24.06.2026 yildagi PQ-239-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.06.2026 yildagi PQ-239-son
Date of entry into force
26.06.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga palliativ tibbiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogʻir kasalliklarga chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, ularga ogʻriqni kamaytirish, kasallik belgilarini nazorat qilish hamda uzluksiz kompleks tibbiy-ijtimoiy, psixologik va parvarish yordamini koʻrsatish tizimini takomillashtirish, palliativ tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Maqsadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar mazkur qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) palliativ tibbiy yordamini koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish hamda aholi uchun ushbu xizmatlarning qamrovini 2030-yilga qadar kamida 80 foizga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) palliativ yordamga muhtoj shaxslar va ularning oilalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda manzilli tibbiy yordam koʻrsatish tizimini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) ogʻir kasalliklarga chalingan bemorlarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ularning hayot sifatini yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) palliativ yordam sohasida malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) ogʻir kasalliklarning kechki bosqichlarida boʻlgan bemorlarga uy sharoitida tibbiy xizmat koʻrsatish mexanizmlarini joriy etish, statsionar tibbiyot muassasalari yuklamasini kamaytirish hamda tibbiy resurslardan samarali foydalanishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Aholiga palliativ tibbiy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2026-yil 1-oktabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) respublikada palliativ tibbiy yordam koʻrsatishning yagona tizimi tibbiy va ijtimoiy xizmatlar integratsiyasi asosida tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) palliativ tibbiy yordamga muhtoj shaxslarni aniqlash, xizmat olish uchun yoʻllash, hisobga olish va ularga xizmat koʻrsatish jarayonlari elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) mobil palliativ brigadalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda ular orqali uy sharoitida tibbiy va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) statsionar sharoitdagi palliativ tibbiy yordam ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari hamda xospislar tomonidan taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) palliativ tibbiy yordamini koʻrsatishda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) “sifatli tibbiy xizmatlar” tamoyillari, jumladan, samaradorlik, xavfsizlik, tenglik, integratsiya va resurslardan oqilona foydalanish mezonlari asosida milliy sifat indikatorlari joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, hududlarda xospis muassasalari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Toshkent shahar hududlararo xospisini (keyingi oʻrinlarda — Metodologik markaz) respublikada palliativ tibbiy yordam koʻrsatishni metodologik boshqarish, boshqa hududlarda xospis ishini tashkil qilishga masʼul muassasa etib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2026-yil 1-oktabrdan boshlab dastlab Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida palliativ tibbiy yordam koʻrsatishning yangi tizimi — onkologik kasalligi sababli palliativ tibbiy yordamga muhtoj shaxslarga xizmat koʻrsatuvchi mobil palliativ brigadalarni ajratilgan budjet mablagʻlari va shtat birliklari doirasida tashkil qilish va ushbu amaliyotni bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Samarqand viloyatida ogʻir va davolab boʻlmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun xospis shaklida palliativ tibbiy yordam koʻrsatish markazini (keyingi oʻrinlarda — Bolalar uchun xospis markazi) hamda ushbu markazda tajriba-sinov tariqasida statsionar va mobil palliativ yordam brigadalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Bolalar uchun xospis markaziga 2030-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga vakolatli organlarda majburiy sertifikatlash tartibotlaridan oʻtishdan, shuningdek, obyektlarni qurish va jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar, detallar, ehtiyot qismlar va materiallar bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, aholiga mobil palliativ tibbiy xizmatlar koʻrsatishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2027-2028-yillarda qolgan hududlarda mobil palliativ brigadalarni tashkil qilish reja-grafigi, palliativ yordamga muhtojlikni aniqlash tartibi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) palliativ yordamga muhtoj shaxslar hisobini yuritish, ushbu yordamni koʻrsatish xizmatlariga yoʻnaltirish va xizmat koʻrsatish jarayonlari elektron axborot tizimida yuritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) mobil palliativ brigadalar tomonidan palliativ va xospis yordamiga muhtoj shaxslar yashash manzillarida bemorning holati baholanadi hamda individual reja asosida yordam koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) bemorning ehtiyojidan kelib chiqib, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shaklidagi dori vositalari bilan reimbursatsiya dasturi asosida taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yoki yolgʻiz yashovchi keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari yashash joyiga yetkazib beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) palliativ yordamga muhtoj elektron axborot tizimida qayd etilgan bemorlarga tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan qoʻshimcha tibbiy tekshiruv va koʻriklarsiz nogironlik belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) Agentlik tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) uy sharoitida palliativ yordamga muhtoj shaxslar yotoq