Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 07.04.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1335
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrugʻi , 07.04.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1335
Date of entry into force
17.04.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUG‘I
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI (14-SON BHMS)
“XUSUSIY KAPITAL TO‘G‘RISIDA HISOBOT”NI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 7-aprel 1335-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 130-sonli “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati”ni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3544, 06.08.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (14-son BHMS) “Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri M. NURMUROTOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 1-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-son

“TASDIQLAYMAN”
moliya vaziri 2004-yil 1-martdagi 36-son buyrug‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (14-sonli BHMS) “Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo‘lib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur standartning maqsadi, xususiy kapital bilan bog‘liq axborotni aks ettirishni tartibga solish, shuningdek, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot mazmunini belgilash hisoblanadi. Standart moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishda yoritib berilishi lozim bo‘lgan axborotlarga qo‘yiladigan talablardan tarkib topgan. Ushbu talablar boshqa standartlarda mavjud bo‘lgan va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning o‘ziga xos muammolarini qamrab oladigan yoritib berish talablariga muvofiq to‘ldirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan (budjet tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) xususiy kapital to‘g‘risidagi axborotni tayyorlash va yoritib berish jarayonida mazkur standart talablari rioya etishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning maqsadi bo‘lib, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni yoritib berish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Axborotni yoritib berishning asosiy qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xususiy kapital tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos (ro‘yxat raqami 475, 1998-yil 14-avgust) va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-son BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar” (ro‘yxat raqami 474-son, 1998-yil 14-avgust) da keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning manzilli qismida hisobot sanasi, xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, tarmog‘i, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va to‘liq yuridik manzili, xo‘jalik yurituvchi subyekt uning egaligida bo‘lgan organning nomi, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash vaqtida foydalanilgan o‘lchov birligi ko‘rsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risida, ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), sotib olingan xususiy aksiyalar va boshqa xususiy kapital elementlari to‘g‘risidagi axborot yoritib berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli axborotni yoritib berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hisobotda hisobot davridagi xususiy kapital tarkibida bo‘lgan o‘zgarishlar haqidagi axborot yoritib berilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun quyidagilar to‘g‘risidagi axborotlarni yoritib berish kerak: qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav kapitalini shakllantirishdagi valyuta kursidagi farqlar, rezerv kapitalga ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul dividendlari va aksiyalar ko‘rinishida to‘lanadigan dividendlar, shuningdek, xususiy kapitalni shakllantirishning boshqa manbalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda quyidagilar to‘g‘risidagi axborot ham yoritib berilishi kerak: chiqarilgan aksiyalar soni, aksiyalarning nominal qiymati, muomaladagi aksiyalar soni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ikki hisobot davri o‘rtasida xususiy kapital tarkibidagi o‘zgarishlar moliyaviy hisobotlarda qabul qilingan va yoritib beriladigan baholashning aniq prinsipidan kelib chiqqan holda hisobot davri davomidagi sof aktivlarning ko‘payishi yoki kamayishini aks ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur standartda sof aktivlar deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning qarz majburiyatlaridan ozod bo‘lgan mol-mulk qiymati tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot qismiga tushuntirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotga tushuntirishda ishtirokchining chiqib ketishi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aksiyalarning bekor qilinishi, aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra xo‘jalik yurituvchi subyekt xususiy kapitalining kamayib ketganligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Aksiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotga tushuntirishda quyidagilar haqidagi axborotlarni keltiradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) obuna amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan aksiyalarning umumiy soni va nominal qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) nazarda tutilgan miqdorlar bilan taqqoslaganda obuna amalga oshirilgan aksiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) aksiyalarga obunaning borishida olingan mablag‘larning umumiy summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ayrim turlar va toifalar bo‘yicha ustav kapitali tarkibidagi aksiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanmagan jamlangan dividendlar summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) aksiyalar ko‘rinishida to‘lanadigan dividendlar, xususan, to‘lanadigan aksiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo‘shib yuborishlar va aksiyalarning maydalanishi yoki qo‘shib yuborilishigacha va undan keyingi aksiyalarning nominal qiymati to‘g‘risidagi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Aksiyalarga obuna bo‘lishdan olingan mablag‘larning umumiy summasi, tushuntirish qismida quyidagilar kesimida keltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) aksiyalar uchun to‘lov sifatida kiritilgan barcha pul mablag‘lari, aksiyalar sonini ko‘rsatgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) aksiyalar uchun to‘lov sifatida kiritilgan mol-mulkning qiymat bahosi, aksiyalar sonini ko‘rsatgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) aksiyalar uchun to‘lov sifatida kiritilgan chet el valyutasining umumiy summasi, aksiyalar soni va valyuta hisobga kiritilgan kursni ko‘rsatgan holda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ustav kapitali tarkibidagi aksiyalar to‘g‘risidagi axborotlar tushuntirishda alohida turlari va toifalari bo‘yicha keltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) chiqarilgan aksiyalar soni, ustav kapitalining to‘lanmagan qismini ko‘rsatgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) aksiyaning nominal qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) hisobot davri mobaynida muomalada bo‘lgan aksiyalar sonidagi o‘zgarishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) aksiyalar bilan bog‘liq huquqlar, imtiyozlar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarning taqsimlanishi va kapitalning qaytarib berilishi bo‘yicha cheklashlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) jamiyatning o‘ziga, uning shu’ba va uyushgan korxonalariga tegishli aksiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ta’sischilar ro‘yxati va ular egalik qilayotgan aksiyalar soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) ijroiya organ a’zolarining mulki bo‘lgan aksiyalar soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) opsionlar va boshqa shartnomalarga muvofiq chiqarish uchun zaxiralashtirilgan aksiyalar, ularning muddatlari va summalarini ko‘rsatgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) konvertatsiya qilinadigan (aksiyalarga yoki obligatsiyalarga) aksiyalarning soni va nominal qiymati hamda ushbu aksiyalarning qarzga oid qimmatli qog‘ozlarga konvertatsiya qilingan hollarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Boshqa barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlar izohlarida quyidagilar axborotlarni keltiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mulk egalari o‘rtasida ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ushbu ulushlarga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ustav kapitalidagi mulk egalari ulushi tarkibidagi o‘zgarishlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot qismiga tushuntirish xati O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-son BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (ro‘yxat raqami 474, 1998-yil 14-avgust)da belgilangan talablarga muvofiq tuziladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 14-son, 174-modda)