17.10.2025 yildagi 656-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.10.2025 yildagi 656-son
Date of entry into force
20.10.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talaba-yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning shaxsiy-kasbiy rivojlanishiga yaqindan yordam berish, talabalar bilan individual ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy taʼlim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tyutorlik faoliyatining maqsad va vazifalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tyutorlarning huquq va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tyutorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish hamda tyutorlarga qoʻyiladigan malaka talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy taʼlim tashkilotlarida talaba-yoshlar tarbiyasi bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish, ularda vatanparvarlik ruhini oshirish va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash (KPI) tizimini ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda amaliyotga joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 17-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
656-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom oliy taʼlim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom talablari nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tyutorlar oliy taʼlim tashkilotida talaba-yoshlarni har tomonlama kamol toptirishga, ularda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va keng dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tyutorlar oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlari, oliy taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalari va odob-axloq kodeksi hamda ushbu Nizom asosida tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tyutorlar faoliyatiga oliy taʼlim tashkilotining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori (direktor oʻrinbosari) umumiy rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tyutorlik faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tyutorlik faoliyatining maqsadi — talaba-yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, shaxsiy-kasbiy rivojlanishiga yaqindan yordam berish, talabalarning taʼlim-tarbiya jarayonlariga moslashuvini taʼminlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tyutorlik faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim-tarbiya jarayonlariga moslashuviga, axborot-resurslari va boshqa manbalardan samarali foydalanishiga koʻmaklashish hamda shaxsiy-kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan yakka va jamoaviy maslahatlar berib borish, ichki tartib-qoidalar, odob-axloq kodeksi hamda boshqa lokal hujjatlar bilan talabalarni tanishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarni vatanparvarlik, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarda sogʻlom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan, yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni hamda ijtimoiy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning yashash manzillari (talabalar turar joyi, ijara, yaqin qarindoshi va xususiy xonadonlar) boʻyicha muntazam monitoring yuritish hamda u yerdagi sharoit va talabalarning ijtimoiy (oilaviy) holatidan xabardor boʻlish, ularning bu boradagi muammolarini oʻrganib, uni bartaraf etish boʻyicha rahbariyatga tegishli takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda ularni farzandining oʻquv-tarbiyaviy va ijtimoiy-maishiy sohalardagi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan xabardor qilib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tyutorlarning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tyutorlar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davomat va oʻzlashtirishni monitoring qilib borish maqsadida oʻziga biriktirilgan talabalarning darslarini kuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning talabalar turar joyiga joylashishi va undan chiqarilishi hamda yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarga tavsifnoma va akademik taʼtil berish masalasini hal etishda ishtirok etish, fakultetda (oliy maktabda) talabalar haqidagi mavjud maʼlumotlardan xizmat faoliyati doirasida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalar bilimining baholanishini kuzatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tyutorlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tyutorlar mehnat shartnomasida koʻrsatilgan ishlar bilan bir qatorda, asosiy ishidan boʻsh vaqtida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻrindoshlik asosida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar tyutorlarning majburiyatlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning odob-axloq kodeksi va ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini kundalik nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning shaʼni, qadr-qimmati va obroʻsini hurmat qilish, ular haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor qilmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalar va ularning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni oliy taʼlim tashkiloti nizomi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi, talabalar turar joyidan foydalanish qoidalari va taʼlim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalar bilan bogʻliq favqulodda muammoli vaziyatlar yuzasidan zudlik bilan fakultet (oliy maktab) dekani va boshqa masʼullarga axborot berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tyutorlar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tyutorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tyutorlik asosiy mehnat faoliyati boʻlib, bunda tyutorlik uchun bakalavr darajasi toʻgʻrisidagi hujjat (yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar) talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tyutorlarga bakalavriat bosqichining kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan 1 — 3-kurs talabalari biriktiriladi va ularning soni, qoida tariqasida, 120 — 150 nafardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tyutorlar taʼlim tashkilotida tegishli boʻlim va tuzilmalar bilan hamkorlikda oʻquv yili uchun tasdiqlangan ish rejasi asosida faoliyatini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tyutorlar faoliyatiga oid choraklik hisobotlar tegishli boʻlinma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining elektron tizimiga kiritib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Talabalarning boʻsh vaqtini samarali tashkil etish uchun tyutorlarning ish kuni davomiyligini oliy taʼlim tashkilotidagi oʻquv jarayoni grafigidan kelib chiqqan holda, moslashuvchan ish grafigi asosida belgilash mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Tyutorlarga qoʻyiladigan malaka talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tyutorlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni, taʼlim standartlari talablari va mazmunini bilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy sohaga oid bilimlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish malakasiga ega boʻlishi, sohaga oid yangiliklardan xabardor boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash, qarorlar qabul qilish va oʻz fikrlarini yozma hamda ogʻzaki bayon etish, topshiriqlarni qisqa va loʻnda ifoda etish qobiliyatiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning oliy taʼlim tashkilotidagi faoliyatini tahlil qila olishi, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topish va amalda qoʻllashni bilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tyutorlarga nisbatan quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumotga (bakalavr) ega boʻlish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼlim berish huquqidan mahrum etilmagan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur anglab yetgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy shaxsiy fazilatlarga, shu jumladan, madaniyatli, masʼuliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan mutaxassislar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tyutorlar faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, tashkiliy-metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha masʼuliyat oliy taʼlim tashkilotining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oliy taʼlim tashkilotining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tyutorlarning ishini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tyutorlarning ish tajribasini oʻrganadi, umumlashtiradi, ilgʻor ish tajribalarini ommalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tyutorlar uchun talabalar bilan maʼnaviy-maʼrifiy, kasbiy-ijodiy faoliyatni tashkil etishning innovatsion texnologiyalari, samarali shakl va metodlari boʻyicha seminarlar, oʻquvlar tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorakda tyutorlar faoliyatining samaradorligi yuzasidan tahliliy hisobotlarini tayyorlaydi, takliflarni umumlashtiradi, rahbariyatga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fakultet (oliy maktab) dekani bilan hamkorlikda yuqori samaradorlik (KPI) koʻrsatgan tyutorlarni ragʻbatlantirish va malaka oshirish, stajirovkalarini tashkil etish boʻyicha rahbariyatga takliflarni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tyutorlar oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shaxsan javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim tashkilotlarida talaba-yoshlar tarbiyasi bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish, ularda vatanparvarlik ruhini oshirish va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Yoshlar tarbiyasi bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish

1.

Talabalarning taʼlim tashkiloti faoliyati boʻyicha bildirgan xolis munosabatlari asosida oliy taʼlim tashkilotidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish.

1. Oliy taʼlim tashkilotlarining ijtimoiy-maʼnaviy muhitini oʻrganish va barqarorligini taʼminlab borish maqsadida ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2025-yil noyabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Oliy taʼlim tashkilotlarida har bir kurs vakillaridan iborat “Kurs qoʻmitalari” faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning muammolari va qiziqishlarini doimiy oʻrganish.

Doimiy

3. Soʻrovnomalar natijalari hamda talabalarning bildirgan fikrlari asosida Muammolarni bartaraf etish dasturini ishlab chiqish.

Reja-grafik asosida

4. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Muammolarni bartaraf etish dasturi asosida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi boʻyicha ochiq hisobot berish.

Reja-grafik asosida

2.

Axborot makonida ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

1. Har bir oliy taʼlim tashkilotida talabalar uchun maxsus ijtimoiy platformalar va mobil ilovalarni yaratish.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2025-yil dekabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Har bir oliy taʼlim tashkilotida professor-oʻqituvchi va talabalar salohiyatidan samarali foydalanadigan medialaboratoriya faoliyatini tashkil etish.

2025-yil dekabr

3. Ijtimoiy tarmoqlarni doim kuzatib boradigan, axborotlarni tahlil qiladigan, zarur hollarda, tegishli axborotga tezkor munosabat bildirish koʻnikmasiga ega malakali mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, brifing, press-klub, ochiq muloqot shaklidagi tadbirlarni muntazam tashkil qilish.

