20.02.2026 yildagi 73-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.02.2026 yildagi 73-son
Date of entry into force
23.02.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Nodavlat sud-ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoni hamda “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari notijorat tashkilot sifatida faoliyat koʻrsatishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud ekspertlariga yakka tartibda sud-ekspertlik byurosi shaklida faoliyat yuritish huquqi berilgani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud ekspertlarining kasbiy va amaliy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda ularning noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlarning adolatli va xolis koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malaka komissiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga muvofiq sud eksperti sifatida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan sud ekspertlarining kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikatni olgan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yagona reyestrga kiritilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash, nodavlat sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish hamda ularni qoʻshimcha ekspertiza turlari boʻyicha qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan maʼmuriy reglamentlar boʻyicha davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlarini koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 20-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 73-son qaroriga
1-ILOVA

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalar nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari shartnoma asosida fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy sud ishlari va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud ekspertizasini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan notijorat tashkilot hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish uchun taʼsis etilgan, shtatida bir xil yoki turli xil sud ekspertizasi yoʻnalishi boʻyicha sud ekspertlari (sud eksperti) boʻlgan hamda yuridik shaxs shaklida boʻlgan tashkilotdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari sifatida faqat sud eksperti faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti faqat bitta nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud-ekspertlik faoliyatini yakka tartibda amalga oshirish uchun sud-ekspertlik byurosi shaklida tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertizasini oʻtkazishda davlat sud-ekspertiza muassasalari kabi funksiyalarni amalga oshiradi, ular kabi huquqqa ega boʻladi, majburiyatlarni bajaradi va javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining firma nomida ularning nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, shu jumladan, sud-ekspertlik byurosi ekanligi koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan sud ekspertizasini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishiga ruxsat berilgan sud ekspertizalari turlarining roʻyxatida koʻrsatilgan sud ekspertizalarini oʻtkazishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertizasini oʻtkazishda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari ekspertiza tayinlovchi organlar bilan elektron hujjatlar almashinuvini taʼminlashga moʻljallangan “E-ekspertiza” elektron axborot tizimidan nodavlat sud ekspertlarini foydalanishi uchun tegishli sharoitlar yaratilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida ruxsat etilgan sud ekspertizasi turlari boʻyicha shartnomaga muvofiq tadqiqotlar oʻtkazishi mumkin. Tadqiqot natijalari boʻyicha ekspert fikri beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari oʻzining mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoxud uni tasarruf etish huquqi asosidagi binoga, tegishli sud ekspertizasini xavfsiz oʻtkazish imkonini beradigan va standartlar talablariga mos boʻlgan hamda har bir ekspertiza turida foydalanishga doir jihozlarga qoʻyiladigan minimal talablarda koʻrsatilgan moddiy-texnik bazaga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari zarur uskunaga ega boʻlmagan taqdirda, shunday uskunaga ega boʻlgan davlat sud-ekspertiza muassasalari bilan haq evaziga shartnoma asosida foydalanishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan sud-ekspertlik faoliyatini turar joyda amalga oshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida sud ekspertizasi shartnomaga muvofiq pulli asosda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari oʻtkazadigan sud ekspertizasi narxlari ular tomonidan mustaqil tasdiqlanadigan preyskurant asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan sud ekspertizalari oʻtkazilgani uchun toʻlov sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻlanadi. Ekspertizani oʻtkazish boʻyicha shartnomaga koʻra toʻlov amalga oshirilmagani tekshirish obyektlari va ish materiallarini ekspertiza oʻtkazmasdan qaytarish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sud ekspertizasini tayinlagan organ nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan sud ekspertizasi xulosasiga qoʻshilmagan taqdirda, qayta sud ekspertizasini faqat davlat sud-ekspertiza muassasasi oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari respublikaning barcha hududlaridan, shuningdek, xorijiy mamlakatlardan olingan buyurtmalar asosida sud ekspertizasi va tadqiqotini oʻtkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertizasini oʻtkazishda tegishli davlat sud-ekspertiza muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan maʼqullangan ilmiy-metodik qoʻllanmalarga, shuningdek, mustaqil tarzda ishlab chiqilgan va davlat sud-ekspertiza muassasalarida sinovdan oʻtgan metodikalarga rioya qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sud eksperti lavozimdan boʻshatilganda, vafot etganda yoki belgilangan tartibda qasddan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilganda yoxud qonunchilik hujjatlariga muvofiq sud ekspertizasini oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi boshqa holatlar yuzaga kelganda, uning yurituvida boʻlgan sud-ekspertiza ishi nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari tomonidan boshqa malakali sud ekspertiga topshirilishi mumkin. Bu toʻgʻrisida sud ekspertizasini tayinlagan organga darhol xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud-ekspertiza ishini boshqa malakali sud ekspertiga topshirish imkoniyati boʻlmaganda, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari uch ish kunida tekshirish obyektlari va ish materiallarini sud ekspertizasini tayinlagan organga qaytaradi. Bunda nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti amalga oshirilgan toʻlovni shartnomaga muvofiq qaytarib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) bilan kelishmasdan boshqa shaxslarni ekspertiza oʻtkazish uchun jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari rahbar yordamchisi, shuningdek, sud-ekspertlik faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa xodimlarga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari davlat ekspertiza muassasalarida asosiy yoki oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar sud eksperti lavozimini egallashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlangani olib tashlanmagan shaxs sud eksperti sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari rahbari va sud ekspertlari har ikki yilda malakasi va huquqiy bilimlarini oshirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud eksperti tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda sud eksperti sertifikatini olmasdan turib yoki har ikki yilda malakasi va huquqiy bilimini oshirmasdan sud ekspertizasi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sud eksperti sertifikatini olgandan keyin uzluksiz ravishda besh yil davomida oʻz ixtisosligi boʻyicha sud-ekspertlik faoliyatini yuritmagan shaxs faqat qayta tayyorlash kurslaridan takroran muvaffaqiyatli oʻtgandan keyin sud ekspertizasini oʻtkazishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 73-son qaroriga
2-ILOVA

