21.05.2026 yildagi PQ-196-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.05.2026 yildagi PQ-196-son
Date of entry into force
22.05.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bagʻrikenglik kabi ezgu fazilatlarni mujassam etgan muborak Qurbon hayitini munosib nishonlash, ushbu qutlugʻ ayyomda aholini davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondining muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) quyidagi toifadagi bemorlarning tibbiy tekshiruvdan oʻtish, jarrohlik amaliyoti va davolash xarajatlarini qoplash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) ogʻir va nogironlikni keltirib chiqaruvchi kasalliklarga chalingan 10 ming nafar bolalarda jarrohlik amaliyotini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) 2,3 ming nafar onkologik, gemotologik va onkogematologik tashxis qoʻyilgan bemorlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, ularni davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) kamida 350 nafar bemorlarda jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi bolalarning omonat hisobvaraqlariga 200 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini oʻtkazish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar (vasiylik, homiylik va patronatdagi bolalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, kichik hajmli bolalar uylari hamda “SOS” bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan ota-onalarning farzandlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) “Taskin Childrenʼs Hospice” bolalar onkologik shifoxonasida davolanayotgan bolalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 500 ta masjidda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ularda zamonaviy tahoratxonalar qurish, rekonstruksiya qilish yoki taʼmirlash hamda joylardagi qabristonlarni obod qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan bemorlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, jarrohlik va davolash amaliyoti Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilaydigan tibbiyot tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) bemorlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, jarrohlik va davolash amaliyotini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar doirasida donorlarning xarajatlarini qoplash koʻzda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) tibbiyot tashkilotlari tomonidan davolash tadbirlari tasdiqlangan standartlar hamda klinik protokollar asosida oʻtkazilishi ustidan nazorat Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlar davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan ajratiladigan 690 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar hisobidan “Vaqf” xayriya jamoat fondi orqali moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda keng jamoatchilik vakillarining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda ushbu maqsadlarda koʻngilli xayriya hasharlarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalari uchun ehson dasturxonlarini yozish hamda ziyoratgohlar va diniy taʼlim tashkilotlarida qurbonlik tadbirlarini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish va mehr-saxovat tadbirlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari raisligida hududiy kengashlar (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar) tashkil etilsin va ularning namunaviy tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar hududiy kengashlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) aholini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan mehr-saxovat va xayr-ehson tadbirlarining manzilli amalga oshirilishini taʼminlash hamda ushbu yoʻnalishda vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari va tuman (shahar) hokimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish va aholida ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatish tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Vaqf” xayriya jamoat fondi orqali tibbiy tekshiruv, jarrohlik va davolash amaliyoti xarajatlarini qoplash quyidagi tartibda moliyalashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) tibbiy tekshiruv, jarrohlik va davolash amaliyoti oʻtkaziladigan kasalliklar roʻyxati Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) bemorlarni tegishli tibbiyot tashkilotiga yoʻllash va davolash Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot moduliga kiritish orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) tibbiy tekshiruv, jarrohlik va davolash amaliyoti oʻtkazilgan bemorlarga koʻrsatilgan xizmatlar xarajatlarini qoplash Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnomaga asosan ushbu maʼlumotnoma taqdim etilgan vaqtdan eʼtiboran besh ish kuni ichida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-fevraldagi “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida”gi PQ-67-son qarori doirasida “Vaqf” xayriya jamoat fondiga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlangan kasalliklar va tibbiyot tashkilotlari roʻyxatiga muvofiq davolanish yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Agentlik bilan birgalikda mazkur qarorda nazarda tutilgan Qurbon hayitini munosib nishonlash bilan bogʻliq xayru saxovat va muruvvat tadbirlarining mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-maʼrifiy masalalar boʻyicha departamentining boshligʻi M.M. Kamilov hamda sogʻliqni saqlash vaziri E.E. Adilov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 21-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-196-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-maydagi PQ-196-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish va mehr-saxovat tadbirlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Lavozimi boʻyicha

 —

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, hududiy kengash raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

 —

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

 —

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi

4.

Lavozimi boʻyicha

 —

Oʻzbekiston mahallari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi

5.

Lavozimi boʻyicha

 —

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi

6.

Lavozimi boʻyicha

 —

Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti qozisi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh imom-xatiblari

7.

Lavozimi boʻyicha

 —

Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

8.

Lavozimi boʻyicha

 —

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari hamda Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi

9.

Lavozimi boʻyicha

 —

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining oʻrinbosari

10.

Lavozimi boʻyicha

 —

Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi

11.

Lavozimi boʻyicha

 —

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyati mudirlari, hududiy kengash kotibi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 07/26/196/0527-son)