Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2019 17.05.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1032
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 17.05.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1032
Date of entry into force
27.05.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRIning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlagani uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 17-mayda 1032-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-avgustdagi 93-sonli “Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlagani uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1032-5, 23.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-sonli “Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida”gi Farmonini ijro etish yuzasidan buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlagani uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan 1999-yil 27-fevralda 28, 227/03-1, 014-0192-son bilan tasdiqlangan Aholi tomonidan uy-joy kommunal xizmatlar uchun toʻlovning toʻlaligini taʼminlaganligi uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini ragʻbatlantirish tartibi (1999-yil 30-mart, roʻyxat raqami 683) mazkur buyruq kuchga kirgan vaqtdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 27-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001-yil 27-apreldagi 38-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlagani uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida” PF-2832-son Farmonining 4-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomning amal qilishi fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini ragʻbatlantirishga, aholi tomonidan kommunal xizmatlar korxonalari tomonidan bajarilgan uy joy-kommunal xizmatlari (elektr bilan taʼminlash, gaz bilan taʼminlash, issiq suv taʼminoti va markaziy isitish tarmogʻi, suv taʼminoti va kanalizatsiya, sanitariya tozalashi) hamda umumiy mulkni saqlash majburiy badallari uchun oʻz vaqtida va toʻliq haq toʻlanishini taʼminlashda ularning rolini oshirishga yoʻnaltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻp qavatli uylarda yashovchi aholidan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni yigʻishga koʻmaklashish maqsadida shartnomalar ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibdagi uy-joylarda yashovchi aholidan koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni yigʻishga koʻmaklashish maqsadida shartnomalar ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar qoʻrgʻon, qishloq, ovul va mahalla fuqarolarining oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan tuzishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan oʻzaro munosabatlari quyidagi masalalar boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilaydigan shartnoma asosida quriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal xizmatlar koʻrsatuvchilar tomonidan kommunal xizmatlar uchun aholidan olinadigan toʻlovlar prognozini belgilash hamda uni fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan umumiy mulkni saqlash majburiy badallari hamda kommunal xizmatlar uchun aholidan toʻlovlarining toʻliq tushishini taʼminlash; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun aholidan toʻlovlarni kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxonaga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal xizmatlar koʻrsatish korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining oʻzaro munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa masalalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. TURARJOY-KOMMUNAL XIZMATLAR UChUN AXOLIDAN TOʻLOVLAR TUShIShINI PROGNOZLASh (BELGILASh) TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tushadigan toʻlovlar prognozi har oyda mazkur Nizomning 1-ilovasiga* muvofiq shaklda tegishli ravishda kommunal korxona va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan belgilanadi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) hisob-kitob qilinadigan oyda koʻrsatiladigan turarjoy-kommunal xizmatlar uchun amaldagi tariflar boʻyicha belgilangan tartibda hisoblangan tegishli toʻlovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shartnoma tuzilgan paytdan keyin oʻtgan avvalgi oy uchun vujudga kelgan qarz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tushadigan toʻlovlar prognozi hisob-kitob oyining 10-kuniga qadar kommunal xizmatlar koʻrsatiladigan korxona va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tushadigan toʻlovlar prognozi turarjoy fondining oʻsishi (kamayishi) hisobiga, aholining turarjoy-kommunal xizmatlardan foydalanishi darajasi oʻzgarganida va bu toʻlovlar tushishi hajmi, turarjoy-kommunal xizmatlar narxi (tariflar)ga taʼsir koʻrsatganida qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda turarjoy-kommunal xizmatlar uchun oldindan (oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan davr uchun) haq toʻlagan xususiy uy-joy mulkdorlari va turarjoy ijarachilari bu davrda tegishli narx (tariflar) oshganida qoʻshimcha toʻlovlar kiritishdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. KOMMUNAL XIZMATLAR KOʻRSATADIGAN