04.03.2026 yildagi O‘RQ-1119-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 04.03.2026 yildagi O‘RQ-1119-son
Date of entry into force
05.03.2026
Hujjat 05.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 8-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 4-sentabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish yuzasidan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga sud hujjatlarini ijro etishda muddati oʻtgan qarzdorlikni undirish mexanizmlarini takomillashtirish, auksionda sotilmagan mol-mulkni kreditorlarga oʻtkazishdagi muammolarni bartaraf etish, kreditorlar huquqlarining ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 56-moddasiga mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi idoralar tomonidan mol-mulkka nisbatan qoʻyilgan taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinishini, davlat ijrochisining qarori unda koʻrsatilgan shaxsga mol-mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga qoʻyish) uchun asos boʻlishini, mol-mulk boʻyicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi boʻlgan qarzdor zimmasida qolishini, shuningdek bundan undiruvchi mazkur majburiyatlarni bajarishni ixtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga olgan hollar mustasno ekanligini belgilovchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 56-moddasiga qoʻshimcha kiritilib, unga muvofiq koʻchmas mulkka qoʻyilgan taqiq davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undiruvchiga topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi asosida qabul qilingan qaroriga muvofiq olib tashlanishi belgilanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun kreditorlarning garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan huquqlari ustuvorligini taʼminlashga, mol-mulkka nisbatan qoʻyilgan taʼminlovchi choralar davlat ijrochisining qarorlari asosida bekor qilinishini joriy etishga, shuningdek kredit tashkilotlarining kredit portfelidagi muammoli aktivlar ulushini kamaytirishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 8, 827-modda, № 10, 1073-modda; 2025-yil, № 4, 522-modda, № 6, 729-modda) 56-moddasining toʻqqizinchi qismi kuyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish haqidagi taklifga rozilik bersa, mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi idoralar tomonidan mol-mulkka nisbatan qoʻyilgan taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinadi, davlat ijrochisining qarori unda koʻrsatilgan shaxsga mol-mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga qoʻyish) uchun asos boʻladi. Bunda mol-mulk boʻyicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi boʻlgan qarzdor zimmasida qoladi, bundan undiruvchi mazkur majburiyatlarni bajarishni ixtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga olgan hollar mustasno”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-803-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 11, 1064-modda; 2024-yil, № 10, 1072-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda) 56-moddasi kuyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollardan tashqari, koʻchmas mulkka qoʻyilgan taqiq davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undiruvchiga topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi asosida qabul qilingan qaroriga muvofiq olib tashlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 4-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-1119-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2026-y., 03/26/1119/0199-son)