Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020 15.03.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1323
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 15.03.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1323
Date of entry into force
25.03.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUgʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 15-martda 1323-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq umumiy foydalanishdagi telefon aloqasi tarmogʻi operatorlari va foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida, shuningdek, normativ hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidagi huquqiy ekspertizasi asosida buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilingan “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari” tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan 10 kun oʻtgandan soʻng kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari” kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1997-yil 25-apreldagi 154-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan (1997-yil 15-mayda 339-son bilan roʻyxatga olingan) “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy telefon aloqasidan foydalanish qoidalari” va Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1997-yil 25-apreldagi 156-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan (1997-yil 15-mayda 340-son bilan roʻyxatga olingan) “Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasidan foydalanish qoidalari” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2003-yil 16-sentabrdagi “Umumiy foydalanish tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 260-sonli buyrugʻining 1, 2 va 3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 19-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
359-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining 2003-yil 19-dekabrdagi 359-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari (bundan keyin matn boʻyicha — Qoidalar) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Aloqa toʻgʻrisida”, “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiya operatorlari, telekommunikatsiya xizmatlari provaydyerlari va telekommunikatsiya aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilar oʻrtasidagi telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish munosabatlarini tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Qoidalarning amal qilishi idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari tomonidan telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish, taksofonlardan telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek mobil radiotelefon aloqa tarmoqlari, maʼlumotlar uzatish va IP-telefoniya tarmoqlari tomonidan xizmatlar koʻrsatishga taalluqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonent — telekommunikatsiyalar operatori yoki provayderi bilan tuzilgan shartnomaga asosan telekommunikatsiyalar xizmatlaridan bevosita foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonent liniyasi — telefon stansiyasidan abonentning telefon apparatiga boruvchi, butun uzunligi boʻyicha oʻralgan simlar jufti;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonent raqami — telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzishda abonentga ajratiladigan raqam, telekommunikatsiyalar tarmogʻiga ulangan oxirgi (terminal) qurilma ushbu raqam boʻyicha identifikatsiyalanadi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlarga abonent toʻlov tizimi — abonentning maʼlum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri (oy, chorak, yil va b.) uchun toʻlovlari summasi haqiqatda olingan xizmatlar hajmiga bogʻliq boʻlmagan doimiy miqdor hisoblanadigan xizmatlarga haq toʻlash tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatik xizmat koʻrsatish tizimi — telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan chaqirilayotgan abonent raqamini mustaqil terish yoʻli bilan telefonchining yordamisiz oʻrnatiladigan telefon bogʻlanish usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatik telefon stansiya (bundan keyin — ATS) — telefon bogʻlanishlarning avtomatik ravishda oʻrnatilishini taʼminlovchi telefon stansiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarifikatsiya birligi — telekommunikatsiya operatori tomonidan tanlangan tarifikatsiya tizimiga bogʻliq boʻlgan (yaxlit minutlar yoki davriy impulslar boʻyicha hisoblanadi) telefon bogʻlanish davomiyligi (soʻzlashuv)ning haq toʻlanadigan birligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtma xizmat koʻrsatish tizimi — oldindan buyurtma bergan holda telefonchi yordamida telefon bogʻlanishning oʻrnatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ATS taʼsir zonasi — ushbu telefon stansiyasi yoki podstansiyaga kiritilgan magistral, taqsimlash tarmoqlarining kabel (havo) liniyalari va radiofoydalana olish vositalari joylashtirilgan hamda ushbu uskuna yordamida telefonlashtirilishi mumkin boʻlgan hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiya operatorining ishlash zonasi — telekommunikatsiya operatori telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatadigan hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konferens-aloqa — uchta va undan ortiq abonentga bir vaqtda telefon orqali muloqot qilish imkonini beruvchi xizmat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik avariya — sigʻimi 100 va undan ortiq liniyaga ega boʻlgan telefon kabeli yoki sigʻimi 100 va undan ortiq raqamli stansiya uskunasining shikastlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonentning shaxsiy hisobvaragʻi — abonent tomonidan foydalaniladigan aloqa xizmatlari uchun haq toʻlashga moʻljallangan, aloqa xizmatlaridan foydalanishda abonent tomonidan kiritiladigan va sarflanadigan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi pul ekvivalentida ifodalangan axborotdan iborat boʻlgan telekommunikatsiya operatorining avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar tizimidagi tahliliy elektron hujjat;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy telefon aloqa — bitta aholi punkti yoki maʼmuriy tuman doirasida joylashgan foydalanuvchilar oʻrtasidagi telefon bogʻlanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlararo telefon aloqa — Oʻzbekiston Respublikasining turli maʼmuriy tumanlari (shahar tarkibidagi tumanlardan tashqari) hududida joylashgan foydalanuvchilar oʻrtasidagi telefon bogʻlanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro telefon aloqa — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi va boshqa davlat hududidagi telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi oʻrtasidagi telefon bogʻlanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zudlik bilan xizmat koʻrsatish tizimi — abonentdan buyurtmani qabul qilgandan keyin telefonchi yordamida zudlik bilan telefon bogʻlanishning oʻrnatilishi;
(3-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlarga haq toʻlashning vaqtbay tizimi — maʼlum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri uchun abonent toʻlovlari summasi axborotni uzatish va boshqa telefon aloqasi xizmatlarini olish uchun telefon tarmogʻi liniyalari va inshootlaridan foydalanilgan vaqtga bogʻliq boʻlgan xizmatlarga haq toʻlash tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan keyin — foydalanuvchi) — telefon aloqasi xizmatlarining isteʼmolchisi hisoblanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar tarmogʻi — bitta yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil, maʼlumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiyalar vositalarining jami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldindan hisob-kitob tizimi — hisob-kitob tizimi, bunda xizmatlar faqat abonentning shaxsiy hisobvaragʻida telekommunikatsiya operatorining tarif rejasi bilan belgilangan yetarli mablagʻlar boʻlganda taqdim etiladi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) asosan yigirma ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon tarmogʻi — aholi, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning telefon aloqasi xizmatlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlovchi ATS, kommutatsiya uzellari, liniyalari, kanallari, oxirgi (terminal) uskunalarining jami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon bogʻlanish — ikkita telefon apparati yoki oxirgi qurilmalar oʻrtasida aloqaning oʻrnatilishi;
(3-bandning yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish texnik imkoniyati (bundan keyin — Shartnoma tuzish uchun texnik imkoniyat) — ATSda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadigan texnologik normalarni hisobga olgan holda boʻsh raqamlar, abonent liniyalarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon aloqasi xizmatlari — telekommunikatsiya operatori va telekommunikatsiya xizmatlari provayderining soʻzlashuvlar va qoʻshimcha xizmatlarni taqdim etishga doir faoliyati mahsuli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Telefon aloqasi xizmatlari telekommunikatsiya operatori, u tomonidan vakolatlangan shaxs yoki telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (bundan keyin — telekommunikatsiya operatori) va abonent oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning shartnoma boʻyicha huquqlari va majburiyatlari faqat qonun hujjatlari va ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda boshqa shaxslarga berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Telefon aloqasi xizmatlari qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan imtiyozlar va afzalliklarni hisobga olib barcha abonentlar uchun xizmat koʻrsatishning bir xil sharoitlarini taʼminlagan holda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Inson hayoti xavfsizligi, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa, xavfsizlik va huquqiy tartibotni muhofaza qilish sohasidagi kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni oʻtkazishga taalluqli xabarlar, shuningdek yirik avariyalar, halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar va ommaviy falokatlar toʻgʻrisidagi xabarlar mutlaq ustuvorlikka egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqalar)da Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vakolatlangan organ sifatida telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish hamda markazlashtirilgan boshqarish, shuningdek ularning ishlashini cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Telefon aloqasidan foydalanish, maʼlumot-axborot va boshqa xizmatlarni olish uchun telekommunikatsiya tarmogʻiga abonent qurilmalari, telefon apparatlari ulanadi, shu jumladan raqamni avtomatik aniqlash funksiyalariga ega telefon apparatlari, maʼlumotlar uzatish va telematik xizmatlar uskunasi (telefaks, teleteks, videoteks va b.), radiotelefon aloqa vositalari, avtojavobbergichlar, signalizatsiya qurilmalari ulanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiya tarmogʻiga Milliy sertifikatlashtirish organi (Oʻzstandart) tomonidan akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan abonent qurilmasini ulashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent qurilmasi sifatida radiotelefonlar yoki boshqa radioelektron vositalar (quvvati 10 mVt dan koʻp boʻlmagan simsiz telefonlar bundan mustasno) ulangan holda ularni ekspluatatsiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan yoki u tomonidan vakolatlangan organdan ruxsat olish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent qurilmasi abonentlar tomonidan oʻz hisoblaridan sotib olinishi va ularning mulki hisoblanishi yoki telekommunikatsiya operatori tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq ijaraga berilishi mumkin. Keyingi holatda abonent qurilmasi telekommunikatsiya operatorining mulki hisoblanadi, bunda abonent ushbu qurilma uchun toʻliq moddiy javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Umumiy foydalanish tarmogʻidan kechayu kunduz foydalana olish taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanuvchilar bilan bevosita oʻzaro ishlaydigan telekommunikatsiya operatorlari tarkibiy boʻlinmalari (telekommunikatsiya operatori tomonidan tashkil qilingan mahalliy telefon tarmoqlarining abonent boʻlimlari va rivojlanish sexlari, shaharlararo telefon stansiyalarining abonent uchastkalari, soʻzlashuv punktlari va jamoa boʻlib foydalanish punktlari, taʼmirlash byurosi, maʼlumot xizmatlari, servis xizmatlari, telekommunikatsiya xizmatlariga haq toʻlash punktlari)ning ish rejimlari telekommunikatsiya operatorining oʻzi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan telefon aloqa xizmatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Telekommunikatsiya operatori tomonidan koʻrsatiladigan telefon aloqasi xizmatlari universal (asosiy) va qoʻshimcha xizmatlarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universal telekommunikatsiya xizmatlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Telekommunikatsiya operatori tomonidan foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan telefon aloqasi xizmatlari roʻyxati telekommunikatsiya operatoriga tegishli litsenziya hamda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining texnik imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Universal telekommunikatsiya xizmatlariga tariflar foydalanuvchilar manfaatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Telekommunikatsiya operatori tomonidan qoʻshimcha pulli va bepul telefon aloqasi xizmatlari koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Pulli qoʻshimcha telefon aloqasi xizmatlari quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) telefon apparatlari va boshqa abonent qurilmalarini qayta oʻrnatish, qayta ulash (ulash sxemasini oʻzgartirish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) parallel telefon apparatlarini oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmogʻining aloqa kanallarini va fizik zanjirlarini ijaraga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) maʼlumot-axborot xizmatlari (ushbu Qoidalarning 15-bandida koʻrsatilgan maʼlumotnomalarni berish qoʻshimcha xizmatlari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) maʼlumotlar uzatish xizmatlari va telematik xizmatlar (elektron pochta, faksimil xabarlarni uzatish xizmati, axborot resurslaridan foydalana olish xizmati va sh.k.)dan foydalanish imkoniyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) telegrammalarni telefon orqali berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) chaqirilayotgan abonentda raqamni avtomatik aniqlash funksiyalariga ega telefon apparati boʻlganda mahalliy telekommunikatsiya tarmogʻining chaqirayotgan abonent raqamini aniqlash, shuningdek abonent talabiga koʻra hisob tafsilotlarini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) abonent iltimosiga koʻra abonent raqamini almashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) chaqirilayotgan shaxsga xabar qilgan holda shaharlararo, xalqaro telefon bogʻlanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) boshqa shahar (aholi punkti)dagi chaqirilayotgan abonentning telefon raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) shartnomada belgilangan vaqtda telefon bogʻlanishni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) chaqirilayotgan shaxs hisobidan shaharlararo telefon bogʻlanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) telefonogrammani uzatgan holda abonent oʻrniga soʻzlashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) konferens-aloqa.

