03.11.2025 yildagi PF-207-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 03.11.2025 yildagi PF-207-son
Date of entry into force
08.11.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024 — 2028-yillarga moʻljallangan milliy strategiyaning ustuvor maqsadlariga erishish, giyohvandlik va uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish orqali aholini, birinchi navbatda, yoshlar salomatligini hamda millat genofondini samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Maqsadlar va ustuvor vazifalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Oʻzbekiston aholisining salomatligi va millat genofondiga jiddiy tahdid solayotgan giyohvandlik illatiga qarshi kurashish hamda bunga sabab boʻlayotgan uyushgan narkojinoyatchilikka chek qoʻyishga qaratilgan normativ-huquqiy, tezkor-profilaktik va tashkiliy-tarbiyaviy choralar kompleksini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) voyaga yetmaganlar va yoshlarimiz kelajagini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan har tomonlama asrash — barcha darajadagi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalarining dolzarb vazifasi ekanini alohida qayd etish hamda ularning bu boradagi masʼuliyatini tubdan oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi keskin kurashish faoliyatini amalga oshirishga masʼul davlat organlari va tashkilotlarining ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) taʼlim muassasalarida, oʻquvchi va talabalar orasida psixofaol moddalarning tarqalishiga batamom chek qoʻyish, yoshlarda giyohvandlik illatiga murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni kompleks ravishda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar (keyingi oʻrinlarda — giyohvandlik vositalari) noqonuniy aylanmasiga qatʼiy jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali barham berish, bu boradagi jazo choralarini keskin kuchaytirish hamda yoshlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uchun javobgarlikni ogʻirlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) giyohvandlik vositalarini respublika chegarasidan olib kirish yoʻnalishlarini, internet tarmoqlari orqali tarqatish harakatlarini, noqonuniy narkolaboratoriyalarni va narkojinoiy uyushmalarni, shu jumladan, ularga homiylik (rahnamolik) qilayotgan mansabdor shaxslarni aniqlash, ular faoliyatiga chek qoʻyish hamda jazo muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tezkor-qidiruv va tergov faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) giyohvandlik vositalarini tayyorlash uchun foydalanish mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar (prekursorlar) aylanmasi ustidan qatʼiy davlat nazoratini oʻrnatish, giyohvandlik vositalaridan tibbiyotda foydalanuvchi tibbiyot muassasalari, farmatsevtika korxonalari va dorixonalarning faoliyatini nazorat qilish amaliyotiga raqamli yechimlarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida giyohvandlik hamda zaharvandlikni tashxislash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Normativ-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar bugungi kundagi amaliyot, zamon talablari va ilgʻor xorijiy tajribalarni kompleks oʻrgangan holda giyohvandlik vositalari aylanmasini tartibga solish mexanizmlari hamda narkojinoyatlarning oldini olish va fosh etishda davlat organlari va tashkilotlarining aniq masʼuliyatini belgilaydigan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bosh prokuratura, Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qoʻmitasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) uyushgan narkojinoyatchilikka jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali qarshi kurashish faoliyatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli alohida yangi boʻlim kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) narkojinoyatlarning yangi shakllari, usullari va uyushganlik darajasidan kelib chiqib, quyidagi qilmishlar uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni kiritish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) narkojinoiy uyushma tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash, shuningdek, giyohvandlik vositalarini uyushgan guruh tomonidan transchegaraviy usullarda yoki internet tarmogʻidan foydalanib oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) giyohvandlik vositalarini noqonuniy muomalaga kiritishga hokimiyat (mansab) vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan homiylik (rahnamolik) qilish yoki bunday jinoyatlar fosh boʻlishining oldini olish maqsadida xabar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) giyohvandlik vositalarini jamoat joylarida isteʼmol qilganlik uchun oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosini qoʻllashni nazarda tutuvchi maʼmuriy javobgarlikni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) narkojinoyatlar sodir etilishi va qayta sodir etilishining oldini olish maqsadida quyidagi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik choralarini ikki baravargacha ogʻirlashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab koʻp miqdorda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, shuningdek, ularni noqonuniy ravishda koʻp miqdorda har qanday usulda oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni taʼlim tashkilotlarida, ozodlikdan mahrum qilish joylarida, internet tarmogʻidan foydalanib, xavfli yoki oʻta xavfli retsidivist tomonidan muomalaga kiritish, shuningdek, ularni koʻp miqdorda kontrabanda qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasini (oʻtkazish maqsadisiz) koʻp miqdorda va takroran sodir etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) giyohvandlik vositalarini har qanday shaklda isteʼmol qilishga jalb etish odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) voyaga yetmagan va yoshlarni narkojinoyatlardan himoya qilish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) har qanday narkojinoyatni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan yoki ularni jalb qilgan holda sodir etishni jinoiy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holati sifatida qayd etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) voyaga yetmagan shaxsni kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilishga jalb qilganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlik belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) taʼlim tashkilotlari, talabalar yotoqxonalari, bolalar oromgohlarida yoki taʼlim tashkilotlariga tutash hududlarda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazganlik uchun jinoiy javobgarlik choralarini ikki baravargacha ogʻirlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) voyaga yetmagan shaxslarni kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni aynan taʼlim tashkilotlari, talabalar yotoqxonalari, bolalar oromgohlarida yoki ularga tutash hududlarda isteʼmol qilishga jalb qilganlik uchun oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik tartibini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari boʻyicha komissiya mahkumlarning afv etishga oid murojaatlarini oʻrganishda aholi genofondiga qarshi sodir etilgan har qanday jinoyat davlat, jamiyat va shaxs uchun jiddiy xavf ekaniga hamda oʻta ogʻir oqibatlarga olib kelishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Kompleks chora-tadbirlarni belgilash va ularning ijrosini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi (keyingi oʻrinlarda — Milliy dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Masʼul vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari oʻz sohaviy yoʻnalishi va hududi kesimida Milliy dastur ijrosini manzilli tashkil etish boʻyicha har choraklik “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi keskin kurashish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda Milliy dastur ijrosini tizimli ravishda nazorat qilib borish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida faoliyat koʻrsatuvchi Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh) 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova keltirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh (S. Gordeyev, B. Tashmatov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) qoshida masʼul vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh shtabi tarkibini shakllantirsin hamda 2025-2026-yillarda mazkur Farmon bilan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish borasidagi ishlarning natijadorligini, shu jumladan, joylarga chiqqan holda tizimli oʻrganish va monitoring qilib borishni tashkil qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Milliy dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning izchil, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini doimiy ravishda va qatʼiy nazorat qilib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Milliy dastur, sohaviy va hududiy “yoʻl xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda aniq natijalarga erishish yuzasidan masʼuliyat davlat organlari, idoralari va mahalliy hokimliklarning shaxsan birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatilsin va mazkur yoʻnalishdagi faoliyat samaradorligi taʼminlanmagan taqdirda, ularga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) masʼul davlat organlari, idoralari va mahalliy hokimliklar har oy yakunida mazkur Farmonda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish borasida qilingan aniq ishlar hamda Milliy dasturning ijrosi yuzasidan hisobotlarni Agentlikka kiritib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) har oyda masʼul davlat organlari, idoralari va ularning hududiy boʻlinmalari hamda mahalliy hokimliklar rahbarlarining mazkur Farmonda belgilangan ustuvor vazifalarning sohalar va hududlar kesimida ijrosi yuzasidan hisobotlarini eshitadi, natijadorligi boʻyicha tanqidiy muhokamalar oʻtkazadi hamda ushbu masalaga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan taʼsir choralarini koʻrib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) har chorakda respublikada giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi keskin kurashish borasida mazkur Farmonga asosan koʻrilgan manzilli choralar va erishilgan aniq natijalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish va aniqlash mexanizmlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sanoat va tibbiyotda foydalaniladigan kimyoviy moddalarning sintetik narkotiklar, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni noqonuniy tayyorlash jarayoniga kirib borishining oldini olish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Oʻzbekistonda muomalasi cheklangan prekursorlar roʻyxatini xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda kengaytirish choralari koʻrilsin hamda uni soddalashtirilgan tartibda tezkorlik bilan yangilab borish (toʻldirish) mexanizmlari joriy etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) prekursorlarning qonuniy muomalasini tartibga solish hamda ular ishlab chiqarilishidan (xorijdan keltirilishidan) boshlab realizatsiya qilinishigacha (tranzit oʻtishi, mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish, sotish, saqlash, berish va boshqa) boʻlgan barcha jarayonlarni elektron nazorat qilish tizimini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi qatʼiy davlat nazorati oʻrnatilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Agentlikka Oʻzbekistonda prekursorlar muomalasi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish hamda ularning noqonuniy aylanmasi yuzasidan vakolatli huquq-tartibot organlariga tergovga qadar tekshiruvni oʻtkazish yuzasidan taqdimnoma kiritish huquqi berilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti va Bojxona qoʻmitasi Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tuzilmalarida, mavjud shtatlar doirasida, prekursorlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish boʻlimlari faoliyati yoʻlga qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) prekursorlarning qonuniy muomalasini tartibga solishga va bu borada uning barcha bosqichlarida qatʼiy davlat nazorati mexanizmlarini belgilashga, shuningdek, prekursorlarning noqonuniy muomalasi hamda ulardan foydalanish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni kiritishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq jinoyatlar haqida xabar bergan yoki aniqlashga koʻmaklashgan fuqarolarni munosib ragʻbatlantirish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar Internet tarmogʻidagi narkodoʻkonlarni hamda giyohvandlik vositalarini tarqatish holatlarini sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida aniqlash va bloklashga moʻljallangan dasturlarni ishlab chiqish boʻyicha yoshlar oʻrtasida xakaton oʻtkazsin hamda eng maqbul takliflarni tanlab olib, amaliyotga joriy qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2025-yil yakuniga qadar ichki ishlar organlarining barcha profilaktika inspektorlarini xizmat olib borayotgan mahallalar hududida gʻayriqonuniy narkolaboratoriyalar va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini qoʻlbola usulda qadoqlovchi sexlarni aniqlash boʻyicha oʻqitishni tashkil qilsin hamda ularning bu boradagi samarali faoliyatini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan munosib ragʻbatlantirish yoki boshqa idoralar (sohaviy boʻlinmalar) tomonidan mahallada aniqlangan taqdirda intizomiy jazo choralarini qoʻllash amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Mudofaa sanoati agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-martga qadar ichki ishlar organlari uchun tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda giyohvandlik vositalari namunalarini ekspress tekshirish boʻyicha eng zamonaviy texnik vositalarni xarid qilish va amaliyotga joriy etish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 3-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-207-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan kompleks
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AMALIY HARAKATLAR MILLIY DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Ustuvor yoʻnalishlar

