14.05.2025 yildagi PQ-172-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.05.2025 yildagi PQ-172-son
Date of entry into force
14.05.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokidagi “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilikning sutchilik tarmogʻini jadal rivojlantirish hamda sut mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Maqsadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — QXRXJ) ishtirokidagi “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi 100 ta sut yigʻish punktini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 865 nafar aholi va dehqon xoʻjaligiga sutni qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish va modernizatsiya qilishga 250 ming AQSH dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) qoramollarning mahsuldorligini oshirish boʻyicha sut yetishtiruvchi 1,2 ming nafar aholi va dehqon xoʻjaligi vakillarini xorijiy mutaxassislar tomonidan oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) sut yetishtiruvchi va sotib oluvchilarni birlashtiradigan Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy taʼminotini ishga tushirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Moliyaviy resurslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) QXRXJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga Loyihani moliyalashtirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yilga 30,0 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit hamda 7,8 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari ajratilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Loyihaning umumiy qiymati 53,01 mln AQSH dollari ekvivalentida boʻlib, shundan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) QXRXJning imtiyozli krediti 30,0 mln AQSH dollari, QXRXJ krediti — 7,8 mln AQSH dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) 5,94 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar — Loyiha ishtirokchilari (benefitsiarlar)ning ulushi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) 9,27 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar, shu jumladan, soliq, bojxona va ofis ijara xarajatlari toʻlovlari koʻrinishidagi 3,69 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar koʻrinishidagi 5,58 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining ulushi ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi boʻyicha Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kreditlaridan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kreditlaridan foydalanish, ularni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvallari 3a va 3b-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Loyihani amalga oshirish davri 7 yil etib (2025 — 2031-yillar) belgilanib, ushbu davrda quyidagilar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarga kreditlar oʻzbek soʻmida va AQSH dollarida taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Loyiha doirasida ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarga milliy valyutada ajratiladigan kreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) AQSH dollariga nisbatan oʻzbek soʻmining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan ehtimoliy xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Veterinariya qoʻmitasi) bir oy muddatda Veterinariya qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan QXRXJ ishtirokida “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish guruhini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, Loyihani amalga oshirish davrida Loyihani amalga oshirish guruhining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali har yili Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Veterinariya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Iqtisodiyot va moliya vaziriga qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya qoʻmitasi hamda loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan kelishilgan holda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Loyihaga masʼul etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) QXRXJning kreditini oʻz vaqtida oʻzlashtirish va subloyihalarni amalga oshirishga — Loyihada ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Loyiha doirasida chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga — Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari hokimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish va muvofiqlashtirishga — Veterinariya qoʻmitasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va QXRXJ oʻrtasida imzolangan qarz bitimi va zarurat tugʻilganda unga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha yuridik xulosa bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bosh prokuratura Loyihaga ajratilayotgan mablagʻlar maqsadli va samarali sarflanishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Veterinariya qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kreditlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 14-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-172-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-maydagi PQ-172-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Koʻrsatkich nomlanishi

Oʻlchov birligi

Jami*

Shu jumladan, moliyalashtirish manbalari:

QXRXJ imtiyozli krediti

QXRXJ krediti

Davlat budjeti

Benefitsiarlar ulushi

1.

Loyihaning umumiy qiymati

ming AQSH doll. ekv.

53 011,05

30 000,00

7 800,00

9 266,13

5 944,92

2.

Kapital qoʻyilmalar miqdori, jami

ming AQSH doll. ekv.

47 432,23

30 000,00

7 800,00

3 687,31

5 944,92

shu jumladan:

2.1.

1-komponent: Barqaror sut ishlab chiqarishni yaxshilash va koʻpaytirish hamda asosiy xizmatlardan foydalanish

ming AQSH doll. ekv.

9 628,56

8 190,00

530,00

908,56

2.1.1.

1.1. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini jalb etgan holda ularning salohiyatini oshirish

ming AQSH doll. ekv.

768,87

768,87

2.1.2.

1.2. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, ozuqa ishlab chiqarish va yaylovlardan foydalanishni yaxshilash

ming AQSH doll. ekv.

2 523,35

1 641,94

530,00

351,42

2.1.3.

1.3. Sut ishlab chiqarish va xoʻjalik yuritishni takomillashtirish

ming AQSH doll. ekv.

3 110,31

3 020,41

89,90

2.1.4.

1.4. Hayvonlar salomatligini yaxshilash, bu borada bilim va koʻnikmalarni shakllantirish

ming AQSH doll. ekv.

2 456,19

1 988,94

467,25

2.1.5.

1.5. Amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy tajribalar almashishni tashkil etish

ming AQSH doll. ekv.

769,84

769,84

2.2.

2-komponent: Sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik xoʻjaliklarning qoʻshilgan qiymat zanjirida ishtirokini jadallashtirish

ming AQSH doll. ekv.

30 376,35

18 070,00

7 270,00

5 036,35

2.2.1.

2.1. Sut yigʻish punktlarini tashkil etish

ming AQSH doll. ekv.

10 742,86

8 225,43

1 270,00

1 247,43

2.2.2.

2.2. Sut mahsulotlari qoʻshilgan qiymat zanjirida ishtirok etuvchi manfaatdor tomonlar uchun kredit olish imkoniyatini  yaratish

ming AQSH doll. ekv.

19 633,49

9 844,57

6 000,00

3 788,92

2.3.

3-komponent: Institutsional koʻmak koʻrsatish va loyihani boshqarish

ming AQSH doll. ekv.

3 854,50

3 740,00

114,50

2.3.1.

3.1. Qoʻshilgan qiymat zanjiri ishtirokchilariga institutsional koʻmak koʻrsatish

ming AQSH doll. ekv.

468,84

468,84

2.3.2.

3.2. Loyihani amalga oshirish holatini monitoring qilish va hisobot yuritish

ming AQSH doll. ekv.

465,96

465,96

2.3.3.

3.3. Loyihani boshqarish

ming AQSH doll. ekv.

2 919,69

2 805,20

114,50

2.4.

Soliqlar va yigʻimlar

ming AQSH doll. ekv.

3 572,81

3 572,81

3.

Moliyaviy xarajatlar va boshqa toʻlovlar

ming AQSH doll. ekv.

5 578,82

5 578,82

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlarini, shuningdek, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha tenderlar hujjatlarini tayyorlash natijalariga koʻra aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-maydagi PQ-172-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi boʻyicha Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kreditlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Komponentlarning nomi

Qarzning umumiy miqdori

QXRXJ imtiyozli krediti

QXRXJ krediti

Qarzni qaytarish qiymati:

Qarzni qaytarish tartibi

Davlat budjeti

loyiha ishtirokchilari

qiymati

%

qiymati

%

1.

1-komponent: Barqaror sut ishlab chiqarishni yaxshilash va koʻpaytirish hamda asosiy xizmatlardan foydalanish

1.1. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini jalb etgan holda ularning salohiyatini oshirish

768,87

768,87

768,87

100,0

Davlat budjeti hisobidan qoplanadi

1.2. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, ozuqa ishlab chiqarish va yaylovlardan foydalanishni yaxshilash

2 171,94

1 641,94

530,0

2 171,94

100,0

Davlat budjeti hisobidan qoplanadi

1.3. Sut ishlab chiqarish va xoʻjalik yuritishni takomillashtirish

3 020,41

3 020,41

3 020,41

100,0

Davlat budjeti hisobidan qoplanadi

1.4. Hayvonlar salomatligini yaxshilash, bu borada bilim va koʻnikmalarni shakllantirish

1 988,94

1 988,94

1 988,94

100,0

Davlat budjeti hisobidan qoplanadi

1.5. Amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy tajribalar almashishni tashkil etish

769,84

769,84

769,84

100,0

Davlat budjeti hisobidan qoplanadi

2.

2-komponent: Sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik xoʻjaliklarning qoʻshilgan qiymat zanjirida ishtirokini jadallashtirish

2.1. Sut yigʻish punktlarini tashkil etish

9 495,43

8 225,43

1 270,00

9 495,43

100,0

Davlat budjeti hisobidan qoplanadi

2.2. Sut mahsulotlari qoʻshilgan qiymat zanjirida ishtirok etuvchi manfaatdor tomonlar uchun kredit olish imkoniyatini  yaratish

15 844,57

9 844,57

6 000,00

15 844,57

100,0

Ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar tomonidan qoplanadi

3.

3-komponent: Institutsional yordam va loyihalarni boshqarish

3.1. Qoʻshilgan qiymat zanjiri ishtirokchilariga institutsional koʻmak koʻrsatish

468,84

468,84

468,84

100,0

Davlat budjeti hisobidan qoplanadi

3.2. Loyihani amalga oshirish holatini monitoring qilish va hisobot yuritish

465,96

465,96

465,96

100,0

Davlat budjeti hisobidan qoplanadi

3.3. Loyihani boshqarish

2 805,20

2 805,20

2 805,20

100,0

Davlat budjeti hisobidan qoplanadi

Jami

37 800

30 000

7 800

21 955

58,1

15 845

41,9

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-maydagi PQ-172-son qaroriga
3a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kreditlaridan foydalanish, ularni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini toʻlashning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PROGNOZ JADVALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Qarz muddati, yil

25

Imtiyozli davr, yil

5

Foiz stavkasi

1.41%

Qarz uchun komissiya stavkasi

1.43%

ming AQSH dollari

Qaytarish sanasi

Qarzni oʻzlashtirish

Foiz toʻlovlari

Komissiya
toʻlovlari

Asosiy qarzni toʻlash

Jami toʻlov

20.07.2025

2 981,51

11,21

11,37

22,58

20.01.2026

3 525,67

46,90

47,56

94,46

20.07.2026

3 525,67

71,12

72,13

143,25

20.01.2027

3 409,20

96,87

98,25

195,12

20.07.2027

3 409,20

119,46

121,16

240,62

20.01.2028

2 929,78

142,56

144,58

287,14

20.07.2028

2 929,78

161,89

164,19

326,08

20.01.2029

2 106,84

178,85

181,39

360,24

20.07.2029

2 106,84

190,87

193,58

384,45

20.01.2030

1 056,20

201,65

204,51

750,00

1 156,16

20.07.2030

1 056,20

200,53

203,37

750,00

1 153,90

20.01.2031

205,39

208,30

750,00

1 163,69

20.07.2031

196,72

199,51

750,00

1 146,23

20.01.2032

194,58

197,34

750,00

1 141,92

20.07.2032

187,12

189,77

750,00

1 126,89

20.01.2033

183,77

186,38

750,00

1 120,15

20.07.2033

175,46

177,95

750,00

1 103,41

20.01.2034

172,96

175,41

750,00

1 098,37

20.07.2034

164,82

167,16

750,00

1 081,98

20.01.2035

162,15

164,45

750,00

1 076,60

20.07.2035

154,19

156,38

750,00

1 060,57

20.01.2036

151,34

153,49

750,00

1 054,83

20.07.2036

144,35

146,40

750,00

1 040,75

20.01.2037

140,53

142,52

750,00

1 033,05

20.07.2037

132,92

134,81

750,00

1 017,73

20.01.2038

129,72

131,56

750,00

1 011,28

20.07.2038

122,29

124,02

750,00

996,31

20.01.2039

118,91

120,60

750,00

989,51

20.07.2039

111,65

113,24

750,00

974,89

20.01.2040

108,10

109,63

750,00

967,73

20.07.2040

101,58

103,02

750,00

954,60

20.01.2041

97,29

98,67

750,00

945,96

20.07.2041

90,39

91,67

750,00

932,06

20.01.2042

86,48

87,71

750,00

924,19

20.07.2042

79,75

80,88

750,00

910,63

20.01.2043

75,67

76,74

750,00

902,41

20.07.2043

69,12

70,10

750,00

889,22

20.01.2044

64,86

65,78

750,00

880,64

20.07.2044

58,81

59,64

750,00

868,45

20.01.2045

54,05

54,82

750,00

858,87

20.07.2045

47,85

48,53

750,00

846,38

20.01.2046

43,24

43,85

750,00

837,09

20.07.2046

37,22

37,75

750,00

824,97

20.01.2047

32,43

32,89

750,00

815,32

20.07.2047

26,58

26,96

750,00

803,54

20.01.2048

21,62

21,93

750,00

793,55

20.07.2048

16,04

16,27

750,00

782,31

20.01.2049

10,81

10,96

750,00

771,77

20.07.2049

5,32

5,39

750,00

760,71

Jami

30 000,00

5 397,99

5 474,57

30 000,00

40 872,56

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-maydagi PQ-172-son qaroriga
3b-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish va qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PROGNOZ JADVALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Qarz muddati, yil

25

Imtiyozli davr, yil

5

Foiz stavkasi (asosiy stavka + oʻzgaruvchan stavka + toʻlov xavfi boʻyicha mukofot)

5.30% hisoblangan

ming AQSH dollari

Qaytarish sanasi

Qarzni oʻzlashtirish

Foiz toʻlovlari

Asosiy qarzni toʻlash

Jami toʻlov

20.07.2025

443,18

6,26

6,26

20.01.2026

1 090,43

41,54

41,54

20.07.2026

1 090,43

69,92

69,92

20.01.2027

1 110,71

101,17

101,17

20.07.2027

1 110,71

129,12

129,12

20.01.2028

987,09

158,00

158,00

20.07.2028

987,09

182,73

182,73

20.01.2029

375,70

194,91

194,91

20.07.2029

375,70

201,75

201,75

20.01.2030

114,34

208,19

208,19

20.07.2030

114,34

207,84

195,00

402,84

20.01.2031

0,27

206,01

195,00

401,01

20.07.2031

197,46

195,00

392,46

20.01.2032

195,45

195,00

390,45

20.07.2032

188,10

195,00

383,10

20.01.2033

184,88

195,00

379,88

20.07.2033

176,67

195,00

371,67

20.01.2034

174,32

195,00

369,32

20.07.2034

166,28

195,00

361,28

20.01.2035

163,75

195,00

358,75

20.07.2035

155,89

195,00

350,89

20.01.2036

153,19

195,00

348,19

20.07.2036

146,30

195,00

341,30

20.01.2037

142,62

195,00

337,62

20.07.2037

135,10

195,00

330,10

20.01.2038

132,06

195,00

327,06

20.07.2038

124,71

195,00

319,71

20.01.2039

121,49

195,00

316,49

20.07.2039

114,32

195,00

309,32

20.01.2040

110,93

195,00

305,93

20.07.2040

104,50

195,00

299,50

20.01.2041

100,36

195,00

295,36

20.07.2041

93,53

195,00

288,53

20.01.2042

89,80

195,00

284,80

20.07.2042

83,14

195,00

278,14

20.01.2043

79,23

195,00

274,23

20.07.2043

72,75

195,00

267,75

20.01.2044

68,67

195,00

263,67

20.07.2044

62,70

195,00

257,70

20.01.2045

58,11

195,00

253,11

20.07.2045

51,96

195,00

246,96

20.01.2046

47,54

195,00

242,54

20.07.2046

41,57

195,00

236,57

20.01.2047

36,98

195,00

231,98

20.07.2047

31,18

195,00

226,18

20.01.2048

26,41

195,00

221,41

20.07.2048

20,90

195,00

215,90

20.01.2049

15,85

195,00

210,85

20.07.2049

10,39

195,00

205,39

20.01.2050

5,28

195,00

200,28

Jami

7 800,00

5 591,81

7 800,00

13 391,81

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-maydagi PQ-172-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Kredit summasi

(ming AQSH doll.)

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

1-komponent: Barqaror sut ishlab chiqarishni yaxshilash va koʻpaytirish hamda asosiy xizmatlardan foydalanish

(Masʼul: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov)

1.

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini jalb etgan holda ularning salohiyatini oshirish.

1. Maqsadli guruhlarning oʻziga xos ehtiyojlari
va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot beruvchi tadqiqotlar oʻtkazish.

2. Sutchilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlarning ommaviy axborot vositalarida  keng yoritilishini taʼminlash.

3. Biznesni rivojlantirish, boshqarish, moliyaviy savodxonlik, gender taʼlimi va yetakchilik salohiyatlarini oshirish boʻyicha treninglar oʻtkazish.

768,87

2025-2026-yillarda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), Loyihani amalga oshirish guruhi, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish, ozuqa ishlab chiqarish va yaylovlardan foydalanishni yaxshilash.

1. Maqsadli guruhlar tomonidan kichik ishlab chiqaruvchilar uchun suv resurslarini boshqarish va sugʻorish boʻyicha treninglar oʻtkazish.

2. Suvni boshqarish uchun asbob-uskunalar sotib olish, shuningdek, umumiy suv olish joylarini tiklash boʻyicha har bir shartnoma uchun texnik shartlarni ishlab chiqish.

2 171,94

2025 — 2031-yillarda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), Loyihani amalga oshirish guruhi, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Sut mahsulotlari ishlab chiqarish va xoʻjalik yuritishni takomillashtirish.

1. Kichik fermer xoʻjaliklarida sut mahsulotlari ishlab chiqarish va fermer xoʻjaliklarini boshqarish boʻyicha maxsus oʻquv dasturi ishlab chiqish.

2. Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari uchun jami 5 nafardan ekspert jalb qilgan holda treninglar tashkil etish.

3 020,41

2026 — 2031-yillarda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), Loyihani amalga oshirish guruhi,
Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Hayvonlar salomatligini yaxshilash, bu borada bilim va koʻnikmalarni shakllantirish.

1. Tashabbuskorlar (fermerlar kengashi aʼzolari, kichik fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari) uchun maxsus ishlab chiqilgan axborot tarqatish tizimini tashkil etish.

2. Amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

3. Maqsadli guruhlarga xizmat koʻrsatuvchi veterinariya mutaxassislari malakasini oshirish.

1 988,94

2026 — 2031-yillarda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), Loyihani amalga oshirish guruhi, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Amaliy tadqiqotlar va ilmiy tajribalar almashishni tashkil etish.

1. Qoramollarda brutsellyoz kasalligini aniqlash boʻyicha tadqiqot oʻtkazish.

2. Mahalliy naslchilik guruhlariga texnik yordam koʻrsatish.

769,84

2025 — 2031-yillarda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), Loyihani amalga oshirish guruhi, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari

2-komponent: Sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik xoʻjaliklarning qoʻshilgan qiymat zanjirida ishtirokini jadallashtirish

(Masʼullar: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari

6.

Sut yigʻish punktlarini tashkil etish.

1. Loyiha doirasida 100 ta yangi sut qabul qilish punktini qurish va jihozlash, shu jumladan:

yangi sut qabul qilish punktlarini qurish va jihozlash (2 924,1 ming AQSH doll);

sut qabul qilish punktlarini quyosh panellari bilan jihozlash (2 557,3 ming AQSH doll);

sut qabul qilish punktlari operatorlari uchun treninglar oʻtkazish va ularning salohiyatini oshirish (230 ming AQSH doll).

2. Sut yigʻuvchi punktlarni tashkil etish va ularni kerakli anjomlar bilan taʼminlash.

3. Sut ishlab chiqaruvchi guruhlarni muzlatkichlar bilan taʼminlash.

4. Sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi xotin-qizlar va yoshlarni kichik qayta ishlash va qadoqlash uskunalari bilan taʼminlash.

5 711,00

1 217,00

683,00

1 884,57

2026 — 2031-yillarda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), Loyihani amalga oshirish guruhi, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Sut mahsulotlari qoʻshilgan qiymat zanjirida ishtirok etuvchi manfaatdor tomonlar uchun kredit olish imkoniyatini yaratish.

1. Loyiha doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kreditlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash, bunda berilayotgan kreditlarni qayta moliyalashning aniq tartibi, muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash mezonlari va ularning baholari belgilanishini taʼminlash.

2. Qayta moliyalashtirish bitimlarini tegishli vazirlik va idoralar (Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi) bilan kelishish hamda Loyihada ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar bilan imzolash.

3. Tadbirkorlik subyektlariga sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sotish, shuningdek, sutchilik tarmogʻida xizmat koʻrsatish infratuzilmasini tashkil qilish hamda ishlab chiqarish vositalari, qishloq xoʻjaligi texnologiyalari va uskunalarini yetkazib berish uchun uzoq muddatli imtiyozli kredit mablagʻlarini taqdim etish.

4. Loyihaning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatish.

15 844,57

2025-yil
iyul




2025-yil
avgust




2025 — 2031-yillarda





2025 — 2031-yillarda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Markaziy Bank (N. Saydullayev), Loyihani amalga oshirish guruhi, Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari

3-komponent: Institutsional koʻmak koʻrsatish va loyihani boshqarish

(Masʼul: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov)

8.

Qoʻshilgan qiymat zanjiri ishtirokchilariga institutsional koʻmak koʻrsatish.

Milliy sut mahsulotlari platformasini dasturiy taʼminot koʻrinishida (platformada xaridorlar va sotuvchilarni markazlashtirilgan holda birlashtirish va ularga toʻgʻridan-toʻgʻri muomala qilish imkoniyatini berish) yaratish.

468,84

2026-yil iyun

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi
(B. Norqobilov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Loyihani amalga oshirish guruhi

9.

Loyihani amalga oshirish holatini monitoring qilish va hisobot yuritish.

1. Loyiha doirasida erishilgan natijalar boʻyicha dastlabki va oʻrta muddatli tadqiqotlar oʻtkazish.

2. Monitoring va baholash boʻyicha mutaxassislarning tajriba almashinuvini va dasturiy taʼminotni tashkil etish.

465,96

2025 — 2031-yillarda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi
(B. Norqobilov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Loyihani amalga oshirish guruhi

10.

Loyihani boshqarish.

1.  Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi talablariga muvofiq Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish.

2. Loyiha doirasidagi xarajatlar smetasini va loyihani amalga oshirish guruhining shtat jadvalini tasdiqlash.

2 805,20

2025-yil may

Har yili yilning I choragida

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi
(B. Norqobilov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Loyihani amalga oshirish guruhi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2025-y., 07/25/172/0437-son)