Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017 13.06.1998 yildagi 250-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 13.06.1998 yildagi 250-son
Date of entry into force
13.06.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

QORAKOʻLChILIKDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh VA UNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2841-sonli “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qorakoʻlchilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, boshqarishni takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tarmoqning eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, shuningdek, qorakoʻlchilik xoʻjalik yurituvchi subyektlarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Qorakoʻl” uyushmasini va Navoiy viloyat qorakoʻlchilik aksiyadorlik jamiyatlari va kooperativlari uyushmasini tugatish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qorakoʻlchilik xoʻjaliklarini mulkiy pay va oilaviy pudrat asosida qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiga tegishli hududlarning qorakoʻl naslchiligi, tovar va boʻrdoqiga boqish xoʻjaliklari, shuningdek tuzatish-qurilish tashkilotlari kiruvchi hududiy “Qorakoʻl” aksiyadorlik birlashmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy aksiyadorlik birlashmalari, “Buxoro-Qorakoʻl” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, “Keles-jun” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimida “Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qorakoʻl qoʻylarining yuqori mahsuldor zotlarini yaratish va joriy etish boʻyicha qorakoʻlchilik korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublikada qorakoʻl qoʻylarining elita genofondining saqlab qolinishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq yaylovlarning holatini yaxshilash, qorakoʻlchilik mahsulotlari yetishtirish, ularni tayyorlash, qayta ishlash va tayyor mahsulot chiqarishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish sohasida yagona texnologiya va investitsiya siyosati olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qorakoʻlchilik mahsulotlarini sotish va eksportga yetkazib berish hajmlarini koʻpaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlari olib borish, qorakoʻlchilik xoʻjaliklarini uslubiy va axborot bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma munosabatlari tizimini takomillashtirish yoʻli bilan xomashyo yetishtiruvchilar bilan tayyorlovchi, qayta ishlovchi korxonalar oʻrtasida iqtisodiy va texnologiya aloqalarini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qorakoʻlchilikda iqtisodiy islohotlar jarayonlarini chuqurlashtirish, choʻponlar va ularning oila aʼzolarining mehnat va turmush shart-sharoitlarini yaxshilash masalalarini hal qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatiga, kompaniya boshqaruv apparati tuzilmasiga (xodimlarning cheklangan soni 16 nafar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) va uning hududiy boʻlinmalari ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasiga 1*, 1a, 2, 3-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi..
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasining rahbarlari belgilangan tartibda muassislar umumiy yigʻilishida saylanadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qarori bilan, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, lavozimga tasdiqlanadilar. Hududiy aksiyadorlik birlashmalari rahbarlari ular muassislarining umumiy yigʻilishida saylanadilar va hokimiyat mahalliy organlari bilan kelishilgan holda kompaniya boshqaruvi qarori bilan tasdiqlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasining ustav jamgʻarmasi tugatilayotgan “Qorakoʻl” uyushmasining mol-mulki, uning trast boshqaruviga aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketini berish, hududiy aksiyadorlik birlashmalari va kompaniya boshqa qatnashchilarining taʼsis badallari hisobiga shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy aksiyadorlik birlashmasining ustav jamgʻarmasi qorakoʻlchilik xoʻjaliklari va birlashma boshqa qatnashchilarining taʼsis badallari hisobiga hosil boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi va uning hududiy aksiyadorlik birlashmalarining xoʻjalik faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash, shu jumladan ularning boshqaruv apparati xarajatlari oʻz xoʻjalik faoliyati va xizmatlar koʻrsatish hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi shartnomalar va qabul qilingan majburiyatlar boʻyicha “Qorakoʻl” uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mollarni pudrat shartnomasi asosida oilalarga berish tartibini va qorakoʻlchilikda oila pudrati namunaviy shartnomasini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qorakoʻl qoʻylari bosh sonini ikki oy muddatda xatlovdan oʻtkazsinlar va ilgari davlat tasarrufidan chiqarilgan qorakoʻlchilik xoʻjalik yurituvchi subyektlarining mol-mulkini qayta baholasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qorakoʻlchilik xoʻjaliklarini mulkiy payga asoslangan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Buxoro-Qorakoʻl” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati va “Keles-jun” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining erkin sotish uchun moʻljallangan aksiyalarining bir qismini qorakoʻlchilik qishloq xoʻjaligi korxonalariga sotishni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda kompaniyaning va uning hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustavini ishlab chiqsinlar, taʼsis yigʻilishlarini oʻtkazsinlar, ustavlarni tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qorakoʻlchilik tarmogʻini va respublikaning choʻl mintaqalari aholisini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasiga va uning xoʻjalik yurituvchi subyektlariga, istisno tariqasida, dagʻal qorakoʻl juni eksport qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-avgustdagi 343-son va 1996-yil 13-avgustdagi 280-son qarorlarida belgilangan tartibda barter kontraktlari tuzishga ruxsat etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 146-son qarorini bajarish yuzasidan berilgan 150 mln. soʻm miqdoridagi kreditni qaytarish muddatini, mazkur kreditni 1999-yildan boshlab uch yil davomida teng ulushlarda qaytarishni nazarda tutgan holda, uzaytirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 1-yanvardan boshlab qorakoʻl naslchiligi, tovar va boʻrdoqiga boqish xoʻjaliklari yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi toʻlashdan 3 yil muddatga ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Agrobank” ATB va boshqa tijorat banklari “Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan kreditning qaytarilishini tasdiqlovchi texnik-iqtisodiy asoslash va biznes-reja asosida qorakoʻl terilari tayyorlash uchun belgilangan tartibda kredit ajratishni nazarda tutsinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari tegishli hududiy “Qorakoʻl” aksiyadorlik birlashmalarini shakllantirishda, shu jumladan binolar ajratishda har tomonlama yordam koʻrsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyatining Tomdi va Uchquduq tumanlari qorakoʻlchilik fermalarini xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 11-iyuldagi 246-son qarorining 1, 2 va 3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi chiqarib tashlansin hamda ushbu qarorga 5-ilovaning II boʻlimidagi “Oʻzqorakoʻl” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 13-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
250-son

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
13-iyundagi 250-son qaroriga
1a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi “Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasining tashkiliy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
13-iyundagi 250-son qaroriga
2-ILOVA

“Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi boshqaruv apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
13-iyundagi 250-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy “Qorakoʻl” aksiyadorlik birlashmalari ijro etuvchi apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy tuzilmasi

Eslatma: Hududiy “Qorakoʻl” aksiyadorlik birlashmalarida ijro etuvchi apparat xodimlari soni quyidagicha belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Jizzax viloyatlari — 5 kishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari — 7 kishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Navoiy viloyati — 12 kishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Surxondaryo viloyati — 4 kishi.