Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2010 04.08.2005 yildagi 185-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.08.2005 yildagi 185-son
Date of entry into force
04.08.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDAGI TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh VA KORXONALARNI TARKIBIY O‘ZGARTIRISh JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARINI ShAKLLANTIRISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy nochor korxonalar qo‘mitasi huzuridagi Korxonalar sanatsiyasi jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Ijtimoiy rivojlanish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari qoldig‘i O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi hamda uning mablag‘lari hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 4-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 4-avgustdagi 185-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish, to‘ldirib borish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jamg‘arma mablag‘lari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyektlardan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan mablag‘lar va jarimalar summasining 6 foizi;
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mansabdor shaxslardan undiriladigan jarimalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar summasining 2 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlar talablari qondirilgan taqdirda, bankrot korxonalar mol-mulkini sotishdan, mol-mulkni sotish va baholash qiymati o‘rtasidagi tafovut hisobiga tushadigan mablag‘larning bir qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablag‘larning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobiga shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlarining budjetdan tashqari maxsus hisob raqamida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi va yo‘nalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash budjetdan tashqari maxsus hisob raqamidan, daromadlar va xarajatlarning tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxs Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamg‘arma mablag‘larining joriy yilda foydalanilmagan qoldig‘i kelgusi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamg‘arma mablag‘lari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) monopolist korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish dasturlarini, shuningdek bozor istiqbollariga ega bo‘lgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni, sarflangan mablag‘lar sanatsiya muddati tugagandan keyin qaytarilgan holda, moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) monopolist korxonalarni hamda iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va ixchamlashtirish uchun jalb etilgan konsultantlar xizmatlariga haq to‘lash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, sud boshqaruvchilari uchun normativ-huquqiy, maxsus adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish, shuningdek tadbirkorlarning bankrotlik, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga oid huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida amaliy seminarlar o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) respublika mintaqalarida biznes-inkubatorlar, texnoparklar, biznes-ta’lim tuzilmalarini rivojlantirishga moliyaviy ko‘maklashish, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi bilan kelishgan holda tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari orqali tadbirkorlik subyektlarini mikrokreditlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) kichik tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tugatish boshqaruvchilari buyurtmanomalari bo‘yicha bankrot korxonalarga baholash, kadastr va auditorlik tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga, bankrot korxonalar mol-mulki sotilgandan keyin mablag‘larni qaytarish sharti bilan haq to‘lash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) sud boshqaruvchilarini, shuningdek sud boshqaruvchiligiga nomzodlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan respublika tanlovlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) monopoliyaga qarshi siyosat, raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari xodimlarining kasbiy bilimlarini oshirish maqsadida seminarlar o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash organlarini moddiy-texnik ta’minlash, ijtimoiy rivojlantirish, ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) Monopoliyadan chiqarish raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan reklama xizmatlari va e’lonlar uchun haq to‘lash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamg‘arma mablag‘larini qo‘shimcha xodimlar ta’minotiga sarflash taqiqlanadi, Hukumatning ayrim qarorlarida ruxsat etilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Navbatdagi yil uchun daromadlarni aniqlashda Jamg‘arma mablag‘larining yil boshidagi qoldig‘i hamda amaldagi qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar hisobga olingan holda keyingi 2 yildagi tushumlar miqdori o‘zgarishidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan yil mobaynidagi prognozlashtirilayotgan tushumlar hajmi hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Smetaning xarajatlar qismi davlat budjeti xarajatlarining amaldagi klassifikatsiyasiga muvofiq moddalar bo‘yicha xarajatlarning to‘liq izohi va ular yuzasidan hisob-kitoblar ilova qilingan holda xarajatlar guruhlari bo‘yicha tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga ko‘ra Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qo‘shimcha xodimlar soni ta’minlangan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan xodimlarga Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali smetaga ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining yig‘ma smetasi (shu jumladan yil mobaynida kiritiladigan o‘zgartirishlar) Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hay’ati tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlarning budjet smetasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda moddiy-texnika ta’minotiga, xodimlar mehnatiga haq to‘lashga, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishga, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi organlari joriy xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori xo‘jalik yurituvchi subyektlarga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan solinadigan jarimalar, shuningdek Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olingan daromadlar hamda Jamg‘armaga boshqa manbalardan tushadigan mablag‘larning 15 foizi miqdoridagi tushumlardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamg‘arma mablag‘larini ajratish Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan mustaqil ravishda, tasdiqlangan smeta doirasida amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaldagi qonun hujjatlarida budjet mablag‘lari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Hisob, hisobot va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamg‘arma bo‘yicha mablag‘lar tushumi va harakati hisobi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi markaziy apparatida hamda uning hududiy organlarida budjetdan tashqari boshqa jamg‘armalar, shu jumladan budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasidan alohida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ularning sarflanishi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanish hollari aniqlangan taqdirda ana shunday foydalanilgan barcha summa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar qo‘llangan holda, davlat budjeti daromadiga olib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 4-avgustdagi 185-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan hamda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan qarorlari ro‘yxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda) 7-bandining to‘rtinchi xatboshi va qarorga 3-ilova (Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasi to‘g‘risida nizom);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 3-ilovaning 27-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 2-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qaroriga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 19-yanvardagi 31-son qaroriga ilovadagi 1-bandning “g” va “j” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 2-ilovaning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Vazirliklar va idoralarning nomi‎

Shakllantirish manbai‎

Ajratmalar miqdori (foizlarda)

1‎

2‎

3‎

17‎‏

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi‎‏‏

monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun xo‘jalik subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi‎

6‎

Mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni taqdim etmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etmaganligi uchun Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mansabdor shaxslardan undiriladigan jarimalar summasi‎

100‎

davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar‎

2‎

kreditorlar talablari qondirilgan taqdirda, bankrot korxonalar mulkining sotish va baholash qiymati o‘rtasidagi tafovut hisobiga, ushbu mulkni sotishdan tushadigan mablag‘lar ‎

100‎

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 235-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda, 25-son, 288-modda)