07.07.2025 yildagi PF-109-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.07.2025 yildagi PF-109-son
Date of entry into force
08.07.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholashda shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibni joriy etish, sohaga xalqaro tajribalarni keng tatbiq etish orqali eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestrini yuritishga asoslangan yangi tizimni (keyingi oʻrinlarda — yangi tizim) joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholovchi yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, yangi tizim doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) birinchi bosqichda — Markaz xodimlari tuman aprobatsiya komissiyalari tarkibida urugʻlik ekin maydonlarida oʻtkaziladigan aprobatsiya jarayonida qatnashadi va oʻsimlikning morfologik belgilariga asosan urugʻliklarning navdorligini baholashdan (nizoli hollarda laboratoriya genetik (nav) sinovi) oʻtkazadi, navdorlik guvohnomasini rasmiylashtiradi va axborot tizimiga joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) ikkinchi bosqichda — Markaz tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklari akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda sinovdan oʻtkaziladi va natijalari boʻyicha urugʻliklarning ekish uchun yaroqliligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar majmui asosida ekinboplik xulosasi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklariga raqamli QR kodli yorliq urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining arizalari asosida Markaz tomonidan uch ish kuni davomida beriladi. Bunda Markaz tomonidan quyidagilar oʻrganiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) mahalliy yetishtirilgan urugʻliklarga raqamli QR kodli yorliqni berishda navdorlik guvohnomasi va urugʻlik qabul qilinganligi boʻyicha yuk xati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) import qilinadigan urugʻliklarga raqamli QR kodli yorliqni berishda fitosanitar sertifikat, karantin ruxsatnomasi, sifati boʻyicha xorijiy sertifikat, nav tavsifnomasi va uchinchi (xolis) tomonning xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarining sinov natijalari (mavjud boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining navdorlik guvohnomasi, nav tavsifnomasi va ekinboplik xulosasi raqamli QR kodli yorliqqa Markaz tomonidan joylashtirib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida Markaz tomonidan tunu kun ishlaydigan “Call markaz” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar taqiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi barcha tadbirkorlik subyektlari tomonidan raqamli QR kodli yorliqlanmagan hamda ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini realizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Bojxona qoʻmitasi tomonidan raqamli QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qishloq xoʻjaligi yerlarida sifatli urugʻliklar ekilishini taʼminlash va hosildorlikni monitoring qilish maqsadida belgilansinki, 2026-yildan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek, boshqa barcha yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi korxonalari) oʻzlariga tegishli qishloq xoʻjaligi yerlariga ekilgan urugʻliklar hamda yetishtirilgan hosil boʻyicha maʼlumotlarni konturlar boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot tizimiga kiritib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ekilgan urugʻliklar va yetishtirilgan hosil boʻyicha maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish holatini monitoring qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) ekilgan urugʻlik va yetishtirilgan hosil boʻyicha maʼlumotlarning ular ekilganidan hamda yigʻib olinganidan keyin bir oygacha muddatda axborot tizimiga kiritilmaganligi yoki notoʻgʻri kiritilganligi qishloq xoʻjaligi mahsulotini va urugʻliklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tartibini buzish deb baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholash tizimini Xalqaro urugʻchilik federatsiyasi (ISF)ning qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining savdosi boʻyicha talablari hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning urugʻliklarning sifatini baholash hamda markirovkalash boʻyicha qoidalariga muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Markazning urugʻchilik laboratoriyalari faoliyatini urugʻlik sinovining xalqaro qoidalariga muvofiqlashtirish va ularni Xalqaro urugʻlarni sinash assotsiatsiyasi (ISTA) talablariga asosan akkreditatsiyadan oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, yangi tizim doirasida javobgarlik choralarini nazarda tutish maqsadida 2026-yildan boshlab raqamli QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini realizatsiya qilgan tadbirkorlik subyektlariga Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda maʼmuriy jarima qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) respublikadagi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va tajriba-sinov tadqiqotlarini oʻtkazish uchun import qilgan hamda ilmiy tajriba uchastkasida tayyorlagan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini raqamli QR kodli yorliqlash va ekinboplik xulosasini berish Markaz tomonidan bepul amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini import qilishda ular boʻyicha uchinchi (xolis) tomonning xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarining sinov natijalari amaldagi milliy qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelgan hollarda Markaz tomonidan beriladigan ijobiy ekinboplik xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida tan olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) qishloq xoʻjaligi yerlariga 1-ilovada belgilangan genetik (nav) va ekinboplik sifat koʻrsatkichlaridan past boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini ekish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 2025-yil yakuniga qadar qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining navdorligi va ekinbopligi boʻyicha reytingni hamda urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestrini shakllantirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda raqamli QR kodli yorliq shakllarining belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) yangi tizim doirasida “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi amalga oshiradigan faoliyat turlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) raqamli QR kodli yorliqlanmagan urugʻliklardan ekish uchun foydalanganlik va ularni realizatsiya qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilovchi qonun loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonunga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha takliflarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestrini yuritishga asoslangan yangi tizimni joriy qilish tartibini tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining navdorligi va ekinbopligi boʻyicha reytingni hamda urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestrini yuritish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagi hujjatlarning namunaviy shaklini tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) genetik (nav) va ekinboplik sifat koʻrsatkichlariga mos boʻlgan urugʻlik yetkazib berish boʻyicha shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) sifatsiz urugʻ yetkazilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha urugʻni realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektining majburiyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda yangi tizim doirasida qishloq xoʻjaligi korxonalari vakillari hamda urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun oʻquv seminar treninglar tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev, Qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi A.D. Vaxabov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 7-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-109-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi PF-109-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi yerlarida ekish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Qishloq xoʻjaligi ekin turi va TIF TN kodi

