1-ILOVA
Bosqich | Tadbirlar | Muddatlar | Masʼullar (subyektlar) | |||
1-bosqich | Tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan “Biznes himoya” QR-kodini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasida skanerlash orqali u bilan boʻlib oʻtadigan muloqotni qayd etish va uni asoslash* | Muloqot amalga oshirilishidan oldin | Davlat xizmatchisi | |||
Davlat xizmatchisi bilan boʻlib oʻtgan muloqot haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, oʻz munosabatini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasiga kiritish | Muloqot amalga oshirilgandan keyin 3 kun ichida | Tadbirkorlik subyekti (ixtiyoriy asosda) | ||||
2-bosqich | Davlat xizmatchisi tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish, boʻlib oʻtgan muloqotning asosli yoki asossiz ekanligiga baho berish va bu haqida axborot tizimiga belgi qoʻyish | Davlat xizmatchisi maʼlumot kiritgandan keyin 3 kun ichida | Komplayens nazorat tuzilmalari** | |||
3-bosqich | “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni qayta tekshirish va solishtirish asosida davriy hisobotlar tayyorlash, Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish | Doimiy | Komplayens nazorat tuzilmalari, Biznes-ombudsman va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi | |||
4-bosqich | “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni monitoring qilish, tegishli choralar koʻrish uchun taqdimnomalar kiritish, zarur hollarda, axborotni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish | Doimiy | Biznes-ombudsman va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlarni kiritishga qaratilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: (a) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida noqonuniy tekshiruv oʻtkazganlik hamda tekshiruv oʻtkazish tartibini buzganlik uchun alohida maʼmuriy jazo choralarini belgilash; (b) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida tekshiruv oʻtkazish tartibini buzish qilmishini jinoiy yurisdiksiyadan chiqarish; (v) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida tekshiruv oʻtkazish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini avtomatlashtirilgan tartibda qoʻllash. | Qonun loyihasi | 2026-yil iyun | Biznes-ombudsman (Buriyev), Adliya vazirligi (Tashkulov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
2. | “Yagona davlat nazorati” axborot tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish va uning mobil ilovasini ishga tushirish: (a) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan joydagi tuman (shahar) hokimi, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika va soliq inspektorlari haqida maʼlumot olish va ularga murojaat qilish (chat) tizimini yaratish; (b) oʻtkazilgan tekshiruvlar va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlar boʻyicha davlat xizmatchisi xatti-harakatlariga baho berish va korrupsiya holatlari haqida onlayn shikoyat yuborish; (v) tekshirish huquqi boʻlmagan yoki tekshiruvga chiqishi belgilanmagan nazoratchi haqida real vaqt rejimida tadbirkorni xabardor qilish; (g) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish; (d) tekshirish oʻtkazish tartibiga rioya qilmaslik holatlarini avtomatik tarzda aniqlash va maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash; (j) davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni hisobga olish; (z) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlarni, shu jumladan, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini roʻyxatga olishni va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni hisobga olishni taʼminlovchi “Biznes himoya” QR-kodini joriy etish. Bunda tekshiruvlarni soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami orqali roʻyxatga olishni ham nazarda tutish; (i) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan hududda tashkil etilishi kutilayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining ommaviy qabullari haqida xabardor qilish; (k) tadbirkorlik subyektlarini tekshirishda ishtirok etadigan yoki tadbirkor bilan nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotga kirishadigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasidan foydalanishlarini majburiy etib belgilash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | Biznes-ombudsman (Buriyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
3. | Farmonda quyidagilar belgilangani munosabati bilan “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini qayta ishlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritish: “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtmagan yoki tekshiruv oʻtkazishga asos boʻluvchi hujjatlarni tizimga kiritmagan yoxud maxsus guvohnomaga ega boʻlmagan nazorat qiluvchi organning xodimi tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanishi; tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarga, shu jumladan, jinoyat ishi doirasidagi tekshiruvlarga nazorat qiluvchi organlardan jalb qilinadigan mutaxassislar tekshiruvlarda faqat tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega boʻlgan taqdirda ishtirok etishlari mumkinligi; nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazishdan oldin “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasi yordamida tadbirkordagi “Biznes himoya” QR-kodini skanerlash orqali tekshiruvni roʻyxatga olishi; davlat xizmatchilari “Biznes himoya” QR-kodi orqali tekshirish yoki muloqot haqidagi maʼlumotni belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritmasa, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatchisini tekshiruv oʻtkazish uchun oʻz hududiga qoʻymaslik va muloqotga kirishmaslik huquqining berilishi. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2026-yil avgust | Biznes-ombudsman (Buriyev), Adliya vazirligi (Tashkulov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