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar*

I. GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLARGA QARSHI KURASHISH SOHASIGA OID MILLIY QONUNCHILIK BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH

Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda narkojinoyatchilikning yangi shakllari, usullari va uyushganlik darajasidan kelib chiqib, ularga qarshi kurashish boʻyicha jinoiy-huquqiy mexanizmlarni joriy etish.

Jinoyat kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha qonun loyihasini kiritish:

narkojinoiy uyushma, yashirin narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash, narkotiklarni noqonuniy muomalaga kiritish bilan bogʻliq faoliyatga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilgan holda homiylik (rahnamolik) qilish yoki xabar berish uchun qatʼiy javobgarlikni belgilash;

voyaga yetmagan shaxsni kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilishga jalb etganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlik belgilash;

giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni taʼlim tashkilotlari hamda ularga tutash hududlarda, internet tarmogʻidan foydalanib, shuningdek, voyaga yetmaganlarga oʻtkazganlik uchun javobgarlikni keskin ogʻirlashtirish;

ayrim narkojinoyat sodir etgan shaxslarni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik tartibini joriy etish va boshqalar.

2025-yil noyabr

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

DXX

(B. Kurbanov),

IIV

(A. Tashpulatov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

SSV

(A. Xudayarov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda prekursorlar ustidan ishonchli davlat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan normativ-huquqiy mexanizmlarni joriy etish.

