1-ILOVA
2-ILOVA
J.A. Qoʻchqorov | — | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Vasiylik kengashi raisi |
K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
J.T. Mirzamahmudov | — | energetika vaziri |
B.B. Raxmatov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktori |
O.R. Fazilkarimov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
Kelishuvga koʻra | — | chet ellik malakali mutaxassislar (kelishuv asosida) |
Lavozimi boʻyicha | — | Universitet rektori, Vasiylik kengashi kotibi |
3-ILOVA
4-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun masʼullar |
I. Universitet faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari | |||||
1. | “ToshTech” texnika universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uning tuzilmasini tasdiqlash. | 1. Universitet ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Universitetni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 3. Universitet tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash. | 2025-yil oktabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Universitet |
2. | Universitetni yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar bilan toʻldirish. | 1. Universitet ehtiyojidan kelib chiqib, boshqaruv jarayoniga mahalliy va xorijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda malakali mutaxassislarni jalb qilish. 2. Universitetga jalb etiladigan xorijiy va mahalliy mutaxassislarni ochiq tanlov asosida saralab olish. | 2025-yil oktabr — dekabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
3. Universitet oʻquv va ilmiy jarayonlariga ilmiy darajali xorijiy va mahalliy professor-oʻqituvchilarni jalb qilish. | 2025-2026-yillar | ||||
3. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Universitetga bir yillik tayyorlov kursiga talabalar qabulini tashkil etish. | 1. “Boston consulting group” konsalting kompaniyasi (AQSH) (keyingi oʻrinlarda — “BCG” kompaniyasi) bilan hamkorlikda tayyorlov (foundation) dasturini ishlab chiqish. 2. Tayyorlov kursiga qabul qilish shartlari va muddatlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. 3. Nomzodlarni saralab olish va tinglovchilar qabulini tashkil etish. | 2025-yil oktabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet |
4. | “BCG” kompaniyasi bilan hamkorlikda Universitetni rivojlantirish strategiyasini qabul qilish. | 1. Universitetni rivojlantirish strategiyasi doirasida quyidagilarni belgilash: ish beruvchilar va boshqa xalqaro hamkor tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish asosida Universitetning kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarini; Universitetning moliyaviy modelini; raqamlashtirish va boshqaruv modelini; ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish yoʻnalishlarini; mahalliy va xalqaro hamkorlik istiqbollarini. | 2025-yil oktabr | - | Universitet vasiylik kengashi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Universitetni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash. | 2025-yil noyabr | ||||
5. | Universitetda akademik faoliyatni boshqarish jarayonini xalqaro andozalarga mos darajada yoʻlga qoʻyish. | 1. Universitetga akademik faoliyatni tashkil etish boʻyicha xalqaro nufuzga ega boʻlgan tajribali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha nomzodlarni saralash. | 2025-yil noyabr | - | Vasiylik kengashi, Universitet |
2. Shaffof tanlov asosida saralab olingan nomzodni Universitetning tegishli lavozimiga tayinlash. | 2026-yil yanvar | ||||
6. | “BCG” kompaniyasi bilan hamkorlikda Universitet faoliyatini tashkil etish boʻyicha nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik oʻrnatish. | 1. Universitet faoliyatini dastlabki bosqichda tashkil etish boʻyicha nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini aniqlash. 2. Aniqlangan oliy taʼlim tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish va ular bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish. | 2026-2027-yillar | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Universitet |
7. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Universitetning buyurtmalariga asosan Universitetga jalb qilinadigan chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun ruxsatnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish. | 1. Chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish. | Doimiy | - | Tashqi ishlar vazirligi |
2. Universitetga jalb etiladigan chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislar, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatga olinishini taʼminlash. | Ichki ishlar vazirligi | ||||
3. Chet ellik mutaxassislarni jalb qilishda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berishni (uzaytirishni) taʼminlash. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||||
II. Universitetning oʻquv jarayonini tashkil etish | |||||
8. | Oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 1. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini belgilash, oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash. 2. Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini belgilash. | 2026-yil mart | - | Universitet Vasiylik kengashi |