14. Telekommunikatsiya operatori barcha abonentlarga qarzdorligi sababli telefon aloqasi xizmatlari uzib qoʻyilganda ham foydalanuvchilar tomonidan teng ravishda shoshilinch tezkor xizmatlardan foydalanuvchilarga kechayu kunduz bepul chaqirish imkoniyatini taʼminlash.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ularga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin oʻchirish yordami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 29-iyuldagi 200-mx-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-8, 05.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1323-8/3523-sonon)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez tibbiy yordam;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz tarmogʻining avariya xizmati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bepul qoʻshimcha telefon aloqasi xizmatlari quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) telefon tarmogʻining taʼmirlash byurosini chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) chaqirilayotgan aholi punktining shaharlararo kodi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) chaqirilayotgan mamlakat va chaqirilayotgan aholi punktining xalqaro kodi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) avtomatik telefon aloqadan foydalanish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishni buyurtma qilish uchun buyurtma berish xizmatlarini chaqirish indekslari toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu Qoidalarning 13, 15-bandlarida koʻrsatilgan qoʻshimcha telefon aloqasi xizmatlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining normativ hujjatlarini hisobga olgan holda telekommunikatsiya operatoriga tegishli boʻlgan telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib oʻzgartirilishi yoki toʻldirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning 15-bandida koʻrsatilgan bepul xizmatlar roʻyxati kamaytirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish va bekor qilish tartibi hamda shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi (bundan keyin — Shartnoma)ni tuzish uchun jismoniy shaxslar telekommunikatsiya operatoriga ushbu Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq blankning namunaviy shaklidagi yozma arizani, yuridik shaxslar — ixtiyoriy shakldagi talabnoma-xatni beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslar arizani telekommunikatsiya operatori veb-saytlarining interaktiv xizmatlari orqali yuborishlari mumkin. Bunda elektron arizalar yozma arizalarga tenglashtiriladi va belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi ariza:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq ishga toʻliq layoqati boʻlgan, yashash joyida muntazam roʻyxatda turadigan yoki ushbu turar joyning egasi yoki ijaraga oluvchi hisoblanadigan jismoniy shaxs tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yuridik shaxs, shuningdek uning filiali yoki vakolatxonasi tomonidan berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalar, bolalikka yoki vasiylikka olganlarning yozma roziligi bilan ariza oʻn olti yoshga toʻlgan shaxs tomonidan berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ariza ushbu hududda telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish litsenziyasiga ega istalgan telekommunikatsiya operatoriga berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning arizalari ikki nusxada toʻldiriladi va telekommunikatsiya operatori tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi. Arizaning birinchi nusxasi telekommunikatsiya operatorida, ikkinchi nusxasi — ariza beruvchida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiya operatori veb-saytlarining interaktiv xizmatlari orqali yuboriladigan elektron ariza bitta nusxada toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiya operatori fuqaroning arizasini qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tashkilotlarda umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻiga chiqa oladigan 8 dan ortiq telefonlarni oʻrnatish zarur boʻlganda telekommunikatsiya operatori tomonidan ariza beruvchining shaxsiy mablagʻlari hisobidan muassasaviy-ishlab chiqarish avtomatik telefon stansiya operatorining tarmogʻiga va ulovchi liniyalarga ulanish uchun texnik shartlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yuridik shaxsning shartnomani tuzish uchun arizasi yoki talabnoma-xati Shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat boʻlganda, quyidagilar mavjud boʻlganda belgilangan tartibda telekommunikatsiya operatori tomonidan qondiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs uchun — ariza beruvchining shaxsini hamda koʻrsatilgan manzil boʻyicha doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turishini (turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligini) tasdiqlovchi hujjat yoki turar joyga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning egalik huquqi yoki ijaraga olish huquqini tasdiqlovchi hujjat hamda davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza roʻyxatga olingandan kundan boshlab 10 kun ichida telekommunikatsiya operatori qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchiga xabar qilishi kerak.
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bir telekommunikatsiya operatorining ishlash zonasidagi yangi manzil boʻyicha yoki avvalgi manzil boʻyicha yangi shaxs nomiga Shartnoma tuzilishi toʻgʻrisidagi arizani qayta rasmiylashtirish huquqiga ariza berilgan vaqtda ariza beruvchining yashash joyi boʻyicha belgilangan tartibda doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turadigan (turgan joyi boʻyicha hisobga olingan) yoki turar joyga ariza beruvchi bilan teng egalik huquqi boʻlgan shaxslar egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashash joyida doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga olingan (turar joyi boʻyicha hisobga olingan) yoki Shartnomani tuzish uchun avval berilgan ariza roʻyxatga olingandan keyin turar joyga egalik huquqi berilgan shaxslar koʻrsatilgan arizani ushbu ariza roʻyxatga olingan sana boʻyicha qayta rasmiylashtirish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan Shartnomani yangi shaxs nomiga tuzish toʻgʻrisidagi arizani qayta rasmiylashtirish ariza beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi, uning koʻchib ketishi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ariza beruvchi aynan bitta telekommunikatsiya operatorining ishlash zonasidan yangi manzilga koʻchganda uning yangi manzil boʻyicha navbati avvalgi manzil boʻyicha qondirilmagan boʻlsa, Shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi birlamchi arizasi telekommunikatsiya operatori tomonidan qayd qilingan sanasi boʻyicha hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Shartnoma ommaviy hisoblanadi va Shartnomani tuzish texnik imkoniyati boʻlganda va ushbu Qoidalarning 33-bandini hisobga olib arizalarni berish navbati tartibida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma ikki nusxada tuziladi va tomonlar tarafidan imzolanadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma tomoni sifatida namoyon boʻladigan ariza beruvchi abonent maqomiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomani tuzishda ajratilgan abonent raqami telekommunikatsiya operatori maʼlumot xizmatining maʼlumotlar bazasiga kiritiladi. Abonentning arizasiga koʻra raqam operator maʼlumot xizmatining maʼlumotlar bazasidan chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Abonent va telekommunikatsiya operatori oʻrtasidagi shartnoma muddatsiz hisoblanadi, agar Shartnomada boshqasi belgilanmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jismoniy shaxs bilan Shartnoma tuzish uchun texnik imkoniyatning yoʻqligi koʻrsatilgan Shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat boʻlgan, arizani kechroq bergan boshqa jismoniy shaxs bilan Shartnoma tuzish uchun toʻsiq boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Telefon aloqa kabellarida boʻsh abonent liniyalarining yoʻqligi Shartnomani tuzishga toʻsqinlik qilsa, yetishmaydigan aloqa liniyalarini oʻtkazish boʻyicha qurilish ishlari ariza beruvchining mablagʻlari hisobidan (u rozi boʻlganda), shu jumladan telekommunikatsiya operatori tomonidan berilgan texnik shartlar asosida pudrat shartnomasini tuzish yoʻli orqali oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Toʻliq yoki qisman ariza beruvchining hisobidan qurilgan telekommunikatsiya vositalari va inshootlari texnik xizmat koʻrsatish, begʻaraz foydalanish yoki mulkiga telekommunikatsiya operatoriga berilishi mumkin. Telekommunikatsiya vositalari va inshootlarini berish tartibi va ekspluatatsiya qilish shartlari ariza beruvchi va telekommunikatsiya operatori oʻrtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qurilgan telekommunikatsiya vositalari va inshootlari texnik xizmat koʻrsatish, foydalanishga yoki mulkiga berilmagan boʻlsa, u holda ularni ekspluatatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining normativ hujjatlariga muvofiq abonent tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ariza beruvchi 27-bandda koʻrsatilgan ishlarni uning hisobidan bajarilishiga rozi boʻlganda, ariza beruvchi telekommunikatsiya operatoriga texnik shartlarni olish uchun ariza beradi. Texnik shartlarni berish muddati 3 ish kunidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan texnik shartlarning bajarilishi bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik shartlarni soʻralayotgan parametrlarda berish imkoniyati boʻlmagan hollarda telekommunikatsiya operatori 3 ish kuni ichida asoslangan rad javobi va rad etishning aniq sabablari hamda qonun hujjatlarining normalari koʻrsatilgan yozma javobni tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi telekommunikatsiya operatoridan yoki telekommunikatsiya vositalari va inshootlarini loyihalashtirish litsenziyasiga ega boʻlgan boshqa tashkilotdan olingan texnik shartlar asosida loyiha-smeta hujjatlariga buyurtma berish huquqiga ega. Ariza beruvchi loyiha-smeta hujjatlarining mustaqil ekspertizasini oʻtkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tomonlarning kelishuviga koʻra ariza beruvchiga telefon tarmogʻidan foydalana olish ishning bir qismini yoki hammasini bajarish uchun texnik shartlar berilishi mumkin, bunda Shartnomada qurilishdan tashqari ishlar uchun toʻlov koʻzda tutiladi. Qurilishdan tashqari ishlar uchun toʻlov telefon tarmogʻidan foydalana olish uchun toʻlovda koʻrsatilgan normadan oshadigan materiallar sarflanganda telefon tarmogʻidan foydalanilganlik uchun toʻlovdan tashqari undiriladi. Bu ishlar uchun haq ariza beruvchi tomonidan materiallarning narxi va bajarilgan ishlar