Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2018 04.12.2002 yildagi 425-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.12.2002 yildagi 425-son
Date of entry into force
04.12.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ISTEʼMOL TOVARLARI IMPORTINI TARTIBGA SOLIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 235-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo munosabatlarini tartibga solishning xalqaro amaliyotda umumiy ravishda qabul qilingan chora-tadbirlariga muvofiq va respublikaga isteʼmol tovarlarini olib kelish tizimini yanada takomillashtirish, tovarlarning uchinchi mamlakat hududidan qayta eksport qilinishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qoʻyilsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq uchinchi mamlakatdan kelib chiqqan va MDH mamlakatlari hududlaridan respublikaga qayta eksport qilinadigan tovarlar uchun belgilangan tartibda bojxona toʻlovlari undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2003-yil 1-yanvardan boshlab uchinchi mamlakatda ishlab chiqarilgan hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat faoliyati uchun chegaradosh davlatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga qayta eksport qilinayotgan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari importi uchun bojxona yigʻimi 20 foiz miqdorida belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan bojxona yigʻimini undirish tartibini oʻn kun muddatda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi import qilinayotgan isteʼmol tovarlarini rasmiylashtirishda, bojxona toʻlovlarini undirish va tovarlarni sotishda ularning kelib chiqish mamlakatini toʻgʻri aniqlanishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegaradosh davlatlardan respublikaga import tovarlar olib kelayotgan jismoniy shaxslar uchun bojsiz tovar keltirishning koʻpi bilan 1000 AQSh dollaridan iborat cheklangan normasini 2003-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilsinlar, uni isteʼmol tovarlarini shaxsiy foydalanish uchun bojsiz keltirishning cheklangan miqdoriy normalari bilan almashtirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari tomonidan chegaradosh davlatlardan shaxsiy foydalanish uchun bojsiz keltirilayotgan isteʼmol tovarlarining cheklangan miqdoriy normalarini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tijorat maqsadlari uchun moʻljallangan tovarlarni kelayotgan jismoniy shaxslar uchun tovarlarni bojsiz olib kelish normalarining amal qilishi tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-noyabrdagi 403-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning, birinchi navbatda, 2 va 3-bandlarining bajarilishi toʻgʻrisida 2003-yil 10-yanvargacha axborot bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M.Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 4-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
425-son