Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018 13.04.1998 yildagi 155-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.04.1998 yildagi 155-son
Date of entry into force
13.04.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

ALOHIDA MILITSIYA BATALONINI ChET EL DAVLATLARINING DIPLOMATIK VAKOLATXONALARINI QOʻRIQLAShNI TAʼMINLASh BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING MILITSIYA POLKIGA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el davlatlarining yangi diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar ochilishi munosabati bilan, ular joylashgan mamlakatning xalqaro majburiyatlariga muvofiq ularni zarur darajada himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi 171-son qarori bilan tashkil etilgan alohida militsiya bataloni chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlashni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining militsiya polkiga aylantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun qoʻshimcha ravishda xarajatlari respublika budjeti hisobiga qoplanadigan ilovaga muvofiq — 178 shtat ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shtatdagi xodimlari soni oʻzgarishi munosabati bilan uni mablagʻ bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 13-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155-son

Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 13-apreldagi 155-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida militsiya batalonini chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlashni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining militsiya polkiga aylantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qoʻshimcha ravishda ajratilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtatlar soni

HAMMASI‎

178‎

Ulardan:‎
katta va oʻrta boshliqlar tarkibiga kiruvchilar‎ 21‎
kichik boshiqlar va oddiy tarkibga kiruvchilar‎ 152‎
ishchi va xizmatchilar‎ 5‎