Doimiy

4. Ijtimoiy tarmoqlardagi mavjud kontentlarni saralash, talabalarga maʼnaviy-axloqiy, mafkuraviy, diniy, siyosiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladigan guruh va kanallarni tavsiya qilish, oʻz navbatida yoshlar ongiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi guruh va kanallar boʻyicha talabalarni ogohlantirib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

3.

Oliy taʼlim tashkilotlarida tarbiya klasteri asosida “Ustoz-shogird” anʼanalarini rivojlantirish, maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash tizimi samaradorligini oshirish.

1. Oliy taʼlim tashkilotlarida “Yetakchi va faol talabalar maktabi”ni tashkil etish orqali ijtimoiy faol yoshlarni tayyorlash va ularga taʼlim tashkilotidagi ijtimoiy-maʼnaviy jarayonlarni boshqarishga imkoniyat berish.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2025-yil dekabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Oliy taʼlim tashkilotining ilmiy darajali, yoshi ulugʻ, boy hayotiy tajribaga ega va hurmatga sazovor professor-oʻqituvchilarini talabalarga biriktirish orqali “Bir ziyoli — 10 talabaga maʼnaviy ustoz” tizimini joriy etish.

2025-yil dekabr

4.

Talabalar oʻrtasida estetik tarbiyani mustahkamlash va rivojlantirish.

1. Oliy taʼlim tashkilotlarida adabiyot, sanʼat va madaniyat burchaklari tashkil etish, sanʼat asarlari, milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi elementlarni joylashtirish orqali estetik muhitni yaratish.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2025-yil noyabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Turli estetik rivojlanish loyihalari, “Ijodkor talabalar haftaligi”, sanʼat asarlari koʻrgazmalari, ijodiy klublar va toʻgaraklar tashkil qilish.

2025-yil dekabr

3. Talabalarning muzey, teatr kabi sanʼat va madaniyat muassasalariga tashriflarini tizimli yoʻlga qoʻyish.

Reja asosida

4. Oliy taʼlim tashkilotlarida musiqa va raqs ansambllari faoliyatini tashkil etish.

2025-yil dekabr

II. Talaba yoshlarni Vatanga sadoqat va uning taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalash

5.

Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurt tarixiga va ajdodlar merosiga hurmat hissini shakllantirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish.

1. “Maʼrifat darslari” doirasida mutaxassislar ishtirokida “Oʻzbekiston Qahramonlari” mavzusida oʻzbek qahramonlari haqida darslar tashkil etish.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2025/2026 oʻquv yili davomida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Talaba-yoshlarning harbiy muzeylar va tarixiy yodgorliklarga sayohatlarini tashkil etish.

Reja asosida

3. Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Mard oʻgʻlon”, “Posboningmiz — Oʻzbekiston”, “Manguberdi izdoshlari” va boshqa shu kabi tadbirlarni oʻtkazish.

2026-yil davomida

4. Milliy qadriyatlar va anʼanalarga sadoqatli qilib tarbiyalash maqsadida “Milliy liboslar”, “Yurtim qadriyatlari”, “Milliy oʻyinlar” va boshqa tadbirlarda talabalar qamrovini oshirish.

2026-yil mart — iyun

6.

Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida har yili ikki bosqichda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

1. “Amir Temur vorislari” harbiy-sport koʻrik-tanlovining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari,

Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2026 yanvar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Oliy taʼlim tashkilotlarida harbiy-sport guruhini tashkil etish va moddiy-texnik bazani shakllantirish.

2026-yil mart

3. Har bir hududdagi bitta oliy taʼlim tashkilotida musobaqalarni oʻtkazishga ixtisoslashgan “Harbiy-sport maydonchalari”ni tashkil etish.

2026-yil aprel

4. Tanlovning hududiy bosqichlarini oʻtkazish.

2026-yil may-iyun

5. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish.

2026-yil iyun-iyul

6. Tadbirlarni ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish.

2026-yil may — iyul

7.

Oliy taʼlim tashkilotlarida vatanparvarlik muhitini shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish.

