09.01.2026 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.01.2026 yildagi 6-son
Date of entry into force
10.01.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda turizmni strategik tarmoq sifatida yanada rivojlantirish, “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi orqali sayyohlar oqimini oshirish, ziyorat turizmi infratuzilmasi va xizmatlarini takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-2027-yillarda Malayziya va Indoneziyadan “ziyorat turizmi” yoʻnalishida sayyohlar oqimini 100 ming nafarga yetkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Turizm qoʻmitasi) tomonidan Malayziya va Indoneziyadan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun 100 AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu subsidiya boʻyicha xarajatlar Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizm qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Malayziya va Indoneziyadan jalb qilinadigan turistlar soni va ragʻbatlantiruvchi subsidiyalarni toʻlab berish tartibini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Turizm qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikki hafta muddatda ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda mahalliy turoperatorlarni jalb qilgan holda “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Madaniy meros agentligi, Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Dastur ishtirokchilari uchun qish (20-noyabrdan 20-fevralgacha) va yoz fasllarining (iyul oyi) nomavsumiy oylarida madaniy meros obyektlari, mehmonxona, ovqatlanish va boshqa xizmatlar uchun ixtiyoriy chegirmalar joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir oy muddatda Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan birgalikda Dasturga kiritilgan marshrut boʻylab sayohatni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida ziyorat turizmiga ixtisoslashgan (ingliz, malay va indonez tillarini biladigan) gid-tarjimonlar va guruhboshilar roʻyxatini shakllantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2026-yil 15-yanvardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malayziya va Indoneziyada Dastur boʻyicha kuchaytirilgan targʻibot kampaniyasini amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turoperator (turagent)lar tomonidan Milliy turizm yagona platformasi orqali Dastur boʻyicha shakllantirilgan turistik dasturining onlayn sotuvini yoʻlga qoʻysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Dasturning ilmiy asoslangan rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Transport vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Dastur uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy yoki xorijiy aviakompaniyaning 10 ta aviabortini, shu jumladan, ijaraga olish orqali jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kuala Lumpur-Samarqand-Jidda-Kuala Lumpur” va “Kuala Lumpur-Buxoro-Jidda-Kuala Lumpur” hamda “Jakarta-Samarqand-Jidda-Jakarta” va “Jakarta-Buxoro-Jidda-Jakarta” turistik marshrutlari boʻylab aviaqatnovlarni raqobatbardosh narxlarda ishlab chiqilishini hamda Dasturda ishtirok etuvchi turkompaniyalarga taqdim etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Turizm qoʻmitasi tomonidan Malayziya va Indoneziyadagi Oʻzbekiston elchixonalariga bir milliard soʻmdan mablagʻ ajratilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonning Malayziya va Indoneziyadagi elchixonalari bir oy muddatda ajratilgan mablagʻlardan 2026-2027-yillarda foydalanish boʻyicha targʻibot loyihalarini oʻz ichiga olgan “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, Turizm qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yil yakuniga koʻra, mablagʻlar sarflanishi boʻyicha hisobotlarni Turizm qoʻmitasiga taqdim qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Din ishlari boʻyicha qoʻmita Dasturni amalga oshirish uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida oʻquv-amaliyot laboratoriyasini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Malayziya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida “Turizm va mehmondoʻstlik” taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniy meros agentligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, “Uzbekistan Airports” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan marshrut boʻylab madaniy meros obyektlari hamda ziyorat joylari, aeroportlar, vokzallar, mehmonxona va umumiy ovqatlanish obyektlarida ziyoratchilar uchun barcha zarur sharoitlar (sanitariya-gigiyena xonalari, tahoratxona va boshqalar)ni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Madaniy meros agentligi bilan birgalikda Dastur marshrutida joylashgan obyektlar, masjid va madrasalarda jamoat xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda, “24/7” rejimda ziyoratchilar tashrif buyurishi uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda madaniy meros obyektlari hududida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar Madaniy meros agentligi bilan belgilangan tartibda kelishilgandan soʻng amalga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 9-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi 6-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

A.Oʻ. Aqqulov

Turizm qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

4.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

5.

A.A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

6.

kelishuvga koʻra

Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi

7.

B.J. Aʼloyev

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

S.D. Toshboyev

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

10.

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

11.

A.R. Jumanazarov

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

12.

F.F. Abduxalikov

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

13.

M.M. Kamilov

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori

14.

N.M. Xoliqnazar

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

15.

Sh.Sh. Xudaykulov

“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi

16.

J.O. Umarxodjayev

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi

17.

lavozimiga koʻra

Turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizm qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Ishchi guruh tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi 6-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-2027-yillarda Malayziya va Indoneziyadan “ziyorat turizmi” yoʻnalishida sayyohlar oqimini 100 ming nafarga yetkazish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Turizm targʻibotini oshirish, aviaqatnovlarni koʻpaytirish

1.

