1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Moliyalashtirish manbasi | Masʼul ijrochilar |
1. | Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan Toshkent shahridagi asosiy bayram tadbiriga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman (shahar)lar, mahallalar, qishloq va ovullarda, vazirlik va idoralar tizimida bayram tadbirlariga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish. | Respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. | Yurtimizning tinchligi va chegaralar daxlsizligini taʼminlashga xizmat qiluvchi mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi islohotlarni koʻcha yurishlari, filmlar, reportajlar, ruhlantiruvchi roliklar, koʻrgazmali chiqishlar orqali namoyish etishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqish va amalga oshirish. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari | Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
3. | Taʼlim muassasalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqish va amalga oshirish: maktabgacha taʼlim muassasalarida bayroq va gerbni chizish, madhiya kuylash, Vatanni ardoqlash ruhidagi multiplikatsion asarlar namoyishini tashkil etish; umumtaʼlim maktablari va oliy oʻquv yurtlarida Yangi Oʻzbekistonning Uchinchi renesans yaratuvchilari qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi ilmiy-ommabop, sport, novatorlik hamda volontyorlik loyihalarini tashkil etish; oʻquvchilarning yozgi taʼtilini mazmunli tashkil etish boʻyicha dasturlarda mustaqillikka bagʻishlangan viktorinalar, koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalarini tashkil etish, vatanparvarlik gʻoyalarini tarannum etuvchi konsert dasturlari va badiiy kechalar uyushtirish. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi |
4. | Markaziy koʻchalar, xiyobonlar, istirohat bogʻlari, bozorlar, yirik savdo markazlari, mahallalar, shuningdek, vazirliklar, idoralar va ularning hududiy tuzilmalari binolarini Mustaqillik bayrami shukuhi, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tarannum etuvchi tasviriy targʻibot vositalari va milliy bezaklar bilan bezatish. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, homiylik xayriyalari | “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
5. | Temir yoʻl vokzallari, aeroportlar, shaharlararo harakatlanuvchi avtobuslar va jamoat transportlarini “35 yillik sharafli yoʻl” gʻoyasi ostida mustaqillikni tarannum etuvchi milliy va zamonaviy bezaklar bilan bezash. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Transport vazirligi, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ, “Temiryoʻlekspress” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Toshkent metropoliteni” DUK |
6. | Hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “35 yilga — 35 koʻchat” aksiyasini tashkil etish. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
7. | Mustaqillik va suverenitet gʻoyalarini, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi “Vatan fidoyilari” monumentining eskiz loyihasini tayyorlash. | Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari | Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
8. | Vatanparvarlik ruhidagi yoshlarbop “Vatan” qoʻshiqlar toʻplamini yaratish. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi |
9. | Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillari, ijtimoiy koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ezgulik karvoni” xayriya aksiyasini oʻtkazish. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi |
10. | Har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning natijalari va erishilgan yutuqlarga bagʻishlangan “Mustaqillik zafarnomasi” maxsus kitob-albomini tayyorlash. | Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti tadqiqotlari instituti, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi |
11. | Toshkent shahrida “Mustaqil Oʻzbekiston — 35 yillik taraqqiyot yoʻli: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi |
12. | Hududlarda arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil etish. | Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari va homiylik xayriyalari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
13. | “Mustaqillikning 35 yilligi” oltin esdalik tangasini zarb etish. | Budjetdan ajratilgan mablagʻlar | Markaziy bank |
14. | Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari orqali abonentlarga “Mustaqillikning 35 yilligi muborak boʻlsin!” matnli SMS-tabriklar joʻnatish. | Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
15. | Yangi tashkil etilgan mahallalardan biriga hamda temir yoʻl stansiyalaridan biriga “Mustaqillikning 35 yilligi” nomini berish boʻyicha taklif tayyorlash. | - | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Transport vazirligi |
16. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Mustaqillik toʻyi” (festivali) tadbirlarini oʻtkazish. | Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari va homiylik mablagʻlari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
17. | “Ayol qadri ulugʻlangan yurt” shiori ostida hududlarda bayram festivallarini tashkil etish. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
18. | “Mustaqillikning 35 yillik shukuhi” mavzusida ijodkor ayollar bayram kechalarini tashkil etish. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
19. | Xorijdagi vatandoshlar va oʻzbek diasporasi vakillari ishtirokida “Mustaqil Oʻzbekiston — gʻururim, iftixorim” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik xayriyalari | Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita, “Vatandoshlar” jamoat fondi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Tashqi ishlar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi |
20. | Haftaning shanba va yakshanba kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi istirohat bogʻlarida umummilliy xalq sayillarini oʻtkazish. | Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita |
21. | Hududlar, ayniqsa, mahallalarda sportning turli yoʻnalishlari va milliy xalq oʻyinlari boʻyicha “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalarini oʻtkazish. | Budjetdan tashqari mablagʻlar va homiylik xayriyalari | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
