Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.05.1994 yildagi 245-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.05.1994 yildagi 245-son
Date of entry into force
11.05.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA JOYLAShGAN DARYo FLOTI BOʻLINMALARINI BOShQARISh TUZILMASINI QAYTA TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining “Ittifoq tasarrufida boʻlgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarni Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga va mulkiga oʻtkazishga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 22-yanvardagi 25-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Amudaryoda yuk tashishni tashkil etish, daryo floti boʻlinmalari faoliyatini operativ boshqaruvni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi akvatoriysi hamda hududida joylashgan daryo flotining quyidagi boʻlinmalari “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi ixtiyoriga oʻtkazilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Termiz daryo porti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Termiz agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlning Termiz uchastkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sharlauk pristani hamda unga qarashli Beruniy va Toʻrtkoʻl pristanlari Toʻrtkoʻl — Xonqa, Chalish — Beruniy kemalar toʻxtash joyidagi koʻpriklar bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlning Chalish uchastkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjayli kema tuzatish zavodi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjayli pristani hamda unga qarashli Qoratogʻ, Moʻynoq prichallari Xoʻjayli — Nukus kemalar toʻxtash joyidagi koʻprik bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlning Xoʻjayli uchastkasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turkmaniston paroxodchiligi hamda Turkmaniston paroxodchiligi Havza yoʻl boshqarmasi balansidan suzish vositalarini 1, 2-ilovalarga* muvofiq qabul qilib olsin. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi tarkibiga kiritilayotgan daryo floti korxonalari Ustavlarini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi huzurida kemachilik registrini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryo floti korxonalari rahbarlari bilan birgalikda 1994-yilning 1-iyunigacha daryo qatnovi vositalari, asbob-uskunalar va materiallarni roʻyxatga hamda hisobga olishni amalga oshirishni, shuningdek, amaldagi qoidaga muvofiq asosiy fondlarni qayta baholashni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga daryo paroxodchiligi korxonalari hamda “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi faoliyati toʻgʻrisida statistik hisobot boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki qoʻmitasi va daryo floti korxonalari mehnat jamoalari bilan kelishgan holda 1994-yilning 1-iyunigacha ularning mulkini davlat tasarrufidan chiqarish boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi boshqaruvi markaziy apparati tuzilmasiga va uning ustaviga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda daryo yoʻlining Termiz, Chalish va Xoʻjayli texnik uchastkalarini mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi tarkibiga kiritilayotgan daryo floti boʻlinmalarini 1994 va undan keyingi yillarda korporatsiyaning hisob-kitoblari boʻyicha yonilgʻi-moylash materiallari va yonilgʻi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasining daryo floti boʻlinmalarining bir maromda ishlashlarini taʼminlash uchun 1994-yilda zarur boʻlgan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi va boshqa materiallarni yetkazib berish yuzasidan talabnomalarini qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi Turkmaniston paroxodchiligi bilan birgalikda Amudaryo akvatoriysida kemalar qatnovini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston kema tuzatish zavodlarida kemalarni tuzatishni tashkil etish hamda ahdlashuvchi tomonlarning hududlaridan kemachilik vositalarining qatnovi toʻgʻrisidagi bitimni ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi xarajatlardan kelib chiqqan holda daryo flotida yuk tashish tariflarini tasdiqlash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda daryo floti kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegaralaridan oʻtishi va qatnovi, shuningdek, ularning respublika hududida boʻlishi tartibini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari daryo floti boʻlinmalarini Termiz, Xoʻjayli va Urganch ishchilar taʼminoti boʻlimlari orqali oziq-ovqat bilan taʼminlashning amaldagi tuzilmasini saqlab qolsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 11-may,

245-son