1-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Amalga oshirilgan sugʻurta badallari hisobini yuritish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha talab etiladigan eng kam sugʻurta staji hamda toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari va miqdori, shuningdek, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tartibini belgilash. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: (a) davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslar, sugʻurta stajlari va sugʻurta badallari hisobini yuritish tartibi; (b) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha talab etiladigan sugʻurta staji; (v) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tartibi; (g) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari va miqdori. | 2025-yil dekabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fazilkarimov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) |
2. | Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilash. | Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil dekabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fazilkarimov) |
3. | Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyishga doir quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish: (a) Jamgʻarmani davlat roʻyxatidan oʻtkazish; (b) Jamgʻarmani yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish; (v) Jamgʻarmaning xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlanishini taʼminlash; (g) Jamgʻarmaning moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash. | 2025-yil dekabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fazilkarimov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
4. | Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini raqamlashtirish va oʻzaro elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | 1. Ijtimoiy himoya milliy agentligining tegishli axborot tizimlarida homiladorlik va tugʻish hamda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlash va toʻlash boʻyicha alohida axborot modulini ishlab chiqish. | 2025-2026-yillar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fazilkarimov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
2. Sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslar, sugʻurta staji va badallari hisobini axborot tizimi orqali yuritish imkoniyatini yaratish. | 2026-yil yanvar | |||
3. Jamgʻarma faoliyatini amalga oshirish uchun idoralararo elektron axborot almashinuvini tashkil etish. | 2026-yil yanvar | |||
5. | Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar sugʻurtalangan shaxslarga toʻlab berilganligi toʻgʻrisida ularning ish beruvchilarini xabardor qilib borish mexanizmini joriy etish. | Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar sugʻurtalangan shaxslarga toʻlab berilganligi toʻgʻrisida ularning ish beruvchilarini soliq organlaridagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuborish orqali xabardor qilib borish. | Doimiy | Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev) |
6. | Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holatini tahlil qilish. | Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritish. | 2026-yil fevral | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zoxidov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
7. | Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimida ishtirok etuvchi vazirlik va idoralarning xodimlarni oʻqitish va malakasini oshirish. | 1. Rejali oʻqitish (seminarlar, masofaviy oʻquv kurslari)ni amalga oshirish. 2. Xorijiy oʻquv safarlarini tashkillashtirish. 3. Tajriba almashish maqsadida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish. | 2026-2027-yillar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) |
8. | Tadbirkorlik subyektlarini davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimining afzalligi va qulayliklari toʻgʻrisida xabardor qilish. | Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimida tadbirkorlik subyektlarining xodimlari uchun homiladorlik va tugʻish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini toʻlash boʻyicha yuklamaning minimallashtirilishi, xodimlar, ayniqsa xotin-qizlarning norasmiy bandligini legallashtirish orqali ularni ijtimoiy xavf-xatarlardan himoya qilish haqida seminar oʻtkazish. Bunda ushbu seminarlar har bir hududda oʻtkaziladi. | 2026-yil I — III chorak | Savdo sanoat palatasi (D. Vaxobov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) |
9. | Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy qilinayotganligi boʻyicha targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | 1. Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi boʻyicha targʻibot materiallarini tayyorlash. 2. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi yangi tizimining maqsad va vazifalari aholi oʻrtasida targʻib qilinishi, televideniye va radio, internet tarmogʻi orqali yoritilishini taʼminlash. | Doimiy | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (J. Abruyev) |
2-ILOVA
“ | ||||
3. | Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash. | Oziq-ovqat — bir chorakda bir marta; | Oziq-ovqat uchun — BHMning 1 baravari | 1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi. 2. Mazkur yordam quyidagi shakllardan biri orqali koʻrsatiladi: oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilish uchun tegishli qiymatdagi (1 yoki 5 BHM) vaucher ajratiladi; oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar yetkazib beruvchilarga elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali vaucher asosida oʻtkaziladi. |
kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar — har yarim yilda bir marta | Kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar uchun — BHMning 5 baravari | |||
”; |
“ | ||||
5. | Uy-joyini taʼmirlash, shu jumladan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplash. | Ikki yilda bir marta | BHMning 50 baravarigacha | 1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning*** vakillari va oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga taqdim etiladi. 2. Mazkur yordam uchun pul mablagʻlari: a) taʼmirlash ishlarini bajaruvchiga shartnoma; b) qurilish materiallarini yetkazib beruvchiga esa elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali vaucher asosida oʻtkaziladi. |
6. | Kommunal xarajatlarni qoplash. | Bir kuz-qish mavsumida koʻpi bilan ikki marta (1-oktabrdan 15-martga qadar) | BHMning 1 baravarigacha | 1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi. 2. Mazkur yordam yuzasidan mablagʻlar kommunal xizmatlar boʻyicha taʼminot korxonalariga elektron axborot dasturi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi. |
7. | Kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash. | Bir kuz-qish mavsumida koʻpi bilan ikki marta (1-oktabrdan 15-martga qadar) | BHMning 5 baravarigacha | 1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi. 2. Tegishli mablagʻlar kommunal xizmatlar boʻyicha taʼminot korxonalariga elektron axborot dasturi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi. 3. Mazkur yordam miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti hamda tuman (shahar)lar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan koʻpaytirilishi mumkin. |
8. | Koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash. | Bir kuz-qish mavsumida koʻpi bilan ikki marta | BHMning 2 baravarigacha (tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hududlarda BHMning 3 baravarigacha) | 1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga taqdim etiladi. 2. Tegishli mablagʻlar yetkazib beruvchilarga elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali vaucher asosida oʻtkaziladi. 3. Mazkur yordam miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti hamda tuman (shahar)lar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan koʻpaytirilishi mumkin. |
9. | Yongʻin, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar koʻrgan uy-joylarni tiklash va taʼmirlash xarajatlarini qoplash. | Zaruratga koʻra, cheklanmagan marta | BHMning 150 baravarigacha | 1. Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning*** vakillariga taqdim etiladi. 2. Mazkur yordam uchun pul mablagʻlari: a) uy-joylarni tiklash va taʼmirlash ishlarini bajaruvchilarga shartnoma; b) qurilish materiallarini yetkazib beruvchilarga esa elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali vaucher asosida oʻtkazib beriladi. |
”. |
“ | ||
221. | Homiladorlik va tugʻish nafaqasi | 2026-yil 1-yanvardan |
222. | Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi | 2026-yil 1-iyuldan |
”. |