Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.09.1999 15.05.1998 yildagi 215-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 15.05.1998 yildagi 215-son
Date of entry into force
15.05.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.09.1999
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

INVESTITSIYa FAOLIYATINI TAʼMINLASh BOʻYIChA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-sentabrdagi 420-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiya dasturlari departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 27-dekabrdagi 572-son qaroriga muvofiq, shuningdek, investitsiya jarayonini tartibga solishning samaradorligini yanada oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash Tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 15-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
215-son

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
15-maydagi 215-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga erishish va zarur tarkibiy oʻzgartirishlarni, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlovchi investitsiyalarni jalb etish asosida uning dunyo iqtisodiyotiga integratsiyalanishiga Dasturning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Dasturning tarkibiy qismi hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻ bilan taʼminlash manbalari boʻyicha kapital qoʻyilmalar prognozi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarining aniq dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Dasturning muvozanatlanganligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Dastur oʻzida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishni taʼminlashga moʻljallangan iqtisodiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarning oʻzaro bogʻlangan kompleksini ifodalaydi. Bunday chora-tadbirlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastur asosiy koʻrsatkichlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozining boshqa boʻlimlari va respublika Davlat budjeti bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturning obyektlarni ishga tushirish boʻyicha koʻrsatkichlarini mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan manbalari, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati quvvatlari bilan muvozanatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi korxonalarni iqtisodiy va ekologik jihatdan asoslangan holda joylashtirish hamda iqtisodiy rayonlar ixtisoslashtirilishi va kompleks rivojlantirilishi, tabiiy boyliklardan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmalaridan, mehnat resurslaridan yanada samaraliroq foydalanilishini hisobga olgan holda ishlab turgan korxonalarda qoʻshimcha quvvatlar tashkil etish kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Dasturni shakllantirish tartibi va muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dasturni shakllantirish davlat maqsadli dasturlari, iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlarini va alohida mintaqalarni rivojlantirish boʻyicha direktiv qarorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning takliflari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Dasturni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishga oid ishlarni muvofiqlashtirishni Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Dastur mazkur Nizom bilan tasdiqlangan investitsiya loyihalarini tanlab olish mezonlari asosida Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Dasturni ishlab chiqish uchun Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, korxonalar va tashkilotlarga investitsiya takliflarini tayyorlashga oid metodik koʻrsatmalarni va ularni taqdim etish muddatlarini yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ishlab chiqilgan Dastur Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Investitsiya loyihalarini tanlab olish mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Dasturga kiritish uchun (ekologik normalar va talablarga muvofiq kelishi uchun majburiy shartlar) investitsiya loyihalarini tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ishlab chiqarish maqsadidagi obyektlar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy xomashyo va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash koʻlamini kengaytirish, ularni raqobatbardosh tayyor mahsulot darajasigacha yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport potensialini rivojlantirishga moʻljallangan rentabelli va yuqori texnologiyali resurslarni tejovchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunikatsiyalar, sugʻorish va ishlab chiqarish infratuzilmasining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol bozorini eng zarur tovarlar va xizmatlar bilan toʻldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) noishlab chiqarish maqsadidagi obyektlar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy infratuzilmalar xizmatlariga boʻlgan birinchi navbatdagi ehtiyojlarini qondirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noishlab chiqarish infratuzilmalari xizmatlari sifatini oshirish va ular bilan aholini qamrab olishni koʻpaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Dasturga kiritish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq joylarda va ishchi kuchi ortiqcha boʻlgan mintaqalarda joylashtiriladigan loyihalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksportga