Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, moddiy va protsessual huquq normalarini bir xilda qoʻllash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 36-sonli qarori:
nomidagi “Atrof muhitni” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni” degan soʻzlar bilan, “jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar” degan soʻzlar “huquqbuzarliklar va jinoyatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-bandidagi “tabiat boyliklaridan ziyon-zahmat yetkazmasdan” degan soʻzlar “tabiiy resurslardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandining uchinchi xatboshisidagi “milliy bogʻlar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” degan soʻzlar “milliy bogʻlar, botanika bogʻlari, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “sudlar ularning javobgarligi masalasini ham hal qilishlari lozim” degan soʻzlar “sudlar ularning javobgarligi masalasini ham hal qilishlari, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 275-moddasiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun bu haqda prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qilishlari lozim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar ekologiya, atrof-muhitni ifloslantirish yoki tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik oqibatida yetkazilgan zarar korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarning mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashlari yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilishlari sababli kelib chiqqan boʻlsa, toʻlangan zararni aybdordan regress tartibida undirish fuqarolik qonunchiligiga koʻra hal etiladi”;
6-bandining birinchi xatboshisidagi “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq, ekologiya ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi yoki uning hududiy organlarining ixtisoslashgan ekspert boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladi” degan jumla “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, davlat ekologik ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladi” degan jumla bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashda surishtiruv va dastlabki tergov organlari, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar hamda sudlar ekologiya organining qonun hujjatlariga asoslangan (koeffitsiyent, barobar va boshqa qoidalar qoʻllanilgan holda) xulosasidan kelib chiqishlari lozim”;
7-bandidagi “66, 67-moddalarida” degan soʻzlar “66, 67, 682-moddalarida” degan soʻzlar bilan, “702-moddasining ikkinchi qismida, 76-moddasida (suv xoʻjaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida)” degan soʻzlar “702, 76-moddalarida (suv xoʻjaligi obyektlarini shikastlantirish va gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq qismida)” degan soʻzlar bilan, “79-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar “79-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan, “94-moddasida” degan soʻzlar “921, 94-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “90-moddasida” degan soʻzlar “791, 90-moddalarida” degan soʻzlar bilan, “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “yovvoyi qushlar” degan soʻzlar “yovvoyi hayvonlar, yovvoyi qushlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jinoyat kodeksining 193-moddasiga muvofiq, boshqa ogʻir oqibatlar deganda, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi, ancha miqdordagi zararli moddalarning atmosferaga tarqalishi, yerlarning degradatsiyasi va radiatsiyaviy xavfsizlik normativlariga rioya qilmaganlik oqibatida odamlarning belgilab qoʻyilgan normativlardan oshgan holda nurlanish olishi kabi holatlarni tushunish lozim”;
11-bandidagi “huquqbuzarning” degan soʻz “javobgar yoki aybdorning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13-bandidagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi 290-sonli qarori va” degan soʻzlar “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 290-sonli,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin, “375-sonli qarorlarida” degan soʻzlardan keyin “va sohaga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Sudlar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunlarni buzish bilan bogʻliq jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda, shuningdek bu sohadagi huquqbuzarliklar uchun vakolatli organlarning maʼmuriy jazo qoʻllash haqidagi qarorlari xususida keltirilgan shikoyatlarni koʻrib chiqishda, qonunning maxsus talablariga ogʻishmay rioya etishlari, qonuniy asoslar boʻlmagan (masalan, yetkazilgan moddiy zararning oʻrni Jinoyat kodeksining Maxsus qismi tegishli moddasida belgilangan miqdorda qoplanmagan) taqdirda yengil jazo tayinlash va jazodan ozod qilishga yoʻl qoʻymasliklari kerak. Qimmatbaho yoki noyob hayvonlar, parranda va baliqlarni qirib tashlash, oʻrmonlarga shikast yetkazish yoki ularni yoʻq qilish, qishloq xoʻjaligi mulklarini ishdan chiqarish va hokazo yoʻllar bilan davlatga koʻp miqdorda zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan qattiq jazo choralari qoʻllanilmogʻi zarur”;
17-bandidagi “atrof muhitni muhofaza etish” degan soʻzlar “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 23-sonli qarori:
7-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yozma ravishda kelishuv tuzishga, shu jumladan, nizoni ota-onaning (yoki ulardan birining) talabiga binoan sudga murojaat qilinguniga qadar mediatsiya tartib-taomilini oʻtkazish orqali hal qilishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasa, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi. Sudlarning eʼtibori taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun kirguniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugatishga haqli ekanliklariga qaratilsin”;
18-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ota yoki onadan biri ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bolalar ulardan ikkinchisining, vasiyning yoki homiyning tarbiyasiga berilganda alimentlar shu shaxslarning foydasiga undiriladi. Voyaga yetmagan bola ota-ona qaramogʻidan olingan va bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirilganda, Oila kodeksining 107-moddasiga muvofiq ota va onaning har biridan bolaning foydasiga aliment undirilib, bola nomiga ochilgan bank hisobvaragʻida jamlanadi va u voyaga yetganda toʻlanadi”;
19-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxsga bolalari uchun tayinlangan pensiya, yordam puli va boshqa toʻlovlarni, shuningdek shu shaxsning foydasiga voyaga yetmagan farzandining taʼminoti uchun undirilgan alimentlarni toʻlash bekor qilinadi. Shu sababli sudlar tomonidan ishlar koʻrib chiqilishida bu masalalar aniqlashtirilishi lozim va ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan soʻng uning nusxasi koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshiradigan tegishli organlarga yoki toʻlovlar toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqargan joydagi sudga yuborilishi kerak”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli qarori 27-bandining oʻn uchinchi xatboshisidagi “281-moddasi oltinchi qismining 4-bandida” degan soʻzlar “281-moddasi oltinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi “Sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishni tartibga soluvchi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun sanksiyasida nazarda tutilganidan yengilroq maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganda qarorning xulosa qismida faqat MJtKning 33-moddasini qoʻllagan holda tayinlangan jazo turi va miqdori koʻrsatilishi lozim. Yengilroq jazo tayinlash sabablari, masalan, huquqbuzarning moddiy ahvoli, oilaviy sharoiti, shaxsi, nogironligi, uning huquqbuzarlik sodir etilgan paytdagi yoki sodir etilganidan keyingi xulq-atvori, huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilganligi hamda jazo tayinlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar sud qarorining tavsif-asoslash qismida koʻrsatiladi. Sudlar jazoni yengillashtirish uchun asos boʻluvchi maʼlumotlarni olishda Oliy sudning axborot tizimidan kengroq foydalanishga eʼtibor qaratishlari, shu bilan bogʻliq asoslantiruvchi hujjatlarni ish materiallariga qoʻshish choralarini koʻrishlari lozim”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi R. MAXMUDOVA
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi U. XOLOV
Toshkent sh.,
2026-yil 3-iyul,
20-son