1-ILOVA
T/r | Qonunchilik hujjati loyihasi | Qonunchilik hujjati loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. Tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash | ||||
1. | Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) 2026-2027-yillarda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kamida 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun 4 trillion so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish; (b) tadbirkorlarni “chempion tadbirkor” toifasiga olib chiqishga ko‘maklashish uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalariga banklar orqali 10 milliard so‘mgacha milliy va xorijiy valyutada kreditlar ajratish uchun resurs joylashtirish; (v) ishlab chiqarish, servis, “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi mikroloyihalarga tijorat banklari tomonidan 500 million so‘mgacha bozor stavkasida ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish; (g) avval kafillikdan ijobiy foydalangan va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga kafillik miqdorini 1,5 baravargacha oshirish; (d) yirik tadbirkorlik subyektlariga ham 10 milliard so‘mgacha kafillik taqdim etish. | 2025-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Markaziy bank (Ishmetov) |
2. | Yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada yoshlarning startap va biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlashning quyidagi chora-tadbirlari nazarda tutiladi: (a) yoshlarning mingtagacha startap g‘oyalarini tijoratlashtirish, shundan 200 tasini xalqaro bozorga olib chiqish; (b) eng ilg‘or texnologiyalarni olib kelib, 100 ta mahalliy startaplarni xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantirish va buning uchun 10 million AQSH dollari miqdorida mablag‘lar ajratish; (v) “Yosh tadbirkorlar” chempionatini tashkil qilish. Bunda: (i) eng yaxshi 100 tagacha g‘oyani tanlab olish va har bir startap va biznes loyihasi uchun 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritish; (ii) startap va biznes loyihalarini brendga aylantirish uchun moliyaviy va marketing xizmatlari bo‘yicha ekspertlarning xarajatlarini qoplab berish; (iii) g‘oliblarni 20-avgust — Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov) |
3. | Moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplarni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 5 yillik strategiyani ishlab chiqish; (b) banklar, moliyaviy texnologiyalar sohasidagi tashkilotlar va startaplar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaruvchi “Open banking” tizimini joriy etish. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Markaziy bank (Ishmetov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
4. | “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturining tashkiliy-institutsional tuzilmasi va mutasaddi tashkilotlarning asosiy vazifalari, dastur ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash instrumentlari va ulardan foydalanish shartlarini takomillashtirish nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Markaziy bank (Ishmetov) |
5. | Tadbirkorlik uyushmalarining dasturlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)ni va eksportni oshirish, tadbirkorlarga ko‘maklashish, muammolarni hal qilish va tegishli sohani rivojlantirishga qaratilgan tadbirkorlik uyushmalarining faoliyat dasturlarini ulardan ko‘zlangan aniq natijalari (KPI) asosida tanlab olish, moliyalashtirish, ularning monitoringi va hisobini yuritish tartibi belgilanadi. Bunda aniq natijaga qaratilgan dasturlar, loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish uchun har yili 20 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratish nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), tarmoq uyushmalari |
6. | Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etishni raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada tadbirkorlarga barcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini (imtiyoz, preferensiya, subsidiya, ssuda) taqdim etish va hisobini yuritishni “bir darcha” tamoyili asosida yagona raqamli platforma orqali amalga oshirish mexanizmini joriy etish nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), manfaatdor idoralar |
7. | Lizing munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada lizing obyekti lizing oluvchi balansida hisobga olinishi haqidagi talabni yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bekor qilish nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
8. | Shakar o‘rnini bosuvchi moddalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) shakar o‘rnini bosuvchi moddalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini shu kabi komponentlar bilan boyituvchi korxonalarni davlat grantlari, innovatsion dasturlar va imtiyozli kreditlarni joriy qilish orqali qo‘llab-quvvatlash; (b) tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan gazlangan ichimliklar, energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarni ichki bozordan sotib olib, eksport qilgan korxonalarga ushbu ichimliklar bo‘yicha aksiz solig‘ini qaytarish imkoniyatini yaratish. Bunda mablag‘larni to‘langan aksiz solig‘i tushumlaridan qaytarish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abdurahmonov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov) |
II. Soliq tizimini takomillashtirish | ||||
Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovidan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘loviga o‘tgan tadbirkorlarni rag‘batlantirishga qaratilgan qonun loyihasi | Loyihada aylanmadan olinadigan soliq to‘lovidan ilk marta qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘loviga o‘tgan tadbirkorlarga quyidagi imkoniyatlarni berish nazarda tutiladi: (a) 1 yil davomida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilish; (b) bir yil davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibini buzganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llamaslik; (v) 6 oy davomida buxgalteriya xizmatlari xarajatlarining har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,5 baravaridan oshmagan qismini to‘layotgan soliq to‘lovlari hisobidan chegirib tashlash. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) | |
10. | Soliq majburiyatlarini bajarishning proaktiv tartibini joriy etishga qaratilgan qonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha soliq hisobotlarini shakllantirish vazifasini soliq organlariga o‘tkazish va ushbu majburiyatni soliq to‘lovchilar uchun bekor qilish; (b) yuridik shaxslardan olinadigan mol-mul solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha avtomatik tarzda shakllantirilgan soliq hisobotlarini soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborish; (v) soliq to‘lovchiga shakllantirilgan hisobotlarga yuborilgan kundan e’tiboran 5 kun ichida tuzatish kiritish huquqini berish; (g) 5 kun ichida tuzatish kiritilmasligi soliq to‘lovchining soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hisobotga roziligini bildirishi; (d) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotlarni soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi interaktiv xizmatga kiritilgan hisoblangan ish haqi va boshqa daromadlar, imtiyozlar va boshqa ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish; (j) soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchi tomonidan zarur tuzatishlarni kiritish va tuzatish kiritilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqini saqlab qolish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