KORXONALAR, XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI ShIRKATLARI VA FUQAROLAR OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARINING OʻZARO MUNOSABATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan ishlashda kommunal xizmatlar koʻrsatadigan korxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toʻlovlarning toʻliq toʻlanishini taʼminlash maqsadida oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan birgalikda ishlash uchun (shartnoma tuzilganida) kommunal xizmatlar koʻrsatadigan korxona va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining masʼul vakili tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Toʻlangan va toʻlanadigan toʻlovlarni toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalariga (yoki hisob daftariga) muntazam ravishda kiritadi va ularni tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kommunal xizmatlar koʻrsatadigan korxonalar xizmatlar uchun joriy toʻlovlar boʻyicha prognoz tushumlari quyidagi tartibda bajarish sharti bilan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining maxsus hisob raqamlariga oʻtkazadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100 foiz bajarilganda — tushgan toʻlovlar summasidan 15 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75 foizdan ortiq bajarilganda — tushgan toʻlovlar summasidan 7 foizi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal xizmat koʻrsatadigan korxona va tashkilotlar kommunal xizmatlar uchun joriy toʻlovlar boʻyicha prognoz tushumlari bajarilgan taqdirda, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maxsus schyotlariga ajratmalarni quyidagi tartibda amalga oshiradilar (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan shartnomalar tuzilgan taqdirda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100 foiz bajarilganda — tushgan toʻlovlar summasidan 10 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75 foizdan ortiq bajarilganda — tushgan toʻlovlar summasidan 5 foizgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi boʻyicha topshiriq 100 foiz bajarilganda — elektr bilan taʼminlashning tuman (shahar) korxonalari tomonidan taqdim etilgan, topshiriq-roʻyxatlarda koʻrsatilgan isteʼmolchilardan muddati oʻtgan debitorlik qarzining undirilgan summasidan 2 foizgacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan aholidan toʻlovlar toʻliq tushishini taʼminlashga koʻmaklashish uchun shartnoma tuzgan boʻlsa, shirkatlar oʻzaro tuzilgan shartnomalarda belgilangan miqdorda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga mablagʻ oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari jamoatchilikka taʼsir koʻrsatishning turli usullari bilan aholi orasida yashab oʻtilgan oydan keyingi oyning oʻninchi kuniga qadar koʻrsatilgan turarjoy-kommunal xizmatlar uchun haq toʻlanishi zarurligi haqida tushuntirish ishlari olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kommunal xizmatlar koʻrsatish korxonasi yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan doimiy aloqani taʼminlash maqsadida oʻzini oʻzi boshqarish organi devonining tarkibidan masʼul shaxs tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Turarjoy-kommunal xizmatlar uchun qarzi boʻlgan oilalar, shu jumladan kam taʼminlangan oilalarni aniqlaydi va ularga umumiy mulkni saqlash badallari va koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun haq toʻlashda tegishli yordam koʻrsatish boʻyicha choralar koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kommunal xizmatlar koʻrsatadigan korxonalardan (yoki shartnoma tuzilgan boʻlsa, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan) tushgan mablagʻni quyidagi tartibda yoʻnaltiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60 foizi turarjoy-kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha mavjud qarzlarni soʻndirishga, shu jumladan kam taʼminlangan oilalarga xizmatlar uchun hisob-kitob qilish boʻyicha koʻmaklashishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 foizi oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini, bajarilgan turar-joy-kommunal xizmatlar uchun aholidan toʻlovlar toʻliq olinishini taʼminlashdagi ishtirokidan kelib chiqib, ragʻbatlantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25 foizi turarjoylarni taʼmirlash, mahallalar, qoʻrgʻonlar, qishloq va ovullarni obodonlashtirishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar oʻz-oʻzlarini boshqarish organlarining muayyan xodimlarini ragʻbatlantirish miqdori Fuqarolari yigʻini kengashi qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yil yakuni boʻyicha koʻrsatilgan mablagʻlarning tushishi va taqsimlanishi haqidagi hisobot qoʻrgʻon, qishloq, ovul va mahalla Fuqarolari yigʻini tomonidan koʻrib chiqilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Turarjoy-kommunal xizmatlar uchun haq toʻlashda koʻmaklashishga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalarni aniqlashda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 101-modda) amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Turarjoy-kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash, shu jumladan kam taʼminlangan oilalarga