Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2024 18.02.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 639
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Tartibi, 18.02.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 639
Date of entry into force
01.03.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Sh.Abdullayev
1999-yil 26-yanvar
“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari B. Yuldashev
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statsionar davolash-profilaktika muassasalarida budjet mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan dori vositalari va tibbiy mahsulotlarni berish, hisobga olish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 18-fevralda 639-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-sentabrdagi 25-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3555, 25.09.2024-y.) asosan 2024-yil 28-dekabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 19-sonli “Dori vositalari va tibbiy mahsulotlarni sotishni tartibga solish haqida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, statsionar davolash-profilaktika muassasalarida budjet mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot mahsulotlarni berish, hisobga olish va ulardan foydalanish nazoratini tashkil qilish umumiy uslublari va shakllarini e’tiborga oladi, bu hujjat 1999-yilning 1-martidan amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tibbiy sanitariya xizmatining kafolatlangan hajmi doirasida bepul xizmat ko‘rsatuvchi statsionar davolash-profilaktika muassasalarida quyidagilar hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) dori vositalari, damlama va vaksinalar, shifobaxsh o‘simliklar xom ashyosi, shifobaxsh ma’danli suvlar, dezinfeksiyalovchi moddalar, tikuv materiallari va boshqa tibbiy mahsulotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qon, uning preparatlari va komponentlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) reaktivlar, rentgen tasma, spirt va boshqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bog‘lash materiallari: doka, bint, paxta, siquvchi kleyonka va qog‘oz, alegnin va boshqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yordamchi materiallar: mumlangan, pergament va filtrlovchi qog‘ozlar, qog‘oz quti va xaltachalar, kapsula va g‘iloflar, qalpoqcha, tiqin, iplar, signaturalar, yorliq, rezina doirachalar, qatron va retseptur bankalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) xarid qilingan dori vositalarining narxiga qo‘shilmay, to‘lov varaqalarida alohida ko‘rsatilgan idishlar: 500 ml va undan kattaroq hajmli sklyanka va bankalar, shisha idishlar, bidonlar, quti va qaytariladigan idishlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Dori vositalari va tibbiy mahsulotlar shifoxona dorixonasidan quyidagi maqsadlar uchun tarqatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar va atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi kasalliklar (sil, onkologik, ruhiy, narkologiya, endokrin, infeksiyaviy, tanosil, OITS, moxov va kasb kasalliklariga chalingan shaxslar)ga maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga davolash-profilaktika muassasalarida shoshilinch, tez tibbiy yordam ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pullik shifoxonalardan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chaqiruv komissiyasi yo‘llanmalari bo‘yicha 18 — 27 yoshli chaqiriluvchi shaxslarni va 15 — 17 yoshli o‘smirlarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tug‘ishga yordam beruvchi xizmatlar ko‘rsatish (pul to‘lanadigan muassasalardan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat davolash-profilaktika muassasalarida imtiyozli toifalarga mansub bemorlar (nogiron, urush faxriylari, chin yetimlar)ni davolash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Tartibning 1-bandida sanab o‘tilgan dori vositalari va tibbiy mahsulotlarning hisobi muassasalar tarkibida dorixona mavjud yoki mavjud emasligiga qarab har xil olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Shifoxona tarkibida ichki dorixonasi bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalari va tibbiy mahsulotlarning hisobini olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shifoxona tarkibida ichki dorixonasi bo‘lgan statsionar davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalari va tibbiy mahsulotlarni berish, hisobga olish va ulardan foydalanishni nazorat qilish Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi yo‘riqnomasiga muvofiq olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bir vaqtning o‘zida bo‘limning katta hamshirasi dorixonadan olingan dori vositalari hisobini olib borish uchun “Olingan dorilarni hisobga olish jurnali”ni yuritadi, bu jurnalda qaysi bemorlar uchun dori olingan bo‘lsa, ularning familiya, ism, otasining ismlari va kasallik varaqalarining tartib raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi, shuningdek dori vositalari va tibbiy mahsulotlarni shifokor tavsiyalarini bajarish uchun palata hamshiralariga imzo qo‘ydirib tarqatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Palata hamshiralari shifokor tavsiyalarining bajarilishi haqida va unga ishlatilgan dorilarni qayd etish, shuningdek bemorlarning familiya, ism, otasining ismlari va kasallik varaqalarining tartib raqamlarini belgilab borish uchun maxsus “Foydalanilgan dorilarni hisobga olish jurnali”ni yuritadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilgan jurnalning sahifalari, tartib raqami qo‘yilgan, qalin ip o‘tkazilib tikilgan va muassasa rahbarining imzosi bilan muhrlangan bo‘lishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur jurnalda statsionar davolanishda bo‘lgan bemorlar haqiqatda ularga ishlatilgan dorilar miqdorini tasdiqlab imzolarini qo‘yadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Es-xushini yo‘qotgan yoki reanimatsiya bo‘limi hamda sun’iy nafas oldirish bo‘limida davolanayotgan bemorlarga ishlatilgan dori vositalari va tibbiy mahsulotlar miqdori hisobga olish jurnalida bo‘lim mudiri, davolovchi shifokor va katta hamshiraning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Olingan dorilarni hisobga olish jurnali” va “Foydalanilgan dorilarni hisobga olish jurnali” kitoblari to‘ldirilib bo‘lingandan so‘ng katta hamshira va palata hamshiralari tomonidan bo‘lim mudirlariga saqlash uchun topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Foydalanilgan “Olingan dorilarni hisobga olish jurnali” va “Foydalanilgan dorilarni hisobga olish jurnali” bo‘limda 3 yil davomida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Shifoxona tarkibida ichki dorixonasi mavjud bo‘lmagan statsionar davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalari va tibbiy mahsulotlarning hisobini olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tarkibida ichki dorixonasi mavjud bo‘lmagan statsionar davolash-profilaktika muassasalari “Dori-darmon” Davlat aksiyadorlik uyushmasi (DAU)ning o‘zlari biriktirilgan xo‘jalik hisobidagi dorixonalaridan dori vositalari va tibbiy mahsulotlar bilan ta’minlanadilar. Davolash-profilaktika muassasalariga barcha dori vositalari va tibbiy mahsulotlar faqat joiz ehtiyojlariga qarab sotib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Dori vositalari va tibbiy mahsulotlar xo‘jalik hisobidagi dorixonalardan statsionar davolash-profilaktika muassasalariga Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi yo‘riqnomasiga muvofiq yozib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Dorixonadan olingan va foydalanilgan dorilarning hisobini olib borish, mazkur Tartibning ikkinchi bo‘limi 5, 6, 7, 8-bandlaridagi “Olingan dorilarni hisobga olish jurnali” va “Foydalanilgan dorilarni hisobga olish jurnali”da bayon etilgan tarzda, tarkibida dorixona mavjud bo‘lmagan statsionar davolash-profilaktika muassasalarida ham qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Har bir davolash-profilaktika muassasasi o‘zining muayyan sharoiti va xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, mazkur Tartib talablarining bajarilishini ta’minlaydigan muassasa hujjatini ishlab chiqadi va amalga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Tartibning bajarilishi va budjet mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiy mahsulotlardan foydalanish uchun mas’uliyat statsionar davolash-profilaktika muassasalarining rahbarlariga yuklatiladi.