1-ILOVA
T/r | Hudud va uning chegaralari tavsifi | Maydoni, gektar | |||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumani “Ustyurt” ovul fuqarolar yigʻini | |||||
1. | Shimol tomondan | 1-nuqta | 43°22'44.763''N | 58°1'44.975''E | 50 |
2. | Sharq tomondan | 2-nuqta | 43°22'27.275''N | 58°2'35.054''E | |
3. | Janub tomondan | 3-nuqta | 43°22'15.586''N | 58°2'27.381''E | |
4. | Gʻarb tomondan | 4-nuqta | 43°22'33.073''N | 58°1'37.304''E | |
2-ILOVA
T/r | Loyiha (obyekt) nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | “Kungrad Free Salt Zone” sanoat zonasidan suv taʼminoti tarmogʻigacha 7 km oraliqda 219 diametrli suv quvurini tortish. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. 2. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil | “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
3. Loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish. | 2025-2026-yillar | |||
2. | Qirqqiz mahallasidagi tarmoqdan 33 km oraliqda yer ostidan 219 diametrli gaz quvurini tortish. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. 2. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil | Energetika vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
3. Loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish. | 2025-2026-yillar | |||
3. | “Barsakelmes” tuz konidagi soda zavodining mavjud podstansiyasidan elektr energiyasi tarmogʻini tortish. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. 2. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil | Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
3. Loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish. | 2025-2026-yillar |
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Sanoat zonasini tashkil etish uchun yer uchastkasini ajratish. | 1. Sanoat zonasini tashkil etish uchun Qoʻngʻirot tumani “Ustyurt” ovul fuqarolar yigʻini hududidan 50 gektar yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida sanoat zonasi direksiyasiga ajratish. 2. Zaruratdan kelib chiqib, Sanoat zonasi maydonini 200 gektargacha kengaytirish. | Mahalliy hokimlikning tegishli qarori | 2025-yil noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. | Sanoat zonasining bosh rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Sanoat zonasining bosh rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
3. | Sanoat zonasi faoliyatini samarali tashkil etish. | Sanoat zonasi direksiyasi tomonidan: (a) sanoat zonasi hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish hamda ushbu zona hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqish; (b) sanoat zonasi hududidagi yer uchastkalari belgilangan tartibda onlayn auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlash; (v) sanoat zonasi hududida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan investitsiya bitimlarini tuzib, belgilangan tartibda tadbirkorlarga sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini berish; (g) “yagona darcha” tamoyili asosida litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni, shu jumladan, sanoat zonasining bosh rejasiga muvofiq binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish hamda ulardan foydalanishni tashkil etish; (d) investitsiya majburiyatlarini oʻz vaqtida yoki sifatli bajarmagan sanoat zonasi ishtirokchilari bilan tuzilgan investitsiya bitimi va ijara shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish hamda ularning sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini bekor qilish choralarini koʻrib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
4. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida mavjud tuz zaxiralarini va istiqbolli tuz konlarini aniqlash va oʻzlashtirish. | 1. Hududda mavjud tuz zaxiralarini va istiqbolli tuz konlarini aniqlash hamda ular haqida maʼlumotlarni ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil mart | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
2. Aniqlangan tuz zaxiralari va istiqbolli tuz konlarini oʻzlashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish. | Asoslangan takliflar ishlab chiqish | 2026-yil aprel | |||
5. | Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatga xorijiy ekspertni jalb qilish. | 1. Xorijiy ekspertning Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda xorijiy investorlarni jalb qilish boʻyicha hisobotini va takliflarini koʻrib chiqish. 2. Hisobot va takliflarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ekspertni jalb qilish hamda uning faoliyatini Loyiha ofisi bilan yaqin hamkorlikda tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil aprel | Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (B. Raxmatov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |
6. | Sanoat zonasiga tadbirkor va investorlarni jalb qilish. | 1. Mamlakatimizda tuzni qazib olish va qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan mahalliy tadbirkorlar hamda xorijiy investorlarga sanoat zonasida yaratilgan shart-sharoitlarni yetkazish uchun Nukus shahrida tuzni qayta ishlovchilar forumini oʻtkazish. 2. Forum doirasida tadbirkorlar hamda xorijiy investorlarni sanoat zonasiga jalb qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov), Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy, Turkiya va Hindistondagi favqulodda va muxtor elchilari |
7. | Sanoat zonasi hududiga xorijiy investorlarni jalb qilish. | 1. Xorijiy investorlar uchun sanoat zonasida tashkil qilingan qulay investitsiya muhiti, shu jumladan, mavjud imtiyoz va yengilliklar boʻyicha maʼlumotlarni qamrab olgan taqdimot tayyorlash. 2. Dunyodagi tuzni eksport qiluvchi yirik korxonalarni jalb qilish boʻyicha davlatlar va xorijiy korxonalar kesimida “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash. Bunda “K+S” (Germaniya), “China National Salt Industry Corporation” (Xitoy), “Tata Chemicals Limited” (Hindiston) korxonalari bilan muzokaralar oʻtkazish, Qoraqalpogʻistonda loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilish va har bir korxona boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarni aniq belgilash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil fevral | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Loyiha ofisi (B. Jumamuratov) |