26.09.2025 yildagi PF-176-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.09.2025 yildagi PF-176-son
Date of entry into force
29.09.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FARMONI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Asosiy maqsad
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib 2026-2027-yillarda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) tomonidan 4 trillion so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish orqali 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish va yangi instrumentlarni joriy etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2025-yil 1-noyabrdan boshlab Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi qo‘shimcha instrumentlar joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) tadbirkorlik subyektlarini “chempion” tadbirkor toifasiga olib chiqishga ko‘maklashish uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalariga tijorat banklari orqali 10 milliard so‘mgacha milliy va xorijiy valyutada kreditlar ajratish uchun resurs joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) kichik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi mikroloyihalariga tijorat banklari tomonidan 500 million so‘mgacha ajratilgan kreditlarni quyidagi shart va hollarda qayta moliyalashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) ajratilgan kreditning foiz stavkasini 6 foizgacha, biroq Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkagacha kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) kamida bir yil faoliyat yuritgan va ikki nafar xodimi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining beshta va undan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazarda tutgan loyihalariga taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2025-yil 1-dekabrdan Kompaniya tomonidan qo‘shimcha ravishda kafolat yoki kafillik quyidagi shartlarda taqdim etilishi belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) yirik tadbirkorlik subyektlariga 10 milliard so‘mgacha, biroq kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Kompaniyaning kuzatuv kengashi qarori bilan belgilangan tartibda o‘rta va yirik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi yirik loyihalariga ularning aylanmasidan kelib chiqib, 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) avval kafillikdan ijobiy foydalangan va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga amalda belgilangan kafillik miqdorini 1,5 baravargacha oshirgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) garov ta’minoti bo‘yicha yuzaga kelgan taqchillikni bartaraf etish uchun barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan miqdorlar doirasida ajratilgan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kompaniyaning kafolat va kafillik taqdim etish tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, xalqaro moliya institutlari va investorlardan mablag‘ jalb qilishni kengaytirish maqsadida quyidagi takliflari ma’qullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Kompaniya muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida kafolatlar berish tashkilotini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab kafolatlar berish tashkilotiga Kompaniyaning kafolat va kafillik taqdim etish bilan bog‘liq funksiyalarini o‘tkazish. Bunda oldin berilgan kafolat yoki kafillik bo‘yicha majburiyatlar Kompaniya zimmasida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2026-yil 1-yanvardan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga ularga ajratilgan kreditlarning mos ravishda 1,5 milliard so‘mgacha va 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan qismini Kompaniya tomonidan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkasigacha qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya taqdim etish tartibi joriy etilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning a’zolari tadbirkorlik subyektlarida band bo‘lgan xodimlarning kamida:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) 5 nafarini tashkil qilganda — 2 foizgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) 10 nafarini tashkil qilganda — 4 foizgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) 20 nafarini tashkil qilganda — 6 foizgacha miqdorda qayta moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) ushbu bandning “a” kichik bandidagi xodimlar soni hisobot yilida belgilangan miqdorda saqlanib tursa qayta moliyalashtirish davom ettiriladi, kamaysa — kredit foizi bozor stavkasiga o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) ushbu bandning “a” kichik bandidagi xodimlar mazkur tadbirkorlik subyektiga ishga joylashgani hisobiga Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganda ham qayta moliyalashtirish tartibi saqlab qolinadi.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kompaniya kuzatuv kengashiga loyihalarning biznes-reja va samaradorlik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hollarda to‘xtatilgan moliyaviy yordamlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tarmoq uyushmalari tomonidan belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tiklash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Moliyaviy resurslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kompaniya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2026 — 2028-yillarda 500 milliard so‘m miqdorida korporativ obligatsiyalar chiqarsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) o‘z daromadlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son Farmoni bo‘yicha ajratilgan budjet ssudasi mablag‘lari hisobidan “qayta moliyalashtirish” hamda “resurs joylashtirish” instrumenti uchun talabdan kelib chiqib zarur mablag‘larni yo‘naltirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab har yili Kompaniyaga uning buyurtmasiga asosan “qayta moliyalashtirish” va “resurs joylashtirish” instrumentlari uchun 7 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasidan ikki foiz punktga past stavkada 300 milliard so‘mgacha budjet ssudasini ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kompaniyaning 2024 — 2026-yillar uchun sof foydasidan Davlat budjetiga o‘tkaziladigan dividend (ajratma) to‘lovlari Kompaniyada Iqtisodiyot va moliya vazirligining ulushini oshirish hisobiga qoldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Kompaniya tadbirkorlikni rivojlantirish uchun markazlashtirilgan tartibda mablag‘lar jalb qilish hamda uning muassisligidagi tashkilotlarga taqsimlash vazifasini bajaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Kompaniya o‘z muassisligidagi tashkilotlarning asosiy faoliyati uchun metodologiyalarni ishlab chiqadi hamda ular faoliyatining tavakkalchilik darajalarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Kompaniyaga uning muassisligidagi tashkilotlarning tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlarining foiz stavkalari va tariflarini belgilash, ularning miqdori, parametr, qoida va shartlariga o‘zgartirish kiritish hamda shu bilan bog‘liq ichki me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash vakolati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 2026-yil 1-yanvarga qadar Kompaniyaning “Tadbirkor” axborot tizimi 1-ilovada keltirilgan tashkilotlarning axborot tizimlari bilan o‘rnatilgan tartibda integratsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 26-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-176-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimlari “Tadbirkor” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan tashkilotlar ro‘yxati
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Axborot tizimlari integratsiya qilinadigan tashkilotlar

