29.09.2025 yildagi 608-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.09.2025 yildagi 608-son
Date of entry into force
29.09.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida tabiiy fanlar yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy fanlar sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, soha boʻyicha iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash hamda ularning qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi taʼlim tashkilotlari, shuningdek, vazirliklar va idoralar tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim va kasbiy taʼlim tashkilotlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallarini (keyingi oʻrinlarda — filiallar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yilda tashkil etiladigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-2027-yillarda yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar bir oy muddatda ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan taʼlim tashkilotlari faoliyati tugatilishi, ularning mol-mulki, bino va inshootlari operativ boshqarish huquqi asosida Agentlik tizimiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari 2025-yil 1-noyabrga qadar ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq tegishlicha Agentlik tizimida tashkil etilayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining bino va inshootlarini taʼmirlash, belgilangan talablar asosida jihozlash, oʻquvchilarga yashash va ovqatlanish uchun zarur sharoitlarni yaratish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha tayanch maktab (keyingi oʻrinlarda — tayanch maktab) hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayanch maktabning direktori hamda uning filiali ijrochi direktori Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar ikki bosqichli (saralash va suhbat), pedagog kadrlar uch bosqichli (saralash, test sinovi va suhbat) tanlov asosida ishga qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filiallar xodimlari mehnatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun belgilangan shartlarda haq toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayanch maktab va filiallarga qabul 7-sinfdan boshlanadi, bunda bir sinfda oʻquvchilarning eng koʻp soni 24 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda, qabul parametrlari Agentlik tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filiallarga oʻquvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filiallarda oʻquvchilar uchun turar joy hamda autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filiallarning qurilish ishlari tayanch maktabning sharoitidan kam boʻlmagan, yagona yondashuv asosida 2026-2027-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filiallar zamonaviy talablarga muvofiq plastik qoplamali (HPL panel) sinf stoli, plastik qoplamali, egri yelimlangan fanerali sinf stullari bilan jihozlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filiallar bitiruvchilariga tayanch maktab bitiruvchilari uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish boʻyicha qonunchilik hujjatlari bilan berilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filiallarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2025-yil 15-oktabrga qadar tayanch maktab, filiallar hamda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun lavozimlar va shtat birliklarining namunaviy shtat jadvalini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) belgilangan muddatlarda filiallar faoliyatini tashkil etsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish, zamonaviy kasblarga oʻrgatish uchun ularning qiziqish va qobiliyatlarini inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyo, biologiya, agrotexnologiya, biotexnologiya fanlari umumiy dars soatlari fondi doirasida qoʻshimcha oʻquv dasturlari asosida oʻqitilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Jizzax, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning aniq fanlar yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchilarini Agentlik tizimidagi boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarga joylashtirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Fargʻona hamda Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan maktablarning qurilish va jihozlash ishlarini bosqichma-bosqich 2026-2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish yuzasidan tegishli takliflarni tayyorlasin hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki, filiallar taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yilda birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchisi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 29-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
608-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi 608-son qaroriga
1-ILOVA

2025-yilda tashkil etiladigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

T/r

Tuman (shahar) nomi

Negizida ixtisoslashtirilgan maktab filiali tashkil etilayotgan taʼlim tashkiloti nomi

Agentlik tizimida tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab filiali nomi

Quvvati

1.

Xoʻjayli tumani

Xoʻjayli tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Xoʻjayli filiali

480

2.

Buxoro shahri

Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Buxoro filiali

360

3.

Jizzax shahri

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Jizzax filiali

240

4.

Termiz shahri

Termiz shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Termiz filiali

240

5.

Fargʻona shahri

Fargʻona shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Fargʻona filiali

610

6.

Chinoz tumani

Chinoz tumanidagi Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Chinoz filiali

240

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi 608-son qaroriga
2-ILOVA

2026-2027-yillarda yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining manzilli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tuman (shahar) nomi

2026-yil

2027-yil

Jami

1.

Guliston shahri

1

1

2.

Qarshi shahri

1

1

3.

Namangan shahri

1

1

4.

Andijon shahri

1

1

5.

Navoiy shahri

1

1

6.

Samarqand shahri

1

1

7.

Fargʻona shahri*

1

1

8.

Urganch shahri

1

1

Hammasi:

3

5

8

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Fargʻona filialida mavjud bino yotoqxonaga moslashtiriladi va jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.

Yangidan quriladigan filiallar uchun yer maydoni shahar markazlari va oʻquvchilar qatnashi uchun qulay boʻlgan hududlardan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangidan quriladigan filiallarning loyihalarida belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan 360 oʻrinli oʻquv binosi hamda 200 oʻrinli yotoqxona, oshxona, kutubxona, sport va faollar zallari nazarda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filiallarni qurish va jihozlash loyihalari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi 608-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu Nizom Al-Xorazmiy universitetiga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi “sogʻliqni saqlash,” soʻzlaridan keyin “Al-Xorazmiy universiteti,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisi “oliy harbiy taʼlim muassasalariga,” soʻzlaridan keyin “Al-Xorazmiy universitetiga,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 09/25/608/0879-son)