“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish va kiritish.

2025-yil dekabr

Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq jinoyatlar haqida xabar bergan yoki aniqlashda koʻmaklashgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2025-yil dekabr

Tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar mavjud dori preparatlariga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni aniqlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2025-yil dekabr

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzda oʻtkazish tartibini hamda ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2025-yil dekabr

Prekursorlarning qonuniy muomalasini tartibga solishga va bu borada uning barcha bosqichlarida qatʼiy davlat nazoratini oʻrnatishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2025-yil dekabr

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish tizimini rivojlantirish respublika jamgʻarmasini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2026-yil yanvar

Narkojinoyatlarga qarshi kurashish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

Narkojinoyatlarni tergov qilish jarayonida jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq moliyaviy jihatlarni bir vaqtning oʻzida tekshiruvdan oʻtkazish amaliyotini joriy etish.

2026-yil avgust

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(J. Xatamov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

II. NARKOTIKLAR VA OʻQOTAR QUROLLARNI NAZORAT QILISH AGENTLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Yashirin narkolaboratoriyalar va narkotiklar tarqalishini barvaqt aniqlash boʻyicha manzilli choralarni belgilash.

Giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda ishlab chiqarishda qoʻllanadigan asbob-uskuna, turli kimyoviy moddalar reyestrini shakllantirish va muomalasini nazoratga olish choralarini koʻrish.

2026-yil yanvar

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

IIV

(A. Tashpulatov),

DXX

(B. Kurbanov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(J. Xatamov),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

hududiy komissiyalar,

huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy taʼlim muassasalari

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlari va rejalariga yashirin narkolaboratoriyalarni aniqlash metodikasini oʻqitish boʻyicha mavzularni kiritish.

2026-yil yanvar

Hududiy ichki ishlar organlari va “mahalla yettiligi” vakillari uchun mahallalarda yashirin narkolaboratoriyalarni aniqlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv-seminarlarini tashkil etish.

2026-yil yanvar — may

(alohida reja-grafik asosida)

Respublikadagi narkovaziyatni tahlil qilish va prognozlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish hamda kuzatilayotgan tendensiya boʻyicha jamoatchilikni xabardor qilish.

“Narkovaziyat tahlili” dasturini ishlab chiqish, unga mutasaddi vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilish.

2026-yil iyun

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

IIV

(A. Tashpulatov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

SSV

(A. Xudayarov),

Milliy statistika qoʻmitasi

(B. Hamrayev),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligida Situatsion markazni tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2026-yil avgust

Respublikadagi narkovaziyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-sahifalar orqali keng jamoatchilikka yetkazib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Har chorakda

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish hamda ularning eng faollarini ragʻbatlantirish.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan milliy loyihalarni amalga oshirish.

2026-yil davomida

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

NNT Milliy assotsiatsiyasi

(K. Ishanxodjayev),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlikka qarshi kurashish boʻyicha “Targʻibot aʼlochisi respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazishni yuqori darajada tashkil etish.

2026-yil may

“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” idoralararo koʻkrak nishonini Hukumat qarori bilan taʼsis etish hamda ragʻbatlantirib borishni (shu jumladan, faol yoshlarni ham) yoʻlga qoʻyish.

2026-yil mart

Sohaga oid xalqaro tadbir va umumeʼtirof etilgan sanalarni Oʻzbekistonda oʻtkazish.

Butunjahon psixiatrlar assotsiatsiyasining (WPA) yillik yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazish boʻyicha xalqaro tashkilotga taklif kiritish.

2025-yil dekabr

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

TIV

(B. Saidov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot-muvofiqlashtirish markazi Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashining navbatdagi yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazish choralarini koʻrish.

2026-yil mart

BMTning Yaqin va Oʻrta Sharqda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻyicha kichik qoʻmitasining 58-sessiyasini Oʻzbekistonda yuqori darajada tashkil etish hamda unda 2027-yil BMTning Giyohvandlik vositalari boʻyicha komissiyasiga aʼzolik uchun boʻlib oʻtadigan saylovda Oʻzbekiston nomzodini qoʻllab-quvvatlash tashabbusini ilgari surish.

2026-yil sentabr

“26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan tadbirlarning yuqori saviyada oʻtkazilishini tashkil etish.

2026-yil iyun

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish.

Hududiy va tuman (shahar) komissiyalari masʼul kotiblarining sohaga oid bilim va malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish.

2026-yil yanvar — mart

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

mutasaddi vazirlik

va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hududiy va tuman (shahar) komissiyalari hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyatini joyiga chiqqan holda tanqidiy oʻrganish va takomillashtirish (masʼuliyatini oshirish) yuzasidan choralarni belgilash.

2026-yil fevral — iyul

(reja-grafik asosida)

Sohaga oid ilmiy-tadqiqot faoliyatini jadallashtirish.

Oliy attestatsiya komissiyasi roʻyxatiga kiruvchi, giyohvandlik vositalari hamda ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha izlanishlar va tahlillarni yorituvchi davriy ilmiy nashrni joriy etish.

2026-yil may

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

TIV

(B. Saidov),

Oliy attestatsiya komissiyasi

(A. Yusupov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani yuqori darajada oʻtkazish.

2026-yil oktabr

Giyohvandlikka chalinish (latent giyohvandlik) holatlari tarqalganligini respublika miqyosida aniqlash maqsadida epidemiologik tadqiqot oʻtkazish.

2026-yil noyabr

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, ularga qarshi kurashish yoʻnalishida doktorlik tadqiqotini olib borib, muvaffaqiyatli himoya qilgan va uning natijalarini amaliyotga joriy etgan tadqiqotchilarni oʻzlari ishlayotgan davlat organlari va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan besh yil davomida ragʻbatlantirib borish tartibini joriy etish.

2026-yil mart

Faoliyati giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan muzey tashkil etish.