11. | Soliq ma’murchiligini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdorini 10 milliard so‘mdan 20 milliard so‘mga oshirish; (b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini qurib, beg‘araz topshirilganda, ushbu obyektlar uchun qilingan xarajatlarni foyda solig‘i bazasidan kamaytirish; (v) tadbirkorlik subyektlarining soliq auditi natijalari bo‘yicha moliyaviy sanksiyalarni 6 oy ichida teng ulushlarda to‘lash huquqini sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha moliyaviy sanksiyalarga ham tatbiq etish. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
12. | Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishda mobil videokameradan foydalanish tartibi nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
13. | Soliq hisobotlarini taqdim etmaganlik uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun ma’muriy jarima miqdorini kichik tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslariga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 3 baravariga tushirish, fuqarolar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 1 baravariga tushirish; (b) hisobot davrida bir nechta soliq turlari bo‘yicha soliq hisobotlari taqdim etilmagan holatda barcha taqdim etilmagan hisobotlar bo‘yicha umumiy bitta jarima qo‘llash; (v) oxirgi 3 oyda soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etib kelgan tadbirkorlik subyektlariga soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun ma’muriy jarimani 5 kungacha qo‘llamaslik. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
14. | Soliq to‘lovlarini amalga oshirishda soliq to‘lovchilarga qulayliklar yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada soliqlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish, ortiqcha to‘lov va qarzdorlik summalarini yagona g‘aznachilik hisobvarag‘i orqali o‘zaro hisobga olish tizimini joriy qilish nazarda tutiladi. | 2026-yil aprel | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
15. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishda qulayliklar yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada umumiy ovqatlanish korxonalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar uchun belgilangan jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari naqd pulga xarid qilinganda, ushbu tovarlar uchun kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibini barcha tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etish nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
16. | Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tgan tadbirkorlarga guvohnoma berishni soddalashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada korxonaning balansida ko‘chmas mulk mavjud bo‘lganda, joyiga chiqqan holda o‘rganmasdan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
17. | Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashni takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘llashning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
18. | Soliq majburiyatlari bajarilishini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) soliq qarzini soliq to‘lovchining debitorlari hisobidan undirish imkoniyati; (b) qurilishi tugallanmagan obyektlar uchun mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarish muddati va tartibini takomillashtirish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
19. | Soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilgan davrda aynan bir xil holat bo‘yicha qayta kameral soliq tekshiruvi hamda soliq auditi o‘tkazilgan yoki o‘tkazilayotgan davrda tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazmaslik; (b) kameral soliq tekshiruvi natijasida yuborilgan talabnomaga javob xatini shaxsiy kabinet orqali yuborish tartibi; (v) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasining amal qilishini 30 kungacha — soliq organi tomonidan, 30 kundan ortiq bo‘lgan muddatga sud tomonidan to‘xtatib turish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Oliy sud (Islamov) |
20. | Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini takomillashtirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida tadbirkorning umumiy reyting ko‘rsatkichini oxirgi 30 kunda amalda bo‘lgan ballardan kelib chiqib belgilash; (b) qonunchilik talablariga rioya etib faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga qo‘shimcha ballar berish nuqtai nazaridan baholash mezonlarini takomillashtirish. | 2025-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
21. | Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashni kengaytirish bo‘yicha qonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari | Loyihada milliy va xorijiy marketpleyslarda xorijiy davlatlarga sotilgan tovarlarga eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibini tatbiq etish; Bojxona qo‘mitasi tomonidan bu to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasiga elektron ravishda taqdim qilib borish nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
22. | Turizm korxonalarini soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizini qaytarishda mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadining kamida 90 foizini tashkil etishi haqidagi talabni mehmonxonaning yulduzli toifasidan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
23. | Xususiy tibbiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada xususiy tibbiy xizmatlar aylanmasini yillar kesimida tahlil qilish natijalari bo‘yicha sohada “xufiyona iqtisodiyot” ulushini kamaytirish nuqtai nazaridan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarib berish mexanizmini tatbiq etish qilish bo‘yicha takliflar nazarda tutiladi. | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
24. | Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar hisobot yili yakuniga ko‘ra o‘rtacha xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etgan hamda ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ish haqi to‘laydigan yuridik shaxslarga (bundan yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) hisoblangan mol-mulk solig‘i summasini to‘liq hamda yer solig‘i summasining 90 foiz qismini nogironligi bo‘lgan xodimlariga hisoblangan ish haqiga teng miqdorda kamaytirilgan holda to‘lash huquqini berish nazarda tutiladi. Bunda ushbu soliq imtiyozlari bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilganda hamda mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan umumiy soliq summasidan oshmagan miqdorda qo‘llanadi. | 2025-yil sentabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (Olloyorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
III. Turizm va xizmatlar sohasini rivojlantirish | ||||
25. | Turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada mazkur Farmonning 4- va 5-bandlarida nazarda tutilgan Turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish tartibi nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (Abduxakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Turizm qo‘mitasi (Shadiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
26. | Joylashtirish vositalariga sayyohlar oqimini ko‘paytirish uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) turistik (mehmonxona) yig‘imni hisoblash va to‘lash tartibini respublika tuman va shaharlarida (viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tuman (shahar)lar va turistik zonalar bundan mustasno) joylashgan joylashtirish vositalari uchun bekor qilish; (b) turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tuman (shahar)lar ro‘yxatini belgilash; (v) oilaviy mehmon uyi sifatida tan olish uchun bir vaqtning o‘zida vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish mumkin bo‘lgan tashrif buyuruvchilar (turistlar) soni bo‘yicha belgilangan chegara miqdorini 2 baravar oshirish. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (Abduxakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) Turizm qo‘mitasi (Shadiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
27. | Mehmonxona biznesini yuritish uchun yanada qulay shart-sharoit yaratish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada tadbirkorlik subyektlarining yangi mehmonxona qurish va jihozlash uchun ketgan xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tizimini mehmonxonani qo‘shimcha bino va inshootlar qurish orqali kengaytirish yoki mavjud bino va inshootlarning ixtisoslashishini mehmonxona faoliyatiga o‘zgartirishga ham tatbiq etish nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (Abduxakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
28. | Turizm infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi | Loyihada turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tovarlarni, shu jumladan transport vositalarini import qilishda qulayliklar yaratish nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (Abduxakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Turizm qo‘mitasi (Shadiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
29. | Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) tegishli moddiy madaniy meros obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida uzoq muddatga ijaraga berishning yagona “Heritage Hotels of Uzbekistan” dasturini ishga tushirish; (b) davlat sherigi sifatida “Heritage Hotels of Uzbekistan direksiyasi” davlat muassasasini tashkil etish; (v) obyektlarda restavratsiya-tiklash ishlarini davlat sherigi orqali Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish; (g) xalqaro yuqori toifali mehmonxona tarmoqlarini jalb qilish, butik mehmonxonalar tashkil qilishni davlat tomonidan rag‘batlantirish; (d) dastur ishtirokchilarini foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan to‘liq miqdorda muayyan muddatga ozod qilish va bojxona imtiyozlarini taqdim etish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish. | 2025-yil noyabr | Turizm qo‘mitasi (Shadiyev), Madaniy meros agentligi (Abdikarimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Umerova) |
30. | Madaniy meros obyektlari va muzeylarga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) madaniy meros obyektlari va muzeylarga kirish chiptalarini raqamlashtirish va oldindan xarid qilish imkoniyatini yaratish; (b) turistik obyektlarning tungi vaqtda faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Madaniy meros agentligi (Abdikarimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov) |
31. | Turizm ko‘chalarini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) gastronomik, savdo, xizmat ko‘rsatish, sayilgoh va ko‘ngilochar yo‘nalishlarga ixtisoslashgan tunu kun faoliyat yuritadigan turizm ko‘chalarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish; (b) turizm ko‘chalarida ko‘p qavatli va “aqlli” avtoturargohlar barpo etish dasturini ishlab chiqish; (v) tungi iqtisodiyot uchun strategik hududlar ro‘yxatini tasdiqlash; (g) turizm ko‘chalarida chiqindilarni to‘plash va tashish tizimini takomillashtirish. | 2025-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Strategik islohotlar agentligi (Raxmatov), Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (Abduxakimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
32. | O‘zbekistonni mintaqadagi yuqori texnologik tibbiy xizmatlar xabiga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) chegara hududlarida klinika, reabilitatsiya markazi, mehmonxona va laboratoriyalarni o‘zi ichiga olgan tibbiyot klasterlarini tashkil qilish; (b) tibbiyot klasterlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun xorijiy moliya institutlarining 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan kredit ajratish; (v) tibbiyot klasterlarini barpo etgan tadbirkorlik subyektlariga loyihaning o‘zini oqlash davriga mos muddatlarga mutanosib ravishda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hisobidan asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha asosiy stavkaning 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya taqdim etish. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Markaziy bank (Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
33. | Tibbiy sug‘urta tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) nodavlat tibbiyot tashkilotlariga tibbiy litsenziya bilan ruxsat berilgan ixtisosliklar doirasida sug‘urta tizimi orqali barcha kasalliklar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ruxsat berish; (b) nodavlat tibbiyot tashkilotlariga tibbiy sug‘urta tizimida davlat muassasalari bilan bir xil narxlarda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 100 foiz xizmat haqi to‘lash tartibini joriy qilish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
34. | Maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tumanlardagi tadbirkorlik subyektlariga quyidagi yengilliklarni berish nazarda tutiladi: (a) maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarning bo‘sh yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilishga ruxsat berish. Bunda: (i) ijara to‘lovlarini 30 yilgacha undirmaslik; (ii) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har bir bolaga ko‘zda tutilgan xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya berish; (b) 7 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 5 milliard so‘mgacha kredit berish; (v) faoliyatini o‘zgartirmaslik sharti bilan yer uchastkalarini tekinga berish; (g) ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash; (d) tarbiyachilarga oylik ish haqi to‘lash xarajatlarini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachilar uchun belgilangan stavkadan oshmagan miqdorda 3 yilgacha qoplab berish. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Karimova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Fozilkarimov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov) |
35. | Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) olimlar va tadbirkorlik subyektlariga tajriba-sinov ishlar uchun ketadigan xarajatlarini qoplab berishga 50 milliard so‘m ajratish; (b) xorijiy tillar bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda berish tartibini 30 yoshdan oshgan shaxslarga ham tatbiq etish; (v) ilmiy loyihalar doirasida asbob-uskunalar xarid qilish uchun grant budjetining kamida 40 foizini yo‘naltirish haqidagi talabni qayta ko‘rib chiqish. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Fozilkarimov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