boʻyicha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Telefon tarmogʻidan foydalana olishni taʼminlash ishlari bajarilganidan keyin telekommunikatsiya operatori ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Telefon tarmogʻidan foydalana olishni taʼminlash ishlarini bajarish muddatlari texnik imkoniyat boʻlganda ariza berilgan kundan boshlab 30 kungacha, texnik imkoniyat boʻlmaganda, yetishmaydigan aloqa liniyalarini ariza beruvchining hisobidan oʻtkazilishini hisobga olgan holda — pudrat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab 180 kungacha boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarini telefon tarmogʻidan foydalana olishlarini taʼminlash ishlari 10 kun davomida bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarning ayrim toifalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash navbati va xizmatlardan foydalanish tartibi qismida ustunliklar belgilanishi mumkin. Fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlar ayrim toifalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat boʻlganda Shartnomada aynan bitta manzil yoki turli manzillar boʻyicha bir nechta abonent raqamlarining ajratilishi koʻzda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Abonentga uning iltimosiga koʻra abonent qurilmasini texnik imkoniyat boʻlganda va qoʻshimcha ajratilgan tarmoq resurslari uchun toʻlov kiritilganda boshqa taʼsir zonasidagi ATSga ulash imkoniyati taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Abonent xuddi oʻsha ATSning taʼsir zonasidagi yangi turar joyga koʻchib oʻtganda uning arizasiga koʻra va Shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat mavjud boʻlganda abonent koʻchib oʻtgan uy boʻyicha qondirilmagan arizalar, shu jumladan bunday Shartnomani navbatdan tashqari tuzish imtiyozlariga ega shaxslardan olingan qondirilmagan arizalar boʻlishidan qatʼi nazar avval ajratilgan abonent raqamidan foydalanib Shartnoma qayta rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent ATS taʼsir zonasidan tashqarida boʻlgan xuddi oʻsha telekommunikatsiya operatorining ishlash zonasidagi yangi yashash joyiga koʻchganda uning arizasi boʻyicha va Shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat mavjud boʻlganda Shartnoma yangi abonent raqamini ajratgan holda qayta rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan Shartnomalarni qayta rasmiylashtirish sobiq abonent sifatidagi tarif boʻyicha bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonentning yangi turar joyi boʻyicha koʻrsatilgan Shartnomani bajarish Shartnomasini tuzish uchun texnik imkoniyat mavjud boʻlmaganda Shartnoma bekor qilinadi, telekommunikatsiya operatori tomonidan abonentga ushbu Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma beriladi, ushbu maʼlumotnoma keyinchalik yangi yashash joyi boʻyicha telefon tarmogʻidan sobiq abonent sifatidagi tarif boʻyicha foydalana olish taqdim etilishi uchun haq toʻlashga asos boʻlib hisoblanadi. Uning yangi yashash joyi boʻyicha navbati maʼlumotnomada koʻrsatilgan telefonni topshirish sanasi boʻyicha hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Abonent koʻchib ketgan holda abonent koʻchib ketguncha uning yashash joyi boʻyicha belgilangan tartibda doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turadigan (turar joyi boʻyicha hisobda turadigan) yoki turar joyga abonent bilan teng egalik huquqiga ega boʻlgan istalgan shaxs, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismini oʻzgartirgan abonentlar Shartnomani qayta rasmiylashtirish huquqiga egadirlar. Yuridik shaxs bilan Shartnomani qayta rasmiylashtirish yuridik shaxsning nomi va/yoki rekvizitlari oʻzgargan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vorislik huquqi bilan qayta tashkil qilingan (qoʻshilgan, birlashtirilgan, ajratilgan, oʻzgartirilgan) hollarda, shuningdek bank yoki yuridik shaxs oʻzining tashabbusi bilan bank va boshqa rekvizitlari oʻzgargan holda amalga oshiriladi. Shartnomani oʻzgartirish yoki qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi kelishuv Shartnomaga oʻxshash shaklda bajariladi, agar qonun hujjatlari yoki Shartnomadan boshqasi kelib chiqmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Telefonlashtirilgan turar joyga egalik qilish huquqi belgilangan tartibda ushbu turar joyda roʻyxatga olinmagan yoki ushbu turar joyning abonent bilan teng mulkdorlari boʻlmagan shaxslarga oʻtganda turar joyning sobiq egasi boʻlgan abonent bilan tuzilgan Shartnoma bekor qilinadi, yangi mulk egasi bilan belgilangan tartibda Shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Telefonlashtirilgan uy-joy jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan yuridik shaxsga ijaraga berilgan holda bir oy ichida ijaraga beruvchi bilan Shartnoma bekor qilinadi va ijarachi bilan Shartnoma tuziladi, ayni damda ijarachi har bir abonent raqami uchun foydalanganligi uchun haq toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu shartlar bajarilmaganda ijaraga beruvchining telefoni Shartnomani bekor qilgan holda uzib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara muddati yoki ijaraga olish shartnomasi bekor qilinganda Shartnoma toʻlov toʻlamasdan ijarachining nomidan ijaraga beruvchining nomiga qayta rasmiylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Telefonlashtirilgan turar joy ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berilgan holda abonentning arizasiga asosan Shartnomaning amal qilish muddati ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berish muddatiga toʻxtatib turilishi mumkin. Bunday holda telefonlashtirilgan turar joyni ijaraga (ikkilamchi ijaraga) oluvchining arizasiga koʻra u bilan ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish muddatiga Shartnoma tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Abonentning arizasiga koʻra abonent raqamini bron qilgan va arizada koʻrsatilgan butun vaqt davri uchun abonent toʻlovini toʻlagan holda abonent qurilmasi telekommunikatsiya tarmogʻidan vaqtincha uzib qoʻyiladi yoki avtomatik shaharlararo va xalqaro telefon aloqadan foydalanish cheklovlari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Abonent telekommunikatsiya operatori tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun ushbu telekommunikatsiya operatori oldidagi qarzdorligini toʻlash sharti bilan istalgan vaqtda Shartnomani bajarishdan voz kechishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Tomonlardan birining talabiga koʻra Shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Yangi ATS ishga tushirilishi va mahalliy telefon tarmoqlarini rekonstruksiya qilish munosabati bilan abonent raqamlarini almashtirish abonentlarga avtomatik qoʻngʻiroq qilish yoki yozma xabarnoma bilan ularni kamida 10 kun oldin hamda axborotni 15 kun oldin telekommunikatsiya operatorining rasmiy veb-saytida oldindan joylashtirish yoʻli orqali bepul bajariladi. Abonent raqamlarini almashtirishda imkon qadar raqamning ATS indeksini belgilovchi birinchi raqamlari oʻzgartirilishi va eski abonent raqamida foydalanilgan keyingi raqamlar saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent raqamlari ommaviy oʻzgartirilganda telekommunikatsiya operatori kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida va oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish yoʻli bilan abonentlarni bu haqda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent raqamini almashtirish Shartnomaga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Mini-ATS, shuningdek bir nechta foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanish imkonini beradigan boshqa abonent qurilmalari texnik shartlarga muvofiq abonent va telekommunikatsiya operatori oʻrtasidagi Shartnoma asosida telekommunikatsiya tarmogʻiga ulanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanish avtomatik xizmat koʻrsatish tizimi, buyurtma xizmat koʻrsatish tizimi va darhol xizmat koʻrsatish tizimi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Telekommunikatsiya operatori avtomatik aloqa yoʻnalishlarining borligi, shaharlar kodlari toʻgʻrisida va avtomatik telefon aloqadan foydalanish tartibi toʻgʻrisida foydalanuvchilarni xabardor qilishga majbur (ommaviy axborot vositalari, maʼlumot-axborot xizmatlari orqali, soʻzlashuv punktlarida).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Buyurtma xizmat koʻrsatish tizimida chaqirayotgan shaxsga buyurtmani qabul qilish vaqtida shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishga berilgan buyurtmani bajarish muddati xabar qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtma chaqirayotgan shaxsning ixtiyoriga koʻra yoki buyurtmaning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Buyurtma boʻyicha shaharlararo telefon bogʻlanish taqdim etilishi kerak boʻlgan vaqt telekommunikatsiya operatori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, ammo buyurtma qabul qilingan paytdan boshlab yoki chaqirayotgan shaxs tomonidan soʻzlashuv uchun belgilangan vaqtdan boshlab bir soatdan oshmasligi kerak. Koʻrsatilgan vaqt tugashi bilan chaqirayotgan shaxsning roziligi bilan bajarilmagan buyurtma ushbu Qoidalarning 54-bandiga muvofiq boshqa vaqtga koʻchiriladi yoki bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtma boʻyicha xalqaro telefon bogʻlanish taqdim etilishi mumkin boʻlgan vaqt telekommunikatsiya operatori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va buyurtmani qabul qilish vaqtida foydalanuvchiga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirayotgan shaxsning talabi boʻyicha buyurtma xizmat koʻrsatish tizimida shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishlar buyurtma qabul qilingan vaqtdan boshlab 30 minut (shoshilinch buyurtma) ichida taqdim etilishi mumkin. Shoshilinch buyurtmalar qabul qilinadigan yoʻnalishlar roʻyxati telekommunikatsiya operatori tomonidan belgilanadi va foydalanuvchilar eʼtiboriga havola qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishga buyurtma xizmat koʻrsatish tizimida buyurtmaning amal qilish muddati chiquvchi stansiya uchun mahalliy vaqtning soat 08 da tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) telefon apparatidan telefon apparatiga telefon bogʻlanishlar uchun — buyurtma berilgan kundan keyingi kunga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shaxsiy telefon bogʻlanishlar va konferens-aloqa uchun — buyurtma berilgan kundan keyin ikkinchi kunga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro telefon bogʻlanish uchun buyurtmaning amal qilish muddati yana 8 soatga uzaytirilishi mumkin, agar bu tegishli stansiyalar yoki ekspluatatsiya qilish va trafikning oʻtish vaqtidagi farq sababli zarur deb tan olingan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Shaharlararo