Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021 23.09.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 823
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti, 23.09.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 823
Date of entry into force
01.01.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi tomonidan

Vazir oʻrinbosari

E.F. GADOYEV

1999-yil 9-sentabr, 76-son

“TASDIQLANGAN”

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Auditning milliy standarti
11-sonli AMS
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni kompyuterda qayta ishlash (MKI) sharoitida audit
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 823]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 43-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3316, 30.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Standart Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan maʼruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
STANDARTNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Standartning maqsadi tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektda amal qilayotgan maʼlumotlarni kompyuterda qayta ishlash (matn davomida — MKQI) tizimi sharoitida audit oʻtkazishda auditorlik tashkilotining harakatlarini belgilash hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Standartning vazifalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Auditorlik tashkilotlariga MKQI tizimi sharoitida audit oʻtkazishda qoʻyiladigan asosiy talablarni shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektda foydalanilayotgan MKQI tizimini baholash uchun jalb etilgan mutaxassislarga nisbatan asosiy talablarni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. MKQI muhitida auditni rejalashtirish xususiyatlarining tavsifi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. MKQI sharoitida auditorlik tavakkalchiligini aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5. MKQI sharoitida boshqaruv vositalarini aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AMAL QILISh SOHASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Standart talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni koʻzda tutadigan auditni amalga oshirish chogʻida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, bundan ular tavsiya tusida ekanligi bevosita koʻrsatilgan qoidalar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Standart talablari, tekshiruv natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni koʻzda tutmaydigan auditning amalga oshirilishida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) koʻrsatilishida tavsiyaviy tusga ega boʻladi. Aniq topshiriqni bajarish chogʻida mazkur Standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni oʻzining ish hujjatlarida hamda audit va (yoki) unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda koʻrsatib oʻtishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AUDITORNING MKI MASALALARIDA LAYoQATLILIGI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Iqtisodiy axborotlarni avtomatlashtirish tizimidan foydalanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektda bajarilgan ishlar boʻyicha rejalashtirish, tahlil etish, nazorat qilish, va oqibatda xulosalar chiqarish va sharhlash uchun auditorning MKQI tizimi boʻyicha yetarli darajadagi bilimlarga ega boʻlishi maqsadga muvofiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur holatda auditor quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. MKQI muhiti taʼsir koʻrsatadigan hisob va ichki nazorat tizimini, yetarli darajada, barcha ahamiyatli jihatlarini tushunish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2. MKQI muhitining tavakkalchilikni baholashga taʼsiri samarasini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3. Loyihani tayyorlash va boshqaruv testlari va mustaqil tartib-taomillarni bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Auditorlik tashkiloti MKQIning koʻproq tarqalgan tizimlari kutubxonasiga ega boʻlishi va ularning amaliy qoʻllanishi xususiyatlarini oʻrganishga jiddiy kirishishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MKQI MASALALARIDA EKSPERT IShIDAN FOYDALANISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Auditorda koʻrsatilgan bilimlar mavjud boʻlmaganda axborot texnologiyalari sohasidagi ekspert ishidan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoʻllanilayotgan MKQI tizimini baholash uchun ekspert ishidan foydalanilgan hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.1. Ekspertni tayinlash va ekspert ishidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa jarayonlar “Ekspert ishidan foydalanish” AMS shartlariga toʻliq ravishda muvofiq boʻlishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.2. Auditor, ustunlik holatini saqlagan holda, ekspert ishini nazorat qilishi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektning kompyuter tizimi haqida yetarli boʻlimga ega boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert faqat axborotlarni qayta ishlash tizimini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditor bu tizim yordamida shakllantirilayotgan hisobotning ishonchliligini baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning hisoboti toʻgʻrisidagi fikrni ifoda etishi va shu fikr asosida tuzilgan auditorlik xulosasi uchun toʻliq javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tekshiruvni oʻtkazishda ekspert auditorga quyidagilarda yordam beradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) MKQI tizimi ishonchliligini umumiy baholashda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning MKQI tizimida amal qilayotgan buxgalteriya dasturiy taʼminoti xarid qilinishining qonuniyligini va litsenziyalanishining sofligini baholashda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) hisob-kitoblar algoritmini tekshirishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) auditor uchun zarur boʻlgan analitik, sintetik hisob registrlarini va hisobotni kompyuterda shakllantirishda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MKQI ShAROITLARIDA REJALAShTIRISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. AMS “Auditni rejalashtirish”ga muvofiq auditning umumiy rejasini tuzishda rejalashtirishning har bir bosqichi xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qoʻllanilayotgan axborot texnologiyalari va MKQI tizimlarining audit jarayoniga taʼsirini hisobga olgan holda aniqlashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hisob axborotlariga ishlov berishning avtomatlashtirilganlik darajasi auditorlik tartib-taomillarining hajmi va xususiyatini aniqlashda hisobga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Auditni rejalashtirish boʻyicha hujjatlarda quyidagi masalalar aks ettirilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.1. Auditorlik tartib-taomillarini MKQIdan foydalangan holda bajarish xususiyati (MKQI muhitida tayyorlangan hujjatlarni nashr qilishga chiqarish, xoʻjalik yurituvchi subyektning MKQI muhitidagi ishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.2. Xoʻjalik yurituvchi subyektning kompyuter tizimini oʻrganish maqsadida mustaqil ekspertni jalb etish, ekspert tomonidan baholash uchun chiqarilgan masalalarni tavsiflash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14.3. Auditorlik