15.05.2025 yildagi PQ-184-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 15.05.2025 yildagi PQ-184-son
Date of entry into force
17.05.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmoni ijrosini taʼminlash, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ushbu yoʻnalishda davlat organlarining fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikdagi saʼy-harakatlarini hamda Oʻzbekiston ekologik partiyasining fuqarolar ekologik bilimlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Kutilayotgan maqsadli koʻrsatkichlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlanayotgan asosiy maqsad etib 2030-yilda quyidagi koʻrsatkichlarga erishish belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 3,3 million nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ekologik madaniyatning shakllanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 4,2 million nafar umumiy oʻrta taʼlim tizimi tashkilotlari oʻquvchilarida ekologik taʼlim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 400 ming nafar oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tizimi tashkilotlari oʻquvchilarida ekologik taʼlim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) 1,9 million nafar oliy taʼlim tizimi tashkilotlari talabalarida ekologik madaniyatning yuksalishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) 90 foiz davlat organlari, korxona va muassasalari xodimlarida ekologik madaniyatning yuksalishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Dasturiy hujjatlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini 2025-2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) 2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini qabul qilishdan kutilayotgan maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar) (keyingi oʻrinlarda — maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Konsepsiya 2027-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan har ikki yil muddatga tasdiqlanadigan alohida “yoʻl xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan bepul oʻquv kurslari tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ekologik madaniyatni yuksaltirish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda har yili toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish yoʻli bilan davlat ijtimoiy buyurtmasi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Konsepsiya va “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishi, maqsadli koʻrsatkichlarga (indikatorlarga) erishilishi ekologiya, iqlim oʻzgarishi, oʻrmon xoʻjaligi va turizm sohasidagi vazirlik va idoralar faoliyatining 2025-yil va undan keyingi yillar uchun eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarida (KPI) inobatga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) fuqarolik jamiyati institutlari, olimlar, mutaxassislar, xorijiy ekspertlar Konsepsiya va “yoʻl xaritasi”ni samarali amalga oshirishda keng jalb qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Davlat organi masʼuliyatini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ekologiya vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan har kimning qulay atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisida ishonchli axborotga ega boʻlish huquqini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) ilgʻor xorijiy tajriba asosida ekologik taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish choralarini koʻrish, ushbu yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) jamiyatda yuksak ekologik madaniyatni shakllantirish boʻyicha targʻibotning innovatsion usullarini joriy etish, bunda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) aholining ekologik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ekologik axborot oshkoraligini taʼminlash choralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 1998-yil 25-iyun) qoʻshilganligi munosabati bilan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-dekabrdan boshlab Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi maʼlumotlari bazalarining jamoatchilik uchun ochiqligini taʼminlaydi hamda ularda quyidagi maʼlumotlarni joylashtirib boradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) har yili “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxt va koʻchatlar haqida (manzili, parvarishlash uchun masʼul shaxslar, koʻchat turi va b.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish maqsadida taqdim etilgan arizalar haqida (murojaatchilar, daraxtlar soni, turi va manzili) va daraxtni kesish boʻyicha oʻtkaziladigan jamoatchilik eshituvi haqida (sanasi, vaqti, manzili va natijalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) suv havzalarida noruda materiallarni qazib olish boʻyicha joriy qilingan moratoriy tartibini buzgan shaxslar haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) moʻljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga ehtimol tutilgan taʼsiri masalalarini aholi va jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan jamoatchilik eshituvlari natijalari haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) strategik ekologik baholash obyektlari, jumladan, shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari, davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari yuzasidan jamoatchilik eshituvi natijalari haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida oʻtkazilgan reydlar, tekshiruvlar, monitoringlar natijasida aniqlangan qonun buzilishi holatlari va ularni bartaraf etish yuzasidan koʻrilgan choralar haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) hududlarga qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun biriktirilgan sanitar-tozalash korxonalari (korxona nomi, rahbari va uning oʻrinbosari familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning telefon raqamlari, dispetcherlik xizmati va murojaatlarni qabul qilish xizmati maʼlumotlari, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish reja-grafiklari) haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) chiqindilarni qabul qilish, saralash, qayta ishlash va yoqish orqali muqobil energiya ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi korxonalar haqida (korxona nomi, faoliyat turi, telefon raqamlari, ikkilamchi xomashyo, saralangan chiqindilarni qabul qilish maskanlari manzillari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Ekologik madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ekologiya vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2025-yildan boshlab har yili quyidagilarni amalga oshirib borsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) aholining turli qatlamlari, talabalar va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) har oyda bir marotaba “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida aksiyalar, tashviqot tadbirlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Ekologiya vazirligi bilan birgalikda “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan barcha turdagi taʼlim muassasalarida ekologiya oʻquvining majburiyligi haqidagi talabni toʻlaqonli roʻyobga chiqarish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalar tanlovida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etishga oid mavzularni har yili eʼlon qilib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) oliy taʼlim muassasalari talabalari tomonidan Oʻzbekiston ekovolontyor talabalari harakatini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ekologiya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligining ekologiya yoʻnalishida ilmiy izlanishlar olib borayotgan, Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan vatandosh talabalar va olimlarni birlashtiruvchi “Ekolog olimlar hamjamiyati” nodavlat notijorat tashkilotini taʼsis etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Ekologiya vazirligi uch oy muddatda “Ekolog olimlar hamjamiyati” belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga Ekologiya vazirligi buyurtmasi asosida “Ekolog olimlar hamjamiyati”ga zarur mablagʻlar ajratib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 2025-yil 1-avgustdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari quyidagi holatlar aniqlanganda tezkor nazorat tadbirlarini tekshiruvlar boshlangandan soʻng yigirma toʻrt soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etish tartibida amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) yuridik shaxslarning oʻz hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chogʻida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qoʻllagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yoʻq qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) oʻlchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonida, unga tutash boʻlgan hududda hamda undan chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishda parlamentning rolini oshirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga quyidagilar tavsiya etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining taklifi bilan ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Konsepsiya, “yoʻl xaritasi” va maqsadli koʻrsatkichlarga (indikatorlarga) erishish borasida chora-tadbirlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) xalqaro tajribani oʻrgangan holda ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari boshliqlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi, shuningdek, hududlarda atrof-muhitning holati haqidagi hisobotlarini har yili eshitib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ekologiya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda “yashil isteʼmol” madaniyatining kundalik qoidalarini