holatdagi funksional karavot va maxsus matraslar bilan vaucher tizimi asosida taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) mahalla darajasida palliativ yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyishda vaucher asosida palliativ yordamga muhtoj shaxslarni uy sharoitida qarab turish va parvarish xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) palliativ yordam koʻrsatishning yangi tizimi joriy etiladigan hududlar roʻyxati Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi. Bunda mobil palliativ va xospis yordami koʻrsatiladigan kasalliklar turlarini ham bosqichma-bosqich kengaytirib borish inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Metodologik markaz yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tibbiyot muassasasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab Metodologik markazda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) palliativ yordamga muhtoj shaxslarning oila aʼzolari uchun Oilani qoʻllab-quvvatlash xizmati yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) palliativ yordamga muhtoj shaxslar va ularning yaqinlari uchun “Palliativ parvarish qoidalari” maxsus oʻquv-amaliy mashgʻulotlar tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 2027-yil 1-yanvardan boshlab Oilani qoʻllab-quvvatlash xizmati hududlararo xospislarda yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) palliativ yordam doirasida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq mazkur Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Bolalar uchun xospis markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) ogʻir va davolab boʻlmaydigan kasalliklarga chalingan bolalarga statsionar va mobil shakllarda palliativ yordam koʻrsatuvchi Agentlik huzuridagi alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) 2026-yil 1-iyuldan boshlab oʻz faoliyatini boshlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) Bolalar uchun xospis markazida tibbiy faoliyatni metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda nazorat qilish, tibbiyot xodimlarining toifasini belgilash va malakasini oshirish, giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar saqlanishi ustidan nazorat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Bolalar uchun xospis markazining bosh vrachi bir vaqtning oʻzida Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokorining palliativ yordam boʻyicha oʻrinbosari hisoblanadi hamda sogʻliqni saqlash vaziri bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) Bolalar uchun xospis markazi qoʻshimcha moliyaviy koʻmak va xospis xizmati boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish maqsadida homiylik va xayriya mablagʻlarini jamgʻaradigan nodavlat notijorat tashkilotini taʼsis etishi hamda unga Agentlik va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ijtimoiy buyurtmalar berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) nodavlat tibbiyot tashkilotlariga palliativ yordamni koʻrsatishga ruxsat etiladi. Bunda ular tomonidan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda shartnoma tuziladi va koʻrsatilgan tibbiy xizmatga koʻra moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) palliativ yordamga muhtoj shaxs yashash manzilidan qatʼi nazar, palliativ yordam uchun ajratilgan shifo oʻringa eksterritorial tamoyili asosida bepul joylashtiriladi hamda unga koʻrsatilgan xizmatlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) kattalar va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida bir nafardan palliativ yordam shifokori lavozimi uchun qoʻshimcha shtat birliklari ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab bemorlarga palliativ yordamni koʻrsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari oylik lavozim maoshlariga quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinika hamda markaziy shifoxonalarning onkolog shifokori va oʻrta tibbiyot xodimi, kattalar va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining palliativ yordam shifokori hamda xospis muassasalarining shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ga erishganligi uchun lavozim maoshining 100 foizigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) palliativ yordam boʻyicha maxsus oʻquv dasturi asosida tashkil etiladigan kursning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari uchun kurs yakuni boʻyicha beriladigan sertifikatga muvofiq oylik lavozim maoshining 50 foizi. Bunda kurs yakunlangandan uch oy muddatdan soʻng ish joyida borib baholanganda kursda oʻrgatilgan palliativ yordam tamoyillarini amaliyotga toʻliq joriy etgan mutaxassislarga ushbu ustama miqdori 100 foizga yetkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi muassasalarida Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda tibbiyot muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, Agentlik tizimi muassasalarida Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) xospis muassasalari xodimlariga lavozim maoshining 100 foizi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Aholiga palliativ tibbiy xizmatlar koʻrsatishni tashkillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Palliativ tibbiy yordam koʻrsatuvchi tashkilotlarni tashkil etish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Palliativ tibbiy yordam koʻrsatishni rivojlantirishda “Sifatli tibbiy xizmatlar” indikatorlari 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) “E-palliative” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan axborot tizimlari (bazalari) roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2026-yil 1-oktabrga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) palliativ tibbiy yordam koʻrsatuvchi bino-inshootlar hamda ularni jihozlashga boʻlgan talablar, shuningdek, mobil palliativ brigadalar uchun zarur tibbiy jihozlar roʻyxatini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda palliativ va xospis