Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2024 28.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 580
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti, 28.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 580
Date of entry into force
28.12.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“TASDIQLANGAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

Vazirning o‘rinbosari

E.F. GADOYEV

1998-yil 14-oktabr 50-son

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti
8-son bhms
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 28-dekabrda 580-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 135-sonli “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-sonli BHMS) “Konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi”ni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3537, 26.07.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Buxgalteriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy jihatdan tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAQSAD VA AMAL QILISH SOHASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu BHMSning maqsadi xo‘jalik yurituvchi bosh jamiyat (bundan buyon “bosh jamiyat” deb yuritiladi) nazorati ostidagi xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar guruhining konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini tuzish va taqdim etish tartibini belgilab berishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu standartda shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalarni bosh jamiyatning alohida moliyaviy hisobotida hisobga olish tartibi ham ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bu standart quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Qo‘shma faoliyatdagi investitsiyalarni hisobga olishga (“Qo‘shma faoliyatdagi ishtirok ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish” buxgalteriya hisobi milliy standartiga qarang).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Uyushgan korxonalarga investitsiyalarni hisobga olishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu standartning talablari vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlarining qo‘shma moliyaviy hisobotiga nisbatan ham qo‘llanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUSHUNCHALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bu standartda foydalanilgan tushunchalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat (bu standartga nisbatan qo‘llanilganda) — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy va xo‘jalik siyosatini uning faoliyatidan foyda olish maqsadida belgilash huquqi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu’ba xo‘jalik jamiyati (bundan buyon “shu’ba jamiyat” deb yuritiladi) — bosh jamiyat tomonidan nazorat qilinadigan xo‘jalik yurituvchi subyekt.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh jamiyat — bir yoki bir necha kichik jamiyatlarga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guruh — bosh jamiyat va unga qarashli barcha shu’ba jamiyatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar — hisobot sanasidagi moliyaviy ahvolni va xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar guruhining hisobot davri uchun moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida moliyaviy hisobotlar — guruh har bir a’zosining konsolidatsiyalash lozim bo‘lgan hisoboti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kamchilik ulushi — shu’ba jamiyat xo‘jalik faoliyatining sof daromadlari (zararlari) hamda sof aktivlarining bosh jamiyatning bevosita yoki bilvosita shu’ba jamiyatlardagi ishtiroki ulushiga to‘g‘ri kelmaydigan qismidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KONSOLIDATSIYALASHGAN MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAQDIM ETISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bosh jamiyat konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi lozim, 6-bandda tavsiflangan bosh jamiyatlar bundan mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘z navbatida boshqa bir jamiyatga qarashli bo‘lgan va boshqa jamiyat mulki hisoblangan bosh jamiyat, agar o‘zining bosh jamiyati talab qilmasa va buning uchun kamchilik ulushi egalarining roziligi bo‘lsa, konsolidatsiyalashgan hisobot taqdim etmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday bosh jamiyat o‘zining alohida moliyaviy hisobotlarida quyidagilarni ochib berishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot taqdim etilmagani sababini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shu’ba jamiyatga investitsiyalarni buxgalteriyada hisobga olishda foydalanilayotgan