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi binosida “Narkotiklar muzeyi”ni tashkil etish hamda faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil dekabr

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

Toshkent shahar hokimligi

(Sh. Umurzakov),

Madaniy meros agentligi

(B. Abdikarimov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

III. ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

Quyidagi yoʻnalishlarda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan manzilli choralarni belgilash, tezkor-profilaktik tadbirlarni amalga oshirish:

giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarni respublika chegarasi va bojxona postlaridan kirib kelish yoʻnalishlarini, viloyatlararo tranzit yoʻllari hamda ular bilan bogʻliq harakatlarini aniqlash (chek qoʻyish);

internet tarmogʻi orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlar sxemalarini aniqlash va bartaraf etish;

yashirin narkolaboratoriyalar hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini qoʻlbola usulda qadoqlovchi sexlarni aniqlash va faoliyatiga chek qoʻyish.

2025-2026-yillar davomida faol holda

IIV

(A. Raxmatullayev),

DXX

(kelishuv asosida),

Bojxona qoʻmitasi

(O. Choriyev),

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(J. Xatamov)

Narkojinoyatlarga qarshi faol kurashish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati sohasida professional kadrlar tayyorlashning samarali mexanizmlarini joriy etish.

IIV Akademiyasida “Tezkor-qidiruv faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha oʻqiyotgan iqtidorli kursantlardan iborat narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha alohida oʻquv guruhlarini shakllantirish va ularni oʻqitish jarayonini quyidagilarni nazarda tutgan holda tashkil etish:

narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish taktika va metodikalari boʻyicha alohida oʻquv dasturini joriy etish;

oʻquv jarayonini dual taʼlim tartibida yoʻlga qoʻyib, kursantlar amaliy mashgʻulotlarni bevosita ichki ishlar organlarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi tezkor-qidiruv xizmati boʻlinmalarida oʻtashi mexanizmlarini qatʼiy belgilash;

kursantlarni xorijiy davlatlarning yetakchi turdosh oliy taʼlim muassasalarida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish;

oʻquv jarayonini muntazam ravishda monitoring qilib borish hamda natijalaridan kelib chiqqan holda ushbu yoʻnalish boʻyicha kursantlarni doimiy oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

IIV Akademiyasini ushbu yoʻnalishda tamomlagan bitiruvchilarni ichki ishlar organlarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi tezkor-qidiruv xizmati boʻlinmalariga xizmatga yuborilishini taʼminlash.

2025-2026 oʻquv yilidan boshlab

IIV

(A. Raxmatullayev,

D. Nazarmuxamedov),

IIV Akademiyasi

(R. Xatamov)

Narkojinoyatlarning oldini olish va qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor-profilaktik tadbirlarni jadallashtirish.

Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirini oʻtkazish.

2025-yil noyabr-dekabr

2026-yil mart-aprel

2026-yil iyul-avgust

IIV

(A. Tashpulatov),

DXX

(B. Kurbanov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud oʻsimliklarni aniqlash va yoʻq qilish boʻyicha “Qora dori — 2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirini oʻtkazish.

2026-yil may-iyun,

avgust-sentabr

IIV

(A. Tashpulatov),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

hududiy komissiyalar,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish yoʻnalishida tezkor-profilaktik tadbirlar kompleksini tashkil etish.

Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligini oʻtkazish.

2026-yil fevral, aprel, oktabr

IIV

(A. Tashpulatov),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Maktablarning voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlari hamda oliy taʼlim tashkilotlari profilaktika inspektorlarida giyohvandlikni aniqlashga qaratilgan bilim va koʻnikmalarni shakllantirish boʻyicha oʻquv-amaliy seminarlarni oʻtkazish.

2026-yil yanvar — aprel

Narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslar bilan kompleks profilaktik chora-tadbirlarni oʻtkazish.

Sud hukmi chiqqanidan soʻng narkojinoyat sodir etgan shaxsning mahallasida, koʻchasida jinoyat muhokamasini tashkil etish.

Har haftada

IIV

(A. Tashpulatov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar bilan ularning kelgusida qayta jinoyat sodir etishlarini oldini olish boʻyicha yakka tartibdagi suhbatlar oʻtkazish.

Har oyda

IIV

(A. Tashpulatov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Narkojinoyat sodir etib, probatsiya va profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga qaytarish hamda ularni turmush tarzi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.

Bunda ularga mahallada yuqori obroʻ-eʼtiborga ega shaxslarni nomma-nom biriktirish.

Har kuni

IIV

(A. Tashpulatov),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarini oʻz hududida narkojinoyatlarni, ayniqsa, yashirin narkolaboratoriyalarni aniqlashga qaratilgan usullarga oʻqitish hamda ularning bu boradagi faoliyat natijadorligini baholash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil dekabr

IIV

(A. Tashpulatov)

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni aniqlashda kinologiya xizmati faoliyatini kuchaytirish.

Sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni aniqlash boʻyicha Toshkent shahri tajribasini respublikaning qolgan hududlariga joriy etish.

2026-yil aprel — iyul

IIV

(A. Tashpulatov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

DXX

(kelishuv asosida)

Giyohvandlik vositalarining namunalarini ekspress tekshirish jarayonida zamonaviy texnik vositalarni qoʻllash orqali tezkor-qidiruv tadbirlari samaradorligini oshirish.

Ichki ishlar organlari uchun tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda giyohvandlik vositalari namunalarini ekspress tekshirish boʻyicha zamonaviy texnik vositalarni xarid qilish va amaliyotga joriy etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

2026-yil mart

IIV

(A. Tashpulatov),

Mudofaa sanoati agentligi

(M. Ibodullayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Narkotik moddalar taʼsirida transport vositasini boshqargan haydovchilarni aniqlashni yoʻlga qoʻyish.

Ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul xizmati inspektorlarini bosqichma-bosqich ekspress-narkotestlar bilan taʼminlash.

2026-yil dekabr

IIV

(A. Tashpulatov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Narkotik moddalar taʼsirida transport vositasini boshqargan haydovchilarni ekspress-narkotest yordamida aniqlashni boshlash choralarini koʻrish.

IV. SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Maktab oʻquvchilari orasida giyohvandlik vositalari isteʼmolini erta aniqlash va oldini olish boʻyicha manzilli profilaktik tadbirlar oʻtkazish.