Ma’lumot turi

I. “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadigan tashkilotlar

1.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalaridan tadbirkorlik subyektlariga hisoblangan va to‘langan subsidiya hamda boshqa moliyaviy yordamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlari tizimidagi ishtiroki va xaridlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

2.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Tadbirkorlik subyektlaridagi ishchilar, ularning bandlik holati va mehnat munosabatlari bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar;

ishsizlik nafaqasi bo‘yicha ma’lumotlar.

3.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

4.

Soliq qo‘mitasi

Soliq to‘lovchining ro‘yxatga olish ma’lumotlari;

soliq to‘lovchilarning tushumi, tovar aylanmasi, qarzdorligi hamda ortiqcha to‘lovlari haqida ma’lumotlar;

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar bo‘yicha ma’lumotlar;

tadbirkorlik subyektlarining ta’sischilari va rahbarlari haqida ma’lumotlar.

5.

Majburiy ijro byurosi

Tadbirkorlik subyektlarining ijro ishlari, qarzdorliklari, to‘lovlarning bajarilishi hamda cheklov va taqiqlar haqidagi ma’lumotlar.

6.

Bojxona qo‘mitasi

Tadbirkorlik subyektlarining eksport-import operatsiyalari, hajmlari, bojxona deklaratsiyalari, bajarilgan to‘lovlar, cheklov va majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

7.

Kadastr agentligi

Tadbirkorlik subyektlarining ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

8.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Tadbirkorlik subyektlari va o‘zini o‘zi band shaxslarning elektr energiyasi bo‘yicha qilgan to‘lovlari va mavjud qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

9.

“Hududgazta’minot” AJ

Tadbirkorlik subyektlari va o‘zini-o‘zi band shaxslarning tabiiy gaz bo‘yicha qilgan to‘lovlari va mavjud qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

II. To‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilinadigan tashkilotlar

10.

“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi

Tadbirkorlik subyektlari va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning kredit tarixi, kredit reytingi, qarzdorliklar holati, kafolatlar va garovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

11.

Tijorat banklari

Tadbirkorlik subyektlari va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va uning muassisligida tashkil etilgan tashkilotlar tomonidan yordam taqdim etish hisobiga ajratilgan kreditlar bo‘yicha ma’lumotlar.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’lumotlar tashkilotlarning axborot tizimlarida bepul taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning moliyaviy xizmatlaridan foydalanishi uchun jismoniy va yuridik shaxslaring roziligi asosida ularning ma’lumotlari taqdim etiladi va qayta ishlanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YO‘L XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Kafolat va kafilliklar taqdim etishni kengaytirish

1.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” nobank kredit tashkilotini tashkil etish.

Jamiyat tashkil etilgunga qadar Kompaniya tomonidan kafolat yoki kafillik taqdim etishni davom ettirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Kompaniya

(Maxamatov)

2.

Kafolat va kafillikni o‘rta va yirik tadbirkorlarning aylanmasidan kelib chiqib taqdim etish amaliyotini joriy etish.

Kompaniya kuzatuv kengashi qarori

2025-yil noyabr

Kompaniya

(Maxamatov)

3.

“Yashil” va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni ko‘zda tutuvchi hamda tadbirkor yoshlar va ayollar loyihalari uchun taqdim etiladigan kafolat va kafillikning miqdorini oshirish.

Kompaniya kuzatuv kengashi qarori

2025-yil dekabr

Kompaniya

(Maxamatov)

4.

Qishloq xo‘jaligi loyihalariga ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarning 75 foizigacha kafolat yoki kafillik taqdim etish, bunda tavakkalchilik darajasini davlat, Kompaniya va tijorat banki o‘rtasida taqsimlash tizimini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Axborot xati

2026-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Markaziy bank

(Turdaliyev),

Kompaniya

(Maxamatov)

5.

Kompaniyaning kafolati yoki kafilligi bilan ta’minlangan tijorat banklar aktivlarining tavakkalchilik darajasini belgilash yuzasidan Markaziy bankka taklif kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Kompaniya

(Maxamatov)

II. Kredit (lizing) uchun resurs ajratish, kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish tizimini takomillashtirish

6.

“Yashil” va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish hamda yoshlar va ayollar tadbirkorligi loyihalariga ajratiladigan kredit (lizing) uchun resurslar miqdorini 1,5 barobarga oshirish.

Kompaniya kuzatuv kengashi qarori

2025-yil dekabr

Kompaniya

(Maxamatov)

7.

Davlat budjeti va markazlashgan mablag‘lar hisobidan kredit (lizing) ajratish uchun joylashtirilayotgan resurslarni xatlovdan o‘tkazgan holda yagona yondashuv asosida resurslarni joylashtirish vazifasini Kompaniyaga o‘tkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Axborot xati

2026-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

8.

Iqtisodiyot va moliya vazirligidagi Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha quyidagilarni ko‘zda tutgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish:

amalda taqdim etilayotgan kompensatsiya sohalarini tahlil qilish;

kompensatsiya taqdim etish lozim bo‘lgan soha yo‘nalishlarini aniqlab olish va reyestrini shakllantirish;

kompensatsiya muddatlari, kompensatsiya qilinadigan kredit miqdorlari va stavkalari bo‘yicha chegaralarni qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Kompaniya

(Maxamatov)

9.

Kredit foiz xarajatlarini qoplash uchun taqdim etilayotgan kompensatsiya mablag‘laridan foydalanishda:

loyihalar bo‘yicha kredit mablag‘lari shartnomada belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilganda hamda uning hisobiga mahsulot (xizmat)lar haqiqatda loyihani amalga oshirish manziliga yetkazib berilganda taqdim etilayotgan kompensatsiya mablag‘laridan maqsadli foydalanilgan deb belgilash;

kompensatsiya taqdim etilishi orqali amalga oshirilayotgan loyihalarda realizatsiya qilingan mahsulot (xizmat) bo‘yicha tushumning ortib borishini kompensatsiyadan samarali foydalanishning me’yori etib belgilash;

loyihani amalga oshirish davrida yuz bergan ko‘zda tutilmagan holatlardan kelib chiqib, kompensatsiya taqdim etish davrini qayta ko‘rib chiqish.

Kompaniya kuzatuv kengashi qarori

2025-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Kompaniya

(Maxamatov),

Markaziy bank

(Turdaliyev)

III. Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish

10.

Xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish:

mikromoliyalash ko‘lamini kengaytirish maqsadida inklyuziv moliyalashtirish tizimini joriy etish va kelgusida tashqi va ichki investorlardan resurs jalb qilish;

Fondlar fondini tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishni kengaytirish.

Axborot xati

2025-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Kompaniya

(Maxamatov),

Markaziy bank

(Turdaliyev)

11.

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini sog‘lomlashtirish va yiriklashuvini rag‘batlantirish uchun nomoliyaviy xizmatlarni, xususan, raqamlashtirish, marketing va menejmentni yaxshilash xizmatlarini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Kompaniya

(Maxamatov)

12.

Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlarini islom moliyasi asosida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Kompaniya

(Maxamatov)

13.

Davlat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligi va natijadorligini yaxshilash uchun ilmiy markaz tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish.

Axborot xati

2026-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

IV. Kompaniyaning institutsional salohiyatini yanada oshirish

14.

Mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etib, Kompaniya va uning muassisligida tashkil etilgan jamiyatlarning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2026-yil iyul

Kompaniya

(Maxamatov)

15.

Ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish va tadbirkorlik subyektlarini “chempion” tadbirkor toifasiga olib chiqish uchun 300 milliard so‘mgacha budjet ssudasini ajratib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yildan boshlab har yili

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov)

16.

Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, taqdim etilayotgan moliyaviy yordamlar samaradorligi va erishilgan natijalar to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib borish, jumladan, “Davlat — tadbirkorga madadkor” teledasturini tashkil etish va efirga uzatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yildan boshlab har chorakda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Kompaniya

(Maxamatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov),

O‘zMTRK

(Jurabayev)

17.

Kompaniya tomonidan taqdim etilgan moliyaviy yordamlar samaradorligini aniqlash, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy holatidan kelib chiqib qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil may

Kompaniya

(Maxamatov),

Milliy statistika qo‘mitasi

(Hamroyev),

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Markaziy bank

(Turdaliyev)

18.

Kompaniyaning “xizmatlar ipotekasi” va “ustav kapitaliga ulush kiritish” moliyaviy instrumentlarini tadbirkorlik subyektlariga taqdim etish vakolatini Kompaniya muassisligida tashkil etilgan “TRK Invest” MCHJga o‘tkazish.

Kompaniya kuzatuv kengashi qarori

2025-yil dekabr

Kompaniya

(Maxamatov)

19.

Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya taqdim etiladigan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlar ro‘yxatini tasdiqlash.

Kompaniya kuzatuv kengashi qarori

2025-yil noyabr

Kompaniya

(Maxamatov)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmonining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun auksion orqali yer ijaraga olinganda ijara to‘lovlari loyiha ishga tushgunga qadar, biroq 2 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirib to‘lanishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-153-son Farmonining 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun auksion orqali yer ijaraga olinganda ijara to‘lovlari loyiha ishga tushgunga qadar, biroq 2 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirib to‘lanishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-193-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2-bandning o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu bandning “a” kichik bandidagi tadbirlarni tashkil etish hamda tadbirkorlik subyektining faoliyatini sog‘lomlashtirish maqsadida Kompaniyaga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditni “qayta moliyalashtirish” hamda “resurs joylashtirish” uchun unga o‘n yil muddatga besh yillik imtiyozli davr bilan jami 1,2 trillion so‘m, shu jumladan 2024-yil 1-iyulga qadar 600 milliard so‘m hamda 2024-yil yakuniga qadar 600 milliard so‘m miqdorida foizsiz budjet ssudasi ajratsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 5-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Markaziy bankka kafolatlar berish tashkiloti faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish vazifasini yuklash”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 6-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) Kompaniya va uning muassisligidagi tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq moliyaviy instrumentlarini xorijiy valyutada taqdim etish huquqi beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) 2-ilovaning 7-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “15 baravar 2027-yilda 10 baravarga” so‘zlari “15 baravarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-son Farmoni 9-bandining “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“d) “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlarining barcha toifasiga mansub bo‘lgan qurilish tashkilotlariga Toshkent shahrida — 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda — 7 va undan yuqori, qishloq joylarda — 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratiladigan milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha kafillik hamda 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga “1+1” tamoyili asosida hududlarning toifasidan kelib chiqib kompensatsiyalar taqdim etiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafillik va kompensatsiyalar kredit summasidan qat’i nazar taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompensatsiya — har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun kreditning 5 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha yillik Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlarga taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafillik — har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun kichik tadbirkorlik subyektiga 2,5 milliard so‘mdan, o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun 5 milliard so‘mdan, yirik tadbirkorlik subyektlari uchun 10 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoni 2-bandining “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v) gazlama, trikotaj mato, tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish va bo‘yash uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning kredit summasidan qat’i nazar 7 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan “1+2” tamoyili asosida kompensatsiya qilib beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 1-ilova quyidagi mazmundagi 44-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

44.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati

;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2-ilova quyidagi mazmundagi 16-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

16.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga muvofiq quyidagilar yuzasidan soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish:

1. Nazorat-kassa texnikasini va (yoki) hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish.

2. Mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarni hamda mehnatga haq to‘lash fondini soliq hisobotida aks ettirmaslik.

3. Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish.

4. Foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotida to‘liq aks ettirmaslik.

Soliq qo‘mitasi

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish to‘g‘risida”gi PQ-3464-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisidan “, ularning ro‘yobga chiqarilishini monitoring va tahlil qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-sentabrdagi “Soliq maslahati sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4846-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Palataning quyidagi takliflari ma’qullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq qo‘mitasi tomonidan Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari va auditorlik tashkilotlari ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tavakkalchilikni tahlil qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida aniqlanadigan, yillik aylanmasi oxirgi uch yil mobaynida 10 milliard so‘mdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda Ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari va auditorlik tashkilotlarining soliqlar bo‘yicha xulosalari soliq organlari tomonidan tan olinishi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 3-bandning uchinchi xatboshisi “Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar” so‘zlaridan keyin “hamda “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi natijalariga asosan soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) holatlari bo‘yicha o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) ilovaning 14-bandi birinchi xatboshisidagi “davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar” so‘zlari “davlat yong‘in nazorati organlari, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar hamda “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi natijalariga asosan soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) holatlari bo‘yicha o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi “Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-378-son qarorining 9-bandi “g” kichik bandi “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlaridan keyin “hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-yanvardagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Nukus” va “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonalarining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi” so‘zlari “Nukus” va “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonalari so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining” so‘zlari “Nukus” va “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonalarining” so‘zlari bilan, “Urgut” EIZning” so‘zlari “Nukus” va “Chiroqchi” EIZlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Belgilansinki, “Nukus” EIZning Beruniy va “Chiroqchi” EIZning Kitob tumanlaridagi hududlarida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Urgut” EIZning Beruniy va Kitob tumanidagi” so‘zlari “Nukus” EIZning Beruniy va “Chiroqchi” EIZning Kitob tumanidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-son qarori 7-bandning “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi “Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-366-son qarori 2-bandining “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“300 milliard so‘m miqdorida korporativ obligatsiyalarni mahalliy kapital bozorlarida muomalaga chiqarish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-sentabrdagi “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-312-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Dastur doirasida mikrokreditlar ajratish va resurs mablag‘lari bilan ta’minlashning quyidagi tartibi joriy etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kompaniyaga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) dastlabki ajratiladigan 3 trillion so‘mni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish uchun — 11,5 foiz stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Kambag‘al oilalar reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan kichik va o‘rta biznes subyektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish o‘rniga qo‘shimcha ravishda 10 million so‘mgacha, biroq 100 million so‘mdan oshmagan miqdorda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilgan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish uchun 9 foiz stavkada 3 yil muddatgacha joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kelgusida mablag‘larni Markaziy bankning asosiy stavkasidan ikki foiz band past stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mikrokredit beruvchilar tomonidan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga ajratilgan 100 million so‘m doirasidagi mikrokreditlar Kompaniya tomonidan 10 (o‘n) ish kunida qayta moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Kompaniya mablag‘lari ustuvor ravishda 3 — 5-toifadagi tumanda (shaharda) ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mikrokreditlar Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirilganda yoki ular bo‘yicha portfel kafilligi berilganda, mazkur mikrokreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son Farmonida nazarda tutilgan kompensatsiya taqdim etilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-martdagi “Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 1-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“(a) Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ikki hafta muddatda yetti yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasida jami 100 million AQSH dollari ekvivalentda, shundan AT “Xalq banki”ga 35 million AQSH dollari, “Mikrokreditbank” ATBga 30 million AQSH dollari va “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi” MCHJga (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) 35 mln AQSH dollari miqdorida kredit resurslari ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Kompaniyaga ajratilgan mablag‘lar u tomonidan tadbirkor ayollarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foizlik punkt yuqori stavkada uch yillik imtiyozli davr bilan yetti yil muddatgacha tijorat banklariga kredit resursi sifatida joylashtiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2-bandning “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)