13.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2265-5
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 13.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2265-5
Date of entry into force
15.05.2026
Hujjat 15.05.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2265-5]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2011-yil 25-avgustdagi 56, 28-son qarori (roʻyxat raqami 2265, 2011-yil 22-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 38-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vaziri Dj. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2026-yil 16-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
322-son

Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi J. XATAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 7-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 322-son hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-band:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki qoidalar — lizing beruvchilar va ularning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjat;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigirma birinchi xatboshi yigirma ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 4-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Masʼul shaxs lavozimiga quyidagi shaxslar tayinlanishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlari uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 41-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Masʼul shaxs lizing beruvchining shtatidagi lavozimlardan birini egallagan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing beruvchi ichki nazoratni amalga oshirish uchun masʼul shaxs rahbarligi ostida boʻlgan alohida tarkibiy boʻlinmani shakllantirishga haqli.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi mazmundagi 42-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“42. Lizing beruvchining filiali mavjud boʻlgan taqdirda, filialning xodimlar shtat birligiga filialning masʼul shaxsi lavozimi kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bevosita lizing xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq vazifalarni bajarayotgan filialning shtatida xodimlar soni uch kishidan ortiq boʻlmasa, bosh tashkilotning masʼul shaxsi yoki filial rahbari filialning masʼul shaxsi etib tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning masʼul shaxsiga mazkur Qoidalarning talablari quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda tatbiq etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filialning masʼul shaxsi oʻz faoliyatida filialning boshqa xodimlaridan mustaqil va filial rahbariga va bosh tashkilotning masʼul shaxsiga hisobdor boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filialning masʼul shaxsi aniqlangan barcha qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishlari toʻgʻrisida filial rahbari va bosh tashkilotning masʼul shaxsiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filialning masʼul shaxsi filial faoliyatiga tegishli hisobot hujjatlarini mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda bosh tashkilotning masʼul shaxsi va filial rahbariga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning masʼul shaxsi vazifalari filial rahbari tomonidan bajarilgan taqdirda filial rahbari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh tashkilotning masʼul shaxsi va rahbariga hisobdor boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan barcha qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarning buzilishlari toʻgʻrisida bosh tashkilotning masʼul shaxsi va rahbariga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filial faoliyatiga tegishli hisobot hujjatlarini mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda bosh tashkilotning masʼul shaxsi va rahbariga taqdim etadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 24-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“24. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar lizing beruvchilar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq shubhali operatsiyalar haqidagi xabar va unga ilova qilinadigan maʼlumotlarning namunaviy shakli hamda hujjatlar roʻyxatida (roʻyxat raqami 3419, 2023-yil 7-fevral) belgilangan shaklda taqdim etiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2026-y., 10/26/2265-5/0139-son)