36. | Inklyuziv maktabgacha ta’limni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) inklyuziv ta’lim yo‘nalishidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanganlik uchun subsidiya berish tartibini nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham joriy qilish; (b) ilg‘or tajribadan kelib chiqib, inklyuziv nodavlat ta’lim tashkilotlariga bolalarni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalarini ularni boshqa transportlardan ajratib turuvchi sariq miltillovchi chiroqlar bilan jihozlashga ruxsat berish. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Karimova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov) |
37. | To‘rt bosqichli kompleks startap ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada AQSH va boshqa rivojlangan davlatlar tajribasi asosida har bosqichda quyidagi qo‘llab-quvvatlash instrumentlarini o‘z ichiga olgan kompleks startap ekotizimini joriy etish nazarda tutiladi: (a) g‘oyani shakllantirish (kraudsorsing, maktab va oliygohlarda shart-sharoitlar); (b) loyihani ishlab chiqish (R&D infratuzilma, kraudfanding, trekerlar tayyorlash dasturi); (v) loyihani ishga tushirish (akseleratorlar, venchur fondlar, startaplar yagona platformasi); (g) loyihani masshtablashtirish (viza olish, kapital harakatini yengillashtirish); (d) startap ekotizimi uchun 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb etish. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) |
38. | Mahalliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) soliq va muddati o‘tgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda Savdo-sanoat palatasining maxsus elektron platformasida ro‘yxati e’lon qilinadigan milliy brend egalari bo‘lgan yuridik shaxslarga xorijiy davlatlarda korxonalar (filiallar) tashkil qilish uchun alohida qarorlarsiz chet elga mablag‘lar o‘tkazishga ruxsat berish, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Hukumat qarorlari asosida alohida belgilangan tartiblar mustasno; (b) xorijiy davlatlarda korxonalar (filiallar) tashkil qilish uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar miqdorini iqtisodiy asoslantirilgan holda tegishli hisob-kitoblar asosida belgilash; (v) mahalliy brendni xorijiy davlatlarga franshiza asosida berishdan tushadigan tushumni franshiza taqdim etilgandan boshlab uch yil davomida foyda solig‘idan ozod qilish; (g) sanoat brendlarini qo‘llab-quvvatlash dasturini xizmatlar sohasidagi brendlarga ham tatbiq etish; (d) Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi va “Mall of Uzbekistan” milliy do‘konlar tarmog‘ini tashkil qilish. | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Markaziy bank (Ishmetov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
39. | Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish va sohada tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) xonadonlarga ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini o‘rnatishda plombalash, qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib olish va qayta o‘rnatish, vakolatlarini vakolatini boshqaruv kompaniyalariga ham berish; (b) ko‘p kvartirali uylarda energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish; (v) ko‘p kvartirali uylarni boshqarish hamda tutash hududlarni obodonlashtirishda davlat nazorati va mahalliy hokimiyat organlari mas’uliyatini kuchaytirish; (g) ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini raqamlashtirish, uylarni ta’mirlashda ustuvorlik darajasini belgilash; (d) 1991-yilgacha qurilgan uylarning elektron pasportlarini ishlab chiqish, tutash hududlarni obodonlashtirish, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 2026 — 2030-yillarda energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan dasturlarini amalga oshirish. | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
40. | “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida quyidagilarni belgilash nazarda tutiladi: (a) tadbirkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda yangilab borish tartibini joriy qilish; (b) kichik obyektlarni qurishda kichik tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini kengaytirish maqsadida quruvchilarni yirik, o‘rta va kichik toifalarga ajratib, ularni alohida baholashni yo‘lga qo‘yish; (v) “Lizing to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan lizing oluvchi bo‘lgan pudrat tashkiloti nomiga rasmiylashtirilgan qurilish texnikalariga ham ball berishni yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
41. | Qurilish obyektlarini loyihalashtirish jarayonini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) 2027-yildan boshlab qurilish sohasini rivojlantirish va muammolarni bartaraf etish uchun to‘rtinchi toifali quriladigan binolarga BIM (Building Information Modeling) tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, ushbu tizim bo‘yicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish, mutaxassislar malakasini oshirish; (b) birinchi va ikkinchi toifali qurilish obyektlari uchun loyiha ishlab chiquvchi mutaxassis yoki tashkilotlardan litsenziya talab qilish tartibini soddalashtirish (raqamlashtirish). | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
42. | Tadbirkorlik yo‘nalishida ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada yo‘nalishlar bo‘yicha birlashgan tadbirkorlik subyektlarining ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishini tashkil qilish, natijalarini Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida inobatga olish nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
IV. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash | ||||
43. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada paxta va g‘alla yetishtirishda iste’mol qilinadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizini kompensatsiya qilish tartibini bog‘dorchilik va meva-sabzavotchilik tarmoqlari uchun tatbiq etish. Bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mas’uliyatini oshirish maqsadida gektariga mahsulot sotishdan tushum miqdorini belgilash nazarda tutiladi. | 2025-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abdurahmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
44. | Qishloq xo‘jaligi korxonalarining debitor qarzdorliklarini kamaytirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada qishloq xo‘jaligi korxonalarining debitor qarzdorligi hisobidan mazkur korxonalarning majburiy undiruvga qaratilgan qarzdorliklarini qoplash amaliyotini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Majburiy ijro byurosi (Egamberdiyev), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abdurahmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
45. | Fermer xo‘jaliklari va pillachilik tarmog‘i korxonalari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada fermer xo‘jaliklari va pillachilik tarmog‘i korxonalari o‘rtasidagi shartnomalarni birja axborot platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish, shartnomalar bo‘yicha belgilangan to‘lovlar bo‘yicha 10 kun muddatda fermerlar xo‘jaliklariga kamida 40 foiz miqdorida bo‘nak to‘lovini to‘lab berish, yetishtirilgan hosil uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatini sentabr oyi etib belgilash nazarda tutiladi. | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abdurahmonov), “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sayfullayev) |
V. Tadbirkorlarni ishlab chiqarish maydonlari va infratuzilma bilan ta’minlash | ||||
46. | Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam miqdorini hududda shakllangan ijara to‘lovining minimal bozor narxidan kelib chiqib belgilash; (b) davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish muddatini 3 yildan 5 yilgacha oshirish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
47. | Ijara to‘g‘risidagi qonunchilikni yangilashga qaratilgan qonun loyihasi | Loyihada ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi huquqlarini birdek himoya qiladigan qoidalarni belgilash nazarda tutiladi. | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
48. | Hunarmandlarni sotuv joylari bilan ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada hunarmandlarga mehmonxonalar, bozorlar, mahalla guzarlari va shu kabi aholi gavjum bo‘ladigan boshqa joylarda davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan joylarni 50 foizga pasaytirilgan stavkada elektron onlayn auksion orqali hunarmandchilik faoliyati uchun realizatsiya qilish nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
49. | “GDP” sertifikatiga ega bo‘lgan omborxonalardan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada dori vositalari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi “GDP” sertifikati mavjud korxonalarga “GDP” sertifikati bor omborxonalardan ijara asosida mahsulot, tovar va uskunalarni vaqtinchalik saqlash uchun foydalanishga ruxsat berish nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
VI. Biznes uchun to‘siq va g‘ovlarni yanada qisqartirish | ||||
50. | Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yukini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qonun loyihalari | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) 10 turdagi litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish; (b) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llanganda, ularning mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortishni bekor qilish; (v) tadbirkorlik faoliyatini “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish. Bunda tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda: (i) elektron raqamli imzo kalitini berish; (ii) bankda hisobvaraq ochish; (iii) xabarnoma, litsenziya va ruxsatnoma olish; (iv) ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish; (v) onlayn nazorat yoki virtual kassa mashinalarini soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish kabi davlat xizmatlarini kompleks shaklda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. | 2025-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqobat qo‘mitasi (Turaxodjayev), Biznes-ombudsman (Urunov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
51. | Muvofiqlikni baholash tartibotlarini soddalashtirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada sanitariya-epidemiologiya, veterinariya xizmati, o‘simliklar karantini nazoratidagi ayrim tovarlarni majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqarish nazarda tutiladi. Bunda 32 toifadagi mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi, majburiy sertifikatlanadigan tovarlar ro‘yxati 288 taga kamaytiriladi. | 2025-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) |
52. | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha yagona nazorat tizimini joriy etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) sanitariya, fitosanitariya va veterinariya (SPS) sohasida yagona davlat boshqaruvini tashkil etish, “daladan dasturxongacha” tamoyili asosida samarali nazorat tizimini joriy etish, ruxsat berish hujjatlarini “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida “bir darcha” tamoyili orqali rasmiylashtirish, barcha jarayonlarni raqamlashtirish; (b) texnik tartibga solish sohasini tubdan isloh qilish, xalqaro standartlarga mos texnik reglamentlar va deklaratsiya tizimini keng joriy etish, nufuzli xalqaro laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun sharoitlar yaratish. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov) |
53. | Mahsulotlarni sertifikatlash muddatlari va to‘lovlarini kamaytirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) sertifikatlashtirish muddatlarini qisqartirish va sertifikatlashtirish uchun belgilangan to‘lov tariflari miqdorini pasaytirish; (b) qurilish oynalarini import qilishda majburiy sertifikatsiyadan o‘tkazish talabini bekor qilish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov) |
Davlat xaridlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) davlat xaridlarida sotilgan tovarlar (xizmatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hududlar kesimida e’lon qilib borish; (b) davlat xaridlarida parlament nazoratini o‘rnatish maqsadida davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tarkibiga davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari natijalarini, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar haqidagi ma’lumotlarni kiritish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Raximova) | |
54. | Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirish to‘g‘risida qonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari | Loyihada tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha ommaviy ofertalar va xalqaro platformalarda elektron imzolangan kelishuvlarni tashqi savdo shartnomalari sifatida tan olinishi nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Markaziy bank (Ishmetov), Bojxona qo‘mitasi (Mavlonov), Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Pak) |
55. | Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada muntazam ravishda tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini amalga oshiruvchi va barqarorlik reytingida “BB” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga eksport bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga kelganda, istisno tariqasida, oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis mavjud bo‘lmasdan eksport qilishga ruxsat berish nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Bojxona qo‘mitasi (Mavlonov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Markaziy bank (Ishmetov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Pak), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
56. | Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish tartibini soddalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada aylanmasi 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan, soliq xavfi o‘rta darajadagi tadbirkorlik subyektlarini soliq maslahatchilari va auditorlik tashkilotlari xulosasi asosida ixtiyoriy tugatish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
57. | Sug‘urta bozorini kengaytirish bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada tadbirkorlar va aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida mazkur xizmatlarga oid reklamalarni ijtimoiy reklamaga tenglashtirish hamda ommaviy axborot vositalaridan keng yoritilishini ta’minlash nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Li), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Djurabayev) |
58. | Elektr energiyasidan qarzdorlik bartaraf etilganda jarima qo‘llash tartibini bekor qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) elektr energiyasidan qarzdorlik natijasida tarmoqdan ajratilib, qarzdorlik bartaraf etilganda korxonalarga jarima qo‘llash tartibini bekor qilish va qo‘llanilgan jarimalarni hisobdan chiqarish; (b) gaz va elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha iste’molchilar bilan ta’minotchilar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish. | 2025-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Adliya vazirligi (Tashkulov), ta’minotchi korxonalar |
59. | Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojidan ortiqcha qismini yagona energetika tizimiga qabul qilish, rostlash va sotib olish tartibini belgilash nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |
60. | Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan eksklyuziv huquqlarni bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazgan holda ular bilan ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan eksklyuziv huquqlarni bosqichma-bosqich bekor qilish nazarda tutiladi. | 2026-yil fevral | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Raqobatni qo‘mitasi (Turaxodjayev), Adliya vazirligi (Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
61. | Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) davlat xizmatlarining bir qismini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar; (b) davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun qayta ko‘rib chiqilgan to‘lovlar; (v) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini hamda ularda belgilangan majburiy talablarni xatlovdan o‘tkazish, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda ortiqcha yuk hisoblangan va bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan talablarni bekor qilish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Raqobat qo‘mitasi (Turaxodjayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), manfaatdor idoralar |
62. | Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatiga xususiy sektorni jalb qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi | Loyihada tabiiy monopoliya subyektlari ta’sischiligida tashkil etilgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan faoliyatga oid ayrim xizmatlarni xususiy sektorga o‘tkazish nazarda tutiladi. | 2026-yil fevral | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Raqobat qo‘mitasi (Turaxodjayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Transport vazirligi (Maxkamov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |
63. | Bojxona ma’murchiligini takomillashtirish va soddalashtirishga doir Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | Loyihada amaldagi holat va xalqaro tajribadan kelib chiqib, quyidagilar bo‘yicha takliflar nazarda tutiladi: (a) vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun qayta ishlash rejimida ruxsatnoma olish talablarini soddalashtirish; (b) vositachilik shartnomasi asosida bir davlat mahsulotlarini uchinchi davlatlarga eksport qilish imkoniyatini berish. Bunda, taqiq va cheklov o‘rnatilgan tovarlar mustasno. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Bojxona qo‘mitasi (Mavlonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
64. | Auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada davlat buyurtmachilari tomonidan birinchi navbatda mahalliy auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilari tashkilotlarining xizmatlarini xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda o‘rganish nazarda tutiladi. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Raximova) |
VII. Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash | ||||
65. | Investitsiya sohasidagi qonunchilikni tizimlashtirish bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada investitsiyaviy munosabatlarni tartibga solish, sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish va ularga sharoitlar yaratishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan Investitsiya kodeksi nazarda tutiladi. Bunda investitsiya sohasidagi barcha qoida, kafolat va tartib-taomillar tizimlashtiriladi. | 2026-yil may | Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi (Vaxabov) |
66. | Tadbirkorlarga nizolarni hal qilishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi. | 2025-yil dekabr | Oliy sud (Islamov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
67. | “Astrent” tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada sud hujjati ijrosi kechikkani uchun qarzdorga nisbatan penya hisoblashni nazarda tutuvchi “astrent” tizimini joriy qilish nazarda tutiladi. | 2025-yil dekabr | Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Biznes-ombudsman (Urunov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
68. | Davlat xaridlarida yuzaga kelayotgan nizolarni hal qilishni soddalashtirish bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada tadbirkorlarning shikoyatlarini joylarda tezkorlik bilan hal etish tizimini yo‘lga qo‘yish uchun Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning doimiy faoliyat yurituvchi hududiy komissiyalarini tashkil etish nazarda tutiladi. | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Raximova), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
69. | Tadbirkorlarga belgilangan moliyaviy jarimalarni tizimlashtirish bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada tadbirkorlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan moliyaviy jarimalarni xatlovdan o‘tkazish, bu sohada xalqaro tajribani o‘rgangan holda moliyaviy jarimalarni bitta qonunda tizimlashtirish nazarda tutiladi. | 2026-yil may | Biznes-ombudsman (Urunov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), nazorat qiluvchi organlar |
70. | “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qonun loyihasi | Loyihada qarzdor bo‘lgan tadbirkorlik subyektiga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganligi uchun unga qo‘zg‘atilgan boshqa da’volar ko‘rib chiqilmaganda davlat bojini qaytarib berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Oliy sud (Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
71. | Qarzdorliklarni avtomatlashtirilgan tartibda undirish tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) “Mening uyim” billing tizimi, “Adolat” axborot tizimlari kompleksi va Majburiy ijro byurosining elektron tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali muddati o‘tgan (90 kundan ortiq) qarzdorliklar bo‘yicha hujjatlarni “Mening uyim” billing tizimi orqali avtomatik ravishda sudlarga, sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgandan keyin ijrochilarga yuborish tizimini joriy qilish; (b) “Mening uyim” tizimida qarzdorliklarni tahlil qilish va hujjatlarni sudlarga avtomatlashtirilgan holda yuborish tizimini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Majburiy ijro byurosi (Egamberdiyev), Oliy sud (Islamov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
72. | Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi | Loyihada tadbirkorlik subyektiga nisbatan asossiz ravishda jarimalar qo‘llagan (agar bu kabi holatlar sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa) mansabdor shaxsning ma’muriy javobgarligini belgilash nazarda tutiladi. | 2025-yil noyabr | Biznes-ombudsman (Urunov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Oliy sud (Islamov) |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar va tashabbuslar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | Tadbirkorlarni infratuzilma bilan ta’minlash va loyihalarini moliyalashtirish | 2026-2027-yillarda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, zarur moliyaviy va infratuzilmaviy sharoitlarni yaratish uchun jami 270 trillion so‘m yo‘naltirish, xususan: erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarining infratuzilmasini rivojlantirish uchun Davlat budjetidan 4 trillion so‘m; drayver loyihalar doirasida — 5 trillion so‘m; tanlab olingan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish dasturlari uchun — 6 trillion so‘m; tijorat banklari tomonidan kichik va o‘rta biznes uchun — 250 trillion so‘m, shu jumladan, tadbirkorlik dasturlari doirasida 30 trillion so‘m; “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kamida 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun — 4 trillion so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari. | 2026-2027-yillar | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Markaziy bank (Ishmetov) |
2. | Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash | 1. Tarmoqlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga 500 million AQSH dollari yo‘naltirish, xususan: to‘qimachilikda “ishonchli eksportchi” dasturi doirasida eksportoldi moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish uchun 200 million AQSH dollari; elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat, farmatsevtika kabi eksport salohiyati yuqori tarmoqlardagi tadbirkorlarni aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun 300 million AQSH dollari. | 2025-2026-yillar | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
2. Har bir tarmoqning sifati kafolatlangan, raqobatdosh 10 tadan mahsulotiga “O‘zbekiston ramzi” sifat belgisini berish, ularni dunyoga tanitish uchun targ‘ibot kampaniyasini amalga oshirish. Bunda xorijiy bozorlarda milliy mahsulotlarni targ‘ib qiluvchi mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarini qoplab berishni nazarda tutish. | 2025-2026-yillar | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov, Xodjayev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), tarmoq uyushmalari | ||
3. Har bir tarmoq va hududdagi korxonalar talabini o‘rganib, xomashyo va butlovchi qismlarni import qilishda bojxona bojlarini qayta ko‘rib chiqish, natijalarini e’lon qilish. | 2025-yil noyabr | |||
3. | Toshkent shahrida elektr ta’minotini yaxshilash | 2026-yilda Toshkent shahridagi elektr tarmoqlarini yaxshilash uchun 2 trillion so‘m yo‘naltirish. | 2026-yil yanvar — sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Toshkent shahar hokimligi (Umurzakov) |
4. | Yirik turizm maskanlarini tashkil qilish | Chortoq tumanining Qorabog‘, Farg‘ona tumanining Chimyon, Boysun tumanining Omonxona mahallalari hamda Nurobod tumanining Nurbuloq shaharchasida master reja asosida yil bo‘yi uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan 300 — 500 gektarda yirik kurort zonalar tashkil etish va ularning infratuzilmasi uchun xalqaro moliya institutlaridan 150 million AQSH dollari jalb qilish. | 2026-2027-yillarda | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (Abduxakimov), Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari |
5. | Muqobil skoring tizimini joriy etish | Tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish jarayonida ularning to‘lov qobiliyatini baholash uchun xarajatlar (soliq, kommunal to‘lovlar, tranzaksion operatsiyalar va boshqa ijobiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni), tovar aylanmasi, eksport operatsiyalari kabi davlat organlari va xususiy sektor vakillarining ma’lumotlar bazalarida mavjud ma’lumotlar orqali muqobil skoring qilish tizimini joriy qilish. | 2026-yil aprel | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Markaziy bank (Ishmetov) |
6. | Mikromoliya faoliyatini rivojlantirish | Mikromoliya tashkilotlariga moliyaviy hisobotlarni har oyning 5 sanasida topshirgandan keyin 10 sanagacha tuzatish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil noyabr | Markaziy bank (Ishmetov) |
7. | Ko‘kdala tumanida jamoat transporti qatnovini yo‘lga qo‘yish | Ko‘kdala tumanida joylashgan tadbirkorlik subyektlarida ishlayotgan xodimlarning ish joyiga kelishi va ketishi bilan bog‘liq tizimli muammolarni hal qilish uchun tumanda jamoat transporti marshrutlarini belgilab, qatnovni yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Transport vazirligi (Maxkamov) |
8. | Bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari muammolarini hal qilish | Bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi maqbullashtirilgan, biroq amalda sobiq egalari tomonidan foydalanib kelinayotgan yerlarni (bog‘larni) xatlovdan o‘tkazish va yuzaga kelgan muammolarni yechish. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abdurahmonov), Biznes-ombudsman (Urunov), mahalliy hokimliklar |
9. | Qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash jarayonini takomillashtirish | Qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash jarayonida hisobga olingan soliq summasi kontragentlar tomonidan to‘lanmaganligi sababli rad etilganda, ushbu kontragentlar ro‘yxatini parallel ravishda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali ko‘rish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
10. | Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘loviga majburiy tartibda o‘tgan tadbirkorlarga guvohnoma avtomatlashtirilgan holda berilishini ta’minlash | Majburiy tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etilgan tadbirkorlik subyektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani avtomatik ravishda berishni ta’minlash va nazorat qilib borish. | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
11. | Eksport uchun yangi bozorlarni ochish | O‘zbekistondan Sharqiy va Markaziy Yevropa davlatlariga muntazam yuk tashishga mo‘ljallangan temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va takliflar kiritish. | 2026-yil aprel | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Transport vazirligi (Maxkamov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) |
12. | Energiya samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish | O‘zbekiston sharoitida gravitatsion akkumulyator texnologiyalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar kiritish. | 2025-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |
13. | Aholi va xorijiy turistlar uchun qulayliklar yaratish | Tuman (shahar)larda quyosh energiyasida ishlovchi jamoat transporti harakatini kuzatish imkonini beruvchi zamonaviy elektron jadval, videokuzatuv moslamalari, “Wi-Fi”, mobil telefon vositalarini quvvatlash qurilmalariga ega bo‘lgan bekatlarni tashkil qilish. | 2025-2026-yillar | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Transport vazirligi (Maxkamov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
14. | Qishloq xo‘jaligi korxonalarining huquqiy himoyasini ta’minlash | 1. Biznes-ombudsman boshchiligida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bosh prokuratura va Hisob palatasi vakillari ishtirokida ishchi guruh tashkil qilish va ishchi guruh tomonidan “Agrosubsidiya” axborot tizimidagi murojaatlar va to‘lovlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilganligi va to‘liq amalga oshirilganligi ustidan qat’i nazorat o‘rnatish. 2. Subsidiya olish bilan bog‘liq murojaatlarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish uchun ishchi guruh huzurida 7/24 rejimida ishlaydigan “Call-markaz” tashkil qilish. | 2025-yil sentabrdan boshlab | Biznes-ombudsman (Urunov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abdurahmonov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Hisob palatasi (Abdullayev) |
15. | Turistik transport vositalari harakatiga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish | Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Qaynar” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomagistralida joylashgan yo‘l-patrul xizmati postidan 1 kilometr masofada joylashgan umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga turistlarni olib borish uchun avtobus va mikroavtobuslar harakatiga ruxsat berish. | 2025-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kudratxodjayev), Transport vazirligi (Maxkamov) |
16. | Maktab darsliklarini tartibga solish | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (lib.uzedu.uz, erp.maktab.uz) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi (uzasbo.uz) axborot tizimlarini integratsiya qilish. Bunda axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali mulk shaklidan qat’i nazar maktabdan maktabga ko‘chirilgan o‘quvchilar uchun o‘quv darsliklarini (kitob va boshqa darsliklar) o‘quvchi ko‘chayotgan maktab balansiga o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | 2026-2027 o‘quv yilidan boshlab | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Karimova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
17. | Zamonaviy tajriba laboratoriyalarini tashkil etish | Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti huzurida GMP (Good Manufacturing Practice) va GLP (Good Laboratory Practice) talablariga javob beradigan tajriba-sanoat laboratoriyalari va sexlarini tashkil qilish. | 2025-2026-yillar | Fanlar akademiyasi (Ayupov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
18. | Tibbiy jihozlarni sertifikatsiyalash narxlarini qayta ko‘rib chiqish | Tibbiy jihozlar va ularning ehtiyot qismlarini import qilishda sertifikatsiyadan o‘tkazish xizmati narxlarini qayta ko‘rib chiqib, tovarni sertifikatlash uchun sarflanadigan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib belgilashni joriy qilish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xudayarov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov) |
19. | Hunarmandchilik sohasini raqamlashtirish | Mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun hunarmandlar, ularning faoliyati va mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Elektron katalog”ni (marketpleys) ishga tushirish. | 2025-yil noyabr | Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Turizm qo‘mitasi (Shadiyev) |
20. | Fermer xo‘jaliklariga chorvachilik va parrandachilik bilan shug‘ullanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish | 1. Fermer xo‘jaliklariga chorvachilik va parrandachilik bilan shug‘ullanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, shu jumladan chorvachilik va parrandachilik uchun yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish. 2. Chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan xo‘jaliklarning yerdan foydalanish holatini tahlil qilib, xo‘jaliklardagi mavjud bosh sonlarini yer maydonlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar kiritish. Bunda tahlillar soliq, kadastr va statistika organlarining ma’lumotlar bazalarini taqqoslash orqali amalga oshiriladi. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abdurahmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Kadastr agentligi (Pulatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimligi |
21. | Tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash | Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor charm va poyabzal mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan savdo omborini tashkil etish. Bunda xarajatlar “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi, ushbu davlatdagi savdo vakolatxonalari ko‘magida mahalliy korxonalar mahsulotlari uchun xaridor topishga ko‘maklashiladi. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov) Tashqi ishlar vazirligi (Saidov), “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (Sultanov) |
22. | Ayrim toifadagi chet el fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy etish | Rivojlangan va migratsiyaga oid tekshiruv tartib-taomillari murakkab bo‘lgan mamlakatlarda doimiy yashashga doir ruxsatnomaga (residence permit) ega bo‘lgan uchinchi davlatlar fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasida sayohat qilish uchun “vizasiz rejim”ni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Turizm qo‘mitasi (Shadiyev), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Migratsiya agentligi (Musayev) |
23. | Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar ijrosini ta’minlash | Mazkur Farmonga 1- va 2-ilovalarga muvofiq: 1. Ro‘yxat va amaliy tadbirlar rejasidagi vazifalarni ijro etish holati haqida har haftada — tezkor ma’lumotni, har oyda batafsil axborotni Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarga ijro qilinmagan topshiriqlar bo‘yicha ma’lumotlar kiritib borish. | Har hafta va har oy | Adliya vazirligi (Tashkulov) |
2. Ro‘yxat va amaliy tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish holatini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish, yuzaga kelayotgan muammolar yechimi bo‘yicha hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun tegishli mas’ullarga choralar ko‘rib borish. | Har oy | Vazirlar Mahkamasi (Abduqodirov) | ||
3. Ro‘yxat va amaliy tadbirlar rejasidagi vazifalar ijro holati haqida har haftada — tezkor ma’lumotni, har oyda batafsil axborotni hamda topshiriqlar ijrosida yuzaga kelayotgan masalalar yechimi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | Har hafta va har oy | Hisob palatasi (Abdullayev), Vazirlar Mahkamasi (Abduqodirov) | ||
24. | Tadbirkorlar bilan 2026-yildagi ochiq muloqotni tashkil qilish | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2026-yildagi ochiq muloqotini Samarqand viloyatida tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel | Samarqand viloyati hokimligi (Boboyev), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |