30.03.2026 yildagi 123-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.03.2026 yildagi 123-son
Date of entry into force
31.03.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida olib borilayotgan islohotlarni samarali tashkil etish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga muvofiq Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilgani va uning tarkibi tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari hamda huquqlari va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish, qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini taʼminlash tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublika komissiyasining ishchi organi etib Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi ishchi organi quyidagi takliflarni Respublika komissiyasiga kiritib borsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va tashqi bozor konyunkturasini chuqur oʻrganish va tahlil qilish asosida mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari, jumladan, import oʻrnini bosuvchi mahalliy mahsulot turlarini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlashning istiqbollarini belgilash;

oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublika komissiyasi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash, oziq-ovqat balansidagi importga bogʻlangan yoki yetishmovchilik xavfi mavjud boʻlgan mahsulotlarni yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha takliflarni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 30-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 123-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika komissiyasi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash, oziq-ovqat balansidagi importga bogʻlangan yoki yetishmovchilik xavfi mavjud boʻlgan mahsulotlarni yetishtirishni koʻpaytirish, ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan yer uchastkalarida ekin joylashtirish ulushlariga (foizlar) hududlar ixtisosligidan kelib chiqib oʻzgartirish boʻyicha takliflarni ishlab chiquvchi hamda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlashning istiqbollarini belgilovchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublika komissiyasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublika komissiyasi oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Respublika komissiyasining qarorlari uning majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi majlisi bayonnomasiga uning aʼzolari tomonidan viza qoʻyiladi hamda majlis bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kuyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash, oziq-ovqat balansidagi importga bogʻlangan yoki yetishmovchilik xavfi mavjud boʻlgan mahsulotlarni yetishtirishni koʻpaytirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan yer uchastkalarida ekin joylashtirish ulushlariga (foizlar) hududlar ixtisosligidan kelib chiqib oʻzgartirish kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish va uning samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi yil uchun shakllantirilgan oziq-ovqat mahsulotlari balansining prognozlari va Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirish yuzasidan maʼlumotlar tahlili natijalarini koʻrib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlari turlariga boʻlgan talabdan va narxlar konyunkturasidan kelib chiqqan holda mahsulotlarning doimiy intervensiyasini yoʻlga qoʻyish va mavsumiy zaxira qilishda bozor tamoyiliga asoslangan narxlarni barqarorlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Respublika komissiyasi oʻziga yuklangan asosiy vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turlariga muvofiq yer maydonlarida ekinlarning joylashtirish ulushlariga hududlar ixtisosligidan kelib chiqqan holda, muayyan tuman boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-oktabrga qadar kelgusi yil uchun shakllantirilgan oziq-ovqat mahsulotlari balansining prognozlari va Agroportalda ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirish yuzasidan maʼlumotlar shakllantirilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirish yuzasidan maʼlumotlarni tahlil qilish orqali ekinlar turlarining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi ulushini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirish rejasi bilan oziq-ovqat mahsulotlari balansidagi ehtiyoj oʻrtasidagi muvofiqlikni aniqlaydi, agar nomuvofiqliklar aniqlansa, tezkor choralar koʻrish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha mutasaddi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalarga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Respublika komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Respublika komissiyasining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Respublika komissiyasi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisidagi takliflarni puxta ishlab chiqish uchun respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega boʻlgan boshqa shaxslarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlardan oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turiga muvofiq yer maydonlarida ekinlarning joylashtirish ulushlariga hududlar ixtisosligidan kelib chiqqan holda oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlashda sustkashlikka va masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga nisbatan tegishli choralar koʻrish boʻyicha takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Respublika komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelganda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tezkor chora-tadbirlarni koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha dasturlar amalga oshirilishini tashkil etishi va nazorat qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan boshqa vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish va qarorlarni qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Respublika komissiyasining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organi) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Respublika komissiyasi raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda majlislarida raislik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi aʼzolarining vazifalarini belgilaydi va ularga yuklangan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi majlislari kun tartibini va chaqirilishini belgilash boʻyicha qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni tashkil etadi, har chorakda muhokamasini oʻtkazib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat koʻra Respublika komissiyasi ishida ishtirok etish uchun uning tarkibiga kirmaydigan mansabdor shaxslar va boshqa shaxslarni taklif qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi raisi oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Respublika komissiyasi aʼzolari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasiga ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash, oziq-ovqat balansidagi importga bogʻlangan yoki yetishmovchilik xavfi mavjud boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni koʻpaytirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi muhokama qiladigan masalalar boʻyicha xulosalarni Respublika komissiyasi raisiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va tegishli davr mobaynida asosiy ish joyidagi ular uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha shart-sharoitlar saqlab qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishchi organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etishda quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi ish rejasi loyihasini tayyorlaydi va navbatdagi majlisga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, bunda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar va Respublika komissiyasi aʼzolaridan zarur maʼlumot va xulosalarni olish huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishda mutasaddi vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh tashkil etadi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi majlisi oʻtkazilishini, jumladan, majlisning kun tartibini, oʻtkaziladigan vaqti va joyini, shuningdek, taklif etiladiganlarning soni va tarkibini Respublika komissiyasi raisi bilan kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi aʼzolarini va taklif etilganlarni majlis oʻtkaziladigan sana, vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi qarorlarining bajarilishi boʻyicha monitoring yuritadi va uning natijalarini Respublika komissiyasi raisiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi majlisi qarorlari bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan majlis bayonnomasini Respublika komissiyasi aʼzolariga hamda zaruratga koʻra, boshqa mutasaddi tashkilotlarga yetkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mutasaddi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va tashqi bozor konyunkturasini chuqur oʻrganish va tahlil qilish asosida mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmlari, jumladan, import oʻrnini bosuvchi mahalliy mahsulot turlarini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlashning istiqbollarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini koʻpaytirish, mahalliy korxonalarga ilgʻor xorijiy amaliyot va standartlarni tatbiq etish hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi hamda Respublika komissiyasiga kiritib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Respublika komissiyasi har chorakda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Respublika komissiyasi oʻz ishini tasdiqlagan rejalar asosida tashkil qiladi va majlislarni, zaruratga koʻra, har ikki oyda kamida bir marotaba oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi raisi navbatdan tashqari majlislar chaqirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Respublika komissiyasi majlisi uning raisi, rais boʻlmagan taqdirda, uning oʻrinbosarlari tomonidan olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi majlisi oʻz aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Respublika komissiyasi majlisida koʻrib chiqiladigan masalalarning mohiyatiga qarab, majlisga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlash respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Respublika komissiyasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tugatiladi yoki qayta tuziladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2026-y., 09/26/123/0295-son)