Eksperiment tariqasida Toshkent shahridagi 10 ta maktabda 9 — 11 sinf oʻquvchilari bilan anonim soʻrov oʻtkazish orqali xavf guruhini aniqlash.

Xavf guruhlari bilan psixologlar koʻmagida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil dekabr,

doimiy ravishda

SSV

(A.Xudayarov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

IIV

(A. Tashpulatov),

Toshkent shahri hokimligi

(Sh. Umurzoqov)

Voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlikning tarqalganlik holatini aniqlash boʻyicha yangi metodika ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2026-yil yanvar — mart

SSV

(A. Xudayarov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

IIV

(A. Tashpulatov)

Aholining maxfiylik saqlangan holda narkologik yordam olish imkoniyati toʻgʻrisida xabardorligini oshirish.

Konfidensial narkologik maslahat berish boʻyicha Call-markaz toʻgʻrisida jamoat joylarida va ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar joylashtirish.

Doimiy ravishda

SSV

(A. Xudayarov),

MTRK

(A. Djurabayev),

hududiy komissiyalar

Maxfiyligi saqlangan holda narkologik yordam olish tartibi va imkoniyatlari toʻgʻrisida koʻrsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish.

2025-yil dekabr,

keyinchalik har oyda

Aholiga narkologik xizmat koʻrsatish, narkotiklar va prekursorlarning qonuniy muomalasini nazorat qilish sohalariga raqamli texnologiyalarni joriy etish.

Giyohvandlik vositalaridan ogʻir zaharlanish holatlari boʻyicha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil iyul

SSV

(A. Xudayarov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik muammolari boʻyicha maxfiyligi saqlangan holda tibbiy va psixologik maslahat beruvchi mobil ilova yaratish.

2026-yil aprel — sentabr

Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori preparatlarini, shuningdek, prekursorlarni respublika hududiga kirib kelishidan (respublikada ishlab chiqarilishidan) boshlab, isteʼmolchiga yetib borgunga qadar boʻlgan jarayonni raqamlashtirish choralarini koʻrish.

2026-yil may

Respublikada muomalasi taqiqlangan yoki cheklangan roʻyxatlarga kiritilgan tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud boʻlgan dori vositalari toʻgʻrisida dorixonalarni tezkor elektron xabardor qilish tizimini yaratish.

2026-yil dekabr

Giyohvand bemorlarni davolash tizimini takomillashtirish.

Transkranial magnit stimulyatsiyasi va biologik qayta aloqa davolash usullarining klinik bayonini ishlab chiqish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tizimiga joriy etish.

2026-yil fevral — may

SSV

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Tez tibbiy yordam koʻrsatuvchi reanimatsion brigadalarni giyohvandlik vositalaridan ogʻir zaharlanishni bartaraf etish uchun (Nalokson) maxsus dori vositalari bilan taʼminlash.

2026-yil aprel

Opiy retseptorlari antagonisti boʻlgan “Naltrekson” dori vositasini qoʻllab-quvvatlovchi terapiya sifatida joriy etish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish choralarini koʻrish.

2026-yil iyun

Aholiga sifatli narkologik xizmat koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish.

Aholiga narkologik xizmat koʻrsatish tizimini transformatsiya qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

davlat-xususiy sheriklik asosida aholiga sifatli va qulay narkologik xizmat koʻrsatish tizimini yaratish;

aholiga pullik narkologik xizmat koʻrsatuvchi xususiy klinikalarga imtiyozlar berish orqali faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;

narkologik xizmat koʻrsatish muassasalarida giyohvandlikka chalingan voyaga yetmaganlar va ayollar uchun alohida ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarni tashkil etish;

narkologik xizmat koʻrsatish muassasalarida alkogolizm va giyohvandlikka chalingan bemorlarni bir-biridan ajratgan holda davolash mexanizmlarini belgilash;

narkolog shifokorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil qilish;

narkologiya xizmati jozibadorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash;

transport vositasini narkotik moddalar taʼsirida boshqargan haydovchilarni bepul tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil mart

SSV

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

IIV

(A. Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvand bemorlarni reabilitatsiya qilish amaliyoti samaradorligini oshirish.

Jazo oʻtayotgan giyohvandlikka chalingan bemorlarni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish jarayonlariga milliy klinik protokollar va milliy standartlarni joriy etish.

2026-yil iyul

SSV

(A.Xudayarov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

IIV

(A. Tashpulatov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlarni ijtimoiy hayotga qaytarish samaradorligini oshirish maqsadida sogʻliqni saqlash tizimida Addiktologiya tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya markazini tashkil etish ishlarini boshlash.

2026-yil may

SSV

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Ota-onalar tomonidan oʻz farzandlarining narkotiklarni isteʼmol qilganlik holatini ixtiyoriy ravishda tekshirib borilishi uchun imkoniyat yaratish orqali oilaviy nazorat rolini kuchaytirish.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilganlikni aniqlashga moʻljallangan ekspress-narkotestlarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil mart — iyun

SSV

(A. Xudayarov),

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi

(A. Temirov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Barcha fuqarolarga qulay boʻlishi uchun dorixonalarda muntazam ravishda mahalliy ekspress-testlar mavjud boʻlishini hamda retseptsiz sotilishini tashkil etish choralarini koʻrish.

2026-yil iyul-avgust

Narkologik xizmat boʻyicha mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish.

Aholiga narkologik yordam koʻrsatish boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surish.

2026-yil oktabr

SSV

(A. Xudayarov),

TIV

(B. Saidov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Respublikaga kirib kelayotgan biologik faol moddalar nazoratini kuchaytirish.

Biologik faol moddalarning tarkibida giyohvandlik vositalari mavjudligini aniqlashga qaratilgan majburiy tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil may

SSV

(A. Xudayarov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarning qonuniy muomalasini nazorat qilish faoliyatini boshqarishni takomillashtirish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2026-yil iyun

SSV

(A. Xudayarov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

V. YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi targʻibot hamda tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish.

Tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va Fargʻona viloyatida “Antinarko” yoshlar front-ofislarini tashkil etish hamda volontyorlar jamoasi tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha manzilli targʻibot ishlarini olib borish.