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI

1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatadigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini notijorat tashkilot sifatida hamda yuridik shaxs shaklida davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim) orqali davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining firma nomida uning nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, shu jumladan, sud-ekspertlik faoliyatini yakka tartibda amalga oshirish uchun tashkil etilgan sud-ekspertlik byurosi ekanligi koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari muassisi yoki uning vakili (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi hamda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ariza beruvchi nodavlat sud-ekspertiza tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ariza beruvchi soʻrovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda toʻxtatish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ariza beruvchi tomonidan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining nomi lotin alifbosida tanlanadi va uning boshqa yuridik shaxslarning nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshashligi YIDXP orqali Tizim tomonidan avtomatik tarzda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotini tashkil etish, ularning muassislari haqidagi, ularning ustavlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan taʼsis yigʻilishining davlat tilidagi bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis shartnomasi va ustav, sud-ekspertlik byurosi uchun faqat ustav;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti boʻlinganda yoki uning tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanda, qayta tashkil qilinayotgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar boʻyicha, shu jumladan, taraflar oʻrtasidagi daʼvolashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni oʻz ichiga olgan taqsimlash balansi. Bunda taʼsis shartnomasi va (yoki) ustav qabul qilingani toʻgʻrisidagi taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) bayoni nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti muassislari tomonidan YIDXP orqali elektron ravishda ham tasdiqlanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir sud-ekspertiza turlari boʻyicha ularni moddiy-texnik baza bilan jihozlashga qoʻyiladigan minimal talablar asosida jihozlanish rejasi (xarid qilinadigan yoki foydalanishi yoʻlga qoʻyiladigan uskunalar roʻyxati).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab 4 ish kuni davomida ularning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi jihatidan koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish haqida yoki mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan holatlar mavjud boʻlganda davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agar taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlsa, Markaz xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish orqali davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini Tizim vositasida avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilgani haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis hujjatlarini ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun va taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan taʼsis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir sud-ekspertiza turlari boʻyicha ularni moddiy-texnik baza bilan jihozlashga qoʻyiladigan minimal talablar asosida jihozlanish rejasi (xarid qilinadigan yoki foydalanishi yoʻlga qoʻyiladigan uskunalar roʻyxati) mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan taʼsis hujjatlarida (nizomlarda) haqiqiy boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda, Markaz xodimi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilingani toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi bu haqida xabarnomani olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari mazkur bobda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatdan keyin berilgan soʻrovnomalar yangi berilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari qayta tashkil etilganda yoxud taʼsis hujjatlariga boshqacha tarzda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining aʼzolari tarkibida oʻzgarishlar yuz berganda, ular oʻn kun muddatda Markazga qayta roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar taʼsis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish orqali kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, ularni qayta tashkil etish boʻyicha murojaatlar ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari pochta manzili va rahbari oʻzgargan taqdirda, bu haqida Markazni oʻn kundan kechiktirmay oʻzining YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining pochta manzili va rahbari oʻzgargani haqida xabarnoma olgan vaqtdan boshlab bir ish soati ichida Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va bu toʻgʻrisida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ariza beruvchi Markazga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, aniqligi, buzib koʻrsatilgani, shuningdek, taʼsis hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Markaz

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlganda, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazadi.

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga nomuvofiq boʻlganda davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad qiladi va bu haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.

Soʻrovnoma kelib tushgach,

4 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Ariza beruvchi

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish rad etilgan taqdirda, tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda qayta murojaat qiladi.

Xabarnoma olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Markaz

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilgani haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis hujjatlarini ariza beruvchining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng real vaqt rejimida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.O.:

2. JSHSHIR:

3. Ariza beruvchining nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga aloqadorligi:

II. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining nomi (toʻliq va qisqartirilgan (mavjud boʻlsa)):

2. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining tashkiliy shakli:

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari

Sud-ekspertlik byurosi

3. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining pochta manzili:

4. Bogʻlanish uchun telefon raqami:

5. Elektron pochta manzili, veb-sayti manzili (agar mavjud boʻlsa):

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Davlat tilidagi taʼsis yigʻilishining bayoni.

2. Davlat tilidagi taʼsis shartnomasi va ustav, sud-ekspertlik byurosi uchun faqat ustav.

3. nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti boʻlinganda yoki uning tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida, qayta tashkil qilinayotgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar boʻyicha, shu jumladan, taraflar oʻrtasidagi daʼvolashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni oʻz ichiga olgan taqsimlash balansi.

4. Ariza beruvchining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat.

Izoh: soʻrovnomaga taqdim etiladigan hujjatlar asliga muvofiq PDF formatda ilova qilinadi.

Soʻrovnoma toʻldirish sababi:

yangi roʻyxatdan oʻtish

qayta roʻyxatdan oʻtish

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GUVOHNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida

GUVOHNOMA

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va raqam

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining nomi:

Tashkiliy shakli:

STIR:

Guvohnomani bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi:

________________________________________________

QR-kod

______________________________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XABARNOMA

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

_________________________________________________________________ qonunchilik hujjatlarida

(Markazning nomi)

belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20____ yil “_____” _________________dagi

______________________________________________________ (yil, kun, oy)

____________________-son soʻrovnomangizni koʻrib chiqib,

________________________________________________________ rad etilganligini maʼlum qiladi.

____________ (davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish)

Rad etish asoslari:

1.

2.

3.

Axborot tariqasida maʼlum qilinadiki, Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 14-bandiga asosan ariza beruvchi davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish asoslarini bartaraf etgan holda, 5 ish kuni mobaynida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega. Mazkur muddatdan keyin berilgan murojaatlar yangi berilgan hisoblanadi.

_________________________

_____________________

(masʼul shaxsning lavozimi)

(F.I.O)

QR-kod

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 73-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash, nodavlat sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish hamda ularni qoʻshimcha ekspertiza turlari boʻyicha qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash, nodavlat sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish hamda ularni qoʻshimcha ekspertiza turlari boʻyicha qayta tayyorlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

malaka oshirish — nodavlat sud ekspertining mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda amaliy bilimlari, koʻnikma va malakalarini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida malaka oshirish kurslarida kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud eksperti — nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida sud ekspertizasini oʻtkazuvchi sud eksperti;

tinglovchi — sud-ekspertiza sohasida qayta tayyorlash, nodavlat sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish kurslariga qabul qilingan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tayyorlash — oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida sud eksperti sifatida faoliyat yuritishi uchun zarur bilim va malakaga ega boʻlishi uchun kasbga qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy bilimini oshirish — nodavlat sud eksperti sifatida faoliyat yuritish uchun lozim boʻlgan huquqiy bilimlarni egallash va amaliyotda qoʻllay olish koʻnikmalarini shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nodavlat sud ekspertlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladigan davlat muassasalarining roʻyxatida koʻrsatilgan muassasalar (keyingi oʻrinlarda — davlat muassasalari) tomonidan ushbu roʻyxatda belgilangan ekspertiza turlari boʻyicha qayta tayyorlanadi hamda ularning malakasi oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud ekspertlarining huquqiy bilimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarining amaliy qismi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi bazasida tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat muassasalari qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni uch kun ichida yozma ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim qilingan maʼlumotda nodavlat sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi, berilgan huquqiy va malaka oshirgani boʻyicha berilgan sertifikat raqami hamda sanasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tinglovchilarni qayta tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlashning maqsadi — sud ekspertizalari muayyan turi boʻyicha nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakani shakllantirish, talabgorni nodavlat sud eksperti sifatida faoliyat yuritishga tayyorlashdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash sud ekspertlarini qayta tayyorlashga qoʻyiladigan talablar asosida tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlashning vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarni sud ekspertizasi boʻyicha mamlakatdagi va xorijiy davlatlardagi mavjud ilmiy axborot resurslari, ilmiy va oʻquv adabiyotlari bilan tanishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarda sud ekspertizalarining muayyan turi boʻyicha zamonaviy fan va texnologiyaga muvofiq boʻlgan, ilmiy asoslangan metodikalarni amalda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarni muayyan sud ekspertizasining shakllanish bosqichlari, zamonaviy sud ekspertizasining soʻnggi yutuqlari va imkoniyatlari haqida dolzarb axborot bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-ekspertlik faoliyatida zarur boʻlgan koʻnikmalarni yetarlicha shakllantirish uchun lozim boʻlgan amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarda mustaqil ravishda sud ekspertizasini oʻtkazish va sud ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan malakani shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash ixtiyoriylik asosida sud ekspertizasining muayyan turi boʻyicha kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish istagini bildirgan talabgorlar uchun tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qayta tayyorlash jarayonlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat muassasalari va nodavlat sud ekspertining ixtisosligi yuzasidan davlat sud-ekspertiza muassasalari bazasida oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy taʼlim.

