06.10.2025 yildagi 626-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.10.2025 yildagi 626-son
Date of entry into force
06.10.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondining faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondining (keyingi oʻrinlarda — Fond):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar)larda tashkil etilgan Fondning tayanch punktlarini tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayanch punktlarining vazifalarini Fondning hududiy filiallariga yuklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayanch punktlarining mavjud mol-mulkini belgilangan tartibda Fondning hududiy filiallariga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fondga Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda joylarda, ayniqsa olis va chekka hududlarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirishni yanada yaxshilash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalar orasida kasallanishni kamaytirishga hamda ularni sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan “Sogʻlom ayol va bola oyligi”ni yiliga ikki marotaba tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar va oʻsmirlar, ayniqsa, oʻsmir-qizlarni profilaktik koʻriklar bilan qamrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemor ayollar va nogironligi boʻlgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash hamda ularni sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Transport vazirligi, “Uzbekistan Airports” AJ Fondning murojaatiga asosan “Rease Village International” xalqaro tashkiloti tomonidan bemor bolalarni tashish uchun buyurtma qilingan havo kemasini qabul qilish va joʻnatishda aeronavigatsiya va yer usti aeroport xizmatlari uchun yigʻim va toʻlovlardan ozod etishni (yoqilgʻi uchun toʻlov bundan mustasno), shuningdek, bemor bolalar va ularni kuzatib boruvchi shifokorlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining “CIP” zalidan bepul oʻtishlarini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Adliya vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Fondga uning tuman (shahar) tayanch punktlarini belgilangan tartibda tugatish ishlarini tashkil etishda amaliy koʻmak koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin qizlar qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova hamda sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 6-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
626-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 626-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasining takliflari toʻgʻrisida” 1993-yil 28-oktabrdagi 524-son qarorining 5-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1994-yil 5-martdagi 119-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga 2-ilovaning “Fondning tayanch punktlari” bloki va 6-ilovaning 1-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori)” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 09/25/626/0898-son)