1. Oliy taʼlim tashkiloti hududi, tashqi va ichki binolari, talabalar turar joylarida vatanparvarlik, milliy gʻururni targʻib qiluvchi bannerlar, tarixiy qahramonlar suratlari va fikrlari ifodalangan targʻibot vositalarini joylashtirish.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2025/2026 oʻquv yili davomida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Oliy taʼlim tashkiloti axborot maydonida (sayt, ijtimoiy tarmoqlar) milliy gʻururni shakllantirish, vatanparvarlikka oid ruhlantiruvchi materiallarni doimiy joylashtirib borish.

Doimiy

3. Vatanparvarlik oyligini tashkil etish, harbiy qismlarga talabalar tashriflarini uyushtirish, harbiy sohadagi faxriylar bilan uchrashuvlarni tashkil etish.

2026-yil yanvar

III. Tyutorlik faoliyatini takomillashtirish

8.

Tyutorlik faoliyati samaradorligini baholash (KPI) tizimini joriy etish.

1. Tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va reyting tizimini yoʻlga qoʻyish.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2026-yil avgust

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Eng yuqori reytingga ega boʻlgan tyutorlarni ragʻbatlantirish va eng past reyting koʻrsatkichiga ega tyutorlarga nisbatan jazo choralarini qoʻllash mexanizmlarini joriy etish.

2026-yil sentabr

3. Tyutorlar faoliyati boʻyicha tahliliy hisobotlar tayyorlash va oliy taʼlim tashkiloti Ilmiy kengashida muhokama qilish.

Har oʻquv yili yakunida

9.

Tyutorlik faoliyatini ragʻbatlantirib borishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.

1. Har yili turli nominatsiyalarda “Eng yaxshi tyutor” tanlovini eʼlon qilish va gʻoliblarni munosib taqdirlash.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Har yili sentabr-dekabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Oliy taʼlim tashkilotlarida eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlarga oylik ustamalar joriy etish.

Reja asosida

3. Eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlarni xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tajriba almashish uchun yuborish.

Belgilangan muddatlarda

10.

Tyutorlik institutining boshqaruv va monitoring tizimini takomillashtirish.

1. Tyutorlarni metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, tarbiyaning zamonaviy usullari boʻyicha tajriba almashish, tyutorlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi raqamli platformani joriy etish.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2026-yil mart

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Tyutorlik (murabbiylik) instituti faoliyatini ilmiy yondashuv asosida takomillashtirish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Tyutor” ilmiy-amaliy elektron jurnalini joriy qilish.

2026-yil may

3. Har chorak yakunlari boʻyicha tyutorlar faoliyati yuzasidan onlayn hisobot taqdim qilish tizimini joriy etish.

Har chorakda

11.

Tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonining shaffof tizimini joriy etish.

1. Tyutorlik lavozimiga boʻsh ish oʻrinlarini rasmiy veb-sayt va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilish.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2025/2026 oʻquv yili

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Tyutorlik lavozimiga qabul qilingan nomzodlarning natijalari va ular qaysi mezonlar asosida tanlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oliy taʼlim tashkiloti rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilish.

Doimiy

12.

Tyutorlarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Tyutorlar uchun kompetensiyaviy yondashuv asosida maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va seminar-treninglar oʻtkazish.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Reja asosida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Tajribali tyutorlarning mahorat darslarini tashkil etish va ilgʻor tajribalarni ommalashtirish.

Doimiy

3. Tyutorlik faoliyatiga oid innovatsion pedagogik, raqamli texnologiyalar va psixologik yondashuvlar boʻyicha maxsus malaka oshirish kurslarini yoʻlga qoʻyish.

Reja asosida

13.

Talabalar va tyutorlar oʻrtasida samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish.

1. Talabalar va tyutorlar oʻrtasida muntazam uchrashuvlar, davra suhbatlari va ochiq muloqot sessiyalarini tashkil qilish.

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Har chorakda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim tashkilotlari

2. Har bir tyutor faoliyat yuritadigan talabalar guruhida anonim fikr-mulohaza bildirish amaliyotini joriy etish.

2025-yil noyabr

3. Har bir oliy taʼlim tashkilotida talabalar murojaatlarini tezkor va samarali hal qilish uchun “Tyutorga murojaat” axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2025-yil dekabr

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 09/25/656/0949-son)