8. Davlat muassasalari va nodavlat sud ekspertining ixtisosligi yuzasidan davlat sud-ekspertiza muassasalari bazasida oʻqitishda oʻquv kursi boshlangunga qadar taʼlimni tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha dastur tasdiqlanadi. Ushbu dastur sud ekspertiza qonunchiligi va sohaga oid oʻzgarishlarni inobatga olgan holda yangilanib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqilgan dasturlar asosida oʻquv rejasi va oʻquv amaliyot dasturlari ishlab chiqiladi. Bunda taʼlim jarayonining 40 (qirq) foizi nazariy, 60 (oltmish) foizi amaliy qismga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tinglovchilarga taʼlim jarayonining nazariy qismi tegishli davlat muassasasida, amaliy qismi tegishli davlat sud-ekspertiza muassasasida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbarining buyrugʻi asosida tinglovchilarga amaliy tajribaga ega amaliyot rahbari biriktiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda biriktirilgan amaliyot rahbariga mehnat va fuqarolik qonunchiligiga muvofiq uning mehnatiga tegishli qoʻshimcha haq toʻlanishi inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaliyot rahbarining faoliyati davlat sud-ekspertiza muassasasi tomonidan nazorat qilinadi va biriktirilgan tinglovchilarni toʻliq va sifatli tayyorlashga masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat muassasalarida oʻqitish 1+3, 2+2 yoki 3+1 sxemalari boʻyicha (tegishli ravishda 25, 50 yoki 75 foiz — mustaqil ravishda bilim orttirish, 75, 50 yoki 25 foiz — bevosita davlat muassasalarida) masofadan qayta tayyorlash yoki manfaatdor tashkilotlar bazasida yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarish shaklida tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqitishning bunday shakllari axborot uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masofaviy taʼlim tegishli soha mutaxassislarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va masofadan oʻqitishga moʻljallangan maxsus taʼlim dasturlari orqali onlayn hamda oflayn tarzda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Nodavlat sud eksperti shartnomaga muvofiq pulli asosda qayta tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat muassasalari va nodavlat sud ekspertining ixtisosligi yuzasidan davlat sud-ekspertiza muassasalari bazasida qayta tayyorlashda shartnomaning toʻlov miqdori ular tomonidan har bir tinglovchining qayta tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar miqdori inobatga olingan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sud ekspertizasining muayyan turi boʻyicha sud eksperti sifatida kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar hamda davlat sud-ekspertiza muassasalarida sud eksperti sifatida soʻnggi ikki yil davomida uzluksiz ishlab kelayotgan shaxslar qayta tayyorlashdan oʻtmasdan yakuniy imtihon topshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud eksperti sertifikatini olgandan keyin uzluksiz ravishda besh yil davomida oʻz ixtisosligi boʻyicha sud-ekspertlik faoliyatini koʻrsatmagan shaxs faqat qayta tayyorlash kurslaridan takroran muvaffaqiyatli oʻtgandan keyin sud ekspertizasini oʻtkazishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat muassasalarida sud ekspertlari oʻquv dasturlari va rejalari asosida qayta tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining rahbari sud ekspertlarining oʻz vaqtida malakasi va huquqiy bilimlarini oshirish uchun masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash oʻquv kurslariga qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qayta tayyorlash oʻquv kursiga qabul qilishni tashkil etish uchun har yili davlat muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan toq sondan iborat qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiya) tashkil etiladi. Ushbu qabul komissiyasi kalendar yil davomida faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qabul komissiyasi tarkibiga davlat muassasasi rahbari, tegishli soha boʻyicha tajribali sud ekspertlari hamda davlat muassasasi boʻysunadigan vazirlik yoki idora vakillari kiradi. Davlat muassasasi rahbari komissiya raisi hisoblanadi. Komissiya aʼzolari ichidan uning kotibi tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya uning uchdan ikki qismi aʼzolari hozir boʻlganda, vakolatli hisoblanadi. Komissiya majlislarida kotib tomonidan majlis bayonnomasi yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tinglovchilarni qayta tayyorlash oʻquv kurslari, qoida tariqasida, yiliga ikki marta sentabr va mart oylarida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qayta tayyorlash oʻquv kurslariga talabgorlardan hujjat qabul qilish oʻquv kursi boshlanishidan ikki oy oldin boshlanadi va oʻquv kursi boshlanishiga bir oy qolganda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Talabgorlar oʻquv kursiga suhbat shaklida qabul qilinadi va qabul oʻquv kursi boshlanishidan bir oy oldin boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qayta tayyorlash oʻquv kursi tashkil etilishi, oʻquv kurslarining tegishli sud-ekspertlik ixtisosliklari boʻyicha davomiyligi, toʻlov miqdori, hujjatlar qabul qilinadigan va suhbat oʻtkaziladigan joy toʻgʻrisida davlat muassasasining veb-saytida hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Talabgor tegishli davlat muassasasining rasmiy veb-sayti orqali yoki bevosita davlat muassasasi rahbari nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizada talabgorning muassasada taʼlim beriladigan tillardan birida taʼlim olish va imtihon topshirishni istagi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hujjatlar davlat muassasasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiyalovchi ID-kartasi (pasport) maʼlumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning raqamli fotosurati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat daftarchasi maʼlumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertlik faoliyati va turini tasdiqlovchi boshqa hujjat maʼlumotlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qabul komissiyasi kotibi tomonidan har bir talabgor uchun hujjatlar yigʻmajildi shakllantiriladi va qabul komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Suhbat talabgorning umumiy dunyoqarashi va kasbga qiziqishi, soha boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida qabul komissiyasi tomonidan oʻzbek yoki boshqa tillarda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Suhbat natijasi boʻyicha oʻqishga tavsiya etilgan talabgorga ikki nusxada qayta tayyorlash oʻquv kursida oʻqish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash taklif etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi shartnomani imzolagan va toʻlovni amalga oshirgan talabgorlar qayta tayyorlash oʻquv kurslariga davlat muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tinglovchilarni qayta tayyorlash oʻquv kurslarini tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, seminar, amaliy mashgʻulot, shuningdek, interfaol oʻqitish shakllarida (amaliy, laboratoriya, keys-stadi, trening, debat) tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim jarayoni oʻzbek yoki boshqa tillarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma tuzgan talabgorlar sonidan kelib chiqib, qoida tariqasida, oʻn nafardan yigirma nafargacha tinglovchidan iborat akademik guruhlar shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masofadan oʻqitish usullari asosidagi kurslarda tinglovchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari onlayn shaklida qayd etib boriladi va kurslarni toʻliq oʻzlashtirgan tinglovchilarga bevosita qayta tayyorlash, malaka va huquqiy bilimini oshirish boʻyicha taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron portfolio koʻrsatkichlari va onlayn test sinovlari natijalari asosida tinglovchilarga malakaviy ishini (referatni) himoya qilishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oʻquv jarayonining davomiyligi oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi. Oʻquv jarayoni haftasiga koʻpi bilan 36 akademik soat hajmida amalga oshiriladi. Oʻquv yuklamasining umumiy hajmi sud ekspertlarini qayta tayyorlashga qoʻyiladigan talablardan kelib chiqqan holda fanlar bloklari boʻyicha taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼruza, seminar va amaliy mashgʻulotning oʻquv soatlari miqdori qayta tayyorlash kursining davomiyligidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda maʼruza va seminar oʻquv yuklamasining 40 foizidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash sud ekspertiza turlariga bogʻliq ravishda kamida olti oydan (24 hafta) kam boʻlmagan muddatda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oʻquv kursining barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlarining davomiyligi — 80 daqiqa (ikki akademik soat) etib belgilanadi. Oʻquv mashgʻulotlari orasida tanaffus eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻquv kursining har bir modul yoki boʻlim yakunida tinglovchi tanlangan mavzu boʻyicha malakaviy ishini (referatni) himoya qiladi va malakaviy ishi (referat) hajmi, himoya qilish, taqrizdan oʻtkazish tartibi oʻquv dasturida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Amaliy mashgʻulotlarda dastur asosida tinglovchilar tegishli sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha tadqiqotlar va tekshiruvlarni mustaqil tarzda oʻtkazadi hamda ularning natijasi boʻyicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish koʻnikmalarini egallaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat, amaliy mashgʻulotlar natijalarini qayd qilish, tinglovchilar davomatini yuritish uchun tegishli jurnal yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tinglovchilar oʻquv jarayonidan quyidagi holatlarda davlat muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan chetlashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzrli sabablarsiz 24 akademik soatdan koʻp oʻquv mashgʻulotlarini qoldirganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz arizasiga asosan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilgani munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etganligi sababli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Tinglovchilar bilimini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Oʻquv kursida tinglovchilarning bilimi va amaliy koʻnikmalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tinglovchilar tomonidan oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish darajasi joriy, oraliq va yakuniy nazorat orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy nazorat oʻqish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni aniqlash maqsadida test hamda suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy, oraliq va yakuniy nazorat oʻtkazish jarayonida tinglovchiga normativ-huquqiy hujjatlardan, maxsus adabiyotlardan, aloqa vositalaridan, shuningdek, boshqa manbalardan foydalanish, boshqa talabgorlar (tinglovchilar) bilan gaplashish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yozma va amaliy imtihon savollari oʻquv jarayonida oʻzlashtirilgan nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni sinovdan oʻtkazish uchun oʻquv jarayonida oʻtilgan mavzular va materiallar asosida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Qayta tayyorlash kursini tamomlagan, yakuniy nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat koʻrsatkichlaridan norozi boʻlgan tinglovchi uch kun ichida davlat muassasasi rahbari nomiga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun davlat muassasasi rahbari buyrugʻi bilan toq sondan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Qabul komissiyasi aʼzolarining koʻpi bilan yarmi apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat apellyatsiya komissiyasi tomonidan tinglovchi ishtirokida uch kun ichida koʻrib chiqiladi hamda tinglovchining joriy, oraliq va yakuniy nazorat koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritish yoki oʻzgartirish kiritmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Komissiya qarori uning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Nodavlat sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablari (keyingi oʻrinlarda — Talablar) sud ekspertlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari, taʼlim sifatini baholash va nazorat qilish boʻyicha hujjatlarni davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlarini qayta tayyorlash, ularning malaka va huquqiy bilimini oshirish kurslari boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish, amaliyot oʻtash, natijalarini baholash va nazorat qilish tartiblari davlat muassasalarining kollegial organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Quyidagilar sud ekspertlarini qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan asosiy prinsiplar va qoidalarni, qonunchilik hujjatlari normalarini bilish, toʻgʻri anglash va qoʻllash qobiliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish qobiliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanish qobiliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli vaziyatlarga nisbatan ruhiy barqarorlik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan asosiy prinsiplar va qoidalarni, qonunchilik hujjatlari normalarini bilish, toʻgʻri anglash va qoʻllash qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan asosiy prinsiplar hamda qoidalarni, shuningdek, protsessual normalarni bilish, ularning mohiyatini tushunish va qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini bilish va ularning qonun bilan kafolatlanishini anglash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati organlari tizimini va ularning tashkil etilish asoslarini bilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaga oid qonunchilik hujjatlarini bilish, tushunish va ularni amaliyotda qoʻllay olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasi sohasidagi bilimlarni qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil ijodiy fikrlash hamda sohaga oid huquqiy normalarni toʻgʻri, bir xilda tushunish va qoʻllash, ularning mazmunini aniqlay olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizalarining metodikalarini bilish, tadqiqotlar oʻtkazishda mustaqil va toʻgʻri qoʻllay olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki, qayta, qoʻshimcha, komissiyaviy va kompleks ekspertizalar boʻyicha tadqiqotlarni oʻtkaza olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasi sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini mustaqil qoʻllash, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishning amaliy koʻnikmalariga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizalarini tayinlash va oʻtkazishda mavjud xatolarni aniqlay olish hamda bartaraf etish yoʻllarini bilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishning asoslarini bilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanish qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-ekspertiza sohasida alohida mavzu yoki mavzuning bir qismi boʻyicha ilmiy izlanishlar hamda tajriba oʻtkaza olish va bunday faoliyatda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizalarining mavjud metodikalarini takomillashtirish yoki yangi metodikalar yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi turdagi sud ekspertizalarini joriy qilish boʻyicha tegishli ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Turli vaziyatlarga nisbatan ruhiy barqarorlik qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatida uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni oldindan bilish va baholay olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-ekspertlik faoliyatida yuzaga keladigan ziddiyatli holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yoʻllarini bilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli vaziyatlarda aniq va qonunga muvofiq harakat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qoʻyiladigan umumiy talablar, sud ekspertlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini baholash hamda nazorat qilish tartibi tegishli oʻquv dasturlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Malakasini va huquqiy bilimlarini oshirayotgan sud ekspertlariga oʻqishning butun davri mobaynida ish beruvchi bilan kelishilgan holda asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish kurslari, davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan grafik-taqsimot asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimlari shartnomaga muvofiq toʻlov asosida oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Nodavlat sud ekspertining navbatdagi malaka va huquqiy bilimini oshirish muddatidan kamida bir oy oldin nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari tegishli davlat muassasasiga mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan tegishli oʻquv kursi boshlanishidan kamida oʻn kun oldin shartnomaga muvofiq toʻlov amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimini oshirish boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimi alohida oʻquv dasturlari asosida shartnomaga muvofiq pulli asosda oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimini oshirish jarayonlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat muassasalarida oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy taʼlim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat muassasalarida oʻqitish 1+3, 2+2 yoki 3+1 sxemalari boʻyicha (tegishli ravishda 25, 50 yoki 75 foiz — yashash joyi boʻyicha mustaqil ravishda bilim orttirish, 75, 50 yoki 25 foiz — bevosita davlat muassasalarida) masofadan malaka oshirish yoki manfaatdor tashkilotlar bazasida yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarish shaklida tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqitishning bunday shakllari axborot uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masofaviy taʼlim tegishli soha mutaxassislarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va masofadan oʻqitishni amalga oshirishga moʻljallangan maxsus taʼlim dasturlari orqali onlayn hamda oflayn tarzda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Sud ekspertlarining malakasini oshirish muddati ikki haftani, huquqiy bilimlarini oshirish muddati bir haftani tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv jarayoni guruh tarkibida yoki yakka tartibda sud ekspertizalarining muayyan bir turi boʻyicha tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Davlat muassasalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fanlarning sud ekspertiza amaliyoti bilan bogʻliqligini taʼminlaydi, oʻquv jarayoniga sud ekspertizasi sohasidagi ilgʻor ilmiy tadqiqotlar natijalari, pedagogik texnologiyalar, mashgʻulotlar oʻtkazishning samarali shakl va usullarini joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertlari tomonidan oʻz mutaxassisligi boʻyicha yangi nazariy bilimlar va zamonaviy tadqiqot usullari, ilgʻor amaliy tajribadan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqilgan sud ekspertizasi fanlariga taalluqli ilmiy, metodik va texnik yangiliklar, ilgʻor tajribani oʻrganadi hamda oʻquv jarayoniga joriy qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayonining lozim darajada tashkil qilinishi va oʻtkazilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Oʻquv jarayoni muayyan yoʻnalish boʻyicha uzluksiz mashgʻulotlar tarzida (kun davomida boshqa turdagi mashgʻulotlarga jalb etmasdan) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Nodavlat sud ekspertlarining malakasini oshirish jarayonida malakaviy amaliyot oʻtkazilishi nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Nodavlat sud ekspertini malaka va huquqiy bilimni oshirish kursiga qabul qilish boʻyicha davlat muassasasi rahbarining buyrugʻi qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Nodavlat sud ekspertlari quyidagi holatlarda oʻquv kursidan chetlashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat muassasasi ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzrli sabablarsiz 8 akademik soatdan koʻp oʻquv mashgʻulotlarini qoldirganlik uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Nodavlat sud eksperti oʻz arizasiga koʻra oʻquv jarayonidan chetlashtirilishi mumkin. Uzrli sabablarga koʻra oʻqishni davom ettira olmagan nodavlat sud ekspertiga kelgusida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida oʻqish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Nodavlat sud ekspertini oʻquv jarayonidan chetlashtirish davlat muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi va bu haqida tegishli nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Nodavlat sud ekspertlarining bilimini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Oʻquv jarayoniga jalb qilingan sud ekspertlari bilimlari yakuniy nazoratlar natijasiga koʻra baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka va huquqiy bilimlarni oshirish boʻyicha yakuniy nazorat kompyuterda topshiriladigan test yoki yozma imtihon shaklida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlarining natijasi shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Yakuniy nazoratni oʻtkazish uchun davlat muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan komissiya tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga davlat muassasasi boʻysunadigan vazirliklar va idoralar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillari ular bilan kelishgan holda kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy nazorat natijalari komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan qaydnoma varaqalariga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Malaka oshirish oʻquv dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan nodavlat sud ekspertiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunadagi sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy bilimini oshirish oʻquv dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan nodavlat sud ekspertiga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq namunadagi sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Yakuniy nazoratlardan oʻta olmagan yoki uzrli sabablarga koʻra ularda ishtirok eta olmagan nodavlat sud ekspertiga uning arizasiga koʻra bir oy ichida yakuniy nazoratni qayta topshirish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Belgilangan muddatlarda malakasini va huquqiy bilimlarini oshirmagan yoki yakuniy nazoratdan qayta oʻta olmagan nodavlat sud eksperti malakasini va huquqiy bilimini oshirishdan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Malakasini va huquqiy bilimni oshirishdan oʻtmagan nodavlat sud eksperti ushbu Nizomda belgilangan tartibda malaka va huquqiy bilimini oshirish kursida takroran oʻqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari malakasini va huquqiy bilimlarini oshirishdan oʻtgan nodavlat sud ekspertlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Belgilangan muddatlarda nodavlat sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimlari oshirilishini taʼminlamagan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ogohlantirish beriladi va uning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Malakasini va huquqiy bilimlarni oshirishdan oʻtgan sud ekspertlari toʻgʻrisidagi maʼlumot Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash, nodavlat sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish hamda ularni qoʻshimcha ekspertiza turlari boʻyicha qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