usulni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot taqdim etadigan o‘zining bosh jamiyati nomi va uning ro‘yxatga olingan joyini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh jamiyat ham o‘zida qaram jamiyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hollarning har biri buxgalteriya balansiga va bosh jamiyat natijalari to‘g‘risidagi hisobotga izohlarda ochib berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KONSOLIDATSIYALASH AMAL QILADIGAN SOHA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzadigan bosh jamiyat barcha shu’ba jamiyatlarni (xorijiy va mahalliy) jipslashtirishi lozim, quyidagi hollar bundan mustasnodir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.1. Shu’ba korxona faqat yaqin kelajakda sotish maqsadida xarid qilingan va uni nazorat qilish vaqtincha bo‘lgan hollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.2. Shu’ba jamiyat bosh jamiyat tomonidan belgilab qo‘yilgan uzoq muddatga mo‘ljallangan alohida sharoitda faoliyat ko‘rsatgan va bu sharoit uning mablag‘ni bosh jamiyatga o‘tkazish qobiliyatini ancha kamaytirgan hollar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday shu’ba jamiyatlar “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq investitsiyalar sifatida hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KONSOLIDATSIYALASHGAN HISOBOTLARNI TUZISH USULI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash chog‘ida bosh jamiyat va unga qarashli barcha shu’ba jamiyatlar moliyaviy hisobotlari aktivlarning bir xil moddalarini, majburiyatlarni, o‘z mablag‘i, daromadlari va xarajatlarini satrma-satr konsolidatsiyalash yo‘li bilan birlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar guruh to‘g‘risida yagona jamiyat sifatida moliyaviy axborotdan iborat bo‘lishi uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.1. Quyidagilar chiqarib tashlanishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir shu’ba jamiyatga bosh jamiyat investitsiyalarining balans qiymati va bosh jamiyatning har bir shu’ba jamiyatning o‘z sarmoyasidagi ulushi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh va shu’ba jamiyatlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilish schyotlari bo‘yicha saldo;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlar, xarajatlar, dividendlar bo‘yicha guruh ichidagi operatsiyalar, shuningdek shu operatsiyalar natijasida vujudga keladigan amalga oshmagan foyda va zararlar, qoplanishi mumkin bo‘lmagan zararlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.2. Shu’ba jamiyat sof daromadida kamchilik ishtirokining bosh jamiyatga tegishli sof daromad miqdorini aniqlash chog‘ida guruhning daromadini kamaytiradigan ulushni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.3. Shu’ba jamiyat sof aktivlaridagi kamchilik ulushini aniqlash va hisobot davri uchun konsolidatsiyalashgan buxgalteriya balansida bosh jamiyatning majburiyatlari va o‘z sarmoyasini alohida ko‘rsatish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlab xarid qilingan paytda hisoblangan miqdor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilingan paytdan boshlab o‘z sarmoyasi harakatida kamchilik ulushining salmog‘i.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bosh jamiyatning, shu’ba jamiyatlarning bir hisobot davri uchun bir hisobot vaqtida tuzilgan moliyaviy hisobotlari hamda kamchilikning ulushlari konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda birlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar biror shu’ba jamiyatning moliyaviy hisoboti (masalan, O‘zbekistondan tashqarida joylashgan shu’ba jamiyatning moliyaviy hisoboti) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzilgan hisobot davri uchun, lekin konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning hisobot vaqtidan farq qiladigan hisobot sanasida tuzilgan bo‘lsa, bunday shu’ba jamiyat o‘sha hisobot vaqti uchun oraliq moliyaviy hisobot tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu’ba jamiyat oraliq moliyaviy hisobot tuzish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga shu’ba jamiyatning boshqa hisobot davri uchun tuzilgan moliyaviy hisoboti ma’lumotlari, bu hisobotlarni tuzish o‘rtasida o‘tgan vaqt uch oydan oshmagan taqdirda, qo‘shiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turli hisobot davrida tuzilgan moliyaviy hisobotlar jamlanayotganda shu sanalar o‘rtasida yuz beradigan muhim operatsiyalar yoki boshqa voqealar natijasi hisoblangan o‘zgartishlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar o‘xshash operatsiyalar va moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining boshqa voqealari uchun yagona hisob siyosatidan foydalanish asosida tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guruh ishtirokchilaridan biri o‘xshash operatsiyalar bo‘yicha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish chog‘ida qabul qilingan hisob siyosatidan farq qiladigan hisob siyosatidan foydalangan taqdirda, bu moliyaviy hisobotlarga konsolidatsiyalash chog‘ida tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. Agar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash chog‘ida yagona hisob siyosatidan foydalanishning imkoniyati bo‘lmasa, bu fakt konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning turli hisob siyosati qo‘llanilgan moddasi qismida ochib berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Shu’ba jamiyatlar xo‘jalik faoliyatining natijalari uni xarid qilgan vaqtdan boshlab konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga qo‘shiladi, xaridor sotib olgan shu’ba jamiyat ustidan nazorat qilishni o‘z qo‘liga olgan vaqt xarid qilingan vaqt hisoblanadi, nazorat qilish topshirilgan vaqt esa shu’ba jamiyat bosh jamiyatdan chiqarilgan vaqt hisoblanadi. Shu’ba jamiyat realizatsiyasidan tushum bilan uning aktivlari balans qiymati o‘rtasidagi tafovut realizatsiya vaqtidagi majburiyatlar chiqarib tashlanib, moliyaviy natijalarning konsolidatsiyalashgan hisobotida shu’ba jamiyat realizatsiyasidan olingan foyda va zarar sifatida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamiyatdagi investitsiyalar kichik shu’ba qaram bo‘lmagan va shu’ba jamiyat ta’rifiga mos kelmaydigan paytdan boshlab “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” BHMSiga muvofiq hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kamchilikning ulushi konsolidatsiyalashgan buxgalteriya balansida majburiyatlar va o‘z sarmoyasidan alohida ko‘rsatilishi kerak. Guruhlar daromadida kamchilik ulushi ham alohida ko‘rsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BOSH JAMIYATNING ALOHIDA MOLIYAVIY HISOBOTIDA SHU’BA XO‘JALIK JAMIYATLARIGA INVESTITSIYALARNI HISOBGA OLISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bosh jamiyatning alohida (mustaqil) moliyaviy hisobotlarida shu’ba jamiyatlarga konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish chog‘ida hisobga olingan investitsiyalar quyidagilardan foydalanib aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.1. O‘z sarmoyasini hisobga olish usuli (ulushbay ishtiroki usuli);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.2. Bosh jamiyatning uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga olish bo‘yicha foydalaniladigan usuli (“Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” BHMSiga qarang).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bosh jamiyatning alohida moliyaviy hisobotida shu’ba jamiyatlarga yo‘naltirilgan, lekin konsolidatsiyalashgan hisobotga kiritilmagan investitsiyalar “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq ravishda hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YORITIB BERISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. 6 va 10-bandlarda talab qilingan axborotni ochib berishga qo‘shimcha ravishda quyidagi axborotlarni ham ko‘rsatib berish lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.1. Yirik shu’ba jamiyatlar ro‘yxati, ular joylashgan yoki ro‘yxatga olingan mamlakatlar, o‘z mulki ulushi yoki ular mulk ulushiga egalik qilmasa, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyalar miqdori ham ko‘rsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.2. Shu’ba jamiyat hisoboti konsolidatsiyalashgan hisobotga kiritilmagani sabablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.3. Bosh va shu’ba jamiyat o‘rtasidagi bosh jamiyatga shu’ba jamiyat ustidan bosh jamiyat bevosita yoki shu’ba jamiyat orqali bilvosita ovozlar miqdorining yarmidan ko‘prog‘iga ega bo‘lmagan hollarda uni nazorat qilishga imkon beradigan o‘zaro munosabatlar tabiati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.4. Bevosita yoki shu’ba jamiyatlar orqali bilvosita ovozlarning yarmidan ko‘prog‘iga egalik qiladigan, lekin nazorat yo‘qligi sababli shu’ba jamiyat hisoblanmaydigan jamiyatlarning nomlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.5. Jamiyatni sotib olish (barpo etish) va sotish (tugatish)ning hisobot yilidagi moliyaviy ahvolga, natijalarining hisobot davridagi ahvolga va oldingi davrga tegishli miqdorga ta’siri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.6. Bosh jamiyat alohida moliyaviy hisobotida shu’ba jamiyatga yo‘naltirilgan investitsiyalarni hisobga olish uchun foydalanilgan usul.