bilishni, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik kabi xalqimizning milliy udum va qadriyatlarini targʻib qiluvchi ijtimoiy axborot ommaviy axborot vositalari, tashqi reklama va axborotni tarqatuvchilar tomonidan eʼlon qilinishini (joylashtirilishini) tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan Konsepsiya va “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida hamda samarali bajarilishini, shuningdek, maqsadli koʻrsatkichlarga (indikatorlarga) erishilishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) bir oy muddatda Oʻzbekiston ekologik partiyasi bilan kelishgan holda ekologiya, iqlim oʻzgarishi, oʻrmon xoʻjaligi va turizm sohasidagi vazirlik va idoralar faoliyatining 2025-yil uchun eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarida (KPI) Konsepsiya, “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga (indikatorlarga) erishilishi inobatga olinishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) ekologiya, iqlim oʻzgarishi, oʻrmon xoʻjaligi va turizm sohasidagi vazirlik va idoralar faoliyatining 2030-yilga qadar boʻlgan davrdagi eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarida (KPI) Konsepsiya, “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga (indikatorlarga) erishilishi inobatga olinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kinematografiya agentligi uch oy muddatda Ekologiya vazirligi bilan birgalikda fuqarolar, jumladan, yoshlar va bolalar uchun ekologik mavzularda va “yashil isteʼmol” madaniyatining kundalik qoidalarini bilishni, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik kabi xalqimizning milliy udum va qadriyatlarini targʻib qiluvchi ijtimoiy axborot, multiplikatsion va animatsion filmlar yaratilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) ekologik mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini ekologik qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga doir telekoʻrsatuvlar va chiqishlar koʻlamining kengaytirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Konsepsiya va “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish natijalarining ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda ularning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Konsepsiya va “yoʻl xaritasi” doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning ijrosi va natijalari toʻgʻrisida xolis va toʻliq maʼlumotlar aholiga tezkorlik bilan yetkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 15-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-184-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KONSEPSIYASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda va har bir fuqaroning hayot faoliyatida ekologik taʼlim-tarbiya hamda madaniyatni uzluksiz yuksaltirib borish barqaror ekologik rivojlanishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda yurtimizda global rivojlanish va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq ekologik muammolarning oldini olish hamda bartaraf etishda fuqarolar ishtirokini taʼminlash, ekologik huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz kurashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda barqaror rivojlanish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish maqsadlarida 2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi qabul qilindi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu munosabat bilan strategiyada belgilangan maqsadlarga erishishga moʻljallangan 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash dasturi amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga qaramay, fuqarolarda tabiatga hurmat hissini shakllantirish, aholining ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda fuqarolarning ekologik savodxonlik darajasini oshirish borasida bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan va ekologik madaniyatni yuksaltirish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan har kimning qulay atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisida ishonchli axborotga ega boʻlish huquqi taʼminlanishi ustidan samarali jamoatchilik nazorati yoʻlga qoʻyilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi oʻrtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish ishlari tizimli va uzviy tashkil etilmagan. Jamiyatda, oilada, mahallada, taʼlim muassasalarida, davlat organlarida ekologik madaniyatni yuksaltirishning uzluksiz mexanizmini takomillashtirishga ehtiyoj mavjud, ushbu yoʻnalishda kompleks yondashuvga tayanilmayapti, ekologiya oʻquvining majburiyligiga oid talablarning ijrosini yetarli darajada taʼminlash choralari koʻrilmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatda ekologik targʻibot tadbirlarining manzilliligi, ularni tashkil etishda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan, targʻibotning innovatsion usullaridan yetarlicha foydalanilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. 2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasining asosiy maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasining (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) asosiy maqsadi oʻsib kelayotgan yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish hamda rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda taʼlim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, aholining barcha qatlamlarida ekologik madaniyatni, shu jumladan, “yashil” isteʼmol madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan har kimning qulay atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisida ishonchli axborotga ega boʻlish huquqini taʼminlovchi, aholining ekologik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi huquqiy asoslarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) maktabgacha taʼlimdan boshlab aholi barcha qatlamlarining ekologik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish tizimini takomillashtirish, ushbu jarayonda ishtirok etuvchi taʼlim tashkilotlarining vazifalarini aniq belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) ekologik madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish, xususan, targʻibot usullarini kengaytirish, ushbu jarayonda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanish, targʻibot olib borishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining samarali hamkorligini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) ekologiya yoʻnalishida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, sohada ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) yuksak ekologik madaniyatga erishish, fuqarolarning ekologiya sohasidagi huquqlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati taʼsirchanligini oshirish, uni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishning huquqiy va uslubiy bazasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishning huquqiy va uslubiy bazasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) qonun hujjatlariga, shu jumladan, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat organlarining ekologik madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish sohasidagi vakolatlari, shuningdek, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari boshliqlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi, shuningdek, hududlarda atrof-muhitning holati haqidagi hisobotlarini har yili eshitish vakolatini nazarda tutish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish uchun jazo chorasini kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) qonun hujjatlariga barcha davlat taʼlim tashkilotlari va muassasalari (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktablar, oliy taʼlim muassasalari va b.) hududida joylashgan va ular balansidagi bogʻlar hamda yer maydonlari xususiylashtirilishi taqiqlanishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) davlat ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyati samaradorligini oshirish, uning xodimlariga belgilangan tartibda va muddatlarda maxsus unvonlar uchun toʻlovlar belgilash tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) aholining ekologik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishga qaratilgan ekologik targʻibot tadbirlarini tashkil etish hamda oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) aholi orasida chiqindilarni saralash, jamoat joylarini chiqindidan xoli hududga aylantirishni keng targʻib qilishga qaratilgan aksiyalar tashkil etish va muntazam ravishda oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) atrof-muhitga zarar yetkazuvchi turli ashyolar va jismlar, ularning xususiyatlari hamda ulardan foydalanish, shuningdek, zararsizlantirish va utilizatsiya qilish tartibiga bagʻishlab aholining turli qatlamlari uchun moʻljallangan uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishi, oʻrmonchilik, gidrometeorologiya, sirkulyar iqtisodiyot va ekologiya bilan bogʻliq boshqa mutaxassisliklar boʻyicha tor doiradagi kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda jahondagi ilgʻor taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) ekologiya yoʻnalishi boʻyicha professor-oʻqituvchi va doktorantlarni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovkaga yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(m) aholini atrof-muhit holati yuzasidan ishonchli axborot bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Ekologik taʼlimni rivojlantirish, ekologik madaniyatni shakllantirish va yuksaltirishda oilaning hamda taʼlim tashkilotlarining rolini yanada oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oilada ekologik tarbiyani shakllantirish va ekologik madaniyatni yuksaltirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oilada ekologik tarbiyani shakllantirish va ekologik madaniyatni yuksaltirish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) bolalarda atrof-muhitni asrab-avaylashni, unga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilishni targʻib qiluvchi, tabiatga boʻlgan ijobiy-hissiy munosabatlarni rivojlantiruvchi oʻyin, mashgʻulot, videoqoʻllanma va boshqa koʻrgazmali materiallar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Aqlvoy”, “Bolajon” va boshqa telekanallarda bolalarni atrof-muhitga, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalashga qaratilgan maʼnaviy dasturlar tashkil etish hamda namoyish etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) bolalar uchun ekologik mavzularda va “yashil isteʼmol” madaniyatining oddiy va kundalik qoidalarini oʻrgatish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik kabi xalqimizning milliy udum va qadriyatlarini targʻib qiluvchi multiplikatsion filmlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) oilalarda suvdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, toza likopcha, maishiy chiqindilarni saralash madaniyatini shakllantirish boʻyicha muntazam ravishda targʻibot tadbirlari, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) mahallalarda milliy qadriyatimizning ajralmas qismiga aylangan va atrof-muhit tozaligini saqlashni targʻib qiluvchi ekohasharlarni muntazam tashkil etish va oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tizimi tashkilotlarida ekologik taʼlim va tarbiyani shakllantirish hamda yuksaltirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ekologik taʼlim-tarbiyani shakllantirish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) rivojlangan xorijiy davlatlarning taʼlim dasturlarini tahlil qilish asosida maktabgacha taʼlimning davlat oʻquv dasturiga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) tarbiyalanuvchilar uchun ekologik madaniyat asoslarini shakllantirishga qaratilgan ona tabiatni asrab-avaylash, unga nisbatan mehr-muhabbat tuygʻularini kuchaytirish mavzularida tomoshalar va sahna koʻrinishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) atrof-muhitni asrab-avaylashga bagʻishlangan ekologik burchaklar tashkil etish va ularga qoʻyilgan talablarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) atrof tabiiy muhit (yer, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi) bilan ochiq havoda tanishtiruv soatlari, rasmlar chizdirish, chiqindilarni saralash va ekologiya bilan bogʻliq oʻyinlar sonini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) har bir maktabgacha taʼlim tashkilotida ekologik burchaklar, ekologik yoʻlakchalar tashkil etish hamda ularni zarur materiallar bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida tabiat va atrof-muhitni asrab-avaylashga bagʻishlangan “Tabiat bolalar nigohida” nomli rasmlar tanlovini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “yashil” transport turidan foydalanishni targʻib qilish boʻyicha barqaror koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida har yili bolalar velomarafoni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun atrof-muhitni asrab-avaylash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan multfilmlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) har bir maktabda ekologik burchak, ekologik bogʻlar tashkil etish, ularga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida ekologik targʻibotni amalga oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tizimi oʻquvchilariga moʻljallangan ekologik mavzularda va “yashil isteʼmol” madaniyatining kundalik qoidalarini bilishni, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik kabi xalqimizning milliy udum va qadriyatlarini targʻib qiluvchi ijtimoiy axborot, multiplikatsion va animatsion filmlar yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kasbiy taʼlim tizimi tashkilotlarida ekologik madaniyatni yuksaltirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kasbiy taʼlim tizimi tashkilotlarida ekologik madaniyatni yuksaltirish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) kasbiy taʼlim yoʻnalishlariga mos ravishda ekologik taʼlim mavzularini tegishli fanlar tarkibiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) kasbiy taʼlim tashkilotlarida atrof-muhitni muhofaza qilishning kundalik qoidalariga rioya etish va oʻquvchilar oʻrtasida ijtimoiy masʼuliyatni oshirishga qaratilgan targʻibot materiallarini ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) har bir kasbiy taʼlim tashkilotida ekologiya xonasini tashkil etish va unga nisbatan talablarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) ekologik madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tarqatma materiallar tayyorlash hamda kasbiy taʼlim tashkilotlarini taʼminlash choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) kasbiy taʼlim tashkilotlarining koʻngilli oʻquvchilari ishtirokida “Yashil qahramon” loyihasini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy taʼlim tizimi tashkilotlarida ekologik madaniyatni yuksaltirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oliy taʼlim tizimi tashkilotlarida ekologik madaniyatni yuksaltirish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) ixtiyoriylik asosida barcha oliy taʼlim muassasalari talabalarini birlashtiruvchi Oʻzbekiston ekovolontyor talabalari harakatini tashkil etish va uning doimiy faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) bakalavr va magistratura bosqichlarining ekologiya yoʻnalishlaridagi oʻquv adabiyotlarni qayta koʻrib chiqish hamda ularni atrof-muhitni asrab-avaylashga bagʻishlangan mavzular bilan boyitish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) har yili oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targʻibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi turli nominatsiyalar boʻyicha tanlovlar tashkil etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) 5-iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan har yili talabalar oʻrtasida mamlakatimizdagi dolzarb ekologik masalalar muhokamasiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy forum oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) talabalarni dolzarb ekologik madaniyat va ekologiya muammolariga bagʻishlangan magistrlik dissertatsiyalari tayyorlashga, ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazishga keng jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) oliy taʼlim muassasalarining davriy, ilmiy nashrlarida, shuningdek, gazeta va jurnallarda ekologik muammolarga bagʻishlangan alohida ruknlar ochish, unda professor-oʻqituvchilar va talabalarning maqolalarini muntazam chop etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) har bir oliy taʼlim muassasasining veb-saytida talabalar ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Ekofaol talabalar” degan alohida boʻlim tashkil etish va unda tegishli taʼlim muassasasining talabalari tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrab-avaylash va muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy joylashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) Ekologiya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi muassisligida ekologiya yoʻnalishida ilmiy izlanishlar olib borayotgan Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan vatandosh talabalar hamda olimlarni birlashtiruvchi “Ekolog olimlar hamjamiyati” nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) oliy taʼlim muassasalarida ekoklublar tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) yoshlarning ekologiya yoʻnalishidagi innovatsion loyihalarini ragʻbatlantirish maqsadida startap loyihalar tanlovini eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) ekologik madaniyat sohasida xorijiy tillarni mukammal biladigan kadrlar tayyorlash maqsadida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “m” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(n) davlat oliy taʼlim muassasalarida andragogika usulida barcha qiziquvchilar uchun begʻaraz, ochiq maʼruzalar oʻtkazish va ularni Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda ekologik madaniyatni yuksaltirish sohasidagi tadqiqotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda ekologiya sohasidagi tadqiqotlar yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) aholi oʻrtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashviqotning ommaviyligi va taʼsirchanligini oshirishga qaratilgan innovatsion usullarda olib boriladigan tadqiqot ishlari koʻlamini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, shu jumladan, huquqiy muhofaza muammolariga doir dissertatsiyalarning mavzularini koʻpaytirish va ushbu yoʻnalishda ilmiy ishlarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) ekologiya sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha qabul kvotalarini 30 foizga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Ekologiya vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlarda ekologiya sohasidagi ilmiy darajali xodimlar umumiy sonini 70 foizga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) hududlarda ekologiya sohasidagi dolzarb muammolarni hal etishda, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda xorijiy ekspertlar va olimlar bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish tavsiya etiladigan va hududlardagi dolzarb ekologik muammolarni oʻz ichiga olgan ekologik ilmiy tadqiqotlar bazasini shakllantirish hamda ular asosida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) ekologik madaniyat va ekologiya muammolari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi xotin-qizlar uchun hududlar kesimida doktorantura uchun qoʻshimcha kvotalar ajratish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) ekologiya sohasidagi nazariy-metodologik dasturni ekologik taʼlimdan kelib chiqib takomillashtirish, tadqiqotchilar tomonidan ixtisoslashtirilgan ilmiy va taʼlim muassasalarida ekologiya sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Ekologik madaniyatni yuksaltirishda davlat organlari, shu jumladan, mahalliy vakillik va ijro organlari faoliyatini takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ekologik madaniyatini yuksaltirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat organlari, korxona va muassasalar xodimlarining ekologik madaniyatini yuksaltirish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ekologik madaniyat sohasida bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul oʻquv kurslarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) barcha davlat organlari va tashkilotlarida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda ularni tejash orqali tabiiy resurslarni asrab-avaylashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) davlat organlari va tashkilotlari xodimlaridan iborat ekologik targʻibot guruhlarini tashkil etish va ekologik targʻibot oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) davlat organlarida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ekologik targʻibot guruhlarini tashkil etish va ular tomonidan tizimli ravishda xodimlar oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy veb-saytlarida “Ekofaol xodim” nomli alohida boʻlim ochish, unda ekologik madaniyatni yuksaltirish, shu jumladan, targʻibot tadbirlari, ushbu yoʻnalishdagi namunali xodimlar haqida maʼlumotlar joylashtirish va ularni muntazam yangilab borishni yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) respublikaning barcha hududlarida davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar binolarida velosipedlar uchun maxsus toʻxtash joylarini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishda mahalliy vakillik va ijro organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rolini kuchaytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishda mahalliy vakillik va ijro organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rolini kuchaytirish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan har kimning qulay atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotga ega boʻlish huquqini toʻlaqonli roʻyobga chiqarilishi ustidan nazoratini yanada kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarida Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari boshliqlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi, shuningdek, hududlarda atrof-muhitning holati haqidagi hisobotlarini har yili eshitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) har oyda bir marotaba “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida aksiyalar, tashviqot tadbirlari oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) mahallalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan manzilli targʻibotni amalga oshirish, aholiga ekologik qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) har yili aholining turli qatlamlari, talabalar va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) aholida ekologiya toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining har qanday buzilishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot ishlarini olib borish, ularning qonunchilik hujjatlaridagi javobgarlik choralari yuzasidan xabardorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) ekologik huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida xabar berish ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, sohani toʻliq raqamlashtirish, huquqbuzarliklar va jinoyatlar haqida xabar berganlik uchun ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) Ekologiya vazirligi tomonidan mahallalarda aholi bilan ekologik huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ochiq muloqotlarni doimiy oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) mahallalarda ekovolontyor guruhlarini tashkil etish va ularga yoshlarni jalb qilgan holda aksiyalar, fleshmoblar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) aholining isteʼmol madaniyatini oshirish maqsadida mahallalarda suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa tabiiy resurslarni tejovchi texnologiyalar va asbob-uskunalar koʻrgazmalarini tashkil etib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) transport vositasidan foydalangan holda sodir etilgan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq qonun buzilishi holatlarini tezkorlik bilan aniqlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Ekologik madaniyatni yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalarining rolini yanada oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ekologik madaniyatni yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalarining rolini yanada oshirish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 1998-yil 25-iyun) qoʻshilgani munosabati bilan atrof-muhit holatiga oid maʼlumotlarni jamoatchilik uchun bosqichma-bosqich eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) fuqarolik jamiyati institutlarini ekologik madaniyatni yuksaltirish targʻibotlariga ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) fuqarolik jamiyati institutlari uchun ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan davlat subsidiyalari, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar ajratish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) ekologik mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini ekologik qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga doir telekoʻrsatuvlar sonini ikki barobarga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) ekologik dasturlarni, shu jumladan, tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini jalb etish amaliyotini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) “yashil isteʼmol” madaniyatining kundalik qoidalarini bilishni, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik kabi xalqimizning milliy udum va qadriyatlarini targʻib qiluvchi ijtimoiy axborotni ommaviy axborot vositalari, tashqi reklama va axborotni tarqatuvchilar tomonidan eʼlon qilinishini (joylashtirilishini) yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) ekologiya sohasidagi davriy nashrlarning elektron nusxalari butunjahon Internet tarmogʻiga joylashtirib borilishini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Ekologik axborot” radioloyihasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholining ekologik madaniyatini oshirish maqsadida “Tabiatni birgalikda asraymiz!” shiori ostida ekologiya mavzusidagi rolik, intervyularni namoyish etish boʻyicha ijtimoiy loyihalar amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) ekologiya muammolari boʻyicha mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va jamoatchilik vakillari munosabatini aks ettiruvchi koʻrsatuvlar hamda radio eshittirishlarni muntazam tashkil etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) ekologiya sohasida qonuniylikni taʼminlashga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Konsepsiya oʻz vaqtida va toʻlaqonli ijro qilinishini taʼminlash maqsadida har ikki yil muddatga “yoʻl xaritasi” tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oliy Majlis palatalari vakolatlari doirasida Konsepsiyada nazarda tutilgan yoʻnalishlarga doir qonunlarni ishlab chiqadi, koʻrib chiqadi va qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Konsepsiyada belgilangan asosiy yoʻnalishlar boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritalari”ning ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va oʻz vaqtida ijro etilishini, shuningdek, ularning ijrosi haqidagi axborot har yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahri, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu Konsepsiya bajarilishini taʼminlaydilar, har olti oyda mazkur Konsepsiyaning bajarilishi holati toʻgʻrisida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar Kengashlariga hisobot taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Konsepsiyani amalga oshirishda keng jamoatchilik, nodavlat notijorat tashkilotlar, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Fuqarolar Konsepsiyani hayotga toʻliq tatbiq etish yoʻlida bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok etib, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Konsepsiyani qabul qilishdan kutilayotgan natijalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Konsepsiyani amalga oshirish natijasida quyidagilar kutilmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish har bir shaxsning vazifasi boʻlishiga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) tabiat va shaxs munosabatlarida aholining atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish hissini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga tabiatga muhabbat ruhini, qonunlarga rioya etish tushunchalarini singdirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) ekologik madaniyatni yuksaltirishda targʻibotning innovatsion usullaridan foydalanish, bu borada ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) mansabdor shaxslar va fuqarolarda ekologiya hamda atrof-muhitga boʻlgan hurmat hissini kuchaytirish, ekologik huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini 2025-2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro
muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼullar

IAholining ekologik madaniyatini yuksaltirishning huquqiy va uslubiy bazasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish

Aholining ekologik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishga qaratilgan ekologik targʻibot tadbirlarini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.

Uslubiy qoʻllanma

2025-yil

iyun

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Adliya vazirligi

Aholining turli qatlamlari uchun moʻljallangan atrof-muhitga zarar yetkazuvchi turli ashyolar va jismlar, ularning xususiyatlari hamda ulardan foydalanish, shuningdek, zararsizlantirish va utilizatsiya qilish tartibiga bagʻishlangan uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash.

Uslubiy qoʻllanma

2025 yil

iyun

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi

Aholi orasida chiqindilarni saralash, jamoat joylarini chiqindidan xoli hududga aylantirishni keng targʻib qilishga qaratilgan aksiyalar tashkil etish va muntazam ravishda oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

maydan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, vazirlik va idoralar

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ijrosi, shuningdek, hududlarda atrof-muhitning ahvoli haqida Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari boshliqlari va tegishli ijro organlari rahbarlarining hisobotini har yili eshitish vakolatini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil

iyul

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Adliya vazirligi

Ekologiya yoʻnalishi boʻyicha professor-oʻqituvchi va doktorantlarni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovkaga yuborish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabrdan boshlab doimiy

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari va grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi, El-yurt umidi jamgʻarmasi