xizmatlar uchun hisob-kitob qilishda koʻmaklashish faqat oilada kommunal xizmatlar uchun qarz boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu holda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yordam oluvchining roziligi bilan kommunal xizmatlar koʻrsatadigan tegishli korxona yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining hisob-kitob varagʻiga qarzni soʻndirish uchun mablagʻ oʻtkazishi mumkin. Oila turarjoy-kommunal xizmatlarni toʻlash boʻyicha qarzni soʻndirishdan voz kechsa, oilaga mablagʻ toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turarjoy-kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan haq boʻyicha qarz boʻlmasa, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kommunal xizmatlar koʻrsatadigan korxonalardan kelgan mablagʻni tegishli ulushda oʻz xodimlarini ragʻbatlantirish, hududni obodonlashtirish va turarjoylarni taʼmirlashga yoʻnaltirish haqida qaror chiqarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Har oyda kommunal xizmatlar koʻrsatish korxonasiga turarjoy-kommunal xizmatlar uchun qarzlarni qoplash boʻyicha oilalarga koʻrsatilgan yordam haqida maʼlumot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kommunal xizmatlar koʻrsatadigan korxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan kelgan pul mablagʻlari tushumi va sarflanishining hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Har chorakda ular uchun belgilangan muddatlarda mazkur Nizomning 2-ilovasiga* muvofiq kommunal xizmatlar koʻrsatadigan korxonalardan pul mablagʻlarining tushishi va ularning sarflanishi haqida hisobot tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1, 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tushgan mablagʻning 60 foizini turarjoy-kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha mavjud qarzlarni soʻndirishga, shu jumladan (fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishib) kam taʼminlangan oilalarga xizmatlar uchun hisob-kitob qilishda koʻmaklashishga, 15 foizini oʻz xodimlarini ragʻbatlantirishga va 25 foizini xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga bogʻlab qoʻyilgan turarjoylarni taʼmirlash va hududni koʻkalamzorlashtirishga yoʻnaltirish tavsiya qilinadi. Turarjoy-kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan haq boʻyicha qarz boʻlmasa, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari kommunal xizmatlar koʻrsatadigan korxonalardan tushgan mablagʻni tegishli ulushda oʻz xodimlarini ragʻbatlantirish, hududni obodonlashtirish va turarjoylarni taʼmirlashga sarflash haqida qaror chiqarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. PUL MABLAGʻLARI TUShIShI VA ULARNI OʻTKAZISh XISOBINI YuRITISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kommunal xizmatlar koʻrsatish korxonalari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar tushishi hisobini xizmat koʻrsatadigan bankdan kelgan toʻlov hujjatlari asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar kelgan tushumlar toʻliq solishtiriladi va ikkala tomondan toʻlov tushishi prognozi bajarilganligi haqida dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi tasdiqlaydigan hujjatlar va toʻlovlar tushishi haqidagi maʼlumotlar asosida 1-ilovaga muvofiq shaklda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kuniga qadar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi (yoki shartnoma tuzilgan boʻlsa, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati)ning maxsus hisobvaragʻiga tegishli summani oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga kommunal xizmatlar uchun aholi toʻlovlari tushumlaridan ajratmalar xizmat koʻrsatadigan korxonalarning foyda (daromad) soligʻi boʻyicha soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Kommunal xizmatlar koʻrsatadigan korxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga xizmat qiladigan banklar aholining turarjoy-kommunal xizmatlar uchun toʻlovlari bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni oʻz vaqtida amalga oshirishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. MABLAGʻLARDAN MAQSADLI FOYDALANISh USTIDAN NAZORAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi va ularning joylardagi organlari belgilangan tartibda kommunal xizmatlar koʻrsatadigan korxonalar tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga (yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga) mablagʻlarning toʻgʻri oʻtkazilishi va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan mablagʻlar mazkur Nizomga muvofiq maqsadli foydalanilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimiyatlari ijtimoiy imtiyozlar belgilashda oshkoralik va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya qilinishi, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan mablagʻlar qatʼiy maqsadga koʻra sarflanishi ustidan doimiy nazorat tizimini oʻrnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston “Mahalla” respublika jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.A. ABIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori U.A. XOLMUHAMMEDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalla” fondining raisi Sh.I. DJALILOV