9. | Universitetda 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul parametrlarini belgilash. | 1. Muhandislik sohasi uchun iqtisodiyot tarmoqlarining oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan istiqboldagi ehtiyojlarini tahlil qilish. | 2026-yil mart — iyun | - | Universitet vasiylik kengashi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Ish beruvchilar takliflari asosida muhandislik sohasi uchun ehtiyoj yuqori boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qabul parametrlarini shakllantirish. | 2026-yil iyul | ||||
10. | Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 1. Universitetda tashkil etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini xalqaro hamkorlar bilan birgalikda akkreditatsiyadan oʻtkazish rejasini ishlab chiqish. | 2026-yil iyun | - | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi |
2. Xalqaro tan olingan akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha shartnoma tuzish va yoʻnalishlarni akkreditatsiya qilish reja-grafigini ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | ||||
3. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 2027 — 2030-yillar | ||||
11. | Universitetda zamonaviy boshqaruv tizimi va taʼlim jarayonini joriy etish. | 1. Universitetda zamonaviy boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil oktabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “BCG” kompaniyasi |
2. Universitetda taʼlim jarayonini tashkil etish, xususan: (a) muhandislik sohasida kadrlar tayyorlashda xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini joriy etish; (b) Universitet kutubxona fondini zamonaviy xorijiy oʻquv adabiyotlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan boyitish; (v) Universitet boshqaruvi va taʼlim jarayonlarini raqamlashtirish hamda taʼlimni boshqarish platformasini (LMS) yaratish. | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | ||||
III. Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni tashkil etish | |||||
12. | Universitet huzurida “R&D” markazini tashkil etish. | 1. Universitet huzurida “R&D” markazini tashkil etish. 2. “R&D” markazining asosiy tadqiqot yoʻnalishlarini belgilash. 3. Markazga yetakchi xorijiy va mahalliy olimlarni jalb etish. | 2025-yil noyabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet vasiylik kengashi, Innovatsion rivojlanish agentligi |
13. | Ilmiy izlanishlar oʻtkazish jarayonlarini raqamlashtirish. | 1. Universitetning barcha xodim va talabalari tomonidan oʻtkaziladigan ilmiy izlanishlarni roʻyxatga olish, tasdiqlash, hisobot topshirish va natijalari bilan boʻlishishni qamrab oluvchi yagona elektron platforma yaratish. | 2026-yil oktabr | - | Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Platformani ishga tushirish va ishtirokchilar foydalanishini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil dekabr | ||||
IV. Universitetning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish | |||||
14. | Universitetga oʻz faoliyatini boshlashi uchun binolarni tekin foydalanish huquqi asosida ajratish. | 1. Universitetni birinchi bosqichda Toshkent davlat texnika universiteti akademik litseyi binosining 1 — 3-qavatlariga joylashtirish. 2. Akademik litsey binosini “BCG” kompaniyasi tavsiyalari asosida taʼmirlash. 3. Akademik litseyni 2026/2027 oʻquv yilidan Toshkent davlat texnika universitetining boshqa binolariga joylashtirish choralarini koʻrish. 4. Universitetni akademik litsey binosiga tekin foydalanish huquqi (kommunal va saqlash xarajatlarini qoplagan holda) asosida joylashtirish. 5. Universitetni 2026/2027 oʻquv yili boshlangunga qadar Toshkent davlat texnika universitetining Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan Mashinasozlik fakulteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | 2025-yil oktabr | 2025-yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan oʻzlashtirilmagan mablagʻlar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
15. | Universitet kampusini tashkil etish. | 1 Universitet uchun Toshkent davlat texnika universitetidan oʻtkaziladigan bino va inshootlar ketma-ketligini belgilash. 2. Universitetga oʻtkaziladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash ishlarini bosqichma-bosqich 2026 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish. 3. 2030-yilga qadar Toshkent davlat texnika universitetining tegishli kafedra va fakultetlarini bosqichma-bosqich Universitet tarkibiga kiritib borish orqali Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini tugatish. 4. Universitetni Toshkent davlat texnika universiteti binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | 2026 — 2029-yillar | Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
16. | Iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqib, Universitetda oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish. | 1. “BCG” kompaniyasi bilan hamkorlikda Universitet va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojidan kelib chiqib, zarur laboratoriyalar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil aprel | - | Universitet Vasiylik kengashi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi |
2. Universitetning bakalavriat yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga mos laboratoriya majmualarini tashkil etish. | 2026-yil dekabr | ||||