Qonun hujjatlariga, shu jumladan,  Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat organlarining ekologik madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish sohasidagi vakolatlari, shuningdek, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025 yil

iyul

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Adliya vazirligi

Qonun hujjatlariga barcha davlat taʼlim tashkilotlari va muassasalari (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktablar, oliy taʼlim muassasalari va b.) hududida joylashgan va ular balansidagi bogʻlar hamda yer maydonlari xususiylashtirilishi taqiqlanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025 yil

iyul

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Adliya vazirligi

Har bir hududning tabiiy va iqlim xususiyatlariga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, taʼlim tashkilotlari faoliyatiga xalqaro reyting va baholash talablarini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish uchun jazo chorasini kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025 yil

sentabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi

Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyati samaradorligini oshirish, uning xodimlariga belgilangan tartibda va muddatlarda maxsus unvonlar uchun toʻlovlar belgilash tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil

sentabr

Respublika
va mahalliy budjet mablagʻlari

Ekologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Davlat organlari xodimlarining ekologik bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul videodarslarni tayyorlash va oʻquv kurslarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

davomida

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Aholini atrof-muhit holati yuzasidan ishonchli axborot bilan taʼminlash.

Oʻzbekiston Respublikasi atrof-muhit holati toʻgʻrisidagi Milliy maʼruza loyihasini tayyorlash

Har besh yilda bir marotaba

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Oilada ekologik tarbiyani shakllantirish va ekologik madaniyatni yuksaltirish

Mahallalarda milliy qadriyatimizning ajralmas qismiga aylangan va atrof-muhit tozaligini saqlashni targʻib qiluvchi ekohasharlarni muntazam tashkil etish va oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil maydan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Madaniyat vazirligi, vazirliklar va idoralar

“Aqlvoy, “Bolajon va boshqa telekanallarda bolalarni atrof-muhitga, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalashga qaratilgan maʼnaviy dasturlar tashkil etish hamda namoyish etish.

Qisqa metrajli filmlar

va koʻrsatuvlar

2025-yil

maydan boshlab

doimiy

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

OʻzMTRK,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya vazirligi

Oilalarda suvdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, toza likopcha, maishiy chiqindilarni saralash madaniyatini shakllantirish boʻyicha muntazam ravishda targʻibot tadbirlari, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil

iyundan boshlab

doimiy

Ekologiya vazirligi jamgʻarmasining mablagʻlari

Ekologiya vazirligi, vazirliklar va idoralar

Bolalar uchun ekologik mavzularda va “yashil isteʼmol” madaniyatini shakllantirishga moʻljallangan multiplikatsion va animatsion filmlar yaratish.

Multiplikatsion filmlar

2025 yil

iyun

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Kinematografiya agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya vazirligi

III. Maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tizimi tashkilotlarida ekologik taʼlim va tarbiyani shakllantirish hamda yuksaltirish

Har bir maktabgacha taʼlim tashkilotida namuna asosida ekologik burchaklar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Masʼul ijrochilarning mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Ekologiya vazirligi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “yashil” transport turidan foydalanishni targʻib qilish boʻyicha barqaror koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida har yili bolalar velomarafoni oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil maydan boshlab doimiy

Masʼul ijrochilarning mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Ekologiya vazirligi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida tabiat va atrof-muhitni asrab-avaylashga bagʻishlangan “Tabiat bolalar nigohida” nomli rasmlar tanlovini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil avgustdan boshlab doimiy

Ijrochilarning mablagʻlari hisobidan

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya vazirligi

Rivojlangan xorijiy davlatlarning taʼlim dasturlarini tahlil qilish asosida maktabgacha taʼlimning davlat oʻquv dasturiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish:

tarbiyalanuvchilar uchun ekologik madaniyat asoslarini shakllantirishga qaratilgan ona tabiatni asrab-avaylash, unga nisbatan mehr-muhabbat tuygʻularini kuchaytirish mavzularida tomoshalar va sahna koʻrinishlarini tashkil etish;

atrof-muhitni asrab-avaylashga bagʻishlangan ekologik burchaklar tashkil etish va ularga qoʻyilgan talablarni belgilash;

atrof tabiiy muhit (yer, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi) bilan ochiq havoda tanishtiruv soatlari, rasmlar chizdirish, chiqindilarni saralash va ekologiya bilan bogʻliq oʻyinlar sonini koʻpaytirish;

har bir maktabgacha taʼlim tashkilotida ekologik burchaklar, ekologik yoʻlakchalar tashkil etish hamda ularni zarur materiallar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya vazirligi

Rivojlangan xorijiy davlatlarning taʼlim dasturini tahlil qilish asosida maktabgacha taʼlimning davlat oʻquv dasturiga atrof-muhitni asrab-avaylashga bagʻishlangan qoʻshimcha mashgʻulotlar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

dekabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya vazirligi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun atrof-muhitni asrab-avaylash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan multfilmlar tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya vazirligi

Har bir maktabda ekologik burchak, ekologik bogʻlar tashkil etish, ularga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilash.

Reja-grafik asosida amaliy chora-tadbirlar

2025-yil
sentabr

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylarning mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya vazirligi

Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida ekologik targʻibotni amalga oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tizimi tashkilotlari oʻquvchilariga moʻljallangan ekologik mavzularda va “yashil isteʼmol” madaniyatining kundalik qoidalarini bilishni, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik kabi xalqimizning milliy udum va qadriyatlarini targʻib qiluvchi ijtimoiy axborot, multiplikatsion va animatsion filmlar yaratish, ularni ommaviy axborot vositalari, tashqi reklama va axborotni tarqatuvchilar tomonidan eʼlon qilish (joylashtirish).

