02.04.2025 yildagi PQ-134-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.04.2025 yildagi PQ-134-son
Date of entry into force
05.04.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʻtkazish davrida aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, 2027-yil 1-aprelga qadar Ijtimoiy reyestrga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan, shuningdek, Reyestrga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli boʻyicha “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifadagi oilalar mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha — oyiga bazaviy meʼyordan 150 kVt soatgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha — isitish mavsumida oyiga bazaviy meʼyordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy meʼyordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Reyestrga kiritilgan oilalarga;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga. Bunda:
(2-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) “mahalla yettiligi” tomonidan qoʻshimcha roʻyxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, aʼzolari I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi shaxslar hamda yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz taʼminoti boʻlmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan koʻp qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) qoʻshimcha ravishda shakllantiriladigan roʻyxatdagi oilalar soni Reyestrga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar “mahalla yettiliklari” tomonidan respublika boʻyicha har bir mahalla kesimida qoʻshimcha roʻyxatlar shakllantirilishini taʼminlasin. Bunda hokimliklar tegishli tuman (shahar) boʻyicha Reyestrga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmagan holda ehtiyojmand oilalar soniga mahallalar kesimida oʻzgartirish kiritishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Moliyaviy resurslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qaror bilan belgilanayotgan moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlarini hamda ushbu toʻlovlar boʻyicha AT “Xalq banki” xizmatiga haq toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga zarur mablagʻlarni ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiq qoʻshimcha roʻyxatlarni shakllantirish hamda kompensatsiya va moddiy yordam toʻlovlarini toʻlash tartibini tasdiqlasin. Bunda tuman (shahar) hokimliklari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda “mahalla yettiligi”ning vazifalari aniq belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) AT “Xalq banki” bilan birgalikda joriy yil noyabr oyida bir martalik moddiy yordam toʻlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalar ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi bir hafta muddatda aholi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali energiya resurslarini iqtisod qilishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)ning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) kambagʻal oilalar va ehtiyojmand aholini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralari bilan toʻliq qamrab olish maqsadida mahallalarda manzilli targʻibot ishlarini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) aholiga moddiy yordam ajratishda mahalla raislari tomonidan shaffoflik va adolatlilik taʼminlanishini kafolatlashi va shaxsiy javobgarligi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bir martalik moddiy yordamni toʻlash boʻyicha qoʻshimcha roʻyxatlarning toʻgʻri shakllantirilishiga hamda toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishiga shaxsan javobgar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bosh prokuratura (I. Adxamov) ushbu qarorga muvofiq ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 2-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-134-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2025-y., 07/25/134/0306-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)