moʻljallangan ishlab chiqarishlar loyihalari ustuvorlik huquqidan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Kapital qoʻyilmalar prognozi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kapital qoʻyilmalar asosiy fondlarni yaratish va ularni koʻpaytirish uchun foydalaniladigan mablagʻ bilan taʼminlashning barcha manbalari hisobiga shakllantiriladi. Kapital qoʻyilmalar koʻrsatkichlari Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilda va prognozlashtirilayotgan yillarda surʼat, qurilishi tugallanmagan va ishga tushiriladigan obyektlar boʻyicha ishlar hajmi ajratib koʻrsatilgan holda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish qurilishlari boʻyicha ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kapital qoʻyilmalar quyidagilarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) markazlashtirilgan qoʻyilmalar, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat budjeti va davlat budjetidan tashqari fondlar mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat kafolati ostida beriladigan chet el investitsiyalari va kreditlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) markazlashtirilmagan investitsiyalar, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar mablagʻlari, shu jumladan qoʻshma korxonalar, xorijiy korxonalar va xususiy korxonalarning mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklarning, shu jumladan, xorijiy banklarning tijorat kreditlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarning, shu jumladan xorijiy jismoniy shaxslarning mablagʻlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markazlashtirilgan investitsiyalar hajmlari quyidagilar hisobiga belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti va davlat budjetdan tashqari fondlar mablagʻlarn — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirish chogʻida belgilangan tartibda va yigʻma budjet tarkibida tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar — alohida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Markazlashtirilgan investitsiyalar, qoidaga koʻra, quyidagilarga ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika iqtisodiyotining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha investitsiya loyihalarini, davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi koʻrsatilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joy qurilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni tiklash, suv xoʻjaligi qurilishi va kichik gidroenergetikani rivojlantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi yashash joylarining, birinchi navbatda, yakka tartibda qurilgan uy-joy mavzelarining muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maorif, sogʻliqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari obyektlari qurilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruv organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ilmiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan himoya qilish inshootlari qurilishiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Investitsiya loyihalarining aniq dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Investitsiya loyihalarining aniq dasturi (keyingi oʻrinlarda Aniq dastur deb ataladi) har yili ishlab chiqiladi va asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar va mablagʻ bilan taʼminlash manbalari koʻrsatilgan ustuvor investitsiya loyihalari roʻyxatini ifodalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik va strategik jihatdan muhim boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun potensial investorlarni jalb etish tender asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunday loyihalarning roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Investitsiya loyihalarining Aniq dasturi dastur tarkibida tasdiqlanadi va unga yil davomida qoʻshimcha investitsiya loyihalari kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Buyurtmachilar yoki ularning yuqori organlari tomonidan Aniq dasturga investitsiya loyihalarini kiritish uchun har bir investitsiya loyihasi boʻyicha Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga quyidagilar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odatda “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi tavsiyanomalariga muvofiq ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur asbob-uskuna, butlovchi materiallar, jihozlar va konstruksiyalar yetkazib berish yuzasidan kontraktlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻ bilan taʼminlash manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tasdiqlangan Aniq dasturga muvofiq buyurtmachilar tomonidan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishilgan holda mablagʻ bilan taʼminlashni boshlash uchun asos boʻlib hisoblanadigan aniq roʻyxatlar tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Yigʻma roʻyxat deb ataladi) Moliya vazirligi, “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi va Xorijiy investitsiyalar boʻyicha agentlik bilan birgalikda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning takliflaridan kelib chiqib, mazkur Nizomning IV boʻlimida koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihalarini tanlab olish mezonlari asosida, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yigʻma roʻyxat xorijiy investorlarni jalb qilish uchun aniq ustuvor yoʻnalishlarning qisqacha bayoni hisoblanadi, u ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, tegishli vositalar, xalqaro axborotnomalar, Moliya institutlari, INTERNET tarmogʻi orqali potensial xorijiy investorlarga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma roʻyxatga kiritilgan investitsiya takliflari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik Aniq dasturga kiritish uchun ular investitsiya loyihasi jarayoniga kelgunga qadar shakllantirishning barcha bosqichlarida doimiy monitoring amalga oshirilishi va injiniring jihatidan kompleks kuzatib borilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat kafolati ostidagi xorijiy kredit liniyalaridan foydalanishning ustuvor huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yigʻma roʻyxatga kiritilgan investitsiya taklifining tashabbuskori uni amalga oshirishda qatnashishdan manfaatdor boʻlgan xorijiy sheriklar (potensial investorlar) bilan oldindan kelishuv yakunlari boʻyicha “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi yoki boshqa injiniring tashkiloti bilan birgalikda ekspertiza qilinadigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Dasturni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari mablagʻ bilan taʼminlashda koʻmaklashish, soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish, davlat monitoringini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mablagʻ bilan taʼminlashda koʻmaklashish qaytarib berish yoki qaytarib bermaslik asosida eng muhim ishlab chiqarish investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan, xorijiy kreditlar boʻyicha majburiy avans toʻlovlari va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun budjet mablagʻlari, shuningdek, xorijiy kreditlar uchun Hukumat kafolatlari berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilishi uchun davlat tomonidan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga qoʻllab-quvvatlash zarur boʻlgan ustuvor investitsiya loyihalari Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tayyorlangan taklifi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun mablagʻlar miqdori har yili markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hajmida belgilangan tartibda nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Soliq imtiyozlariga va boshqa imtiyozlarga soliqlardan vaqtincha ozod qilish, soliq solishning imtiyozli tartibini va jadallashtirilgan amortizatsiya, bojxona imtiyozlari berish va boshqalar kiradi. Har bir loyiha yoki umuman dastur boʻyicha imtiyozlar roʻyxati amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Davlat monitoringgi Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratining asosiy mexanizmi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Dasturning amalga oshirilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Quyidagilar Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarining va, birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga roʻyobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, investitsiya jarayoni boshqa qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish, Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarning oʻz vaqtida hal qilinishi uchun ularning javobgarligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy sheriklar oldida qabul qilingan majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni amalga oshirishda paydo boʻladigan muammoli masalalarni kuzatib borish va ularning tezkorlik bilan bartaraf etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Davlat monitoringgi loyihalari Dasturga kiritilgan manfaatdor vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturi departamenti tomonidan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Axborot berish tartibi, muddatlari, shuningdek Davlat monitoringgini amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
15-maydagi 215-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI

1. Mazkur Tartib (bundan keyin Tartib deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlashni tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tasdiqlangan davlat investitsiya dasturiga muvofiq mablagʻ bilan taʼminlanadigan va kreditlanadigan loyihalar aniq roʻyxati (bundan keyin Aniq roʻyxat deb ataladi) shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan aniq roʻyxatlarni shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan Aniq roʻyxatlar quyidagi tartibda shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi investitsiya dasturida belgilangan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning dastlabki hajmlarini buyurtmachilar (investorlar, investorlar tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa jismoniy va yuridik shaxslar) boʻyicha aniqlaydi va ularni obyektlar boʻyicha taqsimlash uchun ularga xabar beradi, (qurilishi boshlangan investitsiya loyihalarini birinchi navbatda Aniq roʻyxatga kiritishni hisobga olgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) buyurtmachi belgilangan tartibda va muddatlarda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga investitsiya loyihalari boʻyicha takliflar taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan takliflarni asoslash uchun qurilishning butun davriga tegishli koʻrsatkichlari bilan va joriy yil limitlari doirasida kreditorlik qarzlarini toʻlash hajmlari albatta ajratib koʻrsatilgan holda qurilishlar va obyektlar roʻyxati taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatga yangidan boshlanayotgan qurilishlarni va obyektlarni kiritishga, boshlangan qurilishlar va obyektlar, shu jumladan ularda xuddi shunday quvvatlar yaratilayotgan qurilishlar va obyektlar, kapital qoʻyilmalarning zarur hajmlari bilan taʼminlangandagina yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar ajratilayotgan buyurtmachi ulardan aniq maqsad va samarali foydalanilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi ishtirokida buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan yangidan boshlanadigan qurilishlar va obyektlar boʻyicha takliflarni qoʻrib chiqadi va ularni Aniq roʻyxatga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Aniq roʻyxatga kiritish uchun qurilishlar va obyektlarni tanlab olish asosan tanlov asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yangidan boshlanayotgan qurilishlar va obyektlar Aniq roʻyxatga kiritilgan paytdan boshlab buyurtmachilar ushbu obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchilarni belgilaydilar va pudrat savdolari (tendyerlar) oʻtkazishni tashkil etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Moliya vazirligi buyurtmachilar tomonidan tuzilgan kontraktlar (pudrat shartnomalari) asosida Aniq roʻyxatga kiritilgan yangidan boshlanayotgan har bir qurilish va obyekt boʻyicha qurilishning barcha davriga yillar boʻyicha taqsimlangan kapital koʻyilmalarning hajmini, mablagʻ bilan taʼminlash miqdorlari va manbalarini aniqlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda qurilishi tugallanmagan qurilishlar boʻyicha ularni qurish hamda obyektlar va ishga tushirish komplekslarining tayyorlik darajasini hisobga olgan holda kapital qoʻyilmalar hajmlariga aniqliklar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qurilish materiallari va konstruksiyalar, butlovchi buyumlar xarid qilish va pudrat ishlarini bajarish uchun erkin muomaladagi valyuta xarajatlari bilan amalga oshiriladigan Aniq roʻyxatlar Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi bilan kelishib olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Buyurtmachilarga davlat budjeti mablagʻlari ajratish tasdiqlangan Aniq roʻyxatga muvofiq bir yilga belgilangan limitlar doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Buyurtmachilar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash limitlarini quruvchi korxonalarga yetkazadilar va bir yilga belgilangan limitlar doirasida amalda bajarilgan ishlar uchun ajratilgan mablagʻlarni ularga har oyda oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Smetalarda nazarda tutilgan asbob-uskunalarni sotib olish yuzasidan kontraktlar (shartnomalar) boʻyicha haq toʻlash, shuningdek, buyurtmachining materiallarini import operatsiyalari boʻyicha yetkazib berish ular belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin import qiluvchi korxonaga xizmat koʻrsatuvchi bankning muqobil kafolati mavjud boʻlgan holda kontrakt qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda avans toʻlovini oʻtkazish shartlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻ bilan taʼminlash uchun Moliya vazirligi mablagʻ bilan taʼminlovchi banklarga belgilangan tartibda aniqlangan oylik ehtiyoj miqdorida xarajat jadvallarini beradi, keyinchalik bu xarajatlarni budjetdan qoplaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarajat jadvali asosida buyurtmachilar mablagʻ bilan taʼminlovchi banklarga budjet mablagʻlari bilan qoplangan mablagʻ bilan taʼminlash limitlarini yetkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti hisobidan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlashni rasmiylashtirish uchun buyurtmachilar mablagʻ bilan taʼminlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi banklarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishini (loyiha hujjatlarini);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan yangidan boshlanayotgan qurilishlarning yillar boʻyicha boʻlingan Aniq roʻyxatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishning barcha davri uchun bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob shakllari koʻrsatilgan kontraktlar (pudrat shartnomalari)ni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish qiymatining yigʻma smeta-moliyaviy hisob-kitoblarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha hujjatlari boʻyicha “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining davlat idoradan tashqari ekspertizasi va davlat ekologiya ekspertizasining belgilangan tartibda tayyorlangan xulosalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallanmagan qurilishlar boʻyicha kapital qoʻyilmalarning va qurilish-montaj ishlarining aniqlangan hajmlarini taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Buyurtmachilar har oyda Moliya vazirligiga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladigan ajratilgan budjet mablagʻlarining foydalanilishi toʻgʻrisida belgilangan hisobot shakli boʻyicha axborot taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Buyurtmachilarga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning tasdiqlangan limitlarida nazarda tutilgan qaytarib berish asosidagi davlat budjeti mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan holda binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, moddiy boyliklar va boshqa mol-mulkni garovga qoʻyish shartnomasi asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foizlar miqdori va ularni hisoblab qoʻshish muddatlari, shuningdek, qaytarish asosidagi budjet mablagʻlari boʻyicha asosiy qarz va foizlarni qaytarish tartibi buyurtmachi va Moliya vazirligi oʻrtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish va kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlash jarayonida banklar markazlashtirilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini, qurilish muddatlariga, ajratilgan mablagʻlarni qaytarish muddatlariga rioya qilinishini va ulardan foydalanganlik uchun haq toʻlanishini nazorat qiladilar, bajarilgan ishlar hajmini nazorat tartibida oʻlchaydilar. Nazorat tijorat banklari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlovchi tomon bilan tuzilgan shartnoma asosida bankka vositachilik haqi toʻlangan holda amalga oshirilishi mumkin. Qonun buzilishlar, qoʻshib yozishlar yoki ishlar hajmlarini boshqacha tarzda oshirish hollari aniqlangan taqdirda mablagʻlar belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari tomonidan olingan davlat budjeti mablagʻlari qatʼiy ravishda maqsadli foydalanilishi kerak va ular depozit schyotlarga oʻtkazilishi, banklararo kreditlar berish uchun foydalanilishi va boshqa qisqa muddatli xususiyatdagi operatsiyalarga jalb qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishning davom etish muddatlari buzilganda, kredit resurslaridan boshqa maqsadlarda foydalanilganda, kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari oshirib yozilganda tijorat banklari buyurtmachilarga, alohida hollarda esa pudratchilarga nisbatan ham mavjud qonunchilik bilan belgilangan kredit taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Boshqa mablagʻlar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlari (shu jumladan xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolati ostida beriladigan kreditlar) hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash (qayta moliyalash) tomonlarning kelishuviga koʻra kreditlashning amaldagi qoidalari normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari kreditlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan aniq roʻyxatlar Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishishdan oldin ushbu banklar bilan kelishib olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklarning buyurtmachilar bilan oʻzaro munosabatlari kredit shartnomalari asosida quriladi. Kreditlash muddatlilik, haq toʻlash, qaytarish, taʼminlanish va maqsadli foydalanish shartlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Buyurtmachining oʻz mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlash tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq kapital qoʻyilmalar yillik limitlarining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar buyurtmachilar tomonidan maxsus schyotlarda band qilinganda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Aralash investitsiyalash obyektlari qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash, obyektlar qurilishining barcha davri mobaynida budjet mablagʻlarini, boshqa markazlashtirilgan mablagʻlarni va oʻz mablagʻlarini xarajat qilish nisbatiga rioya qilgan holda, mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Kapital qurilishdagi hisob-kitoblar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mablagʻ bilan taʼminlanish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirib chiqadilar va ular qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlganda qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash schyotlarini ochadilar. Qurilishni hisob-kitob schyotlaridan mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Banklar buyurtmachilar, pudrat tashkilotlari va investitsiya jarayonining boshqa qatnashchilari oʻrtasida bajarilgan ishlar, yetkazib berilgan moddiy va energiya resurslari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni, shuningdek, boshqa hisob-kitoblarni amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishning barcha davriga tuzilgan kontrakt (pudrat shartnomasi) buyurtmachi va pudrat tashkiloti oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti oʻrtasidagi hisob-kitoblar kontrakt (pudrat shartnomasi)da nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya jarayonining boshqa qatnashchilari tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar uchun asosiy hujjat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Buyurtmachilar pudrat tashkilotlarining bajargan ishlari va boshqa xarajatlari uchun ularning schyotlariga toʻgʻridan toʻgʻri haq toʻlaydilar, yetkazib berilayotgan materiallar, konstruksiyalar, energiya resurslari, transport xizmatlari va asbob-uskunalar uchun belgilangan tartibda oldindan haq toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov shakli qonun hujjatlariga muvofiq kontraktlar (pudrat shartnomalari) bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi tomonidan materiallar va buyumlar yetkazib berilganda uning va pudrat tashkilotlari oʻrtasidagi hisob-kitoblar ularning joʻnatilishiga koʻra bank orqali yoki qarzlarni oʻzaro hisobga olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Butlovchi tashkilotlar yoki mahsulot yetkazib beruvchi korxonalar bilan yigʻma konstruksiyalar, buyumlar va materiallar uchun hisob-kitoblar shartnoma (kontrakt)da nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.