Malayziya va Indoneziyada “Imom Buxoriy izidan” va “Ramazonni Oʻzbekistonda oʻtkaz” tematik turizm targʻiboti kampaniyalarini tashkil etish.

1. Targʻibot dasturini ishlab chiqish.

2026-yil yanvar

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev)

2. Malayziya va Indoneziyaning yirik media platformalari orqali targʻibot dasturini amalga oshirish.

2026-2027-yillar davomida

2.

Malayziyaning Kelantang, Kedah, Terengganu kabi musulmon aholisi koʻp boʻlgan hududlarida ziyorat turizmi boʻyicha alohida roadshoular tashkil etish.

1. Roadshoular dasturini ishlab chiqish.

2026-yil yanvar

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev)

2. Mahalliy turoperatorlar ishtirokida roadshoularni tashkil etish.

2026-2027-yillar davomida

3.

“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida Toshkent shahri va Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi obyektlarni oʻz ichiga olgan turistik marshrutlarni ishlab chiqish.

1. Sayyohlar uchun qiziqarli boʻlgan salohiyatli obyektlar roʻyxati va maʼlumotlarni tayyorlash.

2026-yil yanvar

-

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev),

Madaniy meros agentligi

(B. Abdikarimov),

Buxoro, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari

2. Manfaatdor davlat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda turistik marshrutlar ishlab chiqish.

2026-yil fevral

3. Takliflarni Malayziya va Indoneziyaning turistik tashkilotlariga taqdim qilish hamda turistik platforma, ijtimoiy tarmoqlarga maʼlumotlarni joylashtirish.

2026-yil davomida

4. Turistik obyektlarning talabiga muvofiq tungi vaqtda faoliyat yuritishi uchun imkoniyat yaratish.

2026-yildan boshlab

4.

“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini tashkil qilishda sayohatchilarning talab va istaklarini oʻrganish.

1. Tadqiqot olib borish orqali ziyoratchilarning mavjud yoʻnalish va ularga koʻrsatilayotgan xizmatlarini tahlil qilish.

2. Tahlil natijalariga koʻra, sayohatchilar uchun muqobil sifatli xizmatlarni tashkil qilish.

2026-yil yanvar

Tashabbuskor va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev),

Buxoro, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari

3. Tashkil qilingan xizmatlar boʻyicha maʼlumotlarni mahalliy va xorijiy turistik kompaniyalarga taqdim qilish.

2026-2027-yillar davomida

5.

“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasidagi turistik marshrutlarni (turpaketlarni) xorijiy davlatlarda keng targʻib qilish.

1. Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari tomonidan turizm koʻrgazmalari va yarmarkalarida “Umra plyus” turpaketlarini targʻib qilish.

2. “Uzbekistan Airways” AJning xorijdagi vakolatxonalari tomonidan targʻibotni muntazam olib borish.

3. Xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan turizm koʻrgazmalari va yarmarkalarida turpaketlarni targʻib qilishga qaratilgan stendlar tashkil qilish.

2026-2027-yillar davomida

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Uzbekistan Airways” AJ

(Sh. Xudaykulov)

6.

Malayziyalik va indoneziyalik sayohatchilarning Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) bayramlarini Oʻzbekistonda oʻtkazishi yuzasidan choralar koʻrish.

Sayohatchilar uchun Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) bayramlarini mazmunli tashkil qilish yuzasidan turistik dasturlar tayyorlash va xorij tomonining turistik tashkilotlari, OAVlariga yetkazish.

Doimiy

-

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev)

7.

Malayziyaning yirik turistik nashriyot uylari vakillaridan iborat delegatsiyaning Oʻzbekiston boʻylab press-turini tashkil etish.

1. Malayziyaning “New Strait Times”, “The Star”, “The Sun Musotrees”, “GayaTravel” va “Astro TV” kabi yirik nashriyot uylari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2. Press-turni yuqori saviyada tashkil etish hamda jarayonlarni mahalliy va xorijiy OAVda keng targʻib qilish.

2026-2027-yillar davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev)

8.

Malayziya va Indoneziyada oʻtkaziladigan yirik xalqaro turizm koʻrgazmalari va yarmarkalarida ishtirok etish.

Malayziya va Indoneziyadagi xalqaro turizm koʻrgazmalari va yarmarkalarida turizm stendi bilan ishtirok etish.

2026-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev)

9.

Malayziya va Indoneziya ulamolari koʻmagida Oʻzbekistondagi ziyoratgohlarga tashriflarni targʻibot qilish boʻyicha materiallarni tayyorlash va Tashqi ishlar vazirligi orqali xorij tomoniga yetkazish.

1. Malayziya va Indoneziyaning yirik masjidlari imomlari guruhining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.

2. Malayziya va Indoneziyaning yirik masjidlarida juma namozi xutbalarida “Imom al-Buxoriy”, “Bahovuddin Naqshbandi”, “Imom at-Termiziy” toʻgʻrisida maʼruzalar orqali ziyorat turizmi targʻibotini kuchaytirish choralarini koʻrish.