22. | Respublikaning taniqli ijodkorlari ishtirokida vatanga muhabbatni tarannum etuvchi “Soʻz” madaniy-maʼrifiy loyihasini amalga oshirish. | Budjetdan tashqari mablagʻlar va homiylik xayriyalari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi |
23. | “Adabiy doʻstlik — abadiy doʻstlik” shiori ostida yurtimizda istiqomat qiluvchi turli millat ijodkorlari ishtirokida “Doʻrmon bahori” anʼanaviy xalqaro adabiy forumini oʻtkazish. | Budjetdan tashqari mablagʻlar va homiylik xayriyalari | Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita |
24. | Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz besh yilligiga bagʻishlab: “Yangi Oʻzbekiston taronasi” nomli nazm va navo kechalari; “Bir Vatan — turli millat ohangida” nomli eng yaxshi qoʻshiqlar tanlovi; “Sharafli yoʻl” mavzusida yosh jurnalistlar va blogerlar oʻrtasida ijodiy videoroliklar tanlovi; #MustaqilOʻzbekiston xeshtegi ostida qisqa metrajli filmlar va videokontentlar tanlovini oʻtkazish. | Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, Jurnalistlar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiya agentligi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita |
25. | Milliy filmlar orqali aholida shukronalik kayfiyatini oshirish va vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish maqsadida hududlarda “Mustaqillik kinokarvoni” tadbirlarini oʻtkazish. | Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kinematografiya agentligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi |
26. | Aholi gavjum maskanlar va jamoat joylarida “Vatan simfoniyasi” fleshmoblarini oʻtkazish. | Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
27. | Tashkilotlar, idoralar va taʼlim muassasalarida “Mustaqillik soati” oʻquvlarini tashkil etish. | Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
28. | Respublikadagi barcha teatrlarda shukronalik va vatanparvarlik ruhini beruvchi eng yaxshi spektakllar namoyishini tashkil etish. | Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
29. | Mustaqillikni tarannum etuvchi milliy kontentlar tayyorlash va media platformalarga joylashtirish. | Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar | OAV uchun kontent tayyorlash markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, vazirlik va idoralar |
30. | “35 yillik mustaqillik yilnomasi” ruknida mustaqilligimizning tarixiy bosqichlari, erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlarini yorituvchi turkum hujjatli filmlar, koʻrsatuvlar tayyorlash va telekanallarda namoyish etish. | Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar | Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi |
31. | Fuqarolarning xonadonlari, oilaviy bayramlar oʻtkaziladigan joylari, mahallalar, tadbirkorlik subyektlari binolari va ularga tutash boʻlgan hududlarni davlat bayrogʻi bilan bezashni targʻib etish va shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrish. | Mablagʻ talab etilmaydi | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Savdo-sanoat palatasi |
3-ILOVA
1. | A. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi |
2. | G. Umerova | — | Prezident Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari |
3. | X. Sultonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri |
4. | R. Davletov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi |
5. | Z. Maxkamova | — | Bosh vazir oʻrinbosari |
6. | O. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari |
7. | Sh. Umurzakov | — | Toshkent shahar hokimi |
8. | B. Kurbanov | — | Davlat xavfsizlik xizmati raisi |
9. | N. Yoʻldoshev | — | Bosh prokuror |
10. | A. Tashkulov | — | adliya vaziri |
11. | E. Karimova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
12. | K. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
13. | A. Ikramov | — | sport vaziri |
14. | B. Zaxidov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
15. | A. Xudayarov | — | sogʻliqni saqlash vaziri |
16. | Sh. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
17. | B. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
18. | Sh. Xalmuxamedov | — | mudofaa vaziri |
19. | A. Tashpulatov | — | ichki ishlar vaziri |
20. | A. Ikramov | — | favqulodda vaziyatlar vaziri |
21. | B. Tashmatov | — | Milliy gvardiya qoʻmondoni |
22. | I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
23. | K. Kuranbayev | — | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi |
24. | Q. Rafiqov | — | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi |
25. | Sh. Ayupov | — | Fanlar akademiyasi prezidenti |
26. | Q. Sariyev | — | Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita raisi |
27. | S. Toshboyev | — | Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi |
28. | A. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
29. | A. Djurabayev | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
30. | A. Koʻchimov | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
31. | A. Nuridinov | — | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
32. | O. Hasanov | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
33. | S. Saidov | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
34. | S. Turdiyev | — | Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi |
35. | Sh. Rizayev | — | Kinematografiya agentligi bosh direktori v.b. |
36. | R. Abdullayev | — | Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi |
37. | O. Tojiyev | — | Oʻzbekiston milliy media birlashmasi raisi |
38. | Sh. Oripov | — | Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. |
39. | N. Xoliqnazarov | — | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi |
40. | B. Xasanov | — | “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi |
41. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari |
42. | B. Sayomov | — | Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi |
43. | S. Bobojonov | — | Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi |
44. | F. Qosimov | — | Vazirlar Mahkamasi departament mudiri, Respublika komissiyasi kotibi |