Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 24-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2634-9]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-son “Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 612-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 12-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
318-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 12-yanvardagi 318-son buyrugʻiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muqaddimadan “vaqtinchalik xarajatlar smetalarini,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“barcha tashkilotlar (mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlardan tashqari) boʻyicha — mazkur smetalar tuzilayotgan joriy moliya yilining 1-dekabrida amalda boʻlgan shartlarda;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, shuningdek shtat jadvallari va jamlanma shtat jadvallari soʻmda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi hamda vazirlik va idoralarning vakolatxonalari boʻyicha xarajatlar smetalari Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda vazirlik va idoralar vakolatxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan yillik jamlanma xarajatlar smetalari asosida xorijiy va milliy valyutada tuziladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 71-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan hamda 73-banddan “vaqtinchalik xarajatlar smetalari,” va “, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 72-bandning yigirmanchi xatboshisidagi “Toshkent shahar hokimliklarining Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar “Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda vazirlik va idoralarning har bir diplomatik muassasalari va vakolatxonalari boʻyicha xarajatlar smetasi xorijiy va milliy valyutalarda har bir diplomatik muassasa va vakolatxonalar boʻyicha alohida mazkur Nizomning 1a-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 9-bandning beshinchi xatboshisidagi “joriy” degan soʻz “kelgusi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, vazirlik va idoralar vakolatxonalarining yillik jamlanma xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda vazirlik va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy yilning 20-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining hamda vazirlik va idoralar rahbarining ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturiy majmuaga ulanmagan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, vazirlik va idoralar vakolatxonalarining xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri hamda vazirlik va idoralar rahbari tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni koʻrsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“22. Xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 20-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar xarajatlar smetasini budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy moliya yilining 20-dekabridan kechiktirmay tasdiqlaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qonunchilik hujjatlariga muvofiq shakllantiriladigan Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi (tibbiyot muassasalari, barcha tipdagi umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari bundan mustasno);”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“25. Budjet tashkilotining shtat jadvalini va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining jamlanma shtat jadvalini tasdiqlash joriy moliya yilining 20-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻysunuvidagi budjet tashkilotlari shtat jadvallarini budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan belgilangan, biroq joriy moliya yilining 20-dekabridan kechiktirmay tasdiqlaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“budjet tashkilotlariga undiriladigan ota-onalar toʻlovlari hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablagʻlar, shu jumladan oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, umumtaʼlim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va boshqa taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotganligi uchun, oʻquvchilar bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida taʼlim olganligi uchun, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olganlik uchun, statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi toʻlovlar;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“51. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallari, shuningdek jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan (bunda boʻysunuvida budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilari boʻlmagan budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari roʻyxatdan oʻtkaziladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilar xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallari — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar va tuman budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilarning (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallari — tegishli tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari kasbiy taʼlim tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini, ular uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochib, roʻyxatdan oʻtkazadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha kasbiy taʼlim tashkilotlarining jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. 52-band “diplomatik muassasalarini” degan soʻzlardan soʻng “hamda vazirlik va idoralar vakolatxonalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. 6-bobning 2-paragrafi nomidan “, vaqtinchalik xarajatlar smetasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi hamda vazirlik va idoralarning vakolatxonalari, shuningdek, ikkinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilar boʻyicha birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan. Bunda, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlari doirasida faqat guruhlar boʻyicha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“86. Har yili iqtisodiyot va moliya organlari kelgusi moliya yilining birinchi choragida barcha budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi (daromadlar va xarajatlar smetasi), budjet mablagʻlarini taqsimlovchining va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi, tasdiqlanishining toʻgʻriligini va oʻz vaqtida yetkazilishini tekshirishdan oʻtkazishi, hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan mazkur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli olib borilganligini tizimli nazorat qilishi, tekshiruvlarni tashkillashtirishda va oʻtkazishda ularga zarur yordamni koʻrsatishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. 1 va 8-ilovalardan “_______ ga bajarildi (haqiqiy xarajat)” ustuni chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. 1a-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. 4, 4a va 14a-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I guruh xarajatlari — ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar
I guruh xarajatlari boʻyicha jami
II guruh xarajatlari — ish beruvchining ajratmalari
II guruh xarajatlari boʻyicha jami
IV guruh xarajatlari — boshqa xarajatlar
IV guruh xarajatlari boʻyicha jami
Jami:
Xarajatlar qoplanadi:
Konsullik tushumlari hamda qoldiq mablagʻlar hisobidan
Respublika budjeti hisobidan
* Aviachiptalarni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xarid kunida belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada ajratiladigan mablagʻlar.
** Mazkur shakl boʻyicha jamlanma xarajatlar smetasi (“Boshqa xarajatlar” boʻyicha IV guruh xarajatlari yoyilmasi ilova qilingan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Vazirlik va idora rahbari oʻrinbosari
Vazirlik va idoraning moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi
_________
_________
(imzo)
(imzo)
Vazirlik va idoraning bosh hisobchisi
_________
(imzo)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Aviachiptalarni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xarid kunida belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada ajratiladigan mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Mazkur shakl boʻyicha jamlanma xarajatlar smetasi (“Boshqa xarajatlar” boʻyicha IV guruh xarajatlari yoyilmasi ilova qilingan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi..
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarajatlar smetasiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshqa xarajatlar” boʻyicha IV guruh xarajatlari
YOYILMASI
Moddalar nomi
Toifa
Modda va kichik modda
Element
_________________ yil
tasdiqlangan
hammasi
shu jumladan, choraklar boʻyicha
I chorak boʻyicha jami
jumladan, oylar boʻyicha
II chorak boʻyicha jami
jumladan, oylar boʻyicha
III chorak boʻyicha jami
jumladan, oylar boʻyicha
IV chorak boʻyicha jami
jumladan, oylar boʻyicha
yanvar
fevral
mart
aprel
may
iyun
iyul
avgust
sentabr
oktabr
noyabr
dekabr
IV guruh xarajatlari — boshqa xarajatlar
Boshqa xarajatlar — jami jumladan:
....
* Aviachiptalarni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xarid kunida belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada ajratiladigan mablagʻlar.
** Mazkur shakl boʻyicha jamlanma xarajatlar smetasi (Boshqa xarajatlar” boʻyicha IV guruh xarajatlari yoyilmasi ilova qilingan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Vazirlik va idora rahbari oʻrinbosari
Vazirlik va idoraning moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi
_________
_________
(imzo)
(imzo)
Vazirlik va idoraning bosh hisobchisi
_________
(imzo)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Aviachiptalarni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xarid kunida belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada ajratiladigan mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Mazkur shakl boʻyicha jamlanma xarajatlar smetasi (“Boshqa xarajatlar” boʻyicha IV guruh xarajatlari yoyilmasi ilova qilingan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 10/26/2634-9/0074-son)