telefon aloqa texnologik jarayonlarida yagona hisobga olish-hisobot (texnologik) vaqt — mahalliy vaqt qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro telefon aloqada hisobga olish-hisobot vaqti Milliy aloqa maʼmuriyatlarining xalqaro kelishuvlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Foydalanuvchilarga shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish texnik imkoniyati boʻlmaganda telekommunikatsiya operatori soʻzlashuvlar soni va ularning davomiyligiga cheklovlarni kiritadi, buyurtma va darhol xizmat koʻrsatish tizimida aloqa toʻliq boʻlmaganda — buyurtmalarni qabul qilishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlariga cheklovlar kiritilganligi toʻgʻrisida foydalanuvchi buyurtmani qabul qilish vaqtida yoki buyurtma va darhol xizmat koʻrsatish tizimlarida telefon bogʻlanish taqdim etilayotgan vaqtda xabardor qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telefon aloqadan foydalanishda uzoq muddatli cheklovlar yuzaga kelgan holda telekommunikatsiya operatori bu haqda ommaviy axborot vositalari, maʼlumot xizmatlari yoki telekommunikatsiya xizmatlaridan ommaviy foydalanish punktlarida eʼlon berishdan foydalanib foydalanuvchilarni xabardor qilish choralarini koʻrishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Buyurtma xizmat koʻrsatish tizimida telefon bogʻlanishni taqdim etish navbati soʻzlashuv toifasiga, buyurtmaning shoshilinchligiga va kelib tushish vaqtiga bogʻliq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Oʻzbekiston Respublikasi hududida telefonchi yordamida taqdim etiladigan shaharlararo telefon soʻzlashuvlarning quyidagi toifalari belgilangan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) har qanday navbatdan tashqari va alohida parollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) hukumatga oid;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oddiy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. “Har qanday navbatdan tashqari” toifasi boʻyicha soʻzlashuvlar faqat qonun hujjatlariga muvofiq, amaldagi oddiy tarif boʻyicha haq toʻlagan holda abonent tomonidan koʻrsatilgan istalgan telefon boʻyicha bunday soʻzlashuvlarni olib borish huquqidan foydalanadigan mansabdor shaxslarga taqdim etiladi. Abonentning talabiga koʻra soʻzlashuvlar aloqaning ishlash jadvalini buzgan va quyi toifadagi boʻlib oʻtayotgan soʻzlashuvni uzib qoʻygan holda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. “Har qanday navbatdan tashqari” toifasidagi buyurtmalar bilan bir qatorda “Falokat” paroli boʻyicha soʻzlashuvlarga buyurtmalar bajariladi. Ushbu parol boʻyicha soʻzlashuvlar amaldagi oddiy tarif boʻyicha haq toʻlagan holda foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan istalgan telefondan, shuningdek soʻzlashuv punktidan taqdim etiladi. Halokatga uchragan dengiz, daryo va havo kemalaridan xabarlarni uzatish uchun shaharlararo telefon soʻzlashuvlarga toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Telekommunikatsiya operatorlariga shartnoma asosida toʻlangan vaqtincha amal qiluvchi parollarni kiritish huquqi beriladi. Parollar boʻyicha buyurtmalar oddiy toifadagi buyurtmalardan oldin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. “Hukumatga oid” toifasidagi shaharlararo telefon soʻzlashuvlari “Har qanday navbatdan tashqari” soʻzlashuvlaridan keyin aloqaning ishini buzmasdan va boʻlib oʻtayotgan soʻzlashuvlarni uzib qoʻymasdan amaldagi oddiy tarif boʻyicha taqdim etiladi. Soʻzlashuvlar faqat bunday soʻzlashuvlarni olib borish huquqi berilgan mansabdor shaxslarga va faqat roʻyxatga olingan telefonlardan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Hech bir boshlangan soʻzlashuv telekommunikatsiya operatori tomonidan uzib qoʻyilishi mumkin emas, “Har qanday navbatdan tashqari” toifasidagi va “Falokat” paroli boʻyicha soʻzlashuvni taqdim etish zarur boʻlgan hollar bundan mustasno. Soʻzlashuv tugaganidan keyin foydalanuvchiga uzib qoʻyilgan soʻzlashuvni tugatish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Buyurtma boʻyicha bildirishnomali telefon bogʻlanishlar soʻzlashuv uchun belgilangan vaqtni hisobga olib. Soʻzlashuv uchun belgilangan vaqtni hisobga olgan holda tarifidan qatʼi nazar ushbu (buyurtma) toifadagi buyurtmalar ichidan eng birinchi navbatda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishga buyurtmani qabul qilishda darhol xizmat koʻrsatish tizimida abonent telefon goʻshagini qoʻymasdan, shu zahoti, amaldagi oddiy tarif boʻyicha chaqirilayotgan abonent bilan telefon orqali bogʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida darhol xizmat koʻrsatish tizimi texnik vositalarning tayyorlik darajasiga qarab kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Telekommunikatsiya operatorining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Telekommunikatsiya operatori quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) foydalanuvchilarga xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) abonent qurilmasini telefon aloqa tarmogʻidan vaqtincha uzib qoʻyish yoʻli bilan abonentning telefon aloqa tarmogʻidan foydalana olishini toʻxtatib turish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan muddatlarda mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlanmaganda, bu haqda abonentni uzib qoʻyishdan kamida 5 kun oldin telefon, yozma yoki elektron xabar bilan E-mail yoki SMS orqali xabardor qilgan holda;
(66-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonent tomonidan telekommunikatsiya operatoriga tegishli telekommunikatsiya uskunasi normal ishlashining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan abonent qurilmasini ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonentning telefon tarmogʻidan foydalanishining vaqtincha toʻxtatib qoʻyilishiga olib kelgan buzilishlar bartaraf etilgandan va koʻrsatilgan xizmatlar uchun abonent tomonidan toʻlov kiritilgandan, shuningdek abonent aybi bilan abonent qurilmasi ishlamay turgan vaqt uchun abonent toʻlovi kiritilgandan keyin sutka davomida foydalanishni tiklash amalga oshiriladi. Bunda telefon aloqa tarmogʻidan foydalanish tiklanganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar abonent telefon aloqasidan foydalanish toʻxtatib qoʻyilgandan keyin 60 kun ichida telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha qarzdorligini yopmasa, telekommunikatsiya operatori Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq bir tomonlama tartibda Shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Bu haqda operator abonentga mazkur bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan usullardan biri orqali kamida 10 kun oldin xabar berishi kerak;
(66-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) foydalanuvchilarning aybi bilan telekommunikatsiya tarmoqlarida yuz bergan hodisalar natijasida unga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) qonun hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mahalliy telefon tarmogʻi abonentlari va shaharlararo telefon aloqa kodlarining maʼlumotnomasini nashr qilishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiya operatori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Telekommunikatsiya operatori abonent roziligisiz alohida toʻlov evaziga koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar taqdim etilishini talab qilib turib olishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Telekommunikatsiya operatori telekommunikatsiya vositalari va inshootlaridan foydalanib u tomonidan koʻrsatilgan, ammo ayni damda telefon aloqasi xizmatlari boʻlib hisoblanmagan xizmatlar (masalan, qoʻriqlash signalizatsiyasi, Internet tarmogʻi xizmatlari va b.)ga haq toʻlanmagan holda abonentning telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalana olishini toʻxtatib turishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Telekommunikatsiya operatori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻz faoliyatini litsenziya shartlari va ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) koʻrsatilayotgan xizmatlarning belgilangan standartlar, qoidalar va normalarga muvofiq sifatini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) telekommunikatsiya tarmoqlari boʻylab uzatiladigan telefon soʻzlashuvlari va boshqa xabarlarning sirini saqlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) foydalanuvchilarga telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartlari va tartibi, shu jumladan xizmatlar uchun tariflar oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi batafsil axborotni taqdim etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) telekommunikatsiya tarmoqlaridan ruxsatsiz foydalana olish holatlariga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) abonentlarga Shartnoma bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi, shuningdek xizmatlar koʻrsatilmaganligi yoki tegishli boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq zarar oʻrnini toʻldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Shartnomada belgilangan muddatlarda telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) telefon aloqasi abonentning aybi bilan buzilmagan hollarda abonent tomonidan taʼmirlash byurosiga talabnoma berilgan vaqtdan boshlab talabnoma yopilgan paytgacha abonent qurilmasining butun ishlamagan vaqti uchun har oylik toʻlov hisoblanadigan barcha telefon aloqasi xizmatlari uchun qayta hisob-kitob qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) buyurtma boʻyicha shaharlararo va xalqaro telefon aloqadan foydalanganda hamda soʻzlashuvlar uchun vaqtbay toʻlov tizimi joriy qilinganda soʻzlashuvning minimal haq toʻlanadigan davomiyligini abonentlar eʼtiboriga yetkazishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) abonentlarni telefon tarmoqlaridagi yirik avariyalar, ularni rekonstruksiya qilish toʻgʻrisida va ishlarni tugatishning taxmin qilingan muddatlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan oʻzining rasmiy veb-saytida xabardor qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) texnik sabablarga koʻra abonent raqamini almashtirish toʻgʻrisida kamida 10 kun oldin abonentni tegishli tarzda xabardor qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) mahalliy telefon aloqasi xizmatlarining narxini hisobga olish tizimining oʻzgarganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida va oʻzining rasmiy veb-saytida kamida uch oy oldin eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) ommaviy axborot vositalarida va oʻzining rasmiy veb-saytida yangi tariflar kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin universal telefon aloqasi xizmatlariga tariflarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorni nashr qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) abonent qurilmasining uzilishiga olib kelgan buzilishlar bartaraf etilgandan, telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlash qarzdorligi tugatilganda va abonent aybi bilan abonent qurilmasi ishlamagan vaqti uchun abonent toʻlovi kiritilgandan keyin telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlanmaganligi yoki abonent qurilmasini ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilganligi uchun oʻchirilgan abonent qurilmasini bepul tarmoqqa ulashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) foydalanuvchi bilan muomala qilish etikasiga rioya qilish, telefon orqali soʻzlashuvda oʻz lavozimini, familiyasi yoki shaxsiy raqamini (taʼmirlash byurosi operatori, buyurtma yoki darhol xizmat, maʼlumot xizmati va h. telefonchisi) aytishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) ushbu Qoidalarni foydalanuvchilar eʼtiboriga yetkazish, shuningdek ularni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiya operatorining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Telekommunikatsiya operatori tomonidan taqdim etiladigan axborotda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) telekommunikatsiya operatorining nomi va uning tarkibiy boʻlinmalarining nomi, ular joylashgan joy (pochta manzili), bogʻlanish uchun telefon raqamlari, rasmiy veb-sayti va ish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan universal (asosiy) va qoʻshimcha (pulli va bepul) telefon aloqasi xizmatlari roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartlari va tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatishdagi cheklovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflar va bu xizmatlarni koʻrsatish hamda haq toʻlashdagi imtiyozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlash tartibi va shakllari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) yangi ATSni ekspluatatsiyaga kiritish muddatlari va mavjud ATSlar abonent sigʻimini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) shartnomalarni tuzish tartibi, arizalarni qondirish muddatlari va shartnomalarni tuzish navbatining harakati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) telekommunikatsiya tarmoqlarida qoʻllashga ruxsat berilgan abonent qurilmalarining roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) maʼlumot, shoshilinch tezkor xizmatlar va taʼmirlash byurosining telefon raqamlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) foydalanuvchi ushbu Qoidalar bilan tanishishi mumkin boʻlgan joy toʻgʻrisidagi axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan axborot shartnomalarni tuzishda ommaviy axborot vositalari, maʼlumot-axborot xizmatlari yoki telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish joylarida mijozlar bilan oʻzaro ishlar xizmatlari orqali koʻrgazmali va foydalanish qulay boʻlgan shaklda bepul abonentlar eʼtiboriga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiya operatori shaxsan murojaat qilganda hamda telefon orqali soʻzlashganda foydalanuvchining talabiga koʻra telefon aloqasi xizmatlari uchun pulli hisob-kitoblar bilan bogʻliq axborotni bepul taqdim etishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
701. Telekommunikatsiya operatori oʻz veb-saytlari orqali taqdim etiladigan axborotni oʻz vaqtida yangilashga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Abonentlarning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Abonent quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻz abonent qurilmasini ushbu Qoidalar va qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda tarmoqqa ulash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻrnatilgan Qoidalar va Shartnomaga muvofiq telekommunikatsiya operatori tomonidan oʻz vaqtida sifatli xizmat koʻrsatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) telekommunikatsiya operatori tomonidan Shartnomada kelishilgan shartlar buzilgan holda telefon aloqasi xizmatlaridan voz kechish va telekommunikatsiya operatori bilan Shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) telefon aloqasi xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki tegishli sifatga ega boʻlgan xizmatlar koʻrsatilmasligi natijasida yetkazilgan zararni qoplashga, maʼnaviy zarar oʻrni toʻldirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan imtiyozlar va afzalliklar berilishini talab qilish, imtiyozlar huquqini beruvchi hujjatlar taqdim etilgandan boshlab imtiyozlar va afzalliklar amal qiladi, shuningdek Shartnomaga tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) abonentning aybisiz aloqa boʻlmagan davrda taʼmirlash byurosida uning talabnomasi mavjud boʻlganida, shuningdek foydalanuvchining arizasisiz qoʻshimcha pulli xizmatlar va boshqalar taqdim qilinganda telefon aloqasi xizmatlari uchun toʻlovlarni qayta hisoblashni yoki ushbu xizmatlardan foydalanganlik uchun pul mablagʻlarining qaytarilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) Shartnomada koʻzda tutilmagan va abonent tomonidan talab qilinmagan xizmatlar uchun haq toʻlashni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) agar xizmatni koʻrsatish muddatlariga rioya qilmaslikka yengib boʻlmaydigan kuch sabab boʻlgan boʻlsa, telekommunikatsiya operatori bilan kelishib xizmatni bajarishning yangi muddatini belgilash, bu haqda xizmatni bajarish uchun belgilangan muddat tugaguniga qadar abonentga xabar qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) mahalliy telefon aloqasi xizmatlari uchun vaqtbay toʻlov tizimidan foydalangan holda toʻlangan davr uchun hisob taqdim etilganda alohida toʻlov evaziga boʻlib oʻtgan telefon bogʻlanishlar rasshifrovkasini (hisobning batafsil tavsifini) talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) ularning huquqlari buzilganda vakolatlangan davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) belgilangan tartibda telekommunikatsiya operatorining veb-saytlarida roʻyxatdan oʻtish va taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlardan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Abonent quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu Qoidalarga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) belgilangan standartlarga muvofiqlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan abonent qurilmasidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) unga tegishli boʻlgan abonent qurilmasi yordamida koʻrsatiladigan mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun, telefon orqali uzatilgan telegrammalar uchun va boshqa telefon aloqasi xizmatlari uchun Shartnomada belgilangan muddatlarda va toʻliq hajmda toʻlovni toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) telekommunikatsiya tarmoqlari ish sifatining pasayishiga yoki telekommunikatsiya tarmoqlarining shikastlanishiga olib keladigan harakatlarni bajarmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) telekommunikatsiya operatori bilan tuzilgan Shartnomaga muvofiq telefonlashtirilgan turar-joydan koʻchish, sotish, almashtirish, ijaraga berish, ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish, familiya, turar-joy manzili, rekvizitlari, korxona nomining oʻzgarishi, telefon aloqasi xizmatlariga toʻlash va koʻrsatish boʻyicha imtiyozlarni olish yoki yoʻqotgan hollarda bir oy muddat ichida telekommunikatsiya operatori bilan Shartnomani qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) abonent liniyasini va abonent qurilmasini oʻz uyida yaxshi holatda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) telefon aloqasi xizmatini olish uchun foydalaniladigan abonent qurilmasining tipini telekommunikatsiya operatoriga xabar qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Yakka tartibda foydalanadigan telefonga ega abonent, shuningdek tashkilotlar (shu jumladan mehmonxonalar, yotoqxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari, chet el vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar)dagi telefon egalari ularning telefonlaridan amalga oshirilgan mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishlarga haq toʻlash uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Telefon aloqasi xizmatlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflar qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiriladi va tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari uchun telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlash va telefon aloqa tarmogʻidan foydalanishni taqdim etish boʻyicha imtiyozlar belgilanadi. Koʻrsatilgan imtiyozlar shartnomani tuzishda abonentga ajratilgan bitta abonent raqamining “Asosiy abonent toʻlovi” xizmati uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Telefon aloqa tarmogʻidan foydalanishni taqdim etish xizmatining narxiga kommutatsiya stansiyasidan abonentning telefon rozetkasigacha abonent liniyalarining tashkil etilishi hisobga olingan stansiya va liniya uskunasining narxi kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telefon tarmogʻidan foydalanishning taqdim etilishi toʻlovida oxirgi taqsimlash qurilmasidan telefon rozetkasigacha boʻlgan shahar telefon tarmogʻida uzunligi 20 m dan koʻp boʻlmagan va qishloq telefon tarmogʻida uzunligi 40 m dan koʻp boʻlmagan abonent liniyasining narxi hisobga olingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Oldin telekommunikatsiya tarmogʻining abonentlari hisoblangan, haq toʻlamaganlik yoki koʻchib ketganligi uchun Shartnoma bekor qilinishi natijasida endilikda abonent boʻlmagan shaxslar oʻn ikki oy davomida texnik imkoniyat mavjud boʻlganda, foydalana olish taqdim etilishi uchun tarifning 50 foizi miqdorida toʻlovni toʻlagan holda va Shartnoma bekor qilingan vaqtda abonent zimmasidagi qarzdorlikni toʻlash sharti bilan avvalgi manzil boʻyicha telekommunikatsiya operatori bilan yangi Shartnomani tuzish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Telefonlashtirilgan turar joyga nisbatan egalik qilish huquqi belgilangan tartibda ushbu turar joyda roʻyxatga olinmagan shaxslarga oʻtganda Shartnoma tuzilgan holda foydalana olish taqdim etilganligi uchun toʻlovlar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Avval abonentlar boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan telefonlashtirilgan xonalar band qilinganda telefon stansiyasidan telefon rozetkasigacha abonent liniyasini tashkil qilish ishlarining narxiga kamaytirilgan miqdorda foydalanish taqdim etilganligi uchun toʻlov amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Mahalliy telefon bogʻlanishlar xizmatlar uchun abonent toʻlov tizimini yoki xizmatlar uchun vaqtbay toʻlov tizimini qoʻllagan holda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy telefon bogʻlanishlarni vaqtbay hisobga olish texnik imkoniyati boʻlmaganda xizmatlar uchun abonent toʻlov tizimidan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy telefon bogʻlanishlarni vaqtbay hisobga olinishini taʼminlash texnik vositalarining tayyor boʻlishiga qarab xizmatlar uchun vaqtbay toʻlov tizimi kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtbay toʻlov tizimida telefondan foydalanganlik uchun toʻlov miqdori telefon bogʻlanishlarning maʼlum davomiyligi uchun belgilangan qayd qilingan kattalikdan va qayd qilingan kattalikdan tashqari telefon bogʻlanishning davomiyligiga bogʻliq boʻlgan oʻzgaruvchan kattalikdan tashkil topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Avtomatik mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqadan foydalanganlik uchun xizmatlarga vaqtbay toʻlov tizimida abonent tomonidan faqat unga tegishli boʻlgan abonent qurilmasidan chiqadigan telefon bogʻlanishlar uchun toʻlanadi, chaqirilayotgan abonent yoki telekommunikatsiya operatorining hisobidan koʻrsatiladigan xizmatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Telefonchi yoki avtomatik usul bilan taqdim etilgan shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishlarga telefon bogʻlanishning davomiyligiga bogʻliq holda amaldagi tariflar boʻyicha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Shaharlararo va telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shoshilinchligiga bogʻliq holda buyurtma xizmat koʻrsatish tizimida tariflarning quyidagi turlari qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oddiy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoshilinch buyurtma boʻyicha shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishni taqdim etish muddati buzilganda toʻlov oddiy buyurtma boʻyicha amaldagi tarif boʻyicha amalga oshiriladi, bunda foydalanuvchiga toʻlovdagi farq qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Mahalliy (xizmatlarga vaqtbay toʻlov tizimida), shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishda telefon bogʻlanishlar davomiyligini hisobga olish telekommunikatsiya operatori tomonidan qabul qilingan tarifikatsiya birligiga muvofiq yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishlarning tarifikatsiya birligi miqdori va toʻliq boʻlmagan tarifikatsiya birligini toʻlash tartibi foydalanilayotgan kommutatsion texnikaning texnik imkoniyatlariga bogʻliq holda belgilanadi. Bunda tarifikatsiya birligi 1 minutdan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Avtomatik mahalliy (xizmatlarga vaqtbay toʻlov tizimida), shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishdan foydalanganda telefon bogʻlanish davomiyligi istalgan shaxs yoki abonent qurilmasining javob berish paytidan chaqirayotgan yoki chaqirilayotgan shaxs yoki abonent qurilmasining “otboy” vaqtigacha hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlararo telefon bogʻlanishlar davomiyligi 6 sekunddan kam boʻlganda ushbu bogʻlanish tarifikatsiya qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Javob signali chaqirilayotgan shaxsning javobiga tenglashtiriladigan va telefon bogʻlanish davomiyligini hisoblash boshi boʻlib xizmat qiladigan abonent qurilmasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar uzatish apparaturasi (modem va b.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faksimil apparati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtojavobbergich bilan taʼminlangan abonent qurilmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamni avtomatik aniqlovchi telefon apparati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abonent yoʻq boʻlganda uning oʻrniga javob beradigan va axborot bilan almashishni taʼminlaydigan (yoki imitatsiya qiladigan) boshqa abonent qurilmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Agar abonent liniyasi yoʻq boʻlgan abonentlar xizmatiga oʻtkazilgan yoki abonent boʻlmaganda uning oʻrniga foydalaniladigan (va, ehtimol, xabarlarni yozib oluvchi yoki maʼlumotlar bilan almashish uchun xizmat qiladigan) qurilma bilan ulanganda, bu xizmat yoki bu qurilmaga abonentning iltimosiga koʻra u uchun javob beradigan shaxs sifatida qaraladi. Bunday holda telefon bogʻlanish oʻrnatiladi va toʻlov oddiy tartibda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent telekommunikatsiya operatori yoki provayderining Call-markaziga qoʻngʻiroq qilganda IVR (oldindan yozib olingan ovozli xabarlar tizimi)ni eshitish vaqti yoki avtoinformatorning audio-xabarlari bogʻlanishning tarifikatsiyalanadigan davomiyligiga kiritilmaydi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. “Konferens-aloqa” xizmatining davomiyligi barcha chaqirilayotgan shaxslar chaqirayotgan shaxs bilan telefon bogʻlanish oʻrnatilgandan keyin hisoblanadi, chaqirayotgan shaxsning “otboy” signali boshlanish paytidan tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Bogʻlanish uchun buyurtma (telefonchi orqali) shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishlar taqdim etilganda toʻlanishi kerak boʻlgan telefon bogʻlanishning minimal davomiyligi belgilanadi. Bunda minimal davomiylikdan kam davom etgan telefon bogʻlanishga minimal davomiylikdagi telefon bogʻlanish sifatida toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telefon bogʻlanishning koʻrsatilgan minimal davomiyligi 1 minutdan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Mahalliy (xizmatlar uchun vaqtbay toʻlov tizimida), shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanish uchun toʻlov telefon bogʻlanish oʻrnatilishidan boshlab joriy sutkada amal qiladigan tarif boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Chaqirayotgan shaxs u tomonidan buyurtma berilgan oldinroq oʻrnatilgan shaharlararo yoki xalqaro telefon bogʻlanishni rad etganda bunday telefon bogʻlanish taqdim etilgan vaqtda abonentdan bogʻlanishga buyurtma qilingan tarif boʻyicha soʻzlashuv minutining narxi va telefon bogʻlanish paytiga telefonchi tomonidan bajarilgan xizmatlarning toʻliq qiymati miqdorida toʻlov undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Agar chaqirilayotgan shaxs bilan bildirishnomali shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanish koʻrsatilgan manzil boʻyicha chaqirilayotgan shaxsning turmasligi sababli bildirishnoma bu shaxsga topshirilmaganligi yoki topshirish imkoniyati yoʻqligi sababli boʻlib oʻtmagan boʻlsa, chaqirilayotgan shaxsdan xizmat narxi miqdorida toʻlov undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar chaqirilayotgan shaxs bilan bildirishnomali shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanish chaqirilayotgan yoki chaqirayotgan shaxsning soʻzlashuv punktiga kelmaganligi yoki chaqirilayotgan shaxsning koʻrsatilgan telefon raqami boʻyicha boʻlmaganligi sababli telefon bogʻlanish uchun tayinlangan vaqtdan keyin bir soat ichida boʻlib oʻtmasa, toʻlov xizmatning narxi miqdorida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Agar bildirishnoma telekommunikatsiya operatorining aybi bilan yoki oʻz vaqtida yetkazilmagan boʻlsa, shuningdek shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanish buning uchun tayinlangan vaqtdan keyin bir soat ichida telekommunikatsiya operatori tomonidan taqdim etilmagan boʻlsa, koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Agar chaqirayotgan shaxs shaharlararo yoki xalqaro telefon bogʻlanishga buyurtma berayotganda chaqirilayotgan abonent qurilmasining notoʻgʻri abonent raqamini koʻrsatgan boʻlsa, u holda u ushbu buyurtma uchun amaldagi tariflar boʻyicha oʻrnatilgan telefon bogʻlanishning haqiqiy davomiyligiga haq toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Buyurtma xizmat koʻrsatish xizmatida tabiiy ofatlar (suv toshqinlari, vayron qiluvchi zilzilalar, yongʻinlar va h.) holatida oddiy tarif undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqadigan barcha xalqaro telefon bogʻlanishlar Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadi, chaqirilayotgan shaxs hisobidan toʻlanadigan xalqaro telefon aloqasi xizmatlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirilayotgan shaxs hisobidan telefon bogʻlanishga buyurtma qilinganda chaqirayotgan shaxsdan faqat qoʻshimcha xizmat uchun toʻlov undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Avtomatik xizmat koʻrsatish tizimi boʻyicha taqdim etilgan mahalliy (xizmatlar uchun vaqtbay toʻlov tizimi), shaharlararo yoki xalqaro telefon bogʻlanishda abonentga hisobni taqdim etish uchun magnit tashuvchi (magnit tasmalar, disklar)ga yozilgan qiymatni hisoblash apparaturasining maʼlumotlari, telefonchi yordamida shaharlararo yoki xalqaro telefon bogʻlanish taqdim etilganda — telefonchi tomonidan buyurtma blankiga kiritilgan yoki avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar tizimining, shuningdek elektron kommutatorlarning magnit tashuvchilari (magnit tasmalar, disklar)ga yozilgan maʼlumotlar asos boʻlib hisoblanadi.
(100-band Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Telefon aloqasi xizmatlari uchun abonentlar bilan hisob-kitoblar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlash shakli va tartibi Shartnomada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun hisob-kitoblarni bu xizmatlarni koʻrsatgan telekommunikatsiya operatori yoki Shartnoma asosida ular tomonidan vakolatlangan shaxs olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telefon aloqasi xizmatlari uchun barcha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telefon aloqasi xizmatlari uchun haq toʻlash vositasi sifatida plastik kartochkalardan, shu jumladan oldindan toʻlangan telefon kartochkalari, kredit kartochkalari va boshqalar, shuningdek elektron toʻlov vositalaridan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telefon aloqasi xizmatlari uchun toʻlovlarni qabul qilish toʻlovlarni qabul qilishga vakolatlangan telekommunikatsiya operatori, pochta aloqasi boʻlimlari, banklar, elektron toʻlov tizimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Telefon aloqasi xizmatlari uchun abonentga — yuridik shaxsga quyidagilardan iborat hisob taqdim etiladi:
(102-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) telekommunikatsiya operatorining nomi, bank rekvizitlari va bogʻlanish uchun telefon;
(102-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) hisob-kitob davri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) abonentning shaxsiy hisob raqami;
