21.05.2026 yildagi 270-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.05.2026 yildagi 270-son
Date of entry into force
22.05.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish boʻyicha maʼmuriy reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 4-oktabrdagi PF-180-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, chet el fuqarolari tomonidan maxsus soliq rejimini olish boʻyicha arizalar Davlat xizmatlari markazlari, Elektron soliq xizmatlari portali yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini joriy etishni nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Soliq qoʻmitasi raisi F.J. Pulatov va ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 21-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
270-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 270-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 4-oktabrdagi PF-180-son Farmoniga muvofiq chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli kripto-birja — Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan kripto-birja;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli tijorat banki — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan tijorat banki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus soliq rejimi — belgilangan shartlarga javob beradigan chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi soliq rejimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus soliq rejimining soliq rezidentlari — maxsus soliq rejimi doirasida tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket oʻn ikki oylik davr davomida jami oʻttiz kalendar kundan koʻproq Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan hamda mulk yoki ijara huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida turar joy koʻchmas mulk obyektiga ega boʻlgan chet el fuqarolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus soliq rejimi berilgani toʻgʻrisida guvohnoma — belgilangan shartlarga javob beradigan chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimi taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus soliq rejimini taqdim etish komissiyasi — chet el fuqarolarining maxsus soliq rejimini olish boʻyicha murojaatlariga binoan maxsus soliq rejimini taqdim etish yoki taqdim etishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qiluvchi vakolatli organlar vakillaridan iborat ishchi guruh;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus soliq rejimini taqdim etish komissiyasining ishchi organi — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Chet el fuqarosi maxsus soliq rejimini taqdim etish yuzasidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Elektron soliq xizmatlari portali orqali elektron shaklda yoxud Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrif buyurgan holda, Maxsus soliq rejimini taqdim etish komissiyasining ishchi organiga (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) ariza taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el pasportining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddatini tasdiqlovchi hujjat (viza yoki boshqa hujjatlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarosi arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi hamda imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ishchi organ ariza taqdim etgan chet el fuqarosining doimiy yashashini (rezidentlik) tasdiqlashda, uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan kunlari sonini ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq jadval asosida hisoblaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Ishchi organ tomonidan elektron xizmat orqali bir ish kunida Komissiyaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ishchi organ chet el fuqarosining arizasini koʻrib chiqish jarayonida zaruratga koʻra tegishli maʼlumotlarni olish uchun vazirlik va idoralarga soʻrov yuborishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiya chet el fuqarosining arizasini uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va maxsus soliq rejimini taqdim etish yoki taqdim etishni rad qilish toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiya tomonidan chet el fuqarosining arizasini koʻrib chiqish jarayonida tegishli vazirlik va idoralardan qoʻshimcha maʼlumotlarni olish talab etilsa, arizani koʻrib chiqish muddati maʼlumot taqdim etilgunga qadar toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ishchi organ Komissiyaning arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan xulosasi yuzasidan bir ish kuni mobaynida chet el fuqarosining shaxsiy kabinetiga yoki elektron pochta manziliga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Maxsus soliq rejimini olish boʻyicha chet el fuqarolarining arizasi quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el fuqarosi tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlariga maxsus cheklov qoʻygan davlatlarning fuqarolari tomonidan taqdim etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari tomonidan taqdim etilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Komissiyaning maxsus soliq rejimi taqdim etilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosasi boʻyicha xabarnomani olgan chet el fuqarosi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvaragʻi yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochadi hamda 50 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yigʻimni toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Komissiyaning maxsus soliq rejimi taqdim etilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosasi boʻyicha xabarnomani olgan chet el fuqarosining voyaga yetgan har bir yaqin qarindoshi uchun 10 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yigʻim toʻlanganda, chet el fuqarosining yaqin qarindoshi ham maxsus soliq rejimining soliq rezidenti deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Maxsus soliq rejimi taqdim etilgan chet el fuqarolarining bank hisobvaragʻi yoki kripto-hamyoniga mablagʻlar maxsus vakolatli tijorat banklari yoki kripto-birjalar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar va xavf-xatarlarni baholash natijalari asosida kirim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Chet el fuqarosi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvaragʻi yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochganini hamda maxsus yigʻimni toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini elektron xizmat orqali Ishchi organga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ishchi organ chet el fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida bir ish kunida ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq Maxsus soliq rejimi berilgani toʻgʻrisidagi guvohnomani chet el fuqarosining shaxsiy kabinetiga yoki elektron pochta manziliga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Maxsus soliq rejimining amal qilish muddati, uni uzaytirish va bekor qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Maxsus soliq rejimi belgilangan talablarni bajargan chet el fuqarolari va ularning voyaga yetgan yaqin qarindoshlariga ularning arizasida koʻrsatilgan soliq davri uchun, biroq besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Chet el fuqarolariga taqdim etilgan maxsus soliq rejimi quyidagi holatlarda muddatidan oldin bekor qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 12-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha maʼlumot kelib tushganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarori asosida maxsus soliq rejimi muddatidan oldin bekor qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el fuqarosi vafot etganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Chet el fuqarolariga taqdim etilgan maxsus soliq rejimi muddatidan oldin bekor qilinganda, Ishchi organ bir ish kuni mobaynida chet el fuqarosining shaxsiy kabinetiga yoki elektron pochta manziliga xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — maxsus vakolatli tijorat banklari, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi — maxsus vakolatli kripto-birjalar roʻyxatlarini tasdiqlaydi, ularni oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi va ularga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, uch ish kuni ichida Ishchi organga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Maxsus soliq rejimini taqdim etishda vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Chet el fuqarolarining daromadlarini soliqqa tortishning maxsus soliq rejimi yuzasidan doimiy monitoring yuritish va natijalarini tahlil qilib borish Ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Chet el fuqarolari vakolatli organlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Chet el fuqarolari