yordamiga muhtoj shaxslarni identifikatsiya qilish, hisobini yuritish, xizmatlarga yoʻnaltirish va xizmat koʻrsatish jarayonlarini, xizmat koʻrsatishda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning hisobini yuritish imkonini beruvchi elektron axborot tizimini amaliyotga joriy qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi bilan birgalikda palliativ yordamga muhtojlarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shaklidagi dori vositalarini buyurish, yashash joyiga yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish, berish, hisobga olish va yoʻq qilish, foydalanish nazoratini olib borish tartibi tasdiqlanishini va jarayonlarning elektron axborot tizimida yuritilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Agentlik bilan birgalikda Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mobil palliativ brigadalar, shuningdek, palliativ tibbiy yordam koʻrsatishda ishtirok etuvchi mutaxassislarni Metodologik markazda maxsus oʻquv dasturi asosida tayyorlashni boshlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan birgalikda palliativ yordamga muhtoj shaxslarning maʼnaviy va ruhiy holatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida muassasalarda diniy sohada bilim va malakaga ega xodimlar tashrifini tashkil etish, ular tomonidan bemor va uning oila aʼzolariga insonparvarlik, maʼnaviy taʼlimot va ruhiy tasalliga oid xizmatlar koʻrsatish rejasini tasdiqlasin hamda ijrosini amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) Metodologik markazning tashkiliy tuzilmasi, nizomi va vazifalarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) Agentlik bilan birgalikda palliativ tibbiy yordam koʻrsatishda mobil palliativ brigadalarni tashkil qilish, muhtojlikni aniqlash, bemorlar, shu jumladan, bemor bolalarni uyda parvarish qilish, palliativ tibbiy yordamini koʻrsatish tartibini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan birgalikda palliativ yordam doirasida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xarid qilish orqali moliyalashtirish tartibini ishlab chiqsin va Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilab qoʻyilsinki, aholiga palliativ tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil qilish, bemorlar reyestrini yuritish maqsadida elektron axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2026-yil uchun Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grant mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) quyidagilar masʼul hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Sogʻliqni saqlash vazirligi — buyurtmachi, tizim funksionalligi va metodologik rahbarlik qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Agentlik — ijtimoiy xizmat va yordamlarni, shuningdek, vaucher asosida xizmat koʻrsatish mexanizmlari bilan integratsiya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) Raqamli texnologiyalar vazirligi — axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish, integratsiya va ekspluatatsiya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda palliativ tibbiy yordam boʻyicha maxsus oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari faoliyatini ish joyida borib oʻrganish orqali kursda oʻrgatilgan palliativ yordam tamoyillarini amaliyotga toʻliq joriy etilganligini baholash tartibini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Sogʻliqni saqlash vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) nodavlat tibbiyot tashkilotlarida palliativ tibbiy yordamni tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) palliativ tibbiy yordam koʻrsatishda nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar xaridini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 2026-yil 1-avgustdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida quyidagi maqsadlar uchun xospislarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, chet el davlatlari ajratadigan grantlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) fandrayzing mexanizmlari orqali kelib tushgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushgan mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda belgilab qoʻyilsinki, ushbu mablagʻlar bemorlarga palliativ parvarish xizmatlarini tashkil qilish, xospisda bemor ehtiyojiga mos shart-sharoitlarni yaratish, mobil palliativ yordam brigadasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, xospis infratuzilmasini saqlash va taʼmirlash, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, shu jumladan, xospis xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2027-yil 1-yanvarga qadar xospislar, shuningdek, mobil palliativ brigadalar tashkil etiladigan tuman (shahar) markaziy shifoxonalari va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda avtotransport vositalari mavjudligi yuzasidan xatlov oʻtkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2028-yil yakuniga qadar xatlov natijasiga koʻra hamda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan mobil palliativ brigadalarni avtotransport vositasi bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2026-yilda Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida mobil palliativ brigadalarni tashkil qilish hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni respublika budjeti parametrlarida xospislarni tashkil etish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2027-yildan boshlab mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun har yili zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov hamda sogʻliqni saqlash vaziri E.E. Adilov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 24-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-239-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-239-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga palliativ tibbiy xizmatlar koʻrsatishni tashkillashtirish yuzasidan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari va shakli

Muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

1.

Palliativ yordamni koʻrsatishda mobil palliativ brigadalarni tashkil qilish, muhtojlikni aniqlash, bemorlarni uyda parvarish qilish, palliativ yordamni koʻrsatish tartibini belgilash.

1. Tartib loyihasini ishlab chiqish.

2. Tartib loyihasini kelishish va tasdiqlash.

2026-yil oktabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2.

Xospislar faoliyatini takomillashtirish.

1. Xalqaro tajriba asosida xospislarning namunaviy nizomi va namunaviy shtat birliklarini qayta ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bunda xospislarda ijtimoiy xodim, psixolog hamda har bir klinik boʻlim uchun boʻlim mudiri va katta hamshira lavozimini qoʻshimcha kiritish nazarda tutiladi.

2. Toshkent shahar hududlararo xospisining nizomi va shtat birliklarini tasdiqlash.

2026-yil avgust

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

3.

Kattalar va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining shtat birliklarini qayta koʻrib chiqish.

Kattalar va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining namunaviy shtat birliklarini qayta tasdiqlash.

Bunda ushbu muassasalarning har birida palliativ yordam shifokori lavozimi uchun qoʻshimcha 1 ta shtat birligi, jami 28 ta shtat birligini ajratish nazarda tutiladi.

2027-yil yanvar

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

4.

Palliativ yordam koʻrsatuvchi xodimlar faoliyati samaradorligini baholash (KPI) tartibini joriy etish.

1. Palliativ yordam koʻrsatuvchi xodimlar faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI)ga erishganligi uchun lavozim maoshining 100 foizigacha har oylik qoʻshimcha ustamalar toʻlanishini joriy etish.

2026-yil sentabr

Tibbiyot muassasalarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

tibbiyot muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari,

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

5.

Palliativ yordam koʻrsatishga boʻlgan talablarni belgilash.

1. Xospislar xonalarining soni va maydoni, jihozlanadigan tibbiy uskunalar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Mobil brigadalar uchun zarur tibbiy jihozlar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil oktabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

3. Nodavlat tibbiyot tashkilotlarida palliativ yordamni tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash.

2026-yil dekabr

6.

Palliativ yordamga muhtoj boʻlgan bemorlar uchun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shaklidagi dori vositalardan foydalanish ustidan nazoratni oʻrnatish.

1. Palliativ yordamga muhtojlarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shaklidagi dori vositalarni buyurish, yashash joyiga yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish, berish, hisobga olish va yoʻq qilish, foydalanish nazoratini olib borish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil sentabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

2. Palliativ yordam amaliyotida foydalaniladigan dori vositalari roʻyxatiga palliativ yordam xizmati ehtiyojlaridan kelib chiqib, palliativ yordam sohasidagi dori vositalarini, shu jumladan, noinyeksion shakldagi dori vositalarini va davolash standartlarini hamda jahon tajribasini hisobga olgan holda oʻzgartirish kiritish.

2027-yil yanvar

7.

Palliativ yordamga muhtojlarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shaklidagi dori vositalar bilan taʼminlash.

Palliativ yordamga muhtojlarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shaklidagi dori vositalar bilan taʼminlashda xarid qilish, yetkazib berish va realizatsiya qilish jarayonlariga keng bozor mexanizmlarini joriy qilish.

2026-yil dekabr

-

Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

8.

E-Palliative axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

1. Palliativ yordamga muhtojlarni identifikatsiya qilish, hisobini yuritish, xizmatlarga yoʻnaltirish va xizmat koʻrsatish jarayonlarini, xizmat koʻrsatishda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning hisobini yuritish imkonini beruvchi E-Palliative axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2. Axborot tizimini DMED Yagona tibbiy AT hamda “Cancer-registr” axborot moduli bilan integratsiya qilish.

2026-yil oktabr

Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grant mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

(2,2 mlrd soʻm)

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

9.

Mobil brigadalar, shuningdek, palliativ yordam koʻrsatishda ishtirok etuvchi mutaxassislarni maxsus oʻquv kursida qayta tayyorlash.

1. Qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlari hamda qayta oʻqitish grafigini ishlab chiqish.

2. Toshkent shahar hududlararo xospisda maxsus oʻquv dasturi asosida mutaxassislarni qayta tayyorlashni boshlash.

2026-yil sentabr

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

3. Maxsus oʻquv kursini tugatgan tibbiyot xodimlari faoliyatini oʻrganish va palliativ yordam tamoyillarini amaliyotga joriy etilganligini baholash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil noyabr

10.

Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan palliativ yordam uchun sarflangan mablagʻlarning Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Ambulator va statsionar sharoitda koʻrsatiladigan palliativ yordamning bazaviy narxlarini tasdiqlash.

2026-yil oktabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

2. Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan oʻrnatilgan tartibda shartnoma tuzgan davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining xizmatlarini moliyalashtirish.

2026-yil dekabr

11.

Palliativ yordamga muhtoj shaxslarga yordam koʻrsatish uchun ularning yaqinlarini oʻrgatish boʻyicha maxsus oʻquv qoʻllanma, videoroliklar va tarqatma materiallarni jamoatchilikka yetkazish.

1. Palliativ yordamga muhtoj shaxslarga yordam koʻrsatish uchun ularning yaqinlarini oʻrgatish boʻyicha maxsus oʻquv qoʻllanma, videoroliklar va tarqatma materiallarni ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan maxsus oʻquv qoʻllanma, videoroliklar va tarqatma materiallarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish hamda palliativ yordamga muhtoj shaxslarning yaqin qarindoshlariga yetkazish choralarini koʻrish.

2026-yil oktabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

12.

Uy sharoitida palliativ yordamni oladigan muhtoj shaxslarni zarur jihozlar bilan taʼminlash.

Uy sharoitida palliativ yordamni oladigan muhtoj shaxslarni funksional karavot va maxsus matraslar bilan vaucher tizimi asosida belgilangan tartibda taʼminlashni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil oktabr

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

13.

Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida ogʻir va davolab boʻlmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun xospis shaklida palliativ yordam koʻrsatish markazini tashkil etish.

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida ogʻir va davolab boʻlmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun palliativ yordam koʻrsatish maqsadida Bolalar uchun xospis markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish. Bunda:

Markaz Samarqand viloyati Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti hududida tashkil etiladi;

Markaz giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni litsenziya asosida saqlash, realizatsiya qilish, berish va yoʻq qilish faoliyatini amalga oshiradi;

Markaz tomonidan palliativ yordam statsionar va mobil shakllarda koʻrsatiladi;

2026-yil iyul

Davlat budjeti mablagʻlari,

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markazning vaqtinchalik nizomi tasdiqlanadi;

Markaz uchun maxsus jihozlangan avtomobillar xarid qilinadi;

Markazga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shakldagi dori vositalarini litsenziya asosida buyurish, yashash joyiga yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish, berish, hisobga olish va yoʻq qilishga ruxsat beriladi;

xalqaro ekspertlarni jalb qilish hamda xorijiy davlatlar xospislari faoliyatini borib oʻrganish orqali Markaz xodimlarining malakasi oshiriladi va oʻqitiladi.

2026-2027-yillar

2. Markazning shtat birliklarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash.

2026-yil iyul

3. Samarqand viloyati Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti hududida Markaz faoliyatini tashkil etish uchun yangi bino qurish va jihozlash.

Bunda buyurtmachi sifatida Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” DUKga bosh loyihachi va bosh pudratchini davlat xaridlarining “taklif soʻrovi” tartib-taomili orqali tanlashga ruxsat beriladi.

2026-yil oktabr

14.

Toshkent shahar hududlararo xospisga tutash hududda bemorlar uchun koʻngilochar sayilgoh va bogʻ tashkil qilish.

1. Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Maʼrifat” mahalla fuqarolar yigʻini, Qoramurt koʻchasida Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan qurilayotgan Toshkent shahar hududlararo xospisga tutash hududda zarur infratuzilmani shakllantirish maqsadida 2,5 gektar yer maydonini amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratish choralarini koʻrish.

2. Toshkent shahar hududlararo xospis faoliyatini samarali tashkil etish, unga tutash hududdan maqsadli foydalanish hamda zarur infratuzilmani shakllantirish choralarini koʻrish.

2026-yil avgust

-

Toshkent viloyati hokimligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

15.

Xalqaro tajriba asosida “Palliativ parvarish qoidalari” oʻquv amaliy kurslari boʻyicha mobil palliativ brigada hamda xospis xodimlarini tayyorlash.

1. “Palliativ parvarish qoidalari” boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil avgust

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallarida hamda xospislarda nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda mobil palliativ brigada hamda xospis xodimlarining malakasini oshirish.

2026-yil dekabr

16.

Palliativ xizmat koʻlamini kengaytirish.

Davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida palliativ xizmatlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-239-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palliativ tibbiy yordam koʻrsatuvchi tashkilotlarni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
REJASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Xospis tashkil etiladigan hudud

Xizmat koʻrsatiladigan hudud

Quvvati

(oʻrinlar soni)

Tashkil etish turi

Tashkil etish davri

1.