(102-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun jismoniy shaxslarga, shuningdek yuridik shaxslarga ularning talabiga koʻra qoʻshimcha toʻlovlarni undirmasdan hisob taqdim etilganda shahar kodi, telefon bogʻlanish sanasi va uning davomiyligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) telefon bogʻlanishlarning umumiy davomiyligini koʻrsatgan holda hisob-kitob davrida oʻtkazilgan telefon bogʻlanishlarning umumiy soni (mahalliy telefon aloqasi xizmatlari uchun vaqtbay toʻlov tizimidan foydalanilgan holda hisob taqdim etilganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) har bir xizmat turi uchun toʻlashga taqdim etiladigan summa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) toʻlash uchun taqdim etiladigan umumiy summa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) shaxsiy hisob raqamidagi qoldiq summa;
(102-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) hisob taqdim etilgan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) hisobni toʻlash muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) agar abonent belgilangan muddatda hisobni toʻlamaganda, telekommunikatsiya operatori koʻrsatilgan hisob-kitob muddati tugaganidan keyin abonent qurilmasini oʻchirish yoʻli bilan abonentning telefon aloqa tarmogʻidan foydalanishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent — jismoniy shaxsga uning talabiga asosan hisob-kitob qilingan xizmatlar va toʻlovlar toʻgʻrisidagi axborot taqdim etiladi.
(102-band Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun toʻlov naqd pul va naqd boʻlmagan toʻlovlar orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telefon aloqa xizmatlari uchun toʻlov quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar koʻrsatilganidan keyin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldindan toʻlov toʻlash bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada belgilangan yoki hisobda koʻrsatilgan hisob-kitob davri muddatiga kechiktirilgan toʻlov toʻlash yoʻli bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Telekommunikatsiya operatori telefon aloqasi xizmatlari uchun hisob-kitob davrini mustaqil ravishda belgilaydi, bunda hisob-kitob muddati bir oydan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Mahalliy telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish uchun abonent toʻlovi Shartnomaga muvofiq kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Toʻlov xizmatlar koʻrsatish vaqtida amal qiladigan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tariflarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi axborot eʼlon qilingan paytdan boshlab, yangi tariflar kiritiladigan davr uchun abonent toʻlovi oʻzgartirilgan tariflarga muvofiq kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent oʻz xohishiga koʻra telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanish uchun 12 oydan ortiq boʻlmagan muddatga, tarif oʻzgarganda abonent toʻlovi summasini qayta hisoblamasdan oldindan toʻlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, agar abonent, abonent toʻlovidan tashqari, boshqa shahar telefon aloqasi xizmatlaridan foydalansa yoki bir oy mobaynida abonent toʻloviga kiritilgan soʻzlashish vaqtining limitini sarflagan boʻlsa, koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov abonentning oldindan toʻlagan toʻlovi hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Oylik telefon aloqasi xizmatlarini hisob-kitob qilish hisob-kitob (joriy) oyining birinchi sanalarida amalga oshiriladi. Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini hisoblash, mahalliy soʻzlashuvlarni vaqtbay hisobga olish va boshqa bir martalik toʻlovlar (masalan, pulli maʼlumotnoma xizmati va h.k.) xizmat koʻrsatishni tugatish va kommunikatsiya uskunasi orqali maʼlumotlarni qayta ishlash fakti boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldindan hisob-kitob tizimida har oylik xizmatlar boʻyicha hisoblash faqat abonentning shaxsiy hisobvaragʻida telekommunikatsiya operatorining tarif rejasi bilan belgilangan yetarlicha mablagʻlar boʻlganda amalga oshiriladi. Abonentning shaxsiy hisobvaragʻida yetarlicha mablagʻlar boʻlmaganda, telekommunikatsiya operatori abonentni mazkur Qoidalarning 66-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisida berilgan usullardan biri orqali ogohlantirib, abonentning telekommunikatsiya operatorining tarmogʻidan foydalanishini vaqtincha toʻxtatib turish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob-kitob tugagach, abonentlarga barcha xizmatlarning toʻlovi uchun bitta hisob taqdim etiladi. Hisoblangan telefon aloqasi xizmatlari uchun toʻlov hisob-kitobda koʻrsatilgan sanadan kechiktirilmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisoblarni toʻlash muddati hisob taqdim etilgandan boshlab 20 kundan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar 15 kunlik toʻlov muddati tugaganidan keyin toʻlov amalga oshirilmasa, abonentlarga mazkur Qoidalarning 66-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisida berilgan usullardan biri orqali koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash zarurligi toʻgʻrisida xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabar berilgandan soʻng abonent hisoblangan xizmatlar uchun 5 kun ichida toʻlovni amalga oshirmasa, telekommunikatsiya operatori abonent qurilmasini oʻchirish yoʻli bilan abonentning telefon aloqa tarmogʻidan foydalanishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiya operatori va abonent oʻrtasida toʻlovni undirish boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, kelishmovchiliklar sud tartibida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiya tarmogʻidan ruxsatsiz foydalanish yoʻli orqali begona shaxslar tomonidan telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanish natijasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarda bajarilgan soʻzlashuvlarning kimga tegishliligini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshirilishi kerak. Tekshiruv natijalari bilan rozi boʻlmasa, abonent sudga murojaat qilish huquqiga ega.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Abonent oldindan toʻlovni amalga oshirganda oldindan toʻlangan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha koʻrsatilgan telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlashga yoʻl qoʻyiladi. Koʻrsatilgan qoʻshimcha telefon aloqasi xizmatlari uchun abonent bilan hisob-kitob qilish tartibi Shartnomada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Soʻzlashish punktlaridan shaharlararo, xalqaro telefon soʻzlashuvlarni taqdim etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari naqd pul bilan va plastik kartochkalar orqali soʻzlashuv punktlaridan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Bogʻlanish uchun buyurtma qilishda foydalanuvchi buyurtma qilinayotgan telefon soʻzlashuvining davomiyligi va buyurtmada koʻrsatilgan qoʻshimcha pulli xizmatlar uchun oldindan toʻlashi kerak. Kompyuter bilan jihozlangan soʻzlashuv punktida telefon orqali soʻzlashuvdan keyin toʻlovni amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Oldindan toʻlovni tasdiqlash uchun foydalanuvchiga majburiy tartibda buyurtma blankidan yirtib olinadigan talon beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Buyurtma blankidan yirtib olinadigan talonda taqvim shtempelining yoki talonni bergan telekommunikatsiya operatori kassa apparatining izi boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Agar soʻzlashuv buyurtmada koʻrsatilgan vaqtdan kam davom etsa yoki umuman boʻlib oʻtmagan boʻlsa, foydalanuvchiga pulning qolgan qismi yoki butun toʻlangan summa qaytariladi. Hisob-kitob qilish uchun foydalanuvchi yirtib olinadigan talonni qaytarishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pulning qolgan qismi berilganda yirtib olinadigan talon foydalanuvchidan olib qoʻyiladi va bu talon oʻrniga undan undirilgan summa uchun kvitansiya beriladi. Kvitansiya har bir soʻzlashuv uchun bepul beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Tomonlar javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Telekommunikatsiya operatori shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish muddatlarini va shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlarini buzganligi, telefon aloqasi xizmatlari toʻgʻrisidagi va qonun hujjatlari hamda Shartnomada koʻzda tutilgan tartibda ushbu xizmatlarning bajaruvchisi toʻgʻrisidagi axborotning ishonchliligi uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish muddatlari buzilganda abonent oʻz tanloviga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) telekommunikatsiya operatoriga shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish kerakligi davomida yangi muddatni tayinlash va ushbu xizmatning narxini pasaytirishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Shartnomani bekor qilish va zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Agar telekommunikatsiya operatori telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish jarayonida kamchiliklarga yoʻl qoʻysa, abonent oʻz xohishiga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) telefon aloqasi xizmatlarining kamchiliklarini bepul bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) telefon aloqasi xizmatlarini qayta taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xalqaro, shaharlararo va mahalliy telefon aloqasi xizmatlarining narxlarini kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yetkazilgan zararlarni qoplash bilan Shartnomani bekor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Telekommunikatsiya tarmogʻidagi shikastlanishlar abonent talablari taqdim etilgan kundan boshlab belgilangan muddat ichida telekommunikatsiya operatori tomonidan bartaraf etilishi kerak. Telekommunikatsiyalar tarmogʻida shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlari 20 kundan ortiq boʻlmasligi kerak, agar yanada qisqa muddatlar Shartnomada belgilanmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat muddatida shikastlanishlar bartaraf qilinmagan holda, telekommunikatsiya operatori abonent talabiga binoan unga nazorat muddatidan ortiq boʻlgan har bir kun uchun abonent toʻlovi narxidan 1 foiz miqdorida penya toʻlaydi, ammo abonent toʻlovi narxidan ortiq emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Ushbu Qoidalar va Shartnomada koʻzda tutilgan oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq bir-birlari oldida javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Tomonlar oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda, Telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini bekor qilish tartibi va shartlari abonent va telekommunikatsiya operatori oʻrtasida tuziladigan Shartnomada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Nizoli masalalar sud tartibida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.b. A. ABDURAShIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 17-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga
1-ILOVA