__________________________________

(davlat muassasasining nomi)

________________________________ga

(muassasa rahbarining F.I.O.)

__________________________________

(nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomi)

_______________________________dan

(tashkilot rahbarining F.I.O.)

Sud ekspertlarining malakasini/huquqiy bilimini oshirish boʻyicha ariza

Sud ekspertlarining malaka/huquqiy bilimini oshirish kurslarida quyidagi xodim(lar)ni oʻqitish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatishingizni soʻrayman:

T/r

Xodim(lar)ning F.I.O.

Xodim(lar)ning lavozimi

Mutaxassislik nomi

1.

2.

3.

____________________________

_________________

______________________

(rahbar lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash, nodavlat sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish hamda ularni qoʻshimcha ekspertiza turlari boʻyicha qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

Oʻzbekiston Respublikasi

Qayta tayyorlash haqida

DIPLOM

QT №000000

________________________________________________________________________________

(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20_____ yil _________________________________dan 20______ yil ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________gacha

_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________da

(davlat muassasasining nomi)

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(sud ekspertizasi turining nomi)

turi boʻyicha _____________ soatga moʻljallangan Nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash kursida taʼlim olib, ___________ bahoga himoya qildi va qayta tayyorlash oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

Muhr oʻrni

Direktor _____________

Sana _____________

Qayd raqami __________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash, nodavlat sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish hamda ularni qoʻshimcha ekspertiza turlari boʻyicha qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_________________________________

(Davlat muassasasining nomi)

nodavlat sud ekspertining malakasini oshirgani toʻgʻrisida

SERTIFIKAT

№ _____________

20___ yil “____” _____________

____________________

(berilgan joyi)

_______________________________________________________________________________________

(nodavlat sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ yil “____” _____________ dan 20____ yil “____” _____________ gacha _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________soatli

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ni

(malaka oshirish kursining nomi)

muvaffaqiyatli tamomladi.

Mazkur sertifikat nodavlat sud ekspertining sud ekspertizasining _____________________________

kasbiy layoqatini tasdiqlaydi.

Komissiya raisi

___________________________

__________________

(F.I.O)

(imzo)

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi

QR-kod

____________________________

____________________________

Amal qilish muddati 2 yil

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash, nodavlat sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish hamda ularni qoʻshimcha ekspertiza turlari boʻyicha qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

___________________________________________

(Davlat muassasasining nomi)

nodavlat sud ekspertining huquqiy bilimini oshirgani toʻgʻrisida

SERTIFIKAT

№ _____________

20___ yil “___” _____________

___________________

(berilgan joyi)

________________________________________________________________________________________

(nodavlat sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ yil “_____” ______________ dan 20____ yil “_____” ____________ gacha _____________________________________________________________________________________________________________________________________________soatli

__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ni

(malaka oshirish kursining nomi)

(kursning nomi)

muvaffaqiyatli tamomladi.