Samarqand viloyati (bolalar uchun)

Samarqand viloyati

20

yangidan tashkil etish

2026

2.

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

50

yangidan tashkil etish

2027

3.

Fargʻona viloyati

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

50

yangidan tashkil etish

2026-2027

4.

Xorazm viloyati

Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi

30

yangi bino va inshootlar qurish

2027

5.

Buxoro viloyati

Buxoro va Navoiy viloyatlari

50

yangidan tashkil etish

2028

Jami

200

 

 

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-239-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palliativ tibbiy yordam koʻrsatishni rivojlantirishda “Sifatli tibbiy xizmatlar” indikatorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Baholash indikatorlari

Baholash formulasi

Baholash davriyligi

Yillar

2027

2028

2029

2030

Palliativ yordam qamrovi

Xizmat olganlar / hisoblangan ehtiyoj × 100

har yili

≥5%

≥12%

≥65%

≥80%

Birlamchi baholashning oʻz vaqtida oʻtkazilishi

≤72 soatda baholanganlar / yangi bemorlar × 100

har yili

≥20%

≥40%

≥80%

≥90%

Individual parvarish rejasi mavjudligi

Rejaga ega bemorlar / faol bemorlar × 100

har yili

≥35%

≥65%

≥85%

≥95%

Ogʻriqni standartlashtirilgan shkala boʻyicha baholash

NRS/VAS/PAINAD boʻyicha baholanganlar / faol bemorlar × 100

har yili

≥40%

≥70%

≥85%

≥95%

Kuchli ogʻriqni nazorat qilish samaradorligi

72 soatda ogʻriq ≥30% kamayganlar / ogʻrigʻi ≥7 boʻlgan bemorlar × 100

har yili

≥30%

≥55%

≥70%

≥80%

Jami isteʼmol qilingan OME (mg)/aholi soni

OME mg / aholi soni

har yili

≥0.10 mg/capita

≥0.20 mg/capita

≥0.30 mg/capita

≥0.6 mg/capita

Mobil brigadalarning uyga tashriflarini amalga oshirish

Amalga oshirilgan tashriflar / rejalashtirilgan tashriflar × 100

har yili

≥20%

≥50%

≥70%

≥90%

Hayotning soʻnggi 30 kunidagi shoshilinch gospitalizatsiyalar

Gospitalizatsiya qilinganlar / vafot etgan bemorlar × 100

har yili

bazaviy baholash

−5%

−15%

−30%

Ijtimoiy baholash
va yoʻnaltirish

Ijtimoiy baholangan bemorlar / faol bemorlar × 100

har yili

≥35%

≥65%

≥80%

≥90%

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash yoki vaucher tayinlash

Yordam olganlar / muhtoj deb topilganlar × 100

har yili

≥25%

≥55%

≥70%

≥85%

Oila aʼzolarining parvarishdan qoniqishi

Ijobiy baholar ulushi × 100

har yili

≥55%

≥70%

≥80%

≥85%

Kadrlar tayyorlash rejasi bajarilishi

Oʻqitilgan mutaxassislar / reja × 100

har yili

≥45%

≥70%

≥85%

≥90%

Faol palliativ xizmatga ega hududlar ulushi

Xospis va mobil brigadasi mavjud hududlar soni

har yili

6

14

14

14

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OME — Oral Morphine Equivalent (peroral morfin ekvivalenti).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NRS/VAS/PAINAD — ogʻriqni baholash shkalalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-239-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-palliative” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan axborot tizimlari (bazalari)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tashkilot nomi

Axborot platforma (baza)

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

Adliya vazirligi

FHDY AT

Sogʻliqni saqlash vazirligi

“Cancer-registr” axborot moduli

DMED Yagona tibbiy AT

Endokrin patologiyali bemorlarning elektron maʼlumotlar bazasi

Nevrologik kasalliklar va uning asoratlari bilan ogʻrigan bemorlarning yagona elektron bazasi

“Mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalar reyestri va sarflash materiallari monitoringi” AT

NARKO-PSIXUZ” AT

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

“Yagona milliy mehnat tizimi” AT

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

“MedRefer” AT va “MedExpress” AT

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: DMED Yagona tibbiy AT va “Cancer-registr” axborot moduliga integratsiya qilish jarayoni 2026-yil 1-sentabrga qadar yakunlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 07/26/239/0631-son)