‎‎Telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish toʻgʻrisida ariza

‎________________________________________________________________________________________________
‎(joylashgan joydagi telekommunikatsiya operatori
‎________________________________________________________________________________________________
‎ nomi (pochta manzili),

‎Ariza

‎‎1. Familiya, ismi, sharifi __________________________________________________________________________
‎2. Manzil ________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎3. Telefonlashtirilishi kerak boʻlgan turar joy ________________________________________________________

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(xonadon, shaxsiy uy va sh.k.)

‎‎4. Ariza beruvchining ushbu turar joyga huquqini tasdiqlovchi hujjatlar____________________________________
‎________________________________________________________________________________________________‎

‎‎(ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish shartnomasi),
‎________________________________________________________________________________________________
(‎egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat)
‎yoki turar joy boʻyicha roʻyxatda turishi ‎________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎(belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi
‎________________________________________________________________________________________________
‎pasport maʼlumotlari yoki boshqa hujjat maʼlumotlari)

‎‎5. Ariza beruvchida imtiyozlar borligi

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(imtiyoz toifasi, imtiyoz uchun huquqni tasdiqlovchi
‎________________________________________________________________________________________________
‎hujjat raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

‎‎6. Ariza beruvchining telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini koʻrsatish imkoniyatini koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi iltimosi ______________________________________________________________________________

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(xizmatlar turini, ariza beruvchi telefon aloqasi xizmatlarini olish uchun foydalanmoqchi boʻlgan
‎________________________________________________________________________________________________
‎abonent qurilmasining tipi koʻrsatilsin)

‎‎__________________________________
‎(ariza beruvchining imzosi)
‎__________________________________
‎(ariza berilgan sana)

‎‎Telekommunikatsiya operatorining xizmatga oid qaydlari
‎Ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilindi _______________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________‎

‎‎(ariza qabul qilingan sana va roʻyxat raqami)

‎‎Telekommunikatsiya operatorining ariza beruvchi bilan telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish imkoniyati toʻgʻrisidagi qarori__________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(qabul qilingan qaror mohiyati)

‎‎Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchiga �abar qilindi____________________________________________

‎‎(xabar qilingan sana)

‎‎______________________________________________________________
‎(telekommunikatsiya operatori mansabdor shaxsining imzosi)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(telekommunikatsiya operatorining nomi)

‎‎Maʼlumotnoma

‎Berildi _______________________________________________________________________________________ga
‎(abonent F.I.Sh.)

‎‎Manzili_________________________________________________________________________________________
‎Telefon_________________________________________________________________________________________
‎shu haqdaki, u haqiqatda ham telefon tarmogʻi abonenti boʻlganligi toʻgʻrisida.
‎Telefon ____________________________________________________________________________ga topshirildi.

‎‎(telekommunikatsiya operatorining nomi)

‎‎Telefon topshirilgan sana __________________________________________________________________________

‎‎(sana, oy, yil)

‎‎
‎Rahbar

‎‎Bosh buxgalter
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 130-modda; 50-son, 507-modda; 2012-y., 31-son, 366-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son, 05.08.2019-y., 10/19/1323-8/3523-son)