Mazkur sertifikat nodavlat sud ekspertining sud ekspertizasining ____________________________ turi boʻyicha kasbiy layoqatini tasdiqlaydi.

Komissiya raisi

____________________________

__________________

(F.I.O)

(imzo)

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi

QR-kod

Amal qilish muddati 2 yil

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 73-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Reglament nodavlat sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikatni olgan shaxslarni Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti — shartnoma asosida fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy sud ishlari va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud ekspertizasini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan notijorat tashkilot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud eksperti sertifikati — muayyan sud ekspertizasi turi boʻyicha nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertining kasbiy layoqatini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) — sud eksperti sertifikatini olgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan, doimiy yangilab turiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan yuritiladigan yagona maʼlumotlar bazasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaz va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Markazga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Markaz xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnomalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda soʻrovnomalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni soʻrovnomalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumot va hujjatlarni “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchidan soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, Face-ID, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yagona reyestrga kiritish boʻyicha davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ariza beruvchi Markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vakolatli organ 5 ish kuni ichida soʻrovnomani koʻrib chiqib, ariza beruvchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan Yagona reyestrga kiritilgani haqidagi 3-ilovaga muvofiq maʼlumotnomani yoki Yagona reyestrga kiritishni rad etish haqidagi 4-ilovaga muvofiq xabarnomani Markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz maʼlumotnoma yoki xabarnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Markaz ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunida nodavlat sud eksperti uchun belgilangan talablarga javob bermaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat xizmatini koʻrsatish rad etilganda, ariza beruvchi bir oy muddatda rad etish asoslarini bartaraf qilgan holda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yagona reyestrni yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yagona reyestr vakolatli organ tomonidan yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertiga berilgan tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona reyestrga kiritilgan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud eksperti faoliyat yuritadigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining nomi, manzili, telefon raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertining ixtisoslashgan sud-ekspertiza turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud eksperti sertifikatining rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona reyestrdan chiqarilgan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha maʼlumotlar (malaka va huquqiy bilimni oshirganlik va boshqa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yagona reyestr vakolatli organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi hamda ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shaklda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yagona reyestrdan maʼlumot olish bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yagona reyestrga oʻzgartirish kiritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sud eksperti quyidagi hollarda 5 ish kunida Markazga bevosita oʻzi kelib murojaat etishi yoxud YIDXPda elektron shaklda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldirishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud eksperti faoliyat yuritadigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) yoki telefon raqami oʻzgarganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertining ixtisoslashgan sud-ekspertiza turlari soni koʻpayganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud eksperti navbatdagi malaka va huquqiy bilimini oshirganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Soʻrovnomaga maʼlumotlar oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vakolatli organ ariza beruvchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida Reyestrga oʻzgartirish kiritadi va maʼlumotnomani Markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yagona reyestrdan chiqarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Quyidagi hollarda sud eksperti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yagona reyestrdan chiqariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud eksperti oʻzini Yagona reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida ariza berganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud eksperti vafot etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunida nodavlat sud eksperti uchun belgilangan talablarga javob bermaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud eksperti nodavlat sud-ekspertiza tashkilotidan ishdan boʻshaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud eksperti bilan mehnat munosabatlari tugatilgan taqdirda, bu haqida besh kun muddatda vakolatli organga yozma tarzda maʼlum qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yagona reyestrdan chiqarish vakolatli organning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar

24. Markaz va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Vakolatli organ ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha Markaz faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Nodavlat sud ekspertlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari, shuningdek, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona reyestrga kiritish rad etilgani yoki Yagona reyestrdan chiqarilgani yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga yoki boshqa organlarga shikoyat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestrga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Markaz

1. Markaz xodimi soʻrovnomani toʻldirib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng 10 daqiqada

2. YIDXP

2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

Vakolatli organ ariza beruvchi Yagona reyestrga kiritilganligi haqidagi 3-ilovaga muvofiq maʼlumotnomani yoki Yagona reyestrga kiritishni rad etish haqidagi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnomani tegishli Markazga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Markaz

1. Maʼlumotnomani yoki QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnoma kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. 10 daqiqa ichida

2. Oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etadi.

2. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestrga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishga doir
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

I. Ariza beruvchi shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

5. Telefon raqami:

6. Yashash manzili:

II. Sud eksperti faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot:

7. Sud eksperti faoliyat yurituvchi nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, shu jumladan, sud-ekspertlik byurosining nomi:

8. Sud eksperti faoliyat yurituvchi nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining manzili:

9. Sud eksperti sertifikatining rekvizitlari:

10. Ixtisoslashgan sud-ekspertiza turi:

III. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Sud eksperti sertifikati.

2. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga ishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi buyruq.

3. Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlangan boʻlsa, sudlanganlik holati tugallanganligi yoki sudlangani olib tashlangani yuzasidan maʼlumotlar.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud boʻlsa) JSHSHIR maʼlumotlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida

MAʼLUMOTNOMA

№ _________

Sud ekspertining (ariza beruvchi) F.I.O. __________________________________________

Sud eksperti faoliyat yurituvchi nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, shu jumladan, sud-ekspertlik byurosining nomi va manzili: _______________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Sud eksperti sertifikatining rekvizitlari: _________________________________________________

Ixtisoslashgan sud-ekspertiza turlari: ______________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Yagona reyestrga kiritilgan sana va raqami: _______________________

Maʼlumotnomani bergan masʼul shaxs F.I.O: ______________________________________

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.

QR-kod

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritish rad etilganligi toʻgʻrisida

XABARNOMA

№ _________

Sud ekspertining (ariza beruvchi) F.I.O. __________________________________________

Sud eksperti faoliyat yurituvchi nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, shu jumladan, sud-ekspertlik byurosining nomi va manzili: _______________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Sud eksperti sertifikatining rekvizitlari: _________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Yagona reyestrga kiritish rad etish sabablari: __________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Yagona reyestrga kiritish rad etilgan sana va raqami: _______________________

Maʼlumotnomani bergan masʼul shaxs F.I.O: ______________________________________

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.