2025-yil dekabr,

doimiy ravishda

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(O. Xasanov),

Toshkent shahar va Fargʻona viloyati hokimliklari

Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida videoroliklar, rasmlar va insholar tanlovlarini oʻtkazish.

2026-yil fevral — may

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

IIV

(A. Tashpulatov),

SSV

(A. Xudayarov),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(O. Xasanov)

Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

har oyda

Oliy taʼlim tashkilotlarida “Giyohvandlikka yoʻq deymiz!” shiori ostida tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish.

har chorakda

Maktab oʻquvchilarining giyohvandlik va narkojinoyatlarga aralashib qolishlarini oldini olish boʻyicha yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshiriladigan choralar metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2026-yil yanvar

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

IIV

(A. Tashpulatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Oliy taʼlim muassasalarining yoshlar yetakchilari boshchiligida faol talabalardan iborat “Yosh targʻibotchilar guruhlari”ni tashkil etish va ular tomonidan giyohvandlik hamda narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan maqsadli targʻibot ishlarini olib borish.

2025-yil dekabr,

doimiy ravishda

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

IIV

(A. Tashpulatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VI. TAʼLIM TASHKILOTLARI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda taʼlim muassasalarining rolini kuchaytirish.

Yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqiruvchi qoʻshma murojaat tayyorlash va keng jamoatchilikka yetkazish.

2025-yil noyabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

IIV

(A. Tashpulatov),

SSV

(A. Xudayarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchi va inspektor-psixologlari tomonidan oʻquvchilarning zararli odatlari toʻgʻrisida ota-onalarini xabardor qilish mexanizmini yaratish.

2026-yil yanvar

Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari uchun giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlarini oʻquvchilarga kreativ tarzda yetkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanma va koʻrgazmali materiallar ishlab chiqish.

2026-yil yanvar — mart

Barcha tuman (shahar) markazlaridagi 1 tadan maktabda giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlarini yorituvchi koʻrgazmali burchaklarni tashkil etish.

2026-yil mart

Maktab va oliy taʼlim muassasasining aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi “Giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish boʻyicha manzilli yillik reja”larini tasdiqlash va amalga oshirish.

2026-yil yanvar

Oʻquvchi-talabalar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishning yangi tizimini joriy etish.

Oʻquvchilar orasida “Rad etish koʻnikmalari”, “Mening tanlovim — sogʻliq” kabi psixologik trening mashgʻulotlarini oʻtkazish.

2026-yil yanvar — aprel

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

SSV

(A. Xudayarov),

mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Maktab oʻquvchilari orasida giyohvandlik vositalarining isteʼmolini erta aniqlash uchun rejali psixolog va zarur hollarda narkolog maslahatlari amaliyotini joriy etish.

Rejaga muvofiq

“Mahalla — oilaviy poliklinika — taʼlim muassasasi” tamoyili asosida pedagog, tibbiyot xodimi, profilaktika inspektori va mahalla faollarining hamkorlikdagi profilaktik ishlarini amalga oshirish.

Doimiy ravishda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Maktablarda “Xavfsizlik otryadlari” hamda oliygohlarda “Qalqonxavfsizlik patrullarini tashkil etish hamda ular yordamida taʼlim tashkilotlarida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish choralarini amalga oshirish.

2026-yil fevral

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

IIV

(A. Tashpulatov)

“Talabalar teatr studiyalari” imkoniyatlaridan foydalangan holda oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida “Giyohvandlik umr zavoli” shiori ostida sahna koʻrinishidagi bellashuvlarni tashkil etish.

2026-yil fevral — aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

Narkojinoyat sodir etganligi uchun jazo oʻtayotgan mahkumlar hayoti bilan tanishish maqsadida oʻquvchi va talabalarning jazoni ijro etish muassasalariga tashriflarini tashkil etish.

Bunda oʻquvchi va talabalarning giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari bilan tanishishi, ularni ogohlikka chaqirish imkoni yaratiladi.

Har chorakda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

IIV

(A. Tashpulatov)

Oʻquvchi-talabalar oʻrtasida narkojinoyatlarni barvaqt aniqlash.

“Taʼlim — oila — mahalla” tamoyili asosida Giyohvandlikdan holi taʼlim muassasasi konsepsiyasini tasdiqlash va amalga oshirish choralarini belgilash.

2025-yil noyabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

IIV

(A. Tashpulatov),

mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Narkojinoyatga aloqador oʻquvchi va talabalar haqida anonim xabar berish imkoniyatini yaratish maqsadida barcha maktab va oliy taʼlim tashkilotlarida ichki ishlar organlari tomonidan muhrlanadigan maxsus qutilarni oʻrnatish hamda tushayotgan xabarlarni tekshirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil dekabr

Narkojinoyat sodir etishga moyil (sodir etayotgan) oʻquvchi va talabalarni aniqlagan va huquq-tartibot idoralari xodimlariga xabar bergan pedagoglar tarkibini ragʻbatlantirish boʻyicha yangi tizimni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish.

2026-yil fevral

VII. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Aholining giyohvandlik va narkojinoyatlarni salbiy oqibatlari haqida ogohligini oshirishda mobil aloqa operatorlari imkoniyatlaridan unumli foydalanish.

Mobil aloqa abonentlariga profilaktik ogohlantirish boʻyicha SMS xabar yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Har hafta

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish tizimiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish.

Internet tarmogʻidagi narkodoʻkonlarni, giyohvandlik tarqalganligini aniqlash va bloklash uchun yoshlar oʻrtasida xakaton oʻtkazish.

2026-yil yanvar — may

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

IIV

(A. Tashpulatov),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Xakatonda yaratilgan eng maqbul dasturlarni tanlab olib, bosqichma-bosqich joriy etish.

2026-yil dekabr

Narkojinoyatlarni aniqlash va fosh etishda internetning global qidiruv tizimlari hamda messenjerlar imkoniyatlaridan foydalanish.