YIDXP yoki Elektron soliq xizmatlari portali orqali elektron shaklda yoxud Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrif buyurgan holda Ishchi organga ariza taqdim etadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Ishchi organ

Chet el fuqarosining arizasi va unga ilova qilingan hujjatlarni elektron xizmat orqali Komissiyaga taqdim etadi.

Bir ish kunida

3-bosqich

Ishchi organ

Tegishli maʼlumotlarni olish uchun vazirlik va idoralarga soʻrov yuboradi.

Zaruratga koʻra

4-bosqich

Komissiya

Chet el fuqarosining arizasini koʻrib chiqadi va maxsus soliq rejimini taqdim etish yoki taqdim etishni rad qilish toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiradi.

Uch ish kunida

5-bosqich

Ishchi organ

Komissiyaning arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan xulosasi yuzasidan chet el fuqarosining shaxsiy kabinetiga yoki elektron pochta manziliga xabarnoma yuboradi.

Bir ish kunida

6-bosqich

Chet el fuqarolari

Ishchi organning maxsus soliq rejimi taqdim etilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xabarnomasi asosida maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvaragʻi yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochadi va belgilangan miqdordagi maxsus yigʻimni toʻlaydi.

Oʻz xohishiga koʻra

7-bosqich

Chet el fuqarolari

Maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvaragʻi yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochganini hamda maxsus yigʻimni toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini elektron xizmat orqali Ishchi organga taqdim etadi.

Oʻz xohishiga koʻra

8-bosqich

Ishchi organ

Chet el fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida Maxsus soliq rejimi berilgani toʻgʻrisidagi guvohnomani chet el fuqarosining shaxsiy kabinetiga yoki elektron pochta manziliga yuboradi.

Bir ish kunida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Chet el fuqarolarining doimiy yashashini (rezidentlik) tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JADVALI

T/r

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan vaqti

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqqan vaqti

Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan kunlar soni

1.

2.

3.

...

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

____________________________________ga

fuqaro F.I.O.

JSHSHIR _____________________________

______________________________________

roʻyxatga olingan manzili

XABARNOMA

Hurmatli __________________ Sizning murojaatingiz belgilangan tartibda oʻrganib chiqildi. Komissiyaning xulosasiga koʻra maxsus soliq rejimining taqdim etilishi maqsadga muvofiq (yoki muvofiq emas) deb topildi.

Shunga asosan belgilangan miqdordagi maxsus yigʻimni toʻlashingiz (yoki voyaga yetgan har bir qarindoshingiz uchun) hamda maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvaragʻini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochishingiz soʻraladi.

Yuqoridagi talablar bajarilgan taqdirda, Sizga maxsus guvohnoma taqdim etiladi.

QR kod

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQ QOʻMITASI

Maxsus soliq rejimi berilgani toʻgʻrisida

GUVOHNOMA

№00000000

20___ yil “____” __________

Komissiyaning xulosasiga asosan chet el fuqarosi _________________ga (JSHSHIR: _________________, roʻyxatdan oʻtkazilgan manzili: ___________) maxsus soliq rejimi taqdim etildi.

Guvohnomaning amal qilish muddati ______ yilgacha.

QR kod

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 270-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 17-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Maxsus soliq rejimi berilgani toʻgʻrisida guvohnoma — maxsus soliq rejimi qoʻllanilgan chet el fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan, farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, nevaralari, shuningdek, erining (xotinining) ota-onasi) uchun”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“201. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etilgan va maxsus yigʻim toʻlagan quyidagi chet el fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi (ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga mulk yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joy koʻchmas mulk obyekti) boʻyicha ariza va maxsus soliq rejimi berilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida bir ish kunida roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlari 5 yilgacha, biroq viza muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimi belgilangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlari 5 yilgacha, ammo Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan turib olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/270/0528-son)