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil

iyul

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Kinematografiya agentligi, Ekologiya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

IV. Kasbiy taʼlim tizimi tashkilotlarida ekologik madaniyatni yuksaltirish

Kasbiy taʼlim tashkilotlarida atrof-muhitni muhofaza qilishning kundalik qoidalariga rioya etish va oʻquvchilar oʻrtasida ijtimoiy masʼuliyatni oshirishga qaratilgan targʻibot materiallarini ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil maydan boshlab doimiy

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi

Kasbiy taʼlim yoʻnalishlariga mos ravishda ekologik taʼlim mavzularini tegishli fanlar tarkibiga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

avgust

Mablagʻ talab etilmaydi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Har bir kasbiy taʼlim tashkilotida ekologiya xonasini tashkil etish va unga nisbatan talablarni belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

avgust

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi

Ekologik madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tarqatma materiallarni tayyorlash hamda kasbiy taʼlim tashkilotlarini taʼminlash choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025/2026 oʻquv  yilidan boshlab

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi

Kasbiy taʼlim tashkilotlarining koʻngilli oʻquvchilari ishtirokida “Yashil qahramon” loyihasini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil oktabrdan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi

V. Oliy taʼlim tizimi tashkilotlarida ekologik madaniyatni yuksaltirish

Oliy taʼlim muassasalarining davriy, ilmiy nashrlarida, shuningdek, gazeta va jurnallarda ekologik muammolarga bagʻishlangan alohida ruknlar ochish, unda professor-oʻqituvchilar va talabalarning maqolalarini muntazam chop etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil maydan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi, El-yurt umidi jamgʻarmasi

Har bir oliy taʼlim muassasasining veb-saytida talabalar ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Ekofaol talabalar” degan alohida boʻlim tashkil etish va unda tegishli taʼlim muassasasining talabalari tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrab-avaylash va muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy joylashtirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

maydan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi universiteti (Green University)da 5-iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan har yili talabalar oʻrtasida mamlakatimizdagi dolzarb ekologik masalalar muhokamasiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy forum oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil iyundan boshlab doimiy

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Ekologiya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ixtiyoriylik asosida barcha oliy taʼlim muassasalari talabalarini birlashtiruv-chi Oʻzbekiston ekovolontyor talabalari harakatini tashkil etish va uning doimiy faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil

iyun

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya vazirligi

Ekologiya yoʻnalishida ilmiy izlanishlar olib borayotgan Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan vatandosh talabalar hamda olimlarni birlashtiruvchi “Ekolog olimlar hamjamiyati” nodavlat notijorat tashkilotini taʼsis etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

iyun

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi,

Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi

Davlat oliy taʼlim muassasalarida andragogika metodlari asosida barcha qiziquvchilar uchun begʻaraz, ochiq maʼruzalarni oʻtkazish va ularni Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

iyul

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi

Talabalarni dolzarb ekologik madaniyat va ekologiya muammolariga bagʻishlangan magistrlik dissertatsiyalari tayyorlashga, ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazishga keng jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

sentabrdan boshlab doimiy

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi

Ekologik madaniyat sohasida xorijiy tillarni mukammal biladigan kadrlar tayyorlash maqsadida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025/2026 oʻquv  yilidan

boshlab

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi, Ekologiya vazirligi

Har yili oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targʻibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi turli nominatsiyalar boʻyicha tanlovlar tashkil etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabrdan boshlab doimiy

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya vazirligi

Oliy taʼlim muassasalarida ekoklublar tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,

Fanlar akademiyasi

Bakalavr va magistratura bosqichlarining ekologiya yoʻnalishlaridagi oʻquv adabiyotlarini qayta koʻrib chiqish hamda ularni atrof-muhitni asrab-avaylashga bagʻishlangan mavzular bilan boyitish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

sentabr

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Ekologiya va atrof-muhit masalalari boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

oktabr

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi

Yoshlarning ekologiya yoʻnalishidagi innovatsion loyihalarini ragʻbatlantirish maqsadida startap loyihalar tanlovini eʼlon qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

dekabr

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, ijrochilarning mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya vazirligi

VI. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda ekologik madaniyatni yuksaltirish sohasidagi tadqiqotlar

Ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish tavsiya etiladigan va hududlardagi dolzarb ekologik muammolarni oʻz ichiga olgan ekologik ilmiy tadqiqotlar bazasini shakllantirish hamda ular asosida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026 yil

may

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi

Ekologiya sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha qabul kvotalarini 30 foizga oshirish, shuningdek, doktorantura yoʻnalishida xotin-qizlar uchun hududlar kesimida qoʻshimcha kvotalar ajratish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil

avgust

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, shu jumladan, huquqiy muhofaza muammolariga doir dissertatsiyalarning mavzularini koʻpaytirish va ushbu yoʻnalishda ilmiy ishlarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil sentabrdan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Ekologiya sohasidagi nazariy-metodologik dasturni ekologik taʼlimdan kelib chiqib takomillashtirish, tadqiqotchilar tomonidan ixtisoslashtirilgan ilmiy va taʼlim muassasalarida ekologiya sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlarni amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil

dekabrdan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlarda ekologiya sohasidagi ilmiy darajali xodimlar umumiy sonini 70 foizga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari

Ekologiya vazirligi

VII. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ekologik madaniyatini yuksaltirish

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlaridan iborat ekologik targʻibot guruhlarini tashkil etish va ekologik targʻibot oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.

Uslubiy qoʻllanma

2025 yil

iyun

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Respublikaning barcha hududlarida davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar binolarida velosipedlar uchun maxsus toʻxtash joylarini tashkil etish.

Amaliy

chora-tadbirlar

2025-yil

iyun

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Davlat organlarida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ekologik targʻibot guruhlarini tashkil qilish va ular tomonidan tizimli ravishda xodimlar oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

iyundan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy veb-saytlarida “Ekofaol xodim” nomli alohida boʻlim ochish, unda ekologik madaniyatni yuksaltirish, shu jumladan, targʻibot tadbirlari, ushbu yoʻnalishdagi namunali xodimlar haqida maʼlumotlar joylashtirish va ularni muntazam yangilab borishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy

chora-tadbirlar

2025-yil iyundan boshlab doimiy

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ekologik madaniyat sohasida bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul oʻquv kurslari tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

iyundan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Davlat organlari va tashkilotlarida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda ularni tejash orqali tabiiy resurslarni asrab-avaylashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

iyuldan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Boshqaruv samaradorligi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, vazirliklar va idoralar

VIII. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishda mahalliy vakillik va ijro organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rolini kuchaytirish

Har oyda bir marotaba “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida aksiyalar, tashviqot tadbirlari oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy

chora-tadbirlar

2025-yil maydan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Mahallalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan manzilli targʻibotni amalga oshirish, aholiga ekologiyaga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil maydan boshlab

har oyda bir marotaba

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Aholida ekologiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining har qanday buzilishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot ishlarini olib borish, ularni qonun hujjatlaridagi javobgarlik choralari yuzasidan xabardorligini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil maydan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ekologik huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida xabar berish ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, sohani toʻliq raqamlashtirish, huquqbuzarliklar va jinoyatlar haqida xabar berganlik uchun ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil

iyun

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya

Aholining isteʼmol madaniyatini oshirish maqsadida mahallalarda suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa tabiiy resurslarni tejovchi texnologiyalar va asbob-uskunalar koʻrgazmalarini tashkil etib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil iyundan boshlab har olti oyda bir marotaba

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi

Mahallalarda aholi bilan ekologik huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ochiq muloqotlarni doimiy oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy

chora-tadbirlar

2025-yil

iyul

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

Mahallalarda ekovolontyor guruhlarini tashkil etish va ularga yoshlarni jalb qilgan holda aksiyalar, fleshmoblar va boshqa tadbirlar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil

iyul

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

Har yili aholining turli qatlamlari, talabalar va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionatini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil

oktabrdan boshlab doimiy

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Transport vositasidan foydalangan holda sodir etilgan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq qonun buzilishini tezkorlik bilan aniqlash boʻyicha “uzagroin.uz” yagona axborot tizimi bilan Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona axborot tizimini Ekologiya vazirligining maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil oktabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya vazirligi

IX. Ekologik madaniyatni yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalarining rolini yanada oshirish

Fuqarolik jamiyati institutlari uchun ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan davlat subsidiyalari, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar ajratish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

Ekologik mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini ekologik qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga doir telekoʻrsatuvlar sonini ikki barobarga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil

iyun

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, OʻzMTRK (markaziy va hududiy telekanallar)

Ekologik dasturlarni, shu jumladan, tarmoq, hududiy teledasturlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini jalb etish amaliyotini kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil maydan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

“Yashil isteʼmol” madaniyatining kundalik qoidalarini bilishni, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik kabi xalqimizning milliy udum va qadriyatlarini targʻib qiluvchi ijtimoiy axborotni ommaviy axborot vositalari, tashqi reklama va axborotni tarqatuvchilar tomonidan eʼlon qilinishini (joylashtirilishini) yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil maydan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Ekologiya sohasidagi davriy nashrlarning elektron nusxalari Internet tarmogʻiga joylashtirib borilishini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil maydan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi

Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholining ekologik madaniyatini oshirish maqsadida “Tabiatni birgalikda asraymiz!” shiori ostida ekologiya mavzusidagi rolik, intervyularni namoyish etish boʻyicha ijtimoiy loyihalar amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil maydan boshlab doimiy

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Ekologiya vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Oʻzbekiston ekologik harakati

Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Ekologik axborot radioloyihasini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil

iyul

Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Ekologiya vazirligi, OʻzMTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Ekologiya sohasida qonuniylikni taʼminlashga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil

sentabrdan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ekologiya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 1998-yil 25-iyun) qoʻshilganligi munosabati bilan atrof-muhit holatiga oid maʼlumotlarni jamoatchilik uchun bosqichma-bosqich eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabrdan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PQ-110-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 07/26/110/0287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini qabul qilishdan kutilayotgan maqsadli koʻrsatkichlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(indikatorlar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Yillar kesimida

Masʼul ijrochilar

2025 y.

2026 y.

2027 y.

2028 y.

2029 y.

2030 y.

1.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari (38 058 ta) tarbiyalanuvchilarida ekologik taʼlim-tarbiyani shakllantirish choralarini koʻrish.

mln nafar

0,75

1,2

1,7

2,3

2,8

3,3

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya vazirligi

2.

Umumiy oʻrta (10 134 ta) taʼlim tizimi tashkilotlari oʻquvchilarida ekologik taʼlim-tarbiyani mustahkamlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish choralarini koʻrish.

mln nafar

0,7

1,4

2,1

2,8

3,5

4,2

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi

3.

Oʻrta maxsus (73 ta) va kasbiy taʼlim tizimi tashkilotlari (598 ta) oʻquvchilarida ekologik madaniyatni yuksaltirish choralarini koʻrish.

ming nafar

80

150

220

290

350

400

Oliy taʼlim, fan
va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi

4.

Oliy taʼlim tizimi tashkilotlari (203 ta) talabalarida ekologik madaniyatni yuksaltirish choralarini koʻrish.

mln nafar

0,4

0,7

1,0

1,3

1,6

1,9

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi

5.

Davlat organlari, korxona va muassasalaridagi xodimlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish choralarini koʻrish.

foiz

30

50

60

70

80

90

Vazirlar Mahkamasi, Ekologiya vazirligi, davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.

Ekologik madaniyatni yuksaltirishda targʻibot tadbirlari bilan 9 442 ta mahallada istiqomat qiluvchi aholini qamrab olish choralarini koʻrish.

foiz

30

40

50

60

70

80

Ekologiya vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2025-y., 07/25/184/0447-son; 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son; 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son; 30.03.2026-y., 07/26/110/0287-son)