoki yashash guvohnomasiga doir ma’lumotlar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasining tartib raqami, berilgan sanasi va amal qilishining tugash muddati, toifasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasi blankasining tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasi olingan sana, olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi (faqat qog‘oz shaklda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasini bekor qilish, amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tugatish sanasi va sabablari, shuningdek dublikat berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izoh, unda vakolatli organ zarur deb hisoblaydigan har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.19 Malaka guvohnomalarining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Malaka guvohnomalarini qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Ilgari berilgan malaka guvohnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning o‘zgarganligi munosabati bilan malaka guvohnomasini qayta rasmiylashtirish uchun malaka guvohnomasi egasi tomonidan vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ rahbari nomiga malaka guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasining asl nusxasi, u yo‘qolgan taqdirda — yo‘qolgan malaka guvohnomasining haqiqiy emasligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalaridagi e’lon nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta rasmiylashtirilgan malaka guvohnomasini berish xarajatlarini qoplash uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida bir martalik to‘lov to‘langanligi haqidagi to‘lov hujjatining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organi tomonidan berilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga familiyasi yoki ismi o‘zgartirilganligi munosabati bilan kiritilgan o‘zgartirishlar va tuzatishlar to‘g‘risidagi hujjatning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport nusxasi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun yoki chet el fuqarolari yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun –yashash guvohnomasining nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Vakolatli organ tomonidan malaka guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda avvalgi tartib raqami va avval belgilangan amal qilish muddati bilan malaka guvohnomasining yangi blanki beriladi, bunda ilgari berilgan malaka guvohnomasining blanki bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Malaka guvohnomasi yo‘qolgan taqdirda malaka guvohnoma egasi tomonidan vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasi dublikati berish to‘g‘risida ariza, ilgari berilgan malaka guvohnomasining yo‘qolishi sabablari va holatlari ko‘rsatilgan xolda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘qolgan malaka guvohnomasining haqiqiy emasligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalaridagi e’lon nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasi dublikatini berish xarajatlarini qoplash uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida bir martalik to‘lov to‘langanligi haqidagi to‘lov hujjatining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport nusxasi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun yoki chet el fuqarolari yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun –yashash guvohnomasining nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Vakolatli organ tomonidan malaka guvohnomasining dublikatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda vakolatli organ malaka guvohnomasini yo‘qotgan shaxsga malaka guvohnomasining avvalgi tartib raqami va avval belgilangan amal qilish muddati bilan “DUBLIKAT” yozuvi qo‘yilgan malaka guvohnomasining yangi blankini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.5. Mazkur Nizomning 4.1-bandida ko‘rsatilgan holatda yangi malaka guvohnomasini berish hamda 4.3-bandida ko‘rsatilgan holatda dublikat berish to‘g‘risidagi qaror Attestatsiya komissiyasi tomonidan ariza olingan paytdan e’tiboran 15 ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.6. Agar malaka guvohnomasining dublikati olingandan so‘ng avval yo‘qolgan malaka guvohnomasining asl nusxasi topilsa, malaka guvohnomasining dublikatini olgan shaxs shu holat yuzaga kelgan kundan e’tiboran besh kundan kechikmasdan malaka guvohnomasining asl nusxasini uni bekor qilish uchun vakolatli organga topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.7. Dublikat yoki qayta rasmiylashtirilgan malaka guvohnomasini olish uchun qayta attestatsiyadan o‘tish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dublikat yoki qayta rasmiylashtirilgan malaka guvohnomasini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan taqdirda arizachiga ariza olingan kundan e’tiboran 15 ish kuni mobaynida yozma shakldagi asoslantirilgan rad javobi yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Malaka guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Vakolatli organ malaka guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish hamda malaka guvohnomasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Malaka guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish malaka guvohnomasi egasining harakati (harakatsizligi) bilan sodir etilgan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlanganda, olti oydan oshmagan muddatga amalga oshiriladi.
(5.2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslarga asosan malaka guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka guvohnomasini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan bo‘lsa, yuqorida qayd etilgan muddat o‘tishi bilan malaka guvohnomasining amal qilishi qayta tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. Malaka guvohnomasini amal qilishini tugatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 1.4-bandida nazarda tutilgan xollarda attestatsiyadan o‘tgan shaxs qayta attestatsiyadan o‘ta olmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasi egasining vafoti yoxud muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki uni muomalaga layoqatsiz deb topilganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasi egasi vakolatli organga unga berilgan malaka guvohnomasining amal qilishini tugatishni so‘rab ariza bilan yozma murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasi egasi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bir necha marta yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda;
(5.3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar malaka guvohnomasi egasi tomonidan bartaraf etilmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslarga ko‘ra malaka guvohnomasining amal qilishini tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.4. Malaka guvohnomasini ishonchsiz ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etgan xolda olish holati aniqlanganligi malaka guvohnomasini bekor qilishga asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslarga ko‘ra malaka guvohnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasining malaka guvohnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori malaka guvohnomasi berilgan sanadan amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.5. Vakolatli organ malaka guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 10 ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda malaka guvohnomasi egasini Attestatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.6. Malaka guvohnomasini amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi xabarnomada malaka guvohnomasi egasi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan choralar hamda ularni bajarish muddati aks ettirilgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.7. Ko‘rsatilgan choralarni lozim tarzda, belgilangan muddatda bajargan taqdirda, malaka guvohnomasi egasi bajarganligi to‘g‘risida vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.8. Amal qilish muddati tugaganligi bois malaka guvohnomalarining amal qilishi tugatilgan shaxslar, umumiy asoslarga ko‘ra yangi malaka guvohnomasini olish uchun murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi yoki malaka guvohnomasini amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etmaganligi sababli malaka guvohnomalarining amal qilishi tugatilgan shaxslar malaka guvohnomasining amal qilishi tugatilgan sanadan e’tiboran bir yil o‘tgach yangi malaka guvohnomalarini olish uchun murojaat etishga haqli.
(5.8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.9. Vakolatli organ malaka guvohnomalarini amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki malaka guvohnomalarini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida va (yoki) vakolatli organning rasmiy veb-saytida e’lon qiladi, shuningdek Attestatsiyadan o‘tgan shaxslarning yagona davlat reyestriga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.10. Malaka guvohnomasi sud qaroriga asosan bekor qilinishi, uning amal qilishi esa to‘xtatib turilishi va tugatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.11. Vakolatli organning malaka guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1 Mazkur Nizom 1999-yilning 5-martidan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1994-yil 25-sentabrda tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 29-sentabrda ro‘yxat raqami 103-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Investitsiya institutlari va fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari) xodimlari va mutaxassislarini, jismoniy shaxslarni qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizom va ilgari unga berilgan barcha tushintirishlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3 Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(6.3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.4 Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.