25.02.2026 yildagi PQ-74-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.02.2026 yildagi PQ-74-son
Date of entry into force
27.02.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarida ilgʻor xorijiy tajriba asosida korporativ boshqaruv tizimini hamda ularning faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, bozor mexanizmlariga oʻtishni jadallashtirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Maqsadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarida (keyingi oʻrinlarda — jamiyatlar) korporativ boshqaruv madaniyatini rivojlantirish, uning zamonaviy usullarini qoʻllash, jamiyatlar kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil aʼzolar ulushini 50 foizga yetkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2026-yil yakuniga qadar “Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida ommaviy taklifini oʻtkazish;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) jamiyatlar boshqaruviga xalqaro tanlov asosida chet ellik soha mutaxassislarini, shu jumladan, vatandoshlarni faol jalb qilish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, mahsulot va xizmatlar tannarxini kamaytirish orqali raqobatbardoshligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Jamiyatlar faoliyati samaradorligini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Jamgʻarmaning quyidagi takliflari maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) jamiyatlar kuzatuv kengashlari tarkibiga Jamgʻarmaning ishonchli boshqaruvchisi “Franklin Templeton Asset Management” MCHJ xorijiy korxonasi vakillarini kiritish va mustaqil aʼzolar sonini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) bir oy muddatda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va “Oʻzbekinvest” AJ ustav kapitalidagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli davlat aksiyalar paketlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 2026-yil 1-aprelga qadar “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ ustav kapitalidagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli boʻlgan 60 foiz aksiyalar paketini nominal qiymatda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) “Navoiyazot” AJ va AT “Xalq banki” ustav kapitallaridagi Jamgʻarmaga tegishli aksiyalar paketlarini Jamgʻarmaga berilgan qiymatda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli “Oʻzbektelekom” AJ ustav kapitalidagi 5 foiz hamda “Oʻzbekinvest” AJ ustav kapitalidagi 10 foiz ulushni Jamgʻarmaga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) bir oy muddatda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ustav kapitalidagi 10 foiz ulushni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga nominal qiymatda oʻtkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Jamgʻarma ustav kapitaliga oʻtkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) “Oʻzmilliybank” AJ ustav kapitalidagi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli aksiyalar paketini Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga mazkur bandning “j” kichik bandida keltirilgan aksiyalar ulushiga teng miqdorda nominal qiymatda oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil yakuniga qadar shakllangan taqsimlanmagan sof foydasini Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan kelishilgan holda bank ustav kapitaliga aksiyadorlar ulushlariga mutanosib ravishda yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) bir oy muddatda “Smart Integrity Me” MCHJ ishonchli boshqaruvida boʻlgan “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ ustav kapitalidagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli davlat aksiyalar paketini nominal qiymatda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga uning ustav kapitalini oshirish hisobiga oʻtkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) davlat-xususiy sheriklik asosida Samarqand viloyati hududiy elektr tarmoqlariga xususiy sektorni jalb qilish tajribasidan kelib chiqib, 2 ta viloyat hududiy elektr tarmoqlariga xususiy sheriklarni jalb qilish, qolgan viloyatlar boʻyicha loyihalarni ikki yil muddatga toʻxtatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Istisno tariqasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Jamgʻarmaga aksiyalar paketi (ulushi) xalqaro va mahalliy bozorlarda ommaviy savdolarga chiqariladigan “Oʻzbekinvest” AJni xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga ruxsat berilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PQ-289-son qarori 4-bandida va mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan qimmatli qogʻozlarni qabul qilish natijasida shakllanadigan Jamgʻarma daromadlari yuridik shaxslarning foyda soligʻidan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, Jamgʻarmaning ulushi bor boʻlgan jamiyatlar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) hisoblanadigan dividendlarni jamiyatlar ixtiyorida qoldirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) iqtisodiyotdagi oʻrni va ulushi, moliyaviy natijalari, biznes-reja koʻrsatkichlari bajarilishi va boshqa muhim axborotlarni oʻz ichiga oluvchi maʼlumotlar Jamgʻarma bilan kelishilgandan soʻng Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) aktivlarni tasarruf etish Jamgʻarma bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) transformatsiya, aksiyalarni fond bozorlarida birlamchi ommaviy taklifini (IPO) oʻtkazish jarayonlari doirasida “Franklin Templeton Asset Management” MCHJ bilan birgalikda eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan tanlab olinadigan konsultantlar bilan shartnomalar tuziladi va bu shartnomalar doirasida ishlab chiqiladigan texnik topshiriqlarga ularni “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK bilan kelishish tartibi tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligining Jamgʻarma aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi ommaviy taklifini (IPO) oʻtkazish jarayonlarini amalga oshirishda huquqiy konsultantlar sifatida “Cleary Gottlieb Steen & Hamilton LLP” va “Kosta Legal” korxonalarini jalb qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Transport vazirligining “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan foydalanishga topshirilgan Qoʻqon, Zomin va “Toshkent-Humo” aeroportlarini qurish bilan bogʻliq xarajatlarni 2026 — 2028-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hisobidan qoplab berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamgʻarmaning ishonchli boshqaruvchisi “Franklin Templeton Asset Management” MCHJ bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar Jamgʻarmaning ulushi mavjud boʻlgan jamiyatlarning rahbari, ularning moliya, transformatsiya va xususiylashtirish boʻyicha oʻrinbosarlari zamon talablariga javob berishi nuqtai nazaridan oʻrganish oʻtkazib, zarur hollarda, mazkur lavozimlarga tanlov asosida aniqlangan nomzodlarni taklif etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Elektr energiyasini uzatish tizimi, taqsimlash operatorlari hamda umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti infratuzilmasi operatorini ularning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ellik bir foizdan kam boʻlmagan aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etishga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”, “Elektr energetikasi toʻgʻrisida” va “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi qonunlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qaror ijrosini muhokama qilib borish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 25-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-74-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-fevraldagi PQ-74-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-165-son Farmoni 6-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi “jamiyatlarida” soʻzidan keyin “(“Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-4426-son qarori 6-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“korxona rahbarining axborot texnologiyalari va sunʼiy intellektni joriy etish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini kiritish hamda mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalarini boshqaruv raisining amaldagi ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosariga (tegishliligi boʻyicha Bosh muhandisga) yuklatish va ularning faoliyati samaradorligi va natijadorligining asosiy koʻrsatkichlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlar sotib olish boʻyicha import shartnomalari (ularga qoʻshimcha shartnomalar) va ularning texnik talablarini korxona rahbarining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari (tegishliligi boʻyicha Bosh muhandis) bilan kelishish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-303-son qaroriga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi oʻtkaziladigan korxona va tijorat banklarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Nomlanishi

Oʻtkaziladigan ulush,

(foizda)

1.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

40

2.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

25

3.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

40

4.

“Oʻzbektelekom” AJ

30

5.

“Uzbekistan airways” AJ

25

6.

“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ

40

7.

“Hududgaztaʼminot” AJ

40

8.

“Toshshahartransxizmat” AJ

25

9.

“Oʻzbekiston MET” AJ

40

10.

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

40

11.

“Oʻzbekinvest” AJ

40

12.

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

40

13.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

40

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2026-y., 07/26/74/0175-son)