14.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2218-3
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining qarori, 14.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2218-3
Date of entry into force
14.07.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Gidridlangan moylar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2218-3]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-186-son “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 633-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 18-martdagi 66-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2218, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 166-modda) bilan tasdiqlangan Gidridlangan moylar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais A. RAFIQOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 16-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-son

Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 30-may

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 28-may

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidridlangan moylar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 5 va 12-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“13. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 14-banddagi “GOST 17.2.3.02-78” degan soʻzlar “GOST 17.2.3.02-2014” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq 18 yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 35 — 37-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“35. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlinmalari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiyot xizmati koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 40-banddagi “QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 48-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 50-banddagi “QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 56-banddagi “QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 57-banddagi “QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotning maʼmuriy va maishiy binolari” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 67-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 73-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“73. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-2014 va GOST 12.1.012-2004 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. 76-banddagi “QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. 81-banddagi “sanitariya-epidemiologiya xizmatlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. 83-banddagi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“83. Gidridlangan moylar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-2014 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. 99-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“99. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.033-81 talablariga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)