Narkojinoyatlar bilan bogʻliq vositalar (moddalar) joylashuv (lokatsiya) larini yuborgan akkauntlar haqida maʼlumot olish uchun “Google” global qidiruv tizimi va messenjerlar (“Telegram”, “WhatsApp”) masʼullari bilan muzokaralar olib borish hamda oʻzaro hamkorlik oʻrnatish.

2026-yil yanvar — mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

IIV

(A. Raxmatullayev,

Z. Kurbanov),

DXX

(kelishuv asosida),

mutasaddi vazirlik va idoralar

VIII. MIGRATSIYA AGENTLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Xorijiy davlatlarda turli maqsadlarda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish choralarini koʻrish.

Xorijdagi fuqarolarimiz uchun tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi profilaktik ishlarni amalga oshirish.

Alohida reja-grafik asosida

Migratsiya agentligi

(B. Musayev),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazabekov),

TIV

(B. Saidov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Migratsiya agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini yorituvchi kontentlarni joylab borish.

Har oyda

Xorijga ishlash maqsadida ketayotgan shaxslar bilan profilaktik ogohlantiruv tadbirlarini tashkil etish.

Aeroport, temir yoʻl vokzallari va chegara bojxona postlarida giyohvandlikka qarshi kurashishga qaratilgan targʻibot materiallarini tayyorlash va tarqatish.

2025-yil dekabr

Migratsiya agentligi

(B. Musayev),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Uzbekistan airports” AJ

(J. Umarxodjayev),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Xorijiy davlatlarga uzoq muddatga chiqib ketayotgan fuqarolarning narkojinoyatlarga aralashib qolish xavfi boʻyicha ogohligini oshirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni tashkil etish.

Doimiy ravishda

IX. OʻZBEKISTON MAHALLALARI UYUSHMASI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Giyohvandlik va narkojinoyatlarni aniqlashda jamoatchilik imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

Mahalla raislari tomonidan narkolaboratoriya mavjudligiga shubha qilingan xonadonlar haqida profilaktika inspektoriga xabar berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil davomida

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

IIV

(B. Abdullayev),

SSV

(A. Xudayarov),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Aholi orasida biofaol qoʻshimchalarni, ayniqsa, ozdiruvchi vositalarni mutaxassis tavsiyasisiz isteʼmol qilish oqibatida kelib chiquvchi noxush holatlar, salomatlikka taʼsiri haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish.

Har oyda

Mahallalardagi latent (yashirin) giyohvandlar toʻgʻrisida huquq-tartibot idoralariga xabar berish tartibini belgilash.

2025-yil dekabr

Mahallada sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish.

Madaniyat xodimlari, yozuvchi va shoirlarning aholi bilan maʼnaviy muhitni yaxshilash boʻyicha uchrashuvlarini oʻtkazish.

Har oyda

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

“Narkojinoyatlardan holi mahalla” tamoyili ostida sport musobaqalari va koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish.

Har chorakda

“Mahalla — oilaviy poliklinika — taʼlim muassasasi” tamoyili asosida pedagog, tibbiyot xodimi, profilaktika inspektori va mahalla faollarining hamkorlikdagi profilaktik ishlarini amalga oshirish.

Har oyda

X. MUDOFAA VAZIRLIGI VA MILLIY GVARDIYA MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Harbiy xizmatchilar orasida giyohvandlik tarqalishini oldini olish boʻyicha manzilli tadbirlarni tashkil etish.

Qurolli Kuchlar safiga muddatli va shartnoma asosida harbiy xizmatga chaqiriluvchilar hamda harbiylarni majburiy tibbiy laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

2026-yil iyul

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xalmuxamedov),

SSV

(A. Xudayarov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

Uyushmagan yoshlar oʻrtasida sportning kamondan otish va qoʻl jangi turi boʻyicha musobaqalar tashkil etish.

Reja asosida

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xalmuxamedov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev)

Harbiy qismlarda “Giyohvandlik vositalariga qarshimiz” shiori ostida uchrashuvlar oʻtkazish.

Har oyning 5 sanasida

“Jasorat” maktablarida uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish.

Har oyning 10 sanasida

“Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish.

Mahallalar, taʼlim tashkilotlarida harbiy texnika va oʻqotar qurollar koʻrgazmalari hamda harbiy jang sanʼati boʻyicha chiqishlarni tashkil etish.

Har oyda

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xalmuxamedov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

XI. BOJXONA QOʻMITASI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish.

Chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlari uchun zamonaviy maxsus texnik vositalarni xarid qilish choralarini koʻrish.

Reja asosida

Bojxona qoʻmitasi

(A.Mavlonov),

DXX

(kelishuv asosida),

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi,

TIV

(B. Saidov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlari xodimlarining xorijiy davlatlarning maxsus oʻquv muassasalarida malakasini oshirish.

2026-yil davomida

Respublika hududiga giyohvandlik vositalarining kirib kelishi holatlarini barvaqt aniqlash mexanizmini takomillashtirish.

Giyohvandlik vositalarini “nazorat ostida yetkazib berish” tezkor-qidiruv tadbirini amalga oshiruvchi idoralararo normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish.

2026-yil mart

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

IIV

(A. Tashpulatov),

DXX

(B. Kurbanov),

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(J. Xatamov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Respublika hududiga kirib keladigan va tranzit yuklar, xalqaro pochta joʻnatmalari xususida qoʻshni va xorijiy davlatlar bilan dastlabki maʼlumotlar elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil aprel

Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro qoʻmitasining maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrish.

2026-yil may

XII. MADANIYAT VAZIRLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Aholi orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazish.

Davlat konsert-tomosha muassasalari tomonidan tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy konsert va festivallarda giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurashishni targʻib qilish.

Har oyda

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

mutasaddi vazirlik va idoralar

“Yoshlar giyohvandlikka qarshi” shiori ostida musiqiy fleshmoblarni oʻtkazish.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida sportchi, sanʼatkor, taniqli shaxslar ishtirokida chellenj oʻtkazish.

Giyohvandlikka qarshi qaratilgan taʼsirchan ijodiy mahsulotlarni yangicha yondashuv asosida tayyorlash.

Ishlab chiqilayotgan film, spektakl va kliplarda giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari haqidagi mavzularni yoritish.