4. | Quyidagilarni nazarda tutgan holda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga davlat xizmatchilari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni hisobga olish va monitoringini yuritish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Prezident Administratsiyasiga kiritish: (a) ayni bir tadbirkorlik subyekti bilan ikki va undan ortiq marotaba asossiz muloqotga kirishgan davlat xizmatchilariga nisbatan: tegishli davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibini belgilash; ushbu tadbirkorlik subyektida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarida oxirgi muloqot qayd etilgan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oy davomida ishtirok etishini cheklash; (b) tadbirkorlar bilan muloqot qilish va tekshiruv oʻtkazish tartibini surunkali ravishda buzgan shaxslarni olti oy muddatga Insofsiz tekshiruvchilar reyestriga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyun | Biznes-ombudsman (Buriyev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov) |
5. | Insofsiz tekshiruvchilar reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | Biznes-ombudsman (Buriyev), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
6. | 2026-yil 1-avgustga qadar, birinchi navbatda, savdo va xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlarini “Biznes himoya” QR-kodi bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Biznes-ombudsman (Buriyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Kuranbayev), Tuman (shahar) hokimliklari |
7. | “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi tegishli nizomlarni takomillashtirish: (a) xavf darajalarini aniqlash mezonlari, baholash indikatorlari, axborot almashinuvi tartibini belgilash; (b) ishlab chiqilgan loyihani Biznes-ombudsman hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishish; (v) kelishilgan loyihani belgilangan tartibda Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyun | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmonining 1-ilovasida koʻrsatilgan nazorat qiluvchi organlar |
8. | Quyidagilarni nazarda tutgan holda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarda bodi-kameradan foydalanish tartibini belgilash: (a) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshiruvlarda bodi-kameradan foydalanish, videoyozuvlarni rasmiylashtirish, saqlash, himoya qilish va ulardan foydalanish; (b) bodi-kamera orqali olingan videoyozuvlarni hisobga olish hamda ularni nazorat qiluvchi organlarning maʼlumotlar bazasida saqlash; (v) tekshiruv davomida bodi-kamera orqali uzluksiz videoyozuvni amalga oshirish, yozuvni asossiz toʻxtatish yoki oʻchirishni taqiqlash, bodi-kamera nosoz boʻlgan holatda tekshiruvni toʻxtatish; (g) videoyozuvlarning butligi va oʻzgarmasligini taʼminlash, ularni shaxsiy qurilmalarga koʻchirish yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishni taqiqlash hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyun | Biznes-ombudsman (Buriyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
9. | Biznes-ombudsman devoni faoliyatini quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirish va samaradorligini oshirish: (a) ish yuritish jarayonini raqamlashtirish hamda unga sunʼiy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; (b) xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish, bunda ularning kasbiy bilimlari, amaliy tajribasi va ish samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish; (v) attestatsiya natijalariga koʻra devon shtatini davlat organlarida amaliy tajribaga va raqamli texnologiyalar sohasida kompetensiyalarga ega, yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish; (g) faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy KPI mexanizmlarini joriy etish hamda ular asosida doimiy baholab borish. | Amaliy chora-tadbirlar va idoraviy hujjat | 2026-yil may | Biznes-ombudsman (Buriyev) |
10. | Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyalardan axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻtkazish, attestatsiya komissiyalarini tugatish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Prezident Administratsiyasiga kiritish. | Axborot xati yoki normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil noyabr | Biznes-ombudsman (Buriyev) |
11. | “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlarni doimiy monitoring qilib borish, qonunchilikda belgilangan hollarda axborotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har chorakda | Biznes-ombudsman (Buriyev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Bosh prokuratura (Kasimov) |
12. | Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga tushuntirish boʻyicha axborot-tahliliy materiallardan foydalangan holda hujjatlar toʻplamini (maʼruza matni, taqdimot, annotatsiya, infografika, sxema) tayyorlash. Targʻibot materiallari toʻplamini Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari va manfaatdor tashkilotlarga yetkazib berish. Hujjatlar toʻplami asosida Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga tushuntirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil aprel | Biznes-ombudsman (Buriyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
13. | Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari uchun quyidagi mavzularni oʻz ichiga oladigan oʻquv seminarlar tashkil etish: (a) davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotning asosli yoki asossiz ekanligiga baho berish tartibi; (b) belgilangan tartibni buzgan davlat xizmatchisi ustidan xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibi. | Oʻquv seminarlar | 2026-yil avgust-sentabr | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Biznes-ombudsman (Buriyev), Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (Kolenko) |
14. | Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida avtomatik tarzda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ularning shaxsiy kabinetini kompozit tartibida ochish imkonini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | Biznes-ombudsman (Buriyev), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
15. | Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, davlat organi mansabdor shaxslari va masʼul xodimlarining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligini belgilash. | Qonun loyihasi | 2026-yil avgust | Biznes-ombudsman (Buriyev), Bosh prokuratura (Kasimov), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov) |
3-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari — devon rahbari | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish va qonunchilik ijrosi nazorati shoʻbasi (8) | Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va ekspertizadan oʻtkazish shoʻbasi (3) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash shoʻbasi (4) | Tadbirkorlik sohalarini strategik rejalashtirish va metodologiya shoʻbasi (2) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tashkiliy-nazorat va inson resurslarini boshqarish shoʻbasi (4) | Xalqaro aloqalar va protokol xizmati (1) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Birinchi boʻlim | Axborot xizmati (2) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Devonxona | Yuridik taʼminlash va maʼmuriy amaliyot shoʻbasi (1) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shoʻbasi (1) | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish shoʻbasi (2) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Moliya-xoʻjalik shoʻbasi (2) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vakil devonining hududiy shoʻbalari (58) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
T/r | Lavozimning nomlanishi | Birliklar soni |
1. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil | 1 |
2. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari — devon rahbari | 1 |
3. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari | 1 |
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish va qonunchilik ijrosi nazorati shoʻbasi | ||
4. | Shoʻba mudiri | 1 |
5. | Bosh inspektor | 1 |
6. | Yetakchi inspektor | 6 |
Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash shoʻbasi | ||
7. | Shoʻba mudiri | 1 |
8. | Bosh inspektor | 1 |
9. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va ekspertizadan oʻtkazish shoʻbasi | ||
10. | Shoʻba mudiri | 1 |
11. | Bosh inspektor | 1 |
12. | Yetakchi inspektor | 1 |
Tadbirkorlik sohalarini strategik rejalashtirish va metodologiya shoʻbasi | ||
13. | Bosh inspektor | 1 |
14. | Yetakchi inspektor | 1 |
Tashkiliy-nazorat va inson resurslarini boshqarish shoʻbasi | ||
15. | Shoʻba mudiri | 1 |
16. | Bosh inspektor | 1 |
17. | Yetakchi inspektor | 2 |
Xalqaro aloqalar va protokol xizmati | ||
18. | Bosh inspektor | 1 |
Yuridik taʼminlash va maʼmuriy amaliyot shoʻbasi | ||
19. | Bosh inspektor | 1 |
Axborot xizmati | ||
20. | Bosh inspektor | 1 |
21. | Yetakchi inspektor | 1 |
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shoʻbasi | ||
22. | Bosh inspektor | 1 |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish shoʻbasi | ||
23. | Bosh inspektor | 1 |
24. | Yetakchi inspektor | 1 |
Moliya-xoʻjalik shoʻbasi | ||
25. | Bosh hisobchi | 1 |
26. | Moddiy buxgalter (kassir) | 1 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shoʻbasi | ||
27. | Shoʻba mudiri | 1 |
28. | Bosh inspektor | 1 |
29. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Andijon viloyatidagi shoʻbasi | ||
30. | Shoʻba mudiri | 1 |
31. | Bosh inspektor | 1 |
32. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Buxoro viloyatidagi shoʻbasi | ||
33. | Shoʻba mudiri | 1 |
34. | Bosh inspektor | 1 |
35. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Jizzax viloyatidagi shoʻbasi | ||
36. | Shuʼba mudiri | 1 |
37. | Bosh inspektor | 1 |
38. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Qashqadaryo viloyatidagi shoʻbasi | ||
39. | Shuʼba mudiri | 1 |
40. | Bosh inspektor | 1 |
41. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Navoiy viloyatidagi shoʻbasi | ||
42. | Shuʼba mudiri | 1 |
43. | Bosh inspektor | 1 |
44. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Namangan viloyatidagi shoʻbasi | ||
45. | Shuʼba mudiri | 1 |
46. | Bosh inspektor | 1 |
47. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Samarqand viloyatidagi shoʻbasi | ||
48. | Shuʼba mudiri | 1 |
49. | Bosh inspektor | 1 |
50. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Surxondaryo viloyatidagi shoʻbasi | ||
51. | Shuʼba mudiri | 1 |
52. | Bosh inspektor | 1 |
53. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Sirdaryo viloyatidagi shoʻbasi | ||
54. | Shuʼba mudiri | 1 |
55. | Bosh inspektor | 1 |
56. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Toshkent viloyatidagi shoʻbasi | ||
57. | Shuʼba mudiri | 1 |
58. | Bosh inspektor | 1 |
59. | Yetakchi inspektor | 3 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Fargʻona viloyatidagi shoʻbasi | ||
60. | Shuʼba mudiri | 1 |
61. | Bosh inspektor | 1 |
62. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Xorazm viloyatidagi shoʻbasi | ||
63. | Shuʼba mudiri | 1 |
64. | Bosh inspektor | 1 |
65. | Yetakchi inspektor | 2 |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Toshkent shahridagi shoʻbasi | ||
66. | Shuʼba mudiri | 1 |
67. | Bosh inspektor | 1 |
68. | Yetakchi inspektor | 3 |
Jami | 91 | |
”. | ||
“ | |||
18. | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi | Intellektual mulk sohasidagi nazorat | 2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul |
”. |