QR-kod

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestri shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Sud ekspertiga berilgan tartib raqami

Yagona reyestrga kiritilgan sana

Sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi

Sud eksperti faoliyat yuritadigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining nomi, manzili, telefon raqami

Sud eksperti ixtisoslashgan sud ekspertizasi turlari

Sud eksperti sertifikati rekvizitlari

Yagona reyestrdan chiqarilgan sana

Qoʻshimcha maʼlumotlar

(malaka va huquqiy bilimni oshirganlik va boshqa)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 73-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) vakolatlarini va uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud eksperti sifatida sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikat uchun test sinovlari hamda suhbat shaklida imtihon oʻtkazish hamda natijalariga koʻra sertifikat berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud ekspertlarini davriy attestatsiyadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlarning adolatli va xolis koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud ekspertlarining sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish va bekor qilish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish maqsadida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intizomiy ish yuritish — nodavlat sud eksperti tomonidan qonunchilik hujjatlari, nodavlat sud ekspertlarining kasb etikasi qoidalarining buzilishi aniqlangani, nodavlat sud ekspertining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlari, ekspertiza tayinlash vakolatiga ega organlarning (shaxslarning) taqdimnomalari (ajrimlari) boʻyicha Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka imtihoni — nodavlat sud eksperti sifatida sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikat olish istagidagi shaxsning tanlangan ixtisoslik boʻyicha bilim va malakasini test sinovlari hamda suhbat shaklida aniqlash jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud eksperti — nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida sud ekspertizasini oʻtkazuvchi sud eksperti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — sud ekspertizasi sohasida qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan yoki sud ekspertizasining muayyan turi boʻyicha sud eksperti sifatida kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan yoxud davlat sud-ekspertiza muassasalarida sud eksperti sifatida soʻnggi ikki yil davomida uzluksiz ishlab kelayotgan hamda nodavlat sud eksperti sifatida sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikat olish boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat organlari va boshqa manfaatdor shaxslarning Komissiya faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Komissiya oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi. Komissiyaning qabul qilgan qarorlari tegishli tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya faoliyatining moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan kamida toʻqqiz nafar aʼzodan iborat tarkibda uch yil muddatga tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibi davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat ekspertiza tashkilotlarining tajribali sud ekspertlari, huquqshunos olimlar hamda jamoat tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Bunda Komissiya tarkibiga ayni bir tashkilotdan bir nafardan ortiq aʼzo kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiya raisi va uning oʻrinbosari davlat sud-ekspertiza muassasasi vakillaridan tayinlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiyaga rais rahbarlik qiladi. Rais hozir boʻlmagan hollarda, raisning oʻrinbosari Komissiyaning majlisida raislik qilishiga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiya aʼzosi quyidagi holatlarda Komissiya tarkibidan chiqariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz arizasiga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud eksperti maqomi toʻxtatilgan yoki tugatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyi oʻzgarganda yoki ishdan boʻshatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizom talablarini qoʻpol ravishda buzganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻligʻining holatiga koʻra vazifalarini bajarish imkoni boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya yigʻilishlarida uzrli sabablarsiz ketma-ket uch marta ishtirok etmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning toʻrtinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha Komissiya aʼzosini Komissiya tarkibidan chiqarish masalasi Komissiya raisi tomonidan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzosini Komissiya tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ovozlari bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qabul qilingan qarorga asosan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul qilingan qaror haqida Komissiya tarkibidan chiqarilgan Komissiya aʼzosiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzosi Komissiya tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibidan chiqarilgan aʼzo oʻrniga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Komissiya tasdiqlangan muddat doirasida yangi aʼzo kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiya aʼzosi boʻlgan nodavlat sud eksperti yuzasidan intizomiy ish yoki malaka imtihoni natijalari boʻyicha shikoyat koʻrib chiqilayotgan hollarda, ular Komissiya aʼzosi majlisda qatnashishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning aʼzosi quyidagi hollarda rad etilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlisi koʻrilayotgan masalalar boʻyicha talabgor, sud eksperti va boshqa manfaatdor shaxs Komissiya aʼzosining yaqin qarindoshi boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Komissiya aʼzosi oʻzini oʻzi rad etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiyaning majlisi, agar unda Komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, komissiya vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kvorum boʻlmagan holda, Komissiyaning majlisiga hozir boʻlgan aʼzolari tomonidan majlisni keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qoʻshimcha xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Komissiya majlislari zaruratga qarab, biroq olti oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya raisi Komissiya majlisi oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin majlisning kun tartibi, sanasi, vaqti va joyini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Komissiya qarorlari uning majlisida qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchiligi ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning qarorlari ular qaysi majlisda qabul qilingan boʻlsa, oʻsha majlisda raislik qiluvchi tomonidan eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Komissiyaning ishini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tayinlanadigan Komissiyaning masʼul kotibi (keyingi oʻrinlarda — masʼul kotib) zimmasiga yuklanadi. Masʼul kotib Komissiyaning aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masʼul kotib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning majlisida koʻrib chiqish uchun materiallarni tayyorlaydi va ularning saqlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolarini, shuningdek, ariza bergan shaxslarni va boshqa manfaatdor shaxslarni Komissiya majlisi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislarining bayonnomalarini yuritadi va saqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raislik qiluvchining Komissiya majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha boshqa topshiriqlarini bajaradi, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Komissiya quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka imtihonlarini oʻtkazadi va ularning natijalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatni berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud ekspertlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud ekspertining sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlar, sud ekspertlari va boshqa manfaatdor shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatning amal qilishini tugatish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida tegishli tashkilotlarning murojaatlari boʻyicha xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomda nazarda tutilgan hollarda, talabgorlardan malaka imtihonlarini oʻtkazish va topshirish natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatlarni koʻrib chiqish vaqtida manfaatdor shaxslar va tegishli tashkilotlardan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish hamda zarur mutaxassislarni ish yuzasidan jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumlashtirish va tahlil natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalarni har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga, sud-ekspertlik faoliyatining asosiy prinsiplariga qatʼiy rioya etishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Malaka imtihonlarini oʻtkazish hamda sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Malaka imtihonlari Komissiya tomonidan umumiy huquqiy bilimlar va sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha maxsus bilimlar yuzasidan ikki bosqichda — test sinovlari hamda suhbat shaklida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Komissiyaning malaka imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha yigʻilishlari rasmiy veb-sahifalarda real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Komissiyaning bitta majlisida bir nechta talabgorlar uchun malaka imtihoni oʻtkazilganda talabgorlar malaka imtihoniga, qoida tariqasida, besh nafargacha talabgordan iborat guruh shakllantirilib, navbat boʻyicha kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorlar malaka imtihoniga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Test va suhbat savollari Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda muntazam ravishda yangilab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Test va suhbat savollari talabgor tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar Komissiya masʼul kotibi tomonidan printerda chop etiladi va talabgorga taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Test savollari beshta huquqiy hamda oʻz beshta sud-ekspertlik faoliyatiga oid savollardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbat savollari bitta huquqiy, uchta sud-ekspertlik faoliyatiga oid savollar hamda bitta kazusdan tashkil topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Talabgorlarga test savollarini yechish uchun yigirma daqiqa hamda suhbat savollariga javob berishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun oʻn besh daqiqa vaqt ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Malaka imtihonini oʻtkazish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aloqa va telekommunikatsiya vositalari (telefon, kompyuter, planshet va boshqalar), kitob hamda shpargalkalardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov yoki malaka imtihoni tugamasdan xonadan tashqariga chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorning mazkur qoidalarga amal qilmasligi uni tanlovda yoki malaka imtihonida qatnashishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holatda masʼul kotib tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi va Komissiya aʼzolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovda yoki malaka imtihonida qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor olti oy davomida malaka imtihonlariga qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tayyorgarlik koʻrish uchun berilgan vaqt tugagandan soʻng talabgor test javoblarini taqdim qilgan holda, Komissiyaga suhbat savollari boʻyicha javob beradi. Komissiya aʼzolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida qoʻshimcha savollar berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor savollarga javob berib boʻlganidan soʻng uning xonadan chiqishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Test savollarining har bir toʻgʻri javobi ikki ballik tizimda baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Malaka imtihoni natijalarini aniqlash uchun Komissiyaning har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil holda, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda baholash byulletenida talabgorning savollarga bergan javobini 10 ballik hamda kazus javoblarini 20 ballik tizimda baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Komissiyaning har bir aʼzosi talabgorni berilgan savollarga toʻliq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq tizimli bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida mustaqil foydalanish qobiliyatiga koʻra baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi baholash byulletenida ballarni hamda test natijalarini hisoblab chiqish uchun Komissiya aʼzolari orasidan besh kishidan iborat hisoblash guruhi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisoblash guruhi tomonidan baholash byulletenlaridagi ballar hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijalari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi yigʻma baholash byulleteniga kiritiladi va Komissiya aʼzolariga eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Malaka imtihonlari natijalariga koʻra 55 balldan yuqori ball toʻplagan talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli tarzda topshirgan talabgorlarga ushbu Nizomga 4-ilovaga sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikat quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikat egasining familiyasi, ismi va otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikat raqami va berilgan sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertiza mutaxassisliklari (turlari) roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisi va masʼul kotibining imzolari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining muhri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Nodavlat sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlarni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Komissiya tomonidan bevosita ekspertiza tayinlashga vakolatli organlar, Adliya vazirligi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning quyidagi mazmundagi taqdimnoma, bildirgi hamda murojaatlari koʻrib chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi va muddatlarining buzilgani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ekspert mutaxassisligi (turi) boʻyicha sud ekspertining vakolat va malakasidan tashqariga chiqadigan masalalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan tadqiqot materiallarini zarur darajada saqlash choralarining koʻrilmagani oqibatida ularni yoʻqotish yoki ularning buzilishiga olib kelgani hamda ish dalilsiz qolishiga sabab boʻlgani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud ekspertining kasb etika qoidalariga rioya qilinmagani.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Taqdimnoma, bildirgi hamda murojaatlar Komissiya tomonidan ular masʼul kotibga kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Komissiyaga kiritilgan masala oʻz isbotini topishi nodavlat sud ekspertining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Komissiya nodavlat sud eksperti tomonidan sud ekspertizalarini oʻtkazish tartibi qoʻpol ravishda buzilgani aniqlangan taqdirda, uning sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatini bekor qilish masalasini koʻrib chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Nodavlat sud ekspertlarining sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatining amal qilishi qonunchilikda belgilangan holatlarda Komissiya tomonidan toʻxtatib turiladi yoki bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Komissiya tomonidan Adliya vazirligining quyidagi holatlar boʻyicha taqdimnomasiga asosan nodavlat sud ekspertining sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatini amal qilishi toʻxtatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan har bir sud-ekspertiza turlari boʻyicha ularni moddiy-texnik baza bilan jihozlashga qoʻyiladigan minimal talablariga mos boʻlgan moddiy-texnik bazasi mavjud boʻlmasa, bundan davlat sud-ekspertiza muassasalarining moddiy-texnik bazasidan shartnoma asosida foydalanilayotgan hollar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda har ikki yilda malakasi va huquqiy bilimlarini oshirmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta qilinmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng nodavlat sud eksperti ushbu toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan asoslar bekor boʻlgunga qadar faoliyatini toʻxtatib turishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Sertifikatni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda, nodavlat sud eksperti sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish huquqini yoʻqotadi va u Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikatni olgan shaxslarning yagona reyestridan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Komissiya majlislarida bayonnoma yuritiladi hamda majlisda qatnashgan Komissiya aʼzolari va masʼul kotib tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning qaroridan rozi boʻlmagan Komissiyaning aʼzosi komissiya majlisining bayonnomasiga kiritiladigan oʻzining nuqtai nazarini yozma shaklda bayon etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay Komissiya majlisi bayonnomasidan koʻchirma masʼul kotib imzosi bilan manfaatdor shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olingan holda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Nodavlat sud ekspertlarining sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatini berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish boʻyicha maʼlumotlar Komissiya tomonidan tegishli davlat organlariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Komissiyaning qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga

Nodavlat sud ekspertlarining malaka imtihondan chetlashtirish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DALOLATNOMA

Toshkent shahri

20___ yil “____” ____________

Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, nodavlat sud ekspertlariga sud ekspertizasini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatni berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazishda ushbu Nizomning 26-bandi talablariga asosan talabgor ________________________________________

_____________________________________ quyidagi sabablarga koʻra

(F.I.O.)

tanlovdan soat _____:_____ da chetlatildi:

¯

mobil telefon, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob hamda shpargalkalardan foydalandi;

¦

boshqa talabgorlar bilan suhbatlashdi;

¯

tanlov tugamasidan xonadan tashqariga chiqdi.

Komissiya aʼzosi

__________________

___________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Komissiya aʼzosi

___________________

___________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Komissiya aʼzosi

___________________

___________________________

(imzo)

(F.I.O.)

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi aʼzosining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BAHOLASH BYULLETENI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Malaka imtihoni boʻyicha talabgorlarning F.I.O.

Qoʻyilgan ball

1-savol

(0 — 10)

2-savol

(0 — 10)

3-savol

(0 — 10)

4-savol

(0 — 10)

Kazus

(0 — 20)

1.

2.

3.

4.

5.

...

Komissiya aʼzosi

___________________

____________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasining ____-son majlisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIGʻMA BAHOLASH BYULLETENI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Malaka imtihoni boʻyicha talabgorning F.I.O.

Komissiya aʼzolarining F.I.O. va ular tomonidan qoʻyilgan ballar

F.I.O.

(ball)

F.I.O.

(ball)

F.I.O.

(ball)

F.I.O.

(ball)

F.I.O.

(ball)

F.I.O.

(ball)

F.I.O.

(ball)

F.I.O.

(ball)

F.I.O.

(ball)

F.I.O.

(ball)

F.I.O.

(ball)

1.

2.

3.

...

Komissiya aʼzosi

_______________________

____________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Komissiya aʼzosi

_______________________

____________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Komissiya aʼzosi

_______________________

____________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi

SERTIFIKAT

№ _____________

20___ yil “___” ______________

___________________

(berilgan joyi)

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(nodavlat sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20___ yil “____” _______________ dan 20___ yil “____” ________________ gacha ________________________________________________________________________________________________________________________________________soatli

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ni

(qayta tayyorlash kursining nomi)

muvaffaqiyatli tamomladi.

Mazkur sertifikat sud ekspertining sud ekspertizasining ________________________________ turi boʻyicha kasbiy layoqatini tasdiqlaydi.

Komissiya raisi

____________________________

_____________________

(F.I.O)

(imzo)

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi

QR-kod

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 73-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasi “Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 24-martdagi 180-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-iyundagi 345-son qaroriga 3-ilovaning 50-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 22-noyabrdagi 706-son qaroriga 4-ilovaning 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 814-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 13-dekabrdagi 705-son qaroriga 3-ilovaning 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-martdagi 171-son qaroriga 7-ilovaning 6-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 09/26/73/0164-son)