Har oyda

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Voyaga yetmaganlar uchun giyohvandlikning salbiy oqibatini yorituvchi animatsion va multiplikatsion filmlar ishlab chiqish.

Har chorakda

Oʻzbekiston davlat satira teatrida sahnalashtirilgan “Totli roʻyolar” spektaklining ommaviy namoyishini tashkil etish.

Spektaklni respublikaning barcha hududlarida namoyish etish.

Reja-grafik asosida

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Spektaklning Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oltin fondi”da qoldirish maqsadida tasvirga olish, shuningdek, spektaklni telekanallar orqali efirga uzatib borish.

2025-yil dekabr

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

MTRK

(A. Djurabayev)

XIII. OILA VA XOTIN-QIZLAR QOʻMITASI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Xotin-qizlar oʻrtasida giyohvandlikka qarshi mafkuraviy immunitetni oshirish.

Xotin-qizlar orasida sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirishga qaratilgan “Sharq ayoli maʼrifati” loyihasini ishlab chiqish va mahallalarda xotin-qizlar bilan uchrashuv hamda seminarlar tashkil etish.

2025-yil noyabr,

reja asosida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(U. Abdullayeva),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Xotin-qizlar oʻrtasida giyohvandlikka qarshi murosasiz muhitni yaratish.

Mahallalarda xotin-qizlar faoli tomonidan “Sogʻlom ona — sogʻlom bola” shiori ostida giyohvandlikka qarshi targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

Har oyda

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(U. Abdullayeva),

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Xotin-qizlar faoli tomonidan “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” tamoyili asosida har oyda kamida 20 ta oila bilan tushuntirish ishlari olib borishni yoʻlga qoʻyish.

XIV. FANLAR AKADEMIYASI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Giyohvandlikni erta aniqlashga moʻljallangan diagnostika vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

Giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilganlikni aniqlashga moʻljallangan ekspress-narkotestlarni ishlab chiqarish.

2026-yil mart — iyun

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

SSV

(A. Xudayarov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

Texnik kannabis oʻsimligining yangi urugʻ navlarini yaratish choralarini koʻrish.

Sanoat maqsadlarida yetishtirilayotgan texnik kannabis oʻsimligining yangi urugʻ navlarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.

2026-yil dekabr

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

IIV

(A. Tashpulatov)

XV. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish boʻyicha olib borilayotgan amaliy harakatlarni keng yoritib borish.

Chora-tadbirlarni keng yoritishga qaratilgan media-rejani ishlab chiqish va ijrosini sifatli tashkil etish.

2025-yil noyabr,

reja asosida

MTRK

(A.Djurabayev),

Oʻzbekiston

Milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov),

Oʻzbekiston milliy media birlashmasi

(A. Abdutalipov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

mutasaddi vazirlik va idoralar

Ommaviy axborot vositalari imkoniyatlari yordamida aholi orasida narkojinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilganligi haqida keng qamrovli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

2026-yil davomida

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan kamida 4 ta maxsus koʻrsatuv va radio eshittirishni efirga uzatish.

Har oyda

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mazkur ustunda koʻrsatilgan vazirlik va idoralarning barchasi vazifalar ijrosi uchun bir xilda masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmoniga 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 7-pozitsiyada “Nazorat sohasi” ustunidagi “va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) quyidagi mazmundagi 45-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

45.

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi, shuningdek, tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish faoliyati ustidan nazorat

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy taʼsirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-73-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollar bilan bogʻliq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatidan tizimli ravishda chuqur oʻrganib borish, asosiy omillar hamda tendensiyalarni aniqlash va prognoz qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollarni nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish, bu borada qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi sohasida nazorat funksiyasini amalga oshirish hamda ularning noqonuniy muomalasi yuzasidan qatʼiy choralar koʻrib borilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollar bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan koʻrilayotgan choralarning samaradorligini ekspert jihatdan baholash, bu borada yagona axborot almashuvi va idoralararo hamkorlikni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollarni nazorat qilish sohasida xorijiy davlat tuzilmalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan manzilli hamkorlikni oʻrnatish, giyohvandlik vositalari boʻyicha xalqaro faoliyatni tartibga soluvchi konvensiyalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan BMTga yillik maʼruzalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlikning oldini olish, giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha ilgʻor milliy va xorijiy tajribalarni doimiy oʻrganish hamda uning natijalarini joriy etish va ommalashtirish boʻyicha metodika, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollarni nazorat qilish samaradorligini oshirish yoʻnalishida milliy va xalqaro konferensiyalar hamda simpoziumlarni oʻtkazish choralarini koʻrish, masʼul davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv seminarlarni tashkil etish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 4-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi, “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Milliy markaz” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Milliy markaz” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agentlik direktori hamda uning oʻrinbosarlari maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, ijtimoiy himoya va tibbiy xizmat koʻrsatish tartibi boʻyicha tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻba mudiriga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning rahbarlari va xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi rahbarlari va xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari, ijtimoiy himoya va tibbiy xizmat koʻrsatish tartibi qoʻllaniladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) 6-bandda “Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazining” soʻzlari “Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) 7-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Milliy markazga” soʻzlari “Agentlikka” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) 8-bandning birinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Milliy markaz” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) 9 va 10-bandlardagi “Milliy markaz” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi PF-73-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha davlat komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Davlat komissiyasi raisi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori, Davlat komissiyasi raisining oʻrinbosari

N.T. Yoʻldoshev

Bosh prokuror

B.D. Islamov

Oliy sud raisi

B.N. Kurbanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

A.A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

J.A. Qoʻchqorov

iqtisodiyot va moliya vaziri

I.Yu. Abdurahmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

A.I. Ikramov

sport vaziri

E.G. Karimova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

B.E. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

K.K. Kuranbayev

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi

O.A. Xasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori

A.A. Djurabayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

A.Yu. Mavlonov

Bojxona qoʻmitasi raisi

Z.B. Maxkamova

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktorining oʻrinbosari, Davlat komissiyasi masʼul kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Davlat komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-4438-son qarorining birinchi bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)