tekshiruvining boshlanish sanasi, auditorga maʼlumotlarni audit oʻtkazish shartnomasida xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan kelishilgan shaklda taqdim etilgan sanaga muvofiq kelishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MKQI MUHITINING AUDITORLIK TAVAKKALChILIGIGA TAʼSIRI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobi maʼlumotlarining MKQI muhitida tashkil etilishi auditorning professional tavakkalchiligiga taʼsir koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Auditorlik tavakkalchiligi quyidagi holatlarda ortadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.1. Kompyuter muhiti markazlashtirilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.2. Kompyuter uskunalarining geografik jihatdan tarqoq boʻlganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.3. Buxgalteriya xodimlarining axborot texnologiyalari sohasidagi bilim darajalari yetarli emasligida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.4. MKQI muhitining amal qilishida ichki nazoratning mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16.5. MKQI tizimiga ruxsatsiz kirishni cheklash boʻyicha zaruriy choralarning mavjud emasligida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Auditorlik tavakkalchiligi quyidagi holatlarda kamayadi, agarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.1. Avtomatlashtirish tizimlari litsenziyalangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.2. Auditorlar uchun maxsus ishlangan dasturiy taʼminot tufayli nazoratning ayrim turlarini chuqurlashtirish imkoniyati mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.3. Dasturiy taʼminotning maxsus nazorati mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning axborot siyosati uning rahbariyati tomonidan malakali tarzda belgilansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.5. Barcha boʻlinmalar, filiallar va boshqa alohida boʻlinmalar, shuʼba korxonalar MKQIning yagona muhitida ishlasa, yagona zamonaviy dasturiy taʼminotni qoʻllasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.6. Xoʻjalik yurituvchi subyektning axborot siyosati MKQI tizimining asosiy foydalanuvchilari bilan kelishilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17.7. Xoʻjalik yurituvchi subyektning MKQI tizimi rivojlanishining uzoq muddatli rejasi mavjud boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MKQINING HISOB VA IChKI NAZORAT TIZIMINI BAHOLAShGA TAʼSIRI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. MKQI boshqaruvining ichki vositalari ichki nazoratning maqsadlariga erishishida yordam beradi, va qoʻlda bajarilgan tartib-taomillarni, hamda mutaxassislar tomonidan ishlangan maxsus dasturlarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qoʻlda foydalanadigan va kompyuter vositalari MKQI muhitiga taʼsir etuvchi umumiy boshqaruv vositalari va amaliy dasturlar, xususan, buxgalteriya hisobi dasturlari boshqaruvining maxsus vositalaridan tashkil topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MKQI BOShQARUVINING UMUMIY VOSITALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. MKQI umumiy boshqaruv vositalarining maqsadi MKQI tizimi ustidan nazorat chegaralarini oʻrnatish va ichki nazorat maqsadlariga erishilganligiga maqbul darajadagi ishonchni taʼminlashdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Boshqaruvning umumiy vositalari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) boshqaruv funksiyalariga nisbatan kafolatlar va tartib-taomillar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) amaliy dastur tizimlarini ishlab chiqish va uni toʻgʻri ishlashini taʼminlash uchun mutaxassis tomonidan kuzatib borilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yangi yoki qayta koʻrib chiqilgan tizimlarni testdan oʻtkazish, qayta tashkil qilish, realizatsiya qilish va hujjatlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) amaliy dastur tizimidagi oʻzgarishlar –hujjatlardan foydalanishga ruxsat berish, uchinchi shaxslarning dasturga kirishini cheklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) MKQI tizimi tomonidan faqat shunday foydalanishga moʻljallangan harakatlarni bajarish, shuningdek, ulardagi xatolarni topish va toʻgʻrilash kafolatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) faqat maxsus vakil qilingan xodimlarning operatsiyalarga kirishining cheklanganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MKQI BOShQARUVINING IChKI VOSITALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. MKQI boshqaruvi ichki vositalarining maqsadi, faqat ruxsat berilgan harakatlar va ularni roʻyxatga olish nuqtai-nazaridan amaliy dasturlarni boshqarishning oʻziga xos tartib-taomillarini, shuningdek ularning oʻz vaqtida va toʻliqligini belgilashdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. MKQI boshqaruvining ichki vositalari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23.1. Ishga tushirish nazorati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) operatsiyalarning, kompyuter ularni amalga oshirishidan oldin tekshirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) operatsiyalarning mashina oʻqiydigan shaklga oʻtkazilganligi va kompyuterlarning maʼlumot fayllariga yozilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) operatsiyalarning yoʻqotilmaganligi, qoʻshilmaganligi, nusxasi koʻchirilmaganligi va oʻzgartirilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) notoʻgʻri operatsiyalar bartaraf etilganligi, oʻz vaqtida toʻgʻrilanganligi, qayta tasdiqlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23.2. Kompyuterning maʼlumot fayllari va kompyuter ishi ustidan nazorat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) operatsiyalar kompyuter tomonidan toʻgʻri bajarilayotganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) operatsiyalar yoʻqotilmaganligi, qoʻshilmaganligi, nusxasi koʻchirilmaganligi va oʻzgartirilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xatolar oʻz vaqtida toʻgʻrilanganligi va bartaraf etilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23.3. Axborotlarning chiqarilishi ustidan nazorat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bajarish natijalarining aniqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) axborotning chiqishida undan begona shaxslarning foydalanishi cheklanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) axborotlar uni olish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan tegishli shaxsga oʻz vaqtida berilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kompyuterga oid asosiy suiisteʼmolliklar quyidagi sharoitlar mavjud boʻlganda yuz berishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kompyuterga yoki terminalga bevosita kirishning ochiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) maʼlumot fayllarining ochiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) vositalardan shaxsiy maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tizimdagi axborotlarning ochiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) kompyuter dasturlariga kirishning ochiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KUChGA KIRISh SANASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Standart 2000-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 11-son)