2026-2027-yillar davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

(N. Xoliqnazar),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev)

10.

Malayziya va Indoneziyada islomshunoslik sohasida taʼlim olayotgan talabalarni mamlakatimiz ziyorat obyektlari bilan tanishtirishga qaratilgan “Islomiy akademik sayohat” (Islamic academic tour) dasturi loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. “Islomiy akademik sayohat” dasturini ishlab chiqish va Tashqi ishlar vazirligi orqali xorij tomoni bilan muvofiqlashtirish.

2026-yil yanvar

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

(N. Xoliqnazar),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev)

2. Malayziya va Indoneziya tomonlari takliflari asosida loyihani amalga oshirish.

2026-yil iyun

11.

Kuala-Lumpur shahridagi Islom sanʼati muzeyi (Islamic Arts Museum)da Oʻzbekistonning ziyorat turizmi imkoniyatlarini namoyish etuvchi fotokoʻrgazma tashkil etish.

1. Xorij tomoni bilan koʻrgazma tashkil etish masalasini muhokama qilish, shartlarni kelishish.

2. Koʻrgazmada ishtirok etuvchi sanʼat asarlari va ustalari roʻyxatini shakllantirish.

3. Koʻrgazmani yuqori saviyada tashkil etish.

2026-yil davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Islom sivilizatsiyasi markazi

(F. Abduxalikov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev)

12.

Malayziyada “Oʻzbekiston — islom madaniyati markazi” haftaligini va haftalik doirasida koʻchma koʻrgazma targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

Malayziya taʼlim muassasalarida “Malayziya Islom sanʼati muzeyi toʻplami” kitob-albomining taqdimotlarini oʻtkazish.

1. Hamkor tomonlar bilan birgalikda reja-grafik ishlab chiqish.

2. Reja-grafikka asosan targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

2026-2027-yillar davomida

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Islom sivilizatsiyasi markazi

(F. Abduxalikov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Xalqaro islom akademiyasi

(M. Kamilov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev)

II. Ziyorat turizmi infratuzilmasini rivojlantirish

13.

Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro viloyatlari ziyoratgohlaridagi turistik infratuzilmani yaxshilash.

1. Ziyoratgohlardagi mavjud kontentni toʻlaligicha ilmiy nuqtai nazardan qayta koʻrib chiqish.

2026-yil yanvar

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev)

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

(N. Xoliqnazar),

Madaniy meros agentligi

(B. Abdukarimov),

Buxoro, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari

2. Ziyoratgohlarda ingliz va arab tillarida zamonaviy koʻrsatkichlar, audiogidlarni oʻrnatish.

2026-2027-yillar davomida

3. Obyektlardagi tahoratxona va namoz oʻqish xonalarini tartibga keltirish.

2026-2027-yillar davomida

14.

“Musulmon mehmondoʻstligi” (Muslim Friendly) sohasida Malayziya tajribasini oʻrganish orqali mamlakatda ziyorat turizmi xizmatlari sifatini oshirish.

1. “Muslim Friendly” boʻyicha Malayziyada katta tajribaga ega “SIRIM” akademiyasi ekspertlarining Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlariga tashrifini tashkil etish.

2026-yil yanvar-fevral

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov)

2. Turizm, hunarmandchilik, savdo va restoran biznesi vakillari uchun sayyor oʻquv kurslarini tashkil etish.

2026-yil mart-aprel

15.

“Milliy turizm” yagona platformasida “Ziyorat turizmi” modulini yaratish va “Traveloka”, Agoda” hamda “Booking” platformalari bilan integratsiya qilish.

1. “Milliy turizm” yagona platformasida “Ziyorat turizmi” modulini yaratish.

2026-yil yanvar

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Aʼloyev),

Madaniy meros agentligi

(B.Abdikarimov)

2. Platformani “Traveloka”, “Agoda” hamda “Booking” platformalari bilan integratsiya qilish.

2026-yil fevral

3. “Milliy turizm” platformasi xizmatlarini Malayziya turizm bozorida targʻibot qilish.

2026-2027-yillar davomida

4. Madaniy meros obyektlari va muzeylarga kirish chiptalarini raqamlashtirish va oldindan xarid qilish imkoniyatini yaratish.

2026-yildan boshlab doimiy

16.

Malayziyalik sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida Oʻzbekistonda malay va indonez tilida gid-tarjimonlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. 2026-2027 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Filologiya va tillarini oʻqitish (malay va indonez tili)” yoʻnalishida kadrlar tayyorlashni ikki barobar oshirish choralarini koʻrish.

2026-2027-yillar davomida

Davlat budjetidan kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish uchun ajratiladigan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov)

2. Ushbu taʼlim muassasasida malay va indoneziya tilida gid-tarjimonlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2026-2027-yillar davomida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2026-y., 09/26/6/0029-son)