Urugʻlik tasnifi

Meʼyoriy hujjatda belgilangan talablar

Genetik nav tozaligi (navdorlik) sifat koʻrsatkichi

1.

Urugʻlik chigit

(1207210000)*

Genetik nav tozaligi (navdorlik) sifat koʻrsatkichi, kamida:

 superelita, elita avlod uchun

100 %

 R-1 avlod uchun

99 %

 R-2 avlod uchun

98 %

 R-3 avlod uchun

96 %

 F1 duragay avlod uchun

96 %

Ekinboplik sifat koʻrsatkichi

2.

Urugʻlik chigit

(1207210000)*

Unuvchanlik, kamida

90 %

3.

Namlik, koʻpi bilan

10 %

4.

Mexanik shikastlanganlik, koʻpi bilan:

 tuksiz chigit uchun

8 %

 kam tukli chigit uchun

8 %

 tukli chigit uchun

7 %

5.

Ifloslanganlik, koʻpi bilan:

 tuksiz chigit uchun

0,3 %

 kam tukli chigit uchun

0,5 %

 tukli chigit uchun

0,7 %

6.

Tukliligi, koʻpi bilan:

 tuksiz chigit uchun

0,5 %

 kam tukli chigit uchun

2,5 %

7.

Qoldiq toʻlaligi, koʻpi bilan:

 tukli chigit uchun

0,8 %

 tabiiy tuksiz chigit uchun

0,4 %

8.

Tuksizlantirilgan chigitning oʻlchamlari boʻyicha bir tekisligi, kamida

94 %

9.

Kuyganlik

Yoʻl qoʻyilmaydi

10.

Begona aralashmalar va begona oʻt urugʻlari mavjudligi

Yoʻl qoʻyilmaydi

11.

Tirik zararkunandalar va ularning lichinkalari mavjudligi

Yoʻl qoʻyilmaydi

Genetik nav tozaligi (navdorlik) sifat koʻrsatkichi

12.

Urugʻlik bugʻdoy

(1001912000,

1001911000,

1001110000)*

Genetik nav tozaligi (navdorlik) sifat koʻrsatkichi, kamida:

 original (koʻpaytirish koʻchatzori) avlod uchun

100 %

 original (superelita) va elita urugʻlar avlodi uchun

99,7 %

 reproduksiyali urugʻlar (RU-1, RU-2) avlodi uchun

98 %

 tovar (mahsulot) yetishtirishga moʻljallangan reproduksiyali urugʻlar (RU-t) avlodi uchun

95 %

Ekinboplik sifat koʻrsatkichi

13.

Urugʻlik bugʻdoy

(1001912000,

1001911000,

1001110000)*

Unuvchanlik, kamida:

 original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) uchun

95 %

 elita, RU-1, RU-2 uchun

92 %

 RU-t uchun

87 %

14.

Namlik, koʻpi bilan:

 barcha avlodlar uchun

14 %

 oʻrilgan yili ekiladigan yangi hosildan tayyorlangan kuzgi bugʻdoy urugʻlarining barcha avlodlari uchun

15 %

15.

Urugʻ tozaligi, kamida:

 original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) va elita uchun

99 %

 RU-1, RU-2 uchun

98 %

 RU-t uchun

97 %

16.

Boshqa ekinlar urugʻlarining miqdori, koʻpi bilan:

 original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) uchun

5 dona/kg

 elita uchun

5 dona/kg

 RU-1, RU-2 uchun

20 dona/kg

 RU-t uchun

130 dona/kg

17.

Begona oʻtlar urugʻlarining miqdori, koʻpi bilan:

 original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) uchun

3 dona/kg

 elita uchun

5 dona/kg

 RU-1, RU-2 uchun

20 dona/kg

 RU-t uchun

70 dona/kg

18.

Yovvoyi suli urugʻining mavjudligi:

original va elita uchun

Yoʻl qoʻyilmaydi

19.

Zaharli oʻsimliklar urugʻlari (tuyaqorin va kampirchopon) mavjudligi

Yoʻl qoʻyilmaydi

20.

Aralashmalar, koʻpi bilan:

qorakuya qopchalari:

 original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) va elita uchun

Yoʻl qoʻyilmaydi

 RU-1, RU-2, RU-t uchun

0,002 %

Spora shoxchalari:

 original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) avlod

Yoʻl qoʻyilmaydi

 elita uchun

0,01 %

 RU-1, RU-2 uchun

0,03 %

 RU-t uchun

0,05 %

21.

Bugʻdoy nematodasi gʻallalari mavjudligi

Yoʻl qoʻyilmaydi

22.

Bugʻdoy urugʻlariga zarar yetkazuvchi tirik zararkunandalar va ularning lichinkalari

Yoʻl qoʻyilmaydi

23.

Karantin roʻyxatiga kiritilgan:

 zararkunandalar va kasallik chaqiruvchilar mavjudligi

Yoʻl qoʻyilmaydi

 begona oʻtlar urugʻlari va mevalari mavjudligi

yoʻl qoʻyilmaydi

24.

Hayotchanlik, kamida:

 original (koʻpaytirish koʻchatzori, superelita) uchun

95 %

 elita, RU-1, RU-2 uchun

92 %

 RU-t uchun

87 %

Genetik nav tozaligi (navdorlik) sifat koʻrsatkichi

25.

Urugʻlik kartoshka

(0701100000)*

Genetik nav tozaligi (navdorlik) sifat koʻrsatkichi, kamida:

 original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita va elita avlodlar uchun

100 %

 reproduksiyali urugʻlar (RU1, RU2) avlodi uchun

99,5 %

Ekinboplik sifat koʻrsatkichi

26.

Urugʻlik kartoshka

(0701100000)*

Hoʻl chirish, koʻpi bilan:

 original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita avlod uchun

Yoʻl qoʻyilmaydi

 elita, RU1 va RU2 avlodlari uchun

1 %

27.

Quruq chirish, koʻpi bilan:

 original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak avlod uchun

Yoʻl qoʻyilmaydi

 original, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita avlod uchun

0,5 %

 elita, RU1 va RU2 avlodlari uchun

1 %

28.

Oddiy va toʻrsimon parsha, koʻpi bilan:

 original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak avlod uchun

Yoʻl qoʻyilmaydi

 original, mini-tuganak avlod uchun

0,5 %

 original, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita, elita, RU1 va RU2 avlodlari uchun

5 %

29.

Kukunli parsha, koʻpi bilan:

 original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak avlod uchun

Yoʻl qoʻyilmaydi

 original, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita avlod uchun

1 %

 elita, RU1 va RU2 avlodlari uchun

3 %

30.

Rizoktonioz, koʻpi bilan:

 original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak avlod uchun

Yoʻl qoʻyilmaydi

 original, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita avlod uchun

1 %

 elita avlod uchun

3 %

 RU1 va RU2 avlod uchun

5 %

31.

Kumushrang parsha, bujmayish, koʻpi bilan:

 “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita avlod uchun

Yoʻl qoʻyilmaydi

 original, elita, RU1 va RU2 avlodlari uchun

1 %

32.

Poya nematodasi, koʻpi bilan:

 original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita va elita avlodlar uchun

Yoʻl qoʻyilmaydi

 RU1 va RU2 avlodlari uchun

0,5 %

33.

Halqali chirish, koʻpi bilan:

 original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita va elita avlodlar uchun

Yoʻl qoʻyilmaydi

 RU1 va RU2 avlodlari uchun

0,5 %

34.

Temir dogʻli va qora tusliligi, jami, koʻpi bilan

5 %

35.

Boshqa botanik navlarning aralashmasi mavjudligi, koʻpi bilan:

 original, “in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita va elita avlodlar uchun

Yoʻl qoʻyilmaydi

 RU1 va RU2 avlodlari uchun

0,5 %

36.

Kartoshka tuganaklarida eng katta diametri boʻyicha oʻlchamlarining talablarga javob bermaydigan tuganaklar mavjudligi, koʻpi bilan:

 original, mini-tuganak avlod uchun 9 mm.dan 60 mm.gacha oʻlchamda;

 original, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita, elita, RU1 va RU2 avlodlari uchun 28 mm dan 60 mm gacha oʻlchamda;

3 %

37.

Kartoshka tuganaklarida tuproq va boshqa aralashmalarning mavjudligi, koʻpi bilan:

2 %

38.

5 mm dan ortiq chuqurlikdagi va 10 mm dan ortiq uzunlikdagi mexanik shikastlanishlar (tuganak toʻqimalarining ezilgan, darz ketgan, kesilgan, tirnalgan va boshqalar defektlar), jami, koʻpi bilan

5 %

39.

Zararkunanda (simqurtlar — uchdan ortiq yoʻlaklar, may qoʻngʻizi, tunlam, kemiruvchilar)lar bilan zararlanganligi, jami, koʻpi bilan

2 %

40.

Tuganakning sogʻlom va butunligi

Boʻlishi shart

41.

Tuganakning qattiqlashganligi

Boʻlishi shart

42.

Tuganakning shakli va rangi boʻyicha tipik navga mos kelishi

Boʻlishi shart

43.

Quruq va unib chiqmagan tuganaklar

(bahorgi mavsumda tuganaklarning unib chiqqan nishlari 5 mmgacha ruxsat etiladi)

Boʻlishi shart

44.

Dimiqish mavjud tuganaklar

Yoʻl qoʻyilmaydi

45.

Kuyganligi mavjud tuganaklar

Yoʻl qoʻyilmaydi

46.

Muzlagan va sovuq urgan tuganaklar mavjudligi

Yoʻl qoʻyilmaydi

47.

Xunuklashgan shaklga ega tuganaklar mavjudligi

Yoʻl qoʻyilmaydi

48.

Yengil sinadigan oʻsimtali tuganaklar mavjudligi

Yoʻl qoʻyilmaydi

49.

Ezilgan va yuzasi (1/4 qismidan koʻproq) shilingan tuganaklar mavjudligi

Yoʻl qoʻyilmaydi

50.

Urugʻlik kartoshkaning original (“in vitro” mikrooʻsimlik va mikrotuganak, mini-tuganak, koʻpaytirish koʻchatzori, super-superelita, superelita) avlodli urugʻlari uchun virusli va boshqa bakteriyali kasalliklar turlari va ularga meʼyorlar amaldagi standart talablari asosida belgilanadi.

51.

Faqat ekish uchun moʻljallangan sabzavot va ayrim yeyiladigan ildizmeva, tubmevali va tuganak mevali oʻsimliklar

(0701, 0703, 0712 90 110 0, 0713)*

0701, 0703, 0712 90 110 0, 0713 TIF TN kodlari bilan belgilangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik nav tozaligi (navdorlik) va ekinboplik sifat koʻrsatkichlari turlari va ularga qoʻyilgan meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan standart va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarida belgilanadi.

52.

Ziravorlar

(urugʻlik maqsadida)

(0909 — 0910)*

0909 — 0910 TIF TN kodlari bilan belgilangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik nav tozaligi (navdorlik) va ekinboplik sifat koʻrsatkichlari turlari va ularga qoʻyilgan meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan standart va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarida belgilanadi.

53.

Donlar

(urugʻlik maqsadida)

(1001 — 1008)*

1001 — 1008 TIF TN kodlari bilan belgilangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik nav tozaligi (navdorlik) va ekinboplik sifat koʻrsatkichlari turlari va ularga qoʻyilgan meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan standart va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarida belgilanadi.

54.

Faqat ekish uchun moʻljallangan meva urugʻlari va boshqa urugʻlar

(1201, 1202, 1204 — 1207, 1209)*

1201, 1202, 1204 — 1207, 1209 TIF TN kodlari bilan belgilangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik nav tozaligi (navdorlik) va ekinboplik sifat koʻrsatkichlari turlari va ularga qoʻyilgan meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan standart va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarida belgilanadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: * TIF TN kodlari bilan belgilangan mahalliy tayyorlangan va import qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklariga ekinboplik sifat koʻrsatkichlari boʻyicha muvofiqlikni baholash ishlari amalga oshiriladi hamda baholash natijalariga koʻra urugʻliklar belgilangan sifat meʼyorlariga javob berganda ekinboplik xulosasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi PF-109-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Taqdim etiladigan maʼlumotlar

Amalga oshirish shakli

Muddati

Masʼullar

1.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “uzagroin.uz” axborot tizimini Bojxona qoʻmitasining “singlewindow.uz” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini import qiluvchilarning arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek, rasmiylashtirilgan ekinboplik xulosasi va raqamli QR kodli yorliq.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2025-yil avgust

Bojxona qoʻmitasi,

Oʻzagroinspeksiya,

Raqamlashtirish vazirligi

2. Integratsiyani amalga oshirish.

2025-yil sentabr

2.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “uzagroin.uz” axborot tizimini Qishloq xoʻjaligi vazirligining “agroplatforma.uz” va “e.urug” axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

1. Urugʻliklarni yetishtirish uchun oʻtkazilgan tanlov (tender) natijalari, urugʻliklarni qabul qiluvchi subyektlarga urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar tomonidan topshirilgan urugʻliklar miqdori hamda urugʻlik haqidagi boshqa maʼlumotlar, shuningdek, rasmiylashtirilgan navdorlik guvohnomasi.

2. Ekinboplik xulosasini berish uchun urugʻliklarni ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi subyektlar bilan “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma, shuningdek, rasmiylashtirilgan ekinboplik xulosasi.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2025-yil avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzagroinspeksiya,

Raqamlashtirish vazirligi

2. Integratsiyani amalga oshirish.

2025-yil sentabr

3.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “uzagroin.uz” axborot tizimini Milliy statistika qoʻmitasining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Urugʻliklarni ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi subyektlar haqidagi statistik maʼlumotlar.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2025-yil avgust

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oʻzagroinspeksiya,

Raqamlashtirish vazirligi

2. Integratsiyani amalga oshirish.

2025-yil sentabr

4.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “uzagroin.uz” axborot tizimi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlarini Soliq qoʻmitasining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Ekilgan urugʻliklar va yetishtirilgan hosil toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimiga kiritilmagan yoki notoʻgʻri kiritilganligi haqidagi maʼlumot.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2025-yil avgust

Soliq qoʻmitasi,

Oʻzagroinspeksiya,

Raqamlashtirish vazirligi

2. Integratsiyani amalga oshirish.

2025-yil sentabr

5.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “uzagroin.uz” axborot tizimini “Oʻzbekkosmos” agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Ekin maydonlarida navdorlikni baholash uchun konturlar kesimida maʼlumotlar.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2025-yil avgust

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Oʻzagroinspeksiya,

Raqamlashtirish vazirligi

2. Integratsiyani amalga oshirish.

2025-yil sentabr

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Axborot tizimlari integratsiyasi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshiriladi va maʼlumotlar almashinuvi jarayonida haq undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi PF-109-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tizim doirasida “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi amalga oshiradigan faoliyat turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tizim doirasida “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini identifikatsiya qilish uchun raqamli QR kodli yorliqlash tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholashni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari tarkibida geni oʻzgartirilgan organizmlar (GMO)ning mavjudligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini baholash tizimiga ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy sinov usullarini joriy qilish hamda doimiy ravishda takomillashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini import qilishda zarur boʻlgan hollarda tomonlar kelishuvi asosida xorijiy tadbirkorlik subyektlari hududiga mutaxassislarni yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari haqidagi davriy maʼlumotlarni jamlash, kuzatish va yangilash imkonini beruvchi elektron maʼlumotlar bazasini yaratish hamda amaliyotga joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini import va eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini, shuningdek, urugʻliklar raqamli QR kodli yorliqlanganligi, ularni baholash va laboratoriyada sinovdan oʻtkazish natijalari haqidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda Markazning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 06/25/109/0586-son)