Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.07.2020 02.03.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 906
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Nizomi, 02.03.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 906
Date of entry into force
12.03.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.07.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvining

2000-yil 22-fevraldagi

(3-son bayonnomasi)

432-son

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA KREDIT HUJJATLARINI YuRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom

(yangi tahriri)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 2-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 906]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3280, 29.07.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Mazkur Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank faoliyatini nazorat qilish va bank tizimida kredit tavakkalchiligi boshqaruvini yaxshilashga doir vazifalarni ijro etishi uchun sharoit yaratish maqsadida banklar kredit hujjatlarini yuritish boʻyicha talablarni qamrab oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Mazkur Nizom banklar tomonidan beriladigan barcha kreditlarga, shuningdek unga ochilayotgan kredit liniyalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Bank kreditlarni oʻzining ichki kredit siyosatiga va kredit operatsiyalarini yuritishning umumiy shartlariga muvofiq ravishda beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Kredit bank tomonidan kredit shartnomasi asosida pul shaklida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. Bank boʻlajak qarz oluvchidan mazkur Nizomga muvofiq ravishda kredit hujjatlarini yuritish uchun zarur boʻladigan barcha axborotni talab etishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.6. Kredit bergan bank shartnoma asosida yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan boshqa usul vositasida kredit boʻyicha toʻlovni talab etish huquqini har qanday miqdorda yon berishi mumkin. Yangi qarz oluvchi kreditga doir huquqini faqat yon berish toʻgʻrisida yangi shartnoma tuzish vositasida qayta yon berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.7. Kredit tarkibidagi oʻzgarishlar (restrukturizatsiya) yozma tarzda kredit shartnomasi, garov haqidagi shartnoma, kredit shartnomasini bajarishga doir boshqa shartnomalarga tegishli oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan tayyorlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. BERILGAN KREDIT BOʻYIChA HUJJATLARNI YuRITISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Bank har bir berilgan kredit boʻyicha kredit yigʻmajildini tayyorlaydi, u kredit shartnomasi imzolangan yoki tasdiqlangan kundan boshlab ochiladi hamda mazkur Nizomda koʻzda tutilgan hollardan tashqari asosiy qarz va foizlar toʻliq toʻlanganidan soʻng yopiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Kredit yigʻmajildi hujjatlari muhofazasi va vakolatliligini taʼminlash majburiyati yuklatilgan bank xodimi kredit yigʻmajildini yuritish va saqlash uchun masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Markaziy bank bank faoliyatini tekshirayotgan davrda bank nozirlar talab qiladigan barcha kredit yigʻmajildlarini, jumladan bank boʻlimlari bergan kreditlar boʻyicha yigʻmajildlarni taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Blankli (ishonchli) kreditga doir yigʻmajildda har qanday turdagi kreditni berish uchun talab qilinadigan umumiy hujjatlarning mavjud boʻlishi yetarlidir. Ushbu umumiy hujjatlar quyidagilarga muvofiq kelishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana qoʻyilgan, kreditdan foydalanish maqsadlari bayon etilgan va kredit taʼminlangan holda garov mavzui koʻrsatilgan ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining taʼsis hujjatlari; bunda hujjatning nusxalari masʼul kredit xodimi tomonidan qarz oluvchining yuridik ishidan olingan boʻlishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biznes-reja (isteʼmol krediti va biznes-rejani taqdim etish shart boʻlmagan kreditning boshqa turlari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shaxs qarzdorning vakili boʻlsa, qarzdor nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat, imzolar nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan kredit shartnomasining asl nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan buxgalteriya standartlariga muvofiq tayyorlangan, oxirgi hisobot sanasida qarzdor tomonidan imzolangan moliyaviy hisobotlar, jumladan balans hisoboti hamda daromadlar va pul oqimiga doir hisobotlar; zarurat tugʻilganda qarz oluvchining hisobotlari bank va bankning konsultatsion boʻlimining masʼul kredit xodimi hamkorligida talab qilinayotgan formatga muvofiq keltirilishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul bank xodimi tomonidan tayyorlangan, kreditni toʻlash uchun qarzdorning naqd pul massasi oqimining yetarliligini tasdiqlovchi pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobot tahlili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kredit qoʻmitasining kredit tasdiqlangan muddat va shartlarini oʻz ichiga oluvchi kredit shartnomasini tasdiqlashga doir qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Agar kredit koʻchmas mulk garovi bilan taʼminlangan boʻlsa, unda kredit yigʻmajildida qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning asl nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garovga beruvchi va bank tomonidan imzolangan, garov obyekti qiymatini kelishuv dalolatnomasi;

garovga qoʻyilgan mulkni sugʻurta qilish shartnomasi va ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta polisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov shartnomasining davlat kadastr idoralarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma yoki davlat kadastr idoralarida garov shartnomasining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi, belgilangan shaklda garov shartnomasiga qoʻyilgan belgi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov predmetini sotish narxini tasdiqlovchi hujjatlar, agar kredit, uni sotib olishni moliyalash maqsadida berilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.6. Koʻchmas boʻlmagan mulk garov toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq mulkka egalik qilish huquqi qarzdorga oʻtganidan soʻng garov vositasi boʻladigan mulkni sotib olish uchun beriladigan kreditlarga doir kredit yigʻmajildlarida mazkur mulkni sotish narxini va bu mulk sugʻurta qilingan pul mablagʻlari miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.7. Agar kredit koʻchmas mulkni qurish, taʼmirlash va tiklashni moliyalash maqsadida berilgan boʻlsa, bank kredit yigʻmajildiga smeta hujjatlarini, shuningdek bank tomonidan tayyorlangan tekshirish toʻgʻrisidagi hisobotni yoki kredit berilgan ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnomani kiritishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.8. Agar kredit boshqa shaxs tomonidan kafolatlansa, kredit yigʻmajildiga quyidagi qoʻshimcha hujjatlar kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafillik toʻgʻrisidagi shartnoma yoki yozma kafolat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti yoki auditorning kafolatchining (kafil) qoniqarli moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning kafil nomidan (kafolatchi) kafolat toʻgʻrisidagi shartnomani (majburiyatni) imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.9. Kreditni berishga doir bank bilan tuzilgan shartnomaga, jumladan garov toʻgʻrisidagi shartnomaga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ushbu shartnomalar shartlariga muvofiq rasmiylashtirilishi va tegishli yigʻmajildlarga kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.10. Kredit toʻliq yoki qisman toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar kredit yigʻmajildiga kiritilishi va kreditni toʻlash manbalarini (qarzdor tomonidan oʻtkazilgan yoki garov mavzuini sotishdan olingan mablagʻlar) aks ettirishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. KREDITLARGA DOIR OLINGAN HUQUQLAR BOʻYIChA HUJJATLARNI YuRITISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Bank kreditga doir huquqlarni sotib olgan holda bu bank yon berish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangan vaqtda kredit yigʻmajildini ochishi kerak va unga mazkur nizom talablariga muvofiq tayyorlangan va dastlabki kreditor tomonidan tekshirilgan, dastlabki kreditorning yigʻmajildiga tikib qoʻyilgan barcha hujjatlarni kiritishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Ushbu boʻlimning 3.1-bandida talab qilingan hujjatlardan tashqari oʻtkazma amalga oshirilgan bankning kredit yigʻmajildida quyidagilar boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazishni amalga oshirgan bankning kredit oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi toʻgʻrisidagi batafsil hisoboti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma, jumladan kreditga doir xizmat koʻrsatish shartlari toʻgʻrisidagi nizom (kreditni toʻlash haqidagi kvitansiya), kreditni toʻlashga doir maʼlumotlar va yozma hujjatlar bilan oʻzaro almashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yon bergan bank tomonidan kredit berish mezonlarini belgilovchi hujjat nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. BANK TOMONIDAN AMALGA OShIRILADIGAN YoN BERISh HUJJATLARINI YuRITISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Kreditni yon bergan bank kredit yigʻmajildiga mazkur kredit bilan bogʻliq majburiyatlar yuzasidan bank tomonidan tuzilgan yon berish toʻgʻrisidagi barcha shartnomalarni kiritishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Agar mazkur shartnoma yangi kreditorga bunday xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha bank majburiyatlarini oʻzida qamrab olsa, bank yon bergan kredit yigʻmajildi yon berish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq kreditga oid barcha toʻlovlar olinmaguncha yopilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. QARZDORLARNI OʻZGARTIRIShGA DOIR HUJJATLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Qarzdorning oʻzgarishi dastlabki qarzdor tomonidan oʻz qarzini boshqa shaxs — yangi qarzdorga berish toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek kredit shartnomasiga kiritiladigan tegishli toʻldirishlar yordamida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Qarzdor oʻzgargan kreditga doir asosiy hujjatlar quyidagi hujjatlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor va moʻljallanayotgan yangi qarzdorning bank tomonidan qarzni oʻtkazishga rozilik berishini soʻrab yozgan arizalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 2.4-bandi talablariga muvofiq yangi qarzdorga nisbatan tayyorlangan asosiy hujjatlar (yuqorida qayd etilgan bandning 8-xatboshida koʻzda tutilgan talablar bundan mustasno), ular qarzni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bank roziligi, qarzdor oʻzgarishi munosabati bilan kredit shartnomasiga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga oid hujjatlarga nisbatan qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning qarzni oʻtkazish yuzasidan bergan yozma roziligi, dastlabki va yangi qarzdor oʻrtasida tuzilgan yozma shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit shartnomasiga yozma tarzda kiritilgan va yanga qarzdor tomonidan imzolangan oʻzgartirish va toʻldirishlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. Bank qarzni oʻtkazish yuzasidan oʻz roziligini berishga asos boʻlgan, yangi qarzdor bergan taʼminot shartlariga qarab yangi qarzdorga ochilgan kredit yigʻmajildiga mazkur nizomning 5.1 va 5.2-bandlariga muvofiq tegishli qoʻshimcha hujjatlar kiritib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. MAJBURIYATLARNING BANK TOMONIDAN KAFOLATLANIShIGA DOIR HUJJATLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Qarzdor kreditni toʻlamagan taqdirda, kafil bank javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi haqida kreditorga yozma ravishda xabar berilgan holda kafolat berishga doir yozma shartnomada bank tomonidan kafillik va kafolatlar berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2. Qarzdor kreditni toʻlamaganligi sababli bank tomonidan amalga oshirilgan kafolatlar boʻyicha yigʻmajild ochiladi. U kafolat berilgan shaxs tomonidan qarz toʻlangunga qadar yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3. Bank tomonidan kafil sifatida majburiyatlarning bajarilishi munosabati bilan ochilgan kredit yigʻmajildlari mazkur Nizomda koʻzda tutilgan talablarga muvofiq kafolat berish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish uchun tayyorlangan hujjatlarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.4. Qarzdorning oʻziga kafolat berayotgan bank oldidagi majburiyatlari taʼminlangan taqdirda, ushbu kafolatga doir kredit yigʻmajildi mazkur Nizomda koʻzda tutilgan talablarga (2.10, 6.2 va 6.3- bandlari) muvofiq tayyorlangan hujjatlarni qamrab olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. KREDITLAR MONITORINGIGA DOIR HUJJATLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.1. Bank har bir berilayotgan yoki olinayotgan kreditlar boʻyicha yigʻmajildga quyidagi hujjatlarni tikib qoʻyishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning moliyaviy ahvoli va toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish imkoniyatini tekshirish maqsadida tegishli shartnomalar tuzilganidan soʻng bank va qarzdor oʻrtasida yuz bergan muomalalarni aks ettiruvchi yozishmalar va hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit taʼminoti sifatida berilgan mulkni tekshirish hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor kafilining (kafolatchi) moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi barcha hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor toʻlovlarni amalga oshirmagan holda bank tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.2. Kreditga doir xizmat koʻrsatuvchi bank oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma shartlariga muvofiq kreditning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini aks ettiruvchi hujjatlarni kredit yigʻmajildida yuritishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.3. Bank bajarish muddati yetib kelmagan bank kafolatlari boʻyicha ushbu Nizomning 7.1-bandida koʻzda tutilgan hujjatlarni yuritishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning amalga kiritilishi munosabati bilan 1999-yil 11-fevralda Adliya vazirligida 631-son bilan davlat roʻyxatiga olingan 1998-yil 9-noyabrdagi 432-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisining oʻrinbosari A. QODIROV