14.11.2025 yildagi PF-214-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 14.11.2025 yildagi PF-214-son
Date of entry into force
15.11.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, biznesni boshlashda davlat xizmatlarini kompleks tarzda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Asosiy maqsad
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib tadbirkorlarning maʼmuriy xarajatlarini 90 milliard soʻmgacha qisqartirish, shuningdek, davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik jarayonlarida 15 kungacha vaqtini tejash belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Biznesni kompleks tarzda roʻyxatdan oʻtkazish tizimini joriy etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida quyidagi xizmatlarni koʻrsatish tartibi joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) elektron raqamli imzo kalitini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) ayrim faoliyat turlari boʻyicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) koʻchmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasini olish (soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda guvohnoma beriladigan soliq toʻlovchilarga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) tadbirkorlik subyekti har bir xizmatdan oʻz tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) tanlangan xizmatlar boʻyicha yagona QR kod orqali toʻlovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega boʻlishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) tadbirkorlik subyektlarining birlamchi maʼlumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, firma nomi, manzili, tashkiliy-huquqiy shakli va h.q.) oʻzgarganda ushbu maʼlumotlar boʻyicha oʻzgartirishlar yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasiga, litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan bepul kiritiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi va otasining ismi oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotlar — Ichki ishlar vazirligining “ID-karta” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) boshqa maʼlumotlar — Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimidan oʻrnatilgan tartibda real vaqt rejimida “Litsenziya” axborot tizimiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2026-yil 1-martdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qoʻllanilganda, ularning mansabdor shaxslarini maʼmuriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda quyidagilarni nazarda tutuvchi ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati yoʻlga qoʻyilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) dastlabki baholash doirasida talabgor litsenziya yoki ruxsatnoma olish uchun xarid qilishi rejalashtirgan bino-inshootlar, moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, yollash koʻzda tutilgan xodimlar toʻgʻrisidagi hamda boshqa maʼlumotlar litsenziya va ruxsat berish talab hamda shartlariga muvofiqligi oʻrganiladi va tegishli xulosa beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) dastlabki baholash xizmati 20 kundan oshmagan muddatda koʻrsatiladi va tegishli litsenziya yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatni berishda arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan yigʻimdan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlov undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yukini kamaytirish hamda byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur Farmonning maqsadi, vazifalari hamda undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Adliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.J. Tashkulov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 14-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-214-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yukini kamaytirish hamda byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida quyidagi xizmatlarni kompozit koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish:

elektron raqamli imzo kalitini berish;

tijorat banklarida hisobvaraq ochishga ariza topshirish va uni faollashtirish;

ayrim faoliyat turlari boʻyicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;

koʻchmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;

qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi guvohnomasini olish (soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda guvohnoma beriladigan soliq toʻlovchilarga);

onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish;

yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qoʻyish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

tijorat banklari

2. Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2.

“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi va Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimini “Litsenziya” axborot tizimiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

3.

“ID-karta” avtomatlashtirilgan axborot tizimini Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi va “Litsenziya” axborot tizimiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

2025-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

4.

Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida tayinlangan rahbar maʼlumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

2025-yil dekabr

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

5.

Onlayn nazorat-kassa mashinalarini soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimini Soliq qoʻmitasining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

2025-yil dekabr

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

6.

“Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda talabgorning litsenziya hamda ruxsat berish talab va shartlariga mos kelishini aniqlashga qaratilgan dastlabki baholash xizmatini yoʻlga qoʻyish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2. Amaliy chora-tadbirlar.

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2026-yil fevral

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalarini elektron shaklda “Shaffof qurilish” tizimi orqali koʻrib chiqish va kelishish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2025-yil dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Xidoyatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

8.

Quyidagi litsenziya va ruxsatnomalarni ariza beruvchilarning xohishiga koʻra tezlashtirilgan tartibda berish:

turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya;

konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziya;

moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya;

veterinariya faoliyati uchun litsenziya;

xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyati uchun litsenziya;

xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati uchun litsenziya;

avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyalarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va tarqatish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa;

ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2026-yil mart

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Xidoyatov),

Madaniy meros agentligi

(Abdikarimov),

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(Rafiqov),

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

(Eshqoʻziyev),

Turizm qoʻmitasi

(Shadiyev)

9.

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalarni “Litsenziya” axborot tizimi orqali qoʻllash tizimini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2026-yil fevral

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

10.

“Litsenziya” axborot tizimida arizalarni toʻldirish jarayonida talabgorning tegishli talab va shartlarga mos kelishiga avtomatik yoki sunʼiy intellekt texnologiyasi orqali baho berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2026-yil may

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

11.

“Litsenziya” axborot tizimida vakolatli organlar tomonidan arizalarni koʻrib chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish.

Ariza va taqdim etilgan hujjatlardagi raqamlashgan maʼlumotlarga axborot tizimlari yoki sunʼiy intellekt texnologiyasi orqali baho berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2026-yil avgust

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Davlat muassasalariga ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda va ularning pasportlarida tegishli faoliyat yoki harakatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan amalga oshirishga ruxsat berilgan boʻlsa, ularga ushbu faoliyatni bevosita amalga oshirishga ruxsat berish yuzasidan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

13.

Tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz, shuningdek, xabarnoma yubormasdan shugʻullanish holatlari bilan bogʻliq qonunbuzilishlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlanganda va huquqbuzarlik tasdiqlanganda, bu haqida vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslarni undirilgan jarimaning oʻn foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2026-yil aprel

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Urunov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

14.

“Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2026-yil aprel

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Urunov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

15.

10 turdagi litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

-

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Urunov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

16.

“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilini amalda qoʻllash boʻyicha davlat xizmatlari markazlari va davlat tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini oʻqitish.

Amaliy chora-tadbirlar

-

Reja-grafik asosida har oyda

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Urunov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga quyidagi tartibda tushuntirish:

axborot-tahliliy materiallardan foydalangan holda hujjatlar toʻplamini (maʼruza matni, taqdimot, annotatsiya, infografika, sxema) tayyorlash;

matbuot anjumanlarini oʻtkazish;

hududlarda manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish;

mustaqil ekspertlar, mutaxassislar, aholi va tadbirkorlarning fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Urunov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Davlat xizmatlari markazlarida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan xizmatlar, jumladan, bank-moliya, huquqiy, konsalting, rieltorlik, transport-logistika kabi xizmatlar hamda ularni koʻrsatuvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi stendlar, bannerlar, onlayn reklama tablolarini joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda tadbirkorlar mablagʻlari

2026-yil yanvar

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

tijorat banklari,

manfaatdor tashkilotlar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2025-y., 06/25/214/1053-son)