Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.08.2018 24.04.1998 yildagi 177-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.04.1998 yildagi 177-son
Date of entry into force
24.04.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.08.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING IQTISODIY NOChORLIGI VA ShARTNOMA MAJBURIYATLARINING BAJARILIShI UChUN MANSABDOR ShAXSLARNING JAVOBGARLIGINI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA” 1998 YIL 4 MARTDAGI PF-1938-SON FARMONINING BAJARILIShINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARi HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish toʻgʻrisida” 1998-yil 4-martdagi PF-1938-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shartnomalar tuzish va ularni bajarilishining huquqiy asoslarini mustahkamlash tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (Mirsafoyev S. M.), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi (Abdusalomov M. E.) mazkur tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsinlar. Tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisida 1998-yil 5-iyunda, keyinchalik esa — yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalar boʻyicha majburiyatlar buzilgan taqdirda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi va xoʻjalik sudlarida daʼvo qoʻzgʻashlari, shuningdek, shartnoma shartlari bajarilmaganligi natijasida yoʻl qoʻyilgan zararni qoplashlari yuzasidan bir oy muddatda bajarilishi majburiy boʻlgan tegishli taqdimnomalar kiritsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalarining mutaxassislarini jalb qilgan holda xoʻjalik shartnomalarini, shu jumladan, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va ularni bajarish masalalari yuzasidan rahbarlar va mutaxassislarni oʻqitish boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi seminarlarni muntazam ravishda oʻtkazsinlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari uchun yuridik maslahatlar berishni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi hududiy boʻlinmalarining amaliyotiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining shartnomalar tuzilishini va bajarilishini nazorat qilish ishchi guruhi (Sultonov Oʻ. T.) vazirliklar, idoralar tizimida va respublika hududlarida mahsulot yetkazib berishga, eng avvalo eksportga mahsulot yetkazib berishga shartnomalar tuzilishi va ularning bajarilishi amaliy nazorat qilinishini hamda muntazam tahlil qilinishini taʼminlasin, paydo boʻluvchi masalalar va muammolar boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda qarzdorni bankrot deb eʼtirof etish, sanatsiya tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlarni eʼlon qilish va mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tugatish haqidagi qarorlarni eʼlon qilish uchun “Korxonalar sanatsiyasi va bankrotligi masalalari” maxsus xabarnomasi nashr etilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (Mirsafoyev S. M.) Oliy xoʻjalik sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish yuzasidan joylarda amaliy ishlar olib borilishini taʼminlasin, bunda yuridik xizmatlar oʻrnini mustahkamlashni, barcha qonun hujjatlarining amal qilishini va xoʻjalik sudlari qarorlarining soʻzsiz ijro etilishini nazarda tutsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shtatda belgilangan xodimlar soni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatida Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tuzilmasida – tegishli boʻlimlar tashkil etilsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, yangidan tashkil etilayotgan tuzilmalar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi korxonalarga shartnomalar, shu jumladan, kontraktatsiya shartnomalari tuzishda ularga muntazam ravishda huquqiy va uslubiy yordam koʻrsatsinlar, qonunchilik bilan belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni va, eng avvalo, ularning mansabdor shaxslarni shartnoma intizomini buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar, xoʻjalik sudlari qarorlari bajarilishi taʼminlanishiga koʻmaklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mahalliy hokimiyat organlarining ishini huquqiy taʼminlash maqsadida tuman va shahar hokimliklari apparati tuzilmasida shtatda belgilangan xodimlar soni doirasida yurist lavozimi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatib oʻtilgan lavozimlarga yuristlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishgan holda tegishli hokimlik tomonidan tayinlanadi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman va shahar hokimliklarining yuridik xizmati tegishli hokimga va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy boʻlinmasiga hisob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 5-6-son, 54-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda vazirlik markaziy apparatining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalarining nizomini, tuzilmasini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 